1-ilova
Psixoanalizning maydonga keltirgan eng muhim ijtimoiy-siyosiy faktorlar
№
|
ijtimoiy-siyosiy faktorlar nomi
|
Mazmuni
|
|
Freydizm
|
Freydizmni yuzaga keltirgan ijtimoiy-tarixiy, madaniy omillar nimalardan iborаt edi? Ma`lumki, Zigmund Freyd yashagan XIX asr oxiri, XX asr boshlari butun Yevropada kapitalistik munosabatlarning qaror topish davri bo`lganligi bilan xarakterlanadi. Boshqacha qilib aytganda, bu davr ijtimoiy hayotdagi yangilanish davri bo`ldi. "... G`arbiy Yevropa va Amerika matbuotida Freydning g`arb odami psixologiyasiga kuchli ta’sir ko`rsatgan g`oyalarini Kopernik, Darvin va Eynshteyn g`oyalariga tenglashtirilganini juda ko`p martalab ko`rish mumkin". Bu kashfiyotlardagi mushtaraklik - inson va uning borliqdagi o`rniga yangicha yondashishdadir. Kopernik geotsentrik nazariyani rad qildi, geliotsentrik nazariyani boshlab berdi, shunga ko`ra, inson koinotdagi yagona ongli mavjudot emasligiga ishora qildi. Ch.Darvin esa inson va hayvonning kelib chiqishini bir manbaga bog`laydi, shunga ko`ra inson mavjudot olamining markazida turmaydi deb hisoblaydi. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi ham inson tafakkurining bir qadam olg`a ketganligi nishonasi bo`ldi.
|
|
Revolyutsion ko`tarilish
|
XIX asr oxiri, XX asr boshlarida yangicha ijtimoiy munosabatlarning qaror topishi barch davlatlarni qamrab oladi. XVII asrda Angliyada boshlangan burjua revolyutsiyasi keyingi asrlarda Fransiya (XVIII asr oxiri), Italiya (XIX asr ikkinchi yarmi), Germaniya (XIX asr o`rtasi), Avstriya (XIX asr o`rtasi), Vengriya (XIX asr o`rtasi), Chexiya (XIX asr o`rtasi) singari Yevropa mamlakatlarida, AQSH (XIX asr ikkinchi yarmi)da bo`lib o`tdi; Rossiya inqilobiy ko`tarilishlar girdobiga mahkum etildi. Bir tarafdan, absolyut monarxiyani saqlab qolishga jon-jahdi bilan intilgan eski hukumat vakillari kuchaytirgan terror; ikkinchi tarafdan, ko`pchilik ommaning yangi ijtimoiy tuzilma talabi yo`lida har qanday kurashdan qaytmasligi turli mamlakatlarda odamlar o`rtasida dushmanlik kayfiyatini, qon to`kilishini behad avjga chiqardi. Deylik, Rossiyaning bir qancha liberal-demokratik islohotlarni amalga oshirgan ( krepostnoylik huquqining, tan jazosining bekor qilinishi, sudlarda xalq maslahatchiligining joriy etilishi kabi) imperatori Aleksandr II ham, revolyutsionerlar tomonidan o`nlab marta suiqasd uyushtirilishiga qaramay, demokratik islohotlarni mujassamlashtirgan konstitutsiyani imzolashga, ya`ni samoderjaviening qudratini rasman zaiflashtirshga uzoq vaqt ikkilanib turdi; pirovardida esa, inqilobchilar uyushtirgan suiqasdning qurboniga aylandi. Aleksandr III taxtga o`tirishi bilan absolyut monarxiya yana eski o`zanlariga
|
|
Mustamlakachilik
|
Bu davrda dunyo miqyosida mustamlakachilik kayfiyati ham o`sib bordi; rivojlanmagan yurtlarga egalik qilish da`vosidagi mustamlakachilik istilolari Janubiy va Shimoliy Amerikani, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrika hamda Osiyoning ko`pgina mamlakatlarini qamrab oldi. Mustamlaka orttirish yo`lida turli yirik mamlakatlar o`rtasida ixtiloflar ham, mustamlaka mamlakatlardagi milliy-ozodlik harakatlari ham o`sib bordi. Bir tarafdan, yangi kapitalistik munosabatlarni o`rnatishga qaratilgan revolyutsion xatti-harakatlar va ayni paytda burjuaziya va pomeshchiklarga qarshi xalq g`alayonlari bir mamlakat doirasida; ikkinchi tarafdan, o`z mustaqilligi uchun bosh ko`targanlar bilan mustamlaka hukmronligini saqlab qolish tarafdorlari o`rtasidagi keskin to`qnashuvlar, bundan tashqari, yirik mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro urushlar turli mamlakatlar doirasida insoniyatni ommaviy o`lim va ijtimoiy jazavalarga mahkum qildi. Butun dunyo haq-huquq, boylik va hokimiyat talashuvlari girdobida qoldi.
|
|
Materialistik ta`limot
|
G`arbiy Yevropada Karl Marksning paydo bo`ldi va turli mamlakatlarda ko`pchilik ommani o`ziga jalb qildi. Marksizm falsafasining chuqur analiziga berilishdan saqlanib, mavzuga aloqador birgina holatni ta`kidlash lozim: marksizm insoniyat hayotidagi barcha voqea-hodisalar, taraqqiyot va krizislarni ijtimoiy-iqtisodiy, mulkiy munosabatlarga bog`lab tushuntiradi. Tabiiyki, bu xil qarash Freydni befarq qoldirmagan. U o`zining "Dunyoqarash haqida" nomli ma’ruzasida marksizmning o`z davrida insoniyat hayotining barcha sohalarida istisnosiz obro` qozonganligini e’tirof etaturib, shunday deydi: "Odamlarning jamiyatdagi fe`l-atvorini tabiiy ravishda faqat iqtisodiy motivlar belgilaydi, deyish mumkin emas. Bir xil iqtisodiy sharoitlardagi turli shaxslar, irqlar, xalqlarning o`zlarini turlicha tutishlaridan iborat hech qanday shubha uyg`otmaydigan fakt iqtisodiy motivlarning yagona hukmron ekanligini rad qiladi.
|
|
Sho`ro davri
|
Sobiq sho`ro davrida freydizmga qattiq taqiq qo`yilishining bosh sabablaridan biri ham marksizmning psixoanalizda qattiq tanqidga uchrashi, bu ikki ta`limot metodologiyasining, psixik taraqqiyot mexanizmini izohlash prinsiplarining bir-biridan tubdan farq qilishidadir. XX asrning 20-yillari o`rtalaridanoq Z.Freyd asarlarini tarjima va nashr etish ham; shuningdek, amaliyotda Freyd nazariyasi va metodlarini qo`llash ham taqiqlab qo`yildi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |