Inklyuziv ta’lim – alohida individual imkoniyatlarni va ta’limiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan barcha bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning teng ravishda ommabopligini ta’minlaydigan jarayon;
Modelь (lotinchadan – o‘lcham, namuna) – tabiatdagi yoki jamiyatdagi hodisa yoxud jarayonlarni talqin qilish;
Integratsiyalashgan rejalashtirish – bolalarni o‘qitish va rivojlantirish integrallashgan jarayondir: bola rivojlanishining har bir sohasi uning boshqa sohalari bilan uzviy bog‘liq. Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishda ularni bir-biridan ajratmaslik zarur, biroq bir butun majmua sifatida qarash lozim. Turli sohalardagi ta’lim jarayoni o‘zaro bog‘liq va bir-biri bilan uyg‘unlashgan .
Do'stlaringiz bilan baham: |