7.2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Kichik soha: «Men» konsepsiyasi
Talab: Bola o‘zini o‘ziga xos xususiyatlari bilan, ijobiy shaxs sifatida qabul qiladi, mustaqil va o‘z xatti-harakatiga javob beradi.
Kutilayotgan natija:
mustaqillikka intiladi;
o‘zining oilaviy, gender mansubligiga ijobiy his tuyg‘ularni anglaydi va farqlay oladi;
o‘zining millati, tili va o‘z madaniyatining muhim elementlarini biladi;
o‘ziga yuklatigan majburiyatlar asosida faoliyatni tashkil qiladi;
shaxsiy qarorlarini qabul qilishga qodir;
boshqalarga namuna bo‘lishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |