Turli guruhlardagi mijozlarning ehtiyojlarini qondirish o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Birinchi qarashda har qanday tadbirkorga o‘z mijozlari doirasini imkoni boricha kengaytirish foydali ko‘rinadi. Lekin, resurslarning cheklanganligi va boshqa iqtisodiy tavsifga ega bo‘lgan boshqa sabablar odatda shunga olib keladiki, maksimal foyda xohlovchilarga emas, balki ayrim o‘ziga xos mijozlarga xizmatlarni qaratish orqali olinishi mumkin. Ushbu holatda mijozlar sonini ongli ravishda kamaytirish, xizmatlar sonini oshirish va ularni jozibaliroq qilib ko‘rsatish (iste’molchilarning cheklangan soniga bo‘lsada) imkonini beradi.
Hozirgi sharoitda har qanday firmaga shunday muommoni hal qilishga to‘g‘ri keladi: qandaydir xizmatni katta sonli mijozlarga mo‘ljallashmi yoki uning doirasini chegaralashmi. Ikkinchi holatda xizmatlar sifati oshadi, mijozlar bilan teskari aloqa o‘rnatiladi va ular bilan yakka tartibda ishlashning samarali uslublari topiladi. Ikkinchi tomondan, mijozlar doirasining qisqarishi ko‘pchilik yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli, real servis faoliyatida bir-birlariga qarama qarshi bo‘lgan tendensiyalar hisoblangan mijozlar sonining kengayishi va kamayishi o‘rtasida o‘zaro tenglik mavjud.
Insonning mavjud ehtiyojlarining qondirilishi va ushbu ehtiyojlarning shakllanishi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Servis tizimi faoliyatida bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan (odatda, bir birini to‘ldiruvchi) ikki strategiyadan foydalanish mumkin: xizmatlarga bo‘lgan mavjud talabga moslashish va yangi talab, yangi ehtiyojlarni shakllantirish. Mavjud talablarga moslashish zaruriyati bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari uchun odatiydir. Buning asosiy sababi shundaki, insonlarda juda katta ehtiyojlar uzoq tarixiy davr davomida saqlanib qoladi, garchi ushbu ehtiyojlarni qondirishning konkret uslublari doimo o‘zgarib boradi. Bular jumlasiga oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy kabi barcha bazali (dastlabki, kundalik) ehtiyojlar kiradi. Oziq-ovqat, turar joy, ko‘chmas mulk bozorlari va kapital qurilish bilan bog‘liq servis tizimi doimo talab qilingan bo‘ladi. Shu vaqtning o‘zida servisning qolgan turlariga ham ehtiyojlar mavjud.
Fan - texnika taraqqiyoti jamiyatga yangi, ikkilamchi, qiyinlashib borayotgan ehtiyojlarni qondirishga imkoniyat yaratadi. Raqobat kurashi servis tashkilotlarini ushbu ehtiyojlarga ta’sir ko‘rsatishga majbur qiladi. Jumladan, XX asrning oxirida shaxsiy kompyuterlar, televizual va tarmoqli ma’lumotlar, uyali telefonlar, kompyuter o‘yinlari, yangi sport turlari va boshqalarga ehtiyojlar shakllandi.
Davlat ham o‘zining siyosiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, ikki har xil strategiyalardan foydalanadi. Birinchidan, u fuqarolarning ananaviy ehtiyojlarini (masalan xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojlar, iqtisodiyotning ayrim sektorlarini qo‘llab turish) qondiradi, ikkinchidan, davlatning siyosiy va mavkuraviy manfaatlariga javob beradigan inson ehtiyojlarini shakllantiradi va o‘zgartirishlar kiritadi. Buning uchun ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari va mavkuraviy muassasalar xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |