1. Industrial iqtisodiyot” fanining ob’ekti sanoatning ta’rifi va tavsifi


Konsentratsiyalashtirish, uning shakllari va ko‘rsatkichlari



Download 0,51 Mb.
bet38/63
Sana01.12.2022
Hajmi0,51 Mb.
#876337
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63
Bog'liq
Industirial iqtisodiyot SamDU 2022 yozma javoblar (1)

32.Konsentratsiyalashtirish, uning shakllari va ko‘rsatkichlari


Ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish – bu mahsulot tayyorlash, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatishni eng yirik korxonalarda to‘plash jarayonidir. Uning bir necha turlari mavjud. Ular agregat, texnologik, tashkiliy xo‘jalik va korxona (firma)larni yiriklashtirish shakllarida ifodalanadi.
Sanoatni konsentratsiyalashtirish agregat, texnologik, tashkiliy-xo‘jalik va zavodlarni yiriklashtirish shakllarida ifodalanadi.
Agregat shaklida ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish - dastgohlarning quvvatini oshirishdir, ya’ni agregatlarning unumdorligini yuqori darajaga hamda muayyan turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishning umumiy quvvatida yuqori unumdor agregatlar salmog‘ini ko‘paytirishdir. Bu jarayon sanoatning etakchi, ayniqsa, elektroenergetika, metallurgiya, kimyo, yoqilg‘i va qurilish materiallari tarmoqlarida sezilarli.
Konsentratsiyalashtirishga texnologik jihatdan o‘xshash ishlab chiqarishlarning quvvatini oshirish orqali erishish mumkin. Masalan, metallurgiyada - cho‘yan, po‘lat eritish, prokat ishlab chiqarish, to‘qimachilikda – yigirish, to‘qish, bo‘yash, mashinasozlikda - quyuv, mexanik ishlov berish, yig‘uv jarayonlarining mujassamlashishi.
Korxonalarni va ularning tarkibidagi sex va uchastkalarni yiriklashtirish ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmini ko‘paytiradi, mahsulot sifatini yaxshilaydi, mehnat unumdorligini oshiradi. Bunga yirik korxonalarni qurish, ishlab turgan korxonalarni qayta qurollantirish, kengaytirish, birlashmalarni tuzish yo‘li bilan erishiladi.
Iqtisodiy rayonlarning industrial rivojlanish darajasi, ularning tarkibidagi yirik, o‘rta hamda kichik sanoat korxonalarning salmog‘i bo‘yicha ifodalanadi.
Sanoatni konsentratsiyalash masalalarini ma’lum mahsulotlarga ehtiyoj, ularni ishlab chiqarish imkoniyatlarini hamda erishiladigan iqtisodiy natijalarni e’tiborga olgan holda hal etish tavsiya etiladi.
Korxonalar ishlab chiqarishning hajmiga binoan yirik, o‘rta va kichik turlarga bo‘linadi. Ular bir-biridan ishlab chiqariladigan mahsulot (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning hajmi, asosiy fondlarning qiymati, xodimlarning soni bilan farqlanadi.
Yirik, o‘rta va kichik korxonalarni qurish zarurati O‘zbekiston Respublikasining moddiy-texnika bazasini yaratishda vaqt omilining ahamiyati nihoyatda yuqoriligi bilan aniqlanadi.
Har bir sanoat korxonasi o‘z afzalliklari va kamchiliklari bo‘yicha bir biridan farqlanadi.
Yirik korxonalarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
-yuqori unumli texnika va ilg‘or texnologiyani qo‘llash va undan foydalanish imkoniyatlarining ko‘pligi;
-ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish;
-xodimlar mehnat unumdorligining yuqoriligi;
-sanoatga ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan eng yangi fan- texnika yutuqlarini, o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatadigan quvvatli konstruktorlik, texnologik va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, byurolarini tashkil etish imkoniyatlari;
-shartli-doimiy xarajatlarning kamligi;
-mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan asosiy va yordamchi xizmat ko‘rsatish xarajatlarining pastligi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kichik korxonalarning o‘rni va roli juda katta ahamiyatga ega. SHu sababli mustaqillik yillarida o‘rta va kichik korxonalarning rivojlanishiga alohida e’tibor berildi. Natijada ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 50 foizdan oshmoqda.
Yirik, o‘rtacha va kichik korxonalar oqilona rivojlantirilgandagina ijtimoiy ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishish mumkin. Bu vazifani hal etish ishlab chiqarishni konsentrsiyalashtirishga bevosita bog‘liqdir. Buning uchun korxonalarning optimal yirikligini aniqlash kerak bo‘ladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish