Neft maxsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shaxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha Litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish interaktiv davlat xizmati REGLAMENTI
1. Interaktiv xizmatlar tavsifi (pasport)
1.1. Interaktiv xizmat nomi:
Neft maxsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shaxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha Litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish interaktiv xizmati.
1.2. Interaktiv xizmat natijasi:
Veb-saytning ushbu interaktiv xizmat bo’limiga kirganda “Neft maxsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shaxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish” bo’yicha Litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni to’g’risidagi xabarnoma.
1.3. Interaktiv davlat xizmatini ko’rsatuvchi mahalliy davlat hokimiyati organi, xizmat ko’rsatish manzili:
Viloyat hokimligi rasmiy veb-saytida Interaktiv xizmatlar xavolasida mavjud (http://jizzax.uz/uz/onlineservice/neft-mahsulotlarini-avtomobillarga-yonilgi-quyish-shoxobchalari-va-moy-almashtirish-’unktlari-orqali-sotish-boyicha-faoliyatni-litsenziyalash/ )
1.4. Qonuniy asosi:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini sotish bo’yicha faoliyatni litsenziyalash to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2003 yil 28 iyundagi 289-son qarori.
O’zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida”gi 2000 yil 25 maydagi 71-II –son Qonuni.
1.5. Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jizzax viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida ko’rish imkoniyati bo’lgan yuridik tashkilotlar.
1.6. Xizmatdan foydalanishga so’rov yuborish muddati:
Murojaatchining talabidan kelib chiqqan holda istalgan vaqtda.
1.7. Bajarish muddati:
Bir lahzada, arizani yuborish, mahlumotlarni o’qish va yuklab olish mumkin.
1.8. So’rovnomani qabul qilinganligi tasdiqlash muddati:
So’rovnoma yuborish ko’zda tutilmaganligi sababli muddat o’rnatilmagan.
2. Xizmatdan foydalanuvchilarga mahlumotlarni taqdim etish.
2.1. Axborot tarkibi va hajmi:
Neft maxsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shaxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha Litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish.
2.2. Qo’shimcha axborot berish:
Neft maxsulotlarini avtomobillarga yonilg’i quyish shaxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo’yicha Litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish bo’yicha mahlumotlarni taqdim etish.
2.3. So’rovga asosan beriladigan axborotlar:
So’rovnoma yuborish ko’zda tutilmagan.
2.4. Interaktiv xizmat ko’rsatish joyi:
Jizzax viloyati Jizzax shaxar SH.Rashidov shox ko’chasi 64. Jizzax viloyat hokimligidan yoki rasmiy veb-sayt (http://jizzax.uz) i orqali.
2.5. Talab qilinadigan hujjatlar:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanadigan turi ko’rsatilgan holda litsenziya berish to’g’risidagi ariza;
b) yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
c) litsenziya berish to’g’risidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqilganligi uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjat;
d) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq keluvchi binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarga yegalik huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
e) “O’zdavneftgazinspeksiya” hududiy bo’limining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va sotish uchun asbob-uskunalar bilan taminlanganligi holati, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning maxsus mahlumotga yegaligi to’g’risidagi xulosasi;
f) O’zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bo’linmasining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va sotishda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi;
g) yong’in nazorati hududiy organlarining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining yong’indan saqlash talablariga muvofiqlik to’g’risidagi xulosasi;
h) “O’zstandart” agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan beriladigan metrologik taminot to’g’risidagi xulosa;
i) O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi bo’linmasining avtomobillarga yonilg’i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi.
3. Xizmat ko’rsatish
3.1. Ish vaqti:
Dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 9:00 dan 18:00 (tushlik 13:00 dan 14:00) gacha.
3.2. Kutish vaqti:
Kutish shartlari mavjud emas.
4. Xizmat ko’rsatish jarayoni.
4.1. Zaruriy hujjatlar:
Hujjatlar talab etilmaydi.
4.2. Xizmat uchun to’lov:
Xizmat bepul.
4.3. Interaktiv xizmat ko’rsatish bosqichlari:
Bosqichlar mavjud emas.
4.4. Xizmat ko’rsatish uchun ichki idoraviy jarayonlar:
1) Jarayon 1: Mahlumotlarni tayyorlash;
2) Jarayon 2: Veb-saytga joylashtirish;
4.5. Rad etish sabablari:
O’zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida”(2000 yil 25 maydagi 71-II-son) Qonunining 17-moddasida keltirilgan sabablar litsenziya berishni rad etish uchun asos bo’ladi.
5. Sifatni tahminlash
5.1. Sifat ko’rsatkichlari:
Rasmiy veb-saytdagi virtual murojaat orqali o’z baholarini qo’yishi mumkin.
5.2. Ko’rsatilgan xizmatga oid shikoyatlar:
Xizmatdan norozi bo’lgan shaxslar, rasmiy veb-saytdagi virtual murojaatlar orqali litsenziya beruvchi organ rahbariga o’z shikoyatlarini yuborishlari mumkin.
Ilova 1
Interaktiv xizmat ko’rsatish sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |