1-rasm. Pul massasining doimiy o‟sishining ta‟siri.
Pulmassasiningdoimiyo‗sishiyalpiegritalabniADXo‘ngdanAD3vaADe o‘ng tarafga qarab suriladi, ayni vaqtda pul massasining doimiy o‘sishi egri yalpi taklifni L5 holatdan AS2, AS3 vaASrchapga nuqtalarga suriladi. Natijada narxlar darajasi Р, dan Р2, Р3 va Р4 gacha ortishiga olibkeladi. Monetaristlar nuqtai nazaridan, yalpi egri taklif darhol AS2 holatga surilishi mumkin, chunki korxona firmalar pul massasining o‘sishini kutishadi va bu kutilayotgan inflyatsiya darajasini oshishiga olib keladi. Bu holatda 2 nuqtaga harakatlanish tez bo‘ladi va emissiya tabiiy darajadan yuqoribo‘ladi. Monetaristlar tarafdorlari inflyatsiyani pul taklifini o‘sishidan boshqa omillar ham keltirib chiqarishi mumkinmi deb o‘ylashadimi? Yo‘q. Monetaristlarning nuqtai nazaridan yalpi egri talabni harakatining yagona manbasi pul taklifidir. Monetaristlar tarafdorlari yuqori darajadagi inflyatsiya darajasi pul massasining jadal tez o‟sishi bilan yuzaga keladi deyishadi. Keyns nazariyasiga ko‘ra, pul massasining doimiy o‘sishi yalpi egritalab va yalpi egri taklifga rasmda ko‘rsatilganligi singari ta‘sir qiladi. Yalpi egri talabo‘nggaharakatlansa,yalpiegritaklifchapgaharakatlanadi.Xulosa
oldingidek qoladi, ya‘ni pul taklifining jadal o‘sishi narx darajalarini yuqori tezlikda o‘sishi orqali inflyatsiyani yuzaga keltiradi. Keyns modeliga ko‘ra, pul massasining o‘sishidan boshqa omillar yuqori darajadagi inflyatsiyani yuzaga keltirishi mumkinmi? Yo‘q. Bu hayratlanarli ko‘rilinishi mumkin, chunki Keyns tarafdorlari yalpi talab va yalpi taklifga fiskal siyosat va shoklar ta‘sir qilishi qayd etishgan edi. Nima uchun Keyns nazariyasining tarafdorlari inflyatsini monetar holat deyishadi, chunki pul massasining yuqori darajada o‘sishidan boshqa holatlar inflyatsina keltirib chiqarmaydi89. Inflyatisiyaga ta‘sir etuvchi omillarni ichki va tashqi omillarga bo‘lish mumkin. Inflyatsiyaga ta‘sir qiluvchi ichki omillarga quyidagilar kiradi:
Xarb
iy xarajatlarning oshishi. Mamlakat bujeti xarajatlarini oshirib, inflatsiya darajasining oshishiga olib keladi.
Xadd
an ziyod investisiyalarning kiritilishi;
Bala
nslashmagan oylik ish xaqi va narxlarning o‘sishi;
Eksp
ansion siyosat. Kredit qo‘yilmalarining arzonlashuvi iqtisodiyotga
ortiqcha pul massasining chiqishiga olib keladi.
Hadd
an ziyod emissiya yoki pul aylanishi tezligining oshishi.
Barcha iqtisodchilar iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlarini: yuqori darajadagi bandlik va narxlar barqarorligini bir xil tushunishadi. Ammo, odatda uni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalarni qaramaqarshi berishadi. A k t i v iqtisodiy siyosat tarafdorlari o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi j uda sekin ishlaydi shuning uchun hukumat maqbuldarajada ishsizlik darajasini ushlab turish uchun aktiv faoliyat o lib borishi lozim deb hisoblashadi. Passiv iqtisodiy siyosat tarafdorlari esa, ishsiz darajasini tushirish bo‘yicha hukumataktiv faoliyatni amalga oshirmasa iqtisodiyot muvafaqqiytliroq rivojlanadideydi90.Inflyatsiya darajalarining oshishiga olib keluvchi tashqi omillar mamlakat ichki siyosatiga bog‘liq bo‘lmagan holda tashqi siyosat natijasida yuzaga kelishi mumkin, ularga quyidagilar kiradi:
Tuzil
maviy inqirozlar;
Tashqi savdodan tushumning kamayishi
To‘lov balansining salbiy qoldiqqa ega ekanligi.
Mamlakat tashqi savdo hamkor mamlakatlari va jahon miqyosida yuzaga kelgan tuzilmaviy inqirozlar mamlakatning ichki iqtisodiy holatiga ham salbiy ta‘sir qiladi. Bunday holat mamlakatning eksportini pasayishi, kutilgan valuta tushumiga ega bo‘lmasligi hamda ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta‘sir qilishi orqali namoyon bo‘ladi.
Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari.
H ar bir mamlakatda inflyatsiya mavjudligi undagi iqtisodiy holatnig yomonlashuviga sabab bo`ladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagi
yo`nalishlarda yuzaga chiqadi:
Ishlab chiqarish xajmi qisqaradi, chunki narx-navolarning doimiy tarzda tebranib turishi ishlab chiqarishni rivojlantirishga bo`lgan istiqbollarga ishonchni yo‘qotishga olib keladi.
Ishlab chiqarish sohasidagi kapital savdo va vositachilik operatsiyalariga oqib o`tishi kuzatiladi. Chunki savdo va vositachilik sohalarida kapital aylanishi tez amalga oshadi va katta foyda keltiradi. Inflyatsiya yuqori bo`lgan davrda aholi o`rtasida puldan qochish holati kuzatiladi, ya`ni kishilar qo`llaridagi pullardan imkoniyat darajasida tezroq sarflashga harakat qiladilar. Ular pullarga turli tovarlar sotib oladilar.
Narx-navoning keskin va notekis o`zgarishi natijasida chayqovchilik kengayadi. Inflyatsiya natijasida tovar tanqisligi (defitsit) yuzaga chiqadi. Ushbu taqchillik narx-navoning keskin ko`tariladi. Chunki inflyatsiya darajasi tufayli yuridik va jismoniy shaxslarga tijorat banklaridan beriladigan kreditlarning 17 foiz darajasinig yuqori darajada o`rnatiladi. Ushbu salbiy holat ishonchni pasaytiradi. Inflyatsiyaning eng asosiy ijtimoiy oqibati bo`lib daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlanishi amalga oshishi hisoblanadi. Ushbu qayta taqsimlanishi quyidagi omillar natijasida amalga oshadi:
mamlakat aholisining daromadlari indeksatsiya qilinmasligi;
tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar baholar indekslarining o`zgarishini hisobga olinmagan holda berilishligi. Inflyatsiya shart-sharoitlarida mamlakatda ichki mahsulot va milliy daromad quyidagi yo`nalishlarda qayta taqsimlanadi:
Milliy iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish sohalari va mamlaat xududlari o`rtasida narx-navoning notekis o`sishi natijasida
Mamlakat aholisi va davlat o`rtasida. Bunda davlat tomonidan muomaladagi ortiqcha pul massasidan qo`shimcha daromad sifatida foydalanadi. Xalqaro amaliyotda bu inflyatsion soliq deb nomlanadi;
Mamlakat aholisining sinflari va turli toifalari o`rtasida. Maxsulotlar va xizmatlarga bo`lgan narx-navoning notekis o`sib ketishi natijasida aholi o`rtasida ijtimoiy toifalarga bo`linishini (boylar, kambag`allar, qashshoqlar), mulkiy holatidagi farqni chuqurlashuviga, jamg`armalar va joriy iste`molning keskin
o`zgarishi yuzaga chiqadi. Inflyatsiyaning ijtimoiy salbiy ta`siri eng avvalo qat`iy belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxo`rlar, nogironlar, ko`p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o`qituvchilar, vrachlar, bog`cha xodimlari va boshqalar) uchun juda og`ir kechadi;
Debitorlar va kreditorlar o`rtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar qo`shimcha zarar ko`radi. Biz yuqorida keltirgan inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy salbiy oqibatlari qo`shimcha ravishda mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarga ham faol ta`sir ko`rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori mamlakatlar bilan qo`shimcha sug`urta va 18 turli kafolatlar asosida o`zaro munosablar olib boradilar. Xalqaro amaliyotda ushbu munosabatlar savdoning kamsitilishi yoki diskriminatsiya deb nomlangan. Mamlakat iqtisodiyotiga ayniqsa jilovlanmagan (giperinflyatsiya) juda salbiy ta`sir etadi. Buning natijasida iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinlashadi, aholi o`rtasida xukumatga bo`lgan norozilik kuchayadi. Shuning uchun, xukumat qarama-qarshiliklarni ijobiy hal qilish, milliy pul tizimining barqarorlashtirish uchun oqilona ishlab chiqilgan inflyatsiyaga qarshi choratadbirlarni amalga oshirishi lozim bo`ladi
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi.
Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib kеladi:
ishlab chiqarish hajmi tushib kеtadi baholarning oshib borishi ishlab chiqarish istiqbollariga tug`onoq bo`ladi.
kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo sohasiga, vositachilik sohasiga oqib o`tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko`ra savdo sohasidagi kapital tеzroq va ko`proq foyda kеltiradi;
baholarning o`zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi, arzon vaqtida olib, qimmat bo`lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish jarayonlari avj oladi;
krеdit bеrish jarayonlari chеklangan bo`ladi. Qarz oluvchilar ko`payadi- yu, qarz bеruvchilar soni qisqaradi, chunki qarz bеrgan yutqazishi mumkin. Davlatning moliya rеsurslari qadrsizlanadi va hk.
Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy jihatdan ahvoli yomonlashadi. Ularning rеal daromadlari kamayadi. Nominal daromadning baholar o`sishidan tushib kеtishi natijasida aholining hayot darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin. Inflyatsiya aholi jamg`armalarininig qadrsizlanishiga olib kеladi. Ba'zida inflyatsiya aholi ba'zi qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib kеladi. Davlat aholining daromadlar darajasini tеnglashtirish maqsadida daromad va soliqlarni indеksatsiya qilib boradi.
Mamlakat tomonidan inflyatsiyaning samarali tashkil qilinmasligi natijasida quydagi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
harbiy xarajatlarning o`sishi va iqtisodning militarlashuvi. Harbiy tеxnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar muomalaga kеragidan ortiqcha pul chiqarishga sabab bo‘ladi.
davlat qarzlarning o`sishi va budjеt dеfitsitining mavjudligi.
Budjеt dеfitsiti odatda zayomlar chiqarish yoki banknotalar emissiya qilish yo`li bilan qoplanadi. Bu o`z navbatida qo‘shimcha muomala vositalari bo`lishiga, qo`shimcha talab yuzaga kеlishiga olib kеladi. O`zbеkistonda byudjеti dеfitsitini qoplash yuqorilardagidan tashqari 1996- yildan boshlab davlat qisqa muddatli majburiyatlarini (DQM) sotish orqali ham qoplanmoqda.
Barchamiz singari hukumat ham o‘z harajatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishi lozim. Albatta uning ham bujet cheklovlari bor. O‘z xarajatlarimizni to‘lash uchun pulni ishlab topishimiz yoki qarzga olib turishimiz mumkin. Davlat huddi shu usullardan foydalanadi: davlat bujetini yangi soliqlarni kiritish yoki qarzga mablag‘larni davlat obligatsiyalarini chiqarish orqali jalb qilishi mumkin. To‘g‘risi bizdan farqli ravishda davlat uchinchi imkoniyati ham mavjud: pulni emissiya qilish va maxsulot va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish. Davlat xarajatlarini moliyalashtirish usullari davlat bujetini chegaralash shartlariga bo‘ysunadi va quyidagicha tashkil etiladi: davlat bujeti difisiti DEF (davlat xarajatlari G va soliq daromadlarining Tning farqi) monetary baza АМВ va aholi qo‘lidagi obligatsiyalarning АВ summasi o‘zgarishiga teng bo‘lishi kerak. Matematik nuqtai nazardan quyidagicha bo‘ladi: