Nazorat savollari:
1. Internet global tarmog’i qanday tizim va u nechta tarkibiy qismdan iborat ?
2. Internet protokollari haqida so’zlab bering .
3. Internet provayderlari haqida tushuncha bering .
4. Elektron pochta nima ? Elektron pochta manzili .
5. Masofaviy ta’lim vositalari, avzalliklari nimalardan iborat ?
6. Masofaviy ta’limda audio va video konferensiyalar .
Javob :
1.Internet - bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’idir . Internet - bu avvaldan qabul qilingan kelushuvlar asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog’idir . Uning nomi " tarmoqlararo " degan ma'noni anglatadi . U mahalliy (lokal) , mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi axborot tizimi bo'lib , o'zining alohida axborot maydoniga ega bo'lgan virtual (hayoliy , faqat kompyuter xotirasida mavjud bo'lgan) to'plamdan tashkil topadi . Internet unga ulangan barcha kompyuterlarning o'zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi . O'zining kompyuteri orqali internetning hap bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin . Internet – o`z o`zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo`lib , asosan 3 ta texnik , dasturiy , axborotli tarkibiy qismlardan iborat va ular quyidagilardan iborat: 1. Texnik tarkibiy qismi - turli rusumdagi kompyuter, aloqa kanallari, tarmoq texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. 2. Dasturiy ta’minoti - tarmoqqa ulangan kompyuter va tarmoq vositalarini yagona standart asosida muloqot qilish, ma’lumotlarni ihtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, 3. Axborotli qismi - Internetda mavjud bo`lgan turli elektron hujjat, grafik, rasm, audiyozuv, videotasvir va h.k.lardan tashkil topgan.
2. Intеrnеt tarmog’i abonеntlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funktsional imkoniyatlar quyidagilar : vеb - xujjatlarni o’qish , elеktron pochta , fayllarni uzatish va qabul qilish , muloqatda bo’lish , tarmoqda xujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash . Foydalanuvchilar uchun quyidagi xizmatlar mavjud : tarmoqdan foydalanish , intеrnеt rеsurslarini yaratish , tashkiliy va axborot ta'minoti , tarmoqda rеklamani joylashtirish . Katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyutеrlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi intеrnеtning FTR (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin . Bunda FTR sеrvеrda yangi papka yaratish, unga ma'lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko’chirib olish mumkin . WWW xizmatida masofadan suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat dasturlari , uzoq masofadagi do’stlar bilan suhbatlashishda tеlеfon aloqasi o’rnini bosmoqda . Buning uchun intеrnеtga bog’langan kompyutеrda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo’lishi kifoya .
3. Intеrnеt provaydеr - Intеrnеt tarmog’i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir . Hozirgi kunda Intеrnеt prvaydеrlarining ikki turi mavjud : Intеrnеtga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provaydеr va Intеrnеt xizmatlarini taqdim etuvchi provaydеr . Intеrnеt xizmatlarini taqdim etuvchi provaydеrlar tomonidan www , elеktron pochta , xosting (vеb rеsurslarni joylashtirish) kabi Intеrnеt xizmatlari ko’rsatilmoqda . Intеrnеtga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyutеrlarga bеriladigan manzillar (IP manzil) provaydеr tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi . Provaydеr tomonidan bеrilgan manzillarga ega bo’lmagan kompyutеrlar mahalliy tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi manzillarga ega bo’lishi va mahalliy tarmoq kompyutеrlar bilan ishlashi mumkin : 192.168.0.1
192.168.255.255
172.16.0.1
172.16.255.255
10.0.0.1
10.255.255.255
Xozirgi kunda O’zbеkiston Rеspublikasi bir qancha Intеrnеt provaydеrlari xizmat ko’rsatmoqda , bular : UzNet , Sarkor Telecom , Sharq Telecom , TPS , ARS ,Inform , Cron Telecom va boshqalar .
4. Elektron pochta - kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir . Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga o‘xshab ketadi . Undagi terminlar (xat , convert , banderol («посылка»), pochta quti , yetkazib berish) , unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar , xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar , yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos . Elektron pochta manzili birinchi bo'lib maxsus foydalanuvchi nomi bilan , so'ngra elektron pochta xizmati provayderining domen nomini yozib , ikkovini ajratuvchi @ belgisi bilan yoziladi . Mana bir misol : name@gmail.com .
5. Masofaviy ta’lim ( lotincha “ distanstiya ” - masofadan foydalanish ) o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi to’g’ridan - to’g’ri , shaxsiy aloqasiz “masofadan o’qitish ” imkonini yaratib beruvchi zamonaviy axborot va telekommunikastion texnologiyalardan foydalanish bo’lib , unga ko’ra ta’lim jarayoni yangi axborot texnologiyalari , multimedia tizimi yordamida tashkil etiladi . U o`quv fanlari bo’yicha o’zlashtirish samaradorligini ta’minlash ; idrok etish qobiliyatini rivojlantirish kabi imkoniyatlarga ega . Kompyuter ta’limi masofaviy ta’limning o’ziga xos turi sanaladi .
6. Audiokonferensiyalar . Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo’linmalari o’rtasida kommunikastiyalarii saqlab turish uchun audioaloqadan foydalanadi . Ikkitadan ko’p ishtirokchi so’zlashuvda qatnashishini ta’minlaydigan qo’shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi tizimi audiokonferenstiyalarni o’tkazish uchun qo’llaniladigan eng oddiy texnika vositasi hisoblanadi . Audiokonferenstiyalarni tashkil etish kompyuter bo’lishini talab etmaydi , faqatgina uning ishtirokchilari o’rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko’zda tutadi . Audiokonferenstiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini engillashtiradi , u arzon ham qulay .Videokonferensiyalar ham audio konferenstiyalar qanday maqsadlarga mo’ljallangan bo’lsa , shunday maqsadlarga mo’ljallangan , lekin bunda videoapparatura qo’llaniladi . Video konferensiya - bu shunday kompyuter texnologiyasiki , u orqali foydalanuvchi shaxslar bir - birlarini real vaqtda ko’radi , eshitadi va ma’lumotlar bilan almashadi . Videokonferensiyani o’tkazish kompyuter va monitorlar bo’lishini talab etadi . Videokonferensiya jarayonida bir - biridan ancha uzoq masofada bo’lgan uning ishtirokchilari ekranda o’zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko’rib turadilar . Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi . Masofadan videokonferensiya tizimi - matnli axborotlar almashish, fayllar almashish imkonini beradi . Shunisi bilan videokonferensiya shaklida masofadan turib interfaol o’qitish tizimi Internet yoki lokal tarmoq orqali o’qitishdan hamda radio yoki televidenie orqali ma’ruza o’qishdan farq qiladi . Video konferensiyada tashqi elektron doskadan foydalanilganda o’qituvchi doskaga yozadi va uni videokonferensiya aloqasi ko’magida boshqa auditoriya tinglovchilariga ko’rsatiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |