1-ilova Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika mashg’ulotlarini tashkil etish nechaga bo’linadi? Matematika mashg’ulotlarini yillik rejalashtirishni qamday tushunasiz? Matematika mashg’ulotlarini olib boorish haqida nimalarni


O‘rta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl bilan o‘yinlar o‘tkazish



Download 0,89 Mb.
bet31/52
Sana13.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#790923
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
Bog'liq
1-ilova Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika mashg’ulot

O‘rta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl bilan o‘yinlar o‘tkazish.
Figuralarni shakllari va boshqa xususiyatlariga qarab guruhlarga ajratishni, figuralarni o‘lchamIarining ortib va kamayib borishi tartibida terib qo‘yishni mashq qildirish katta ahamiyatga ega. O‘rta guruhda bolalarga mashg'ulotdan tashqari vaqtda figuralarni farq qilishni mashq qildirish uchun «Nima yo‘q bo‘lib qoldi?» yoki «Nima o‘zgardi?» kabi o‘yin mashqlari va didaktik o‘yinlardan keng
foydalaniladi. Bolalar qaysi figurani yashirganlari yoki almashtirib qo‘yganliklarini aytadilar.
«Ajoyib qopcha» o‘yini turli variantlarda o‘tkaziladi. Bolalar figuralarni taniydilar, ko‘rib idrok etiladigan namunaga qarab uni paypaslab ko‘rib topadilar yoki, aksincha, ushlab ko‘rib idrok etilgan namuna asosida figurani ko‘rib topadilar.
«O‘z uyingni top», «Samolyotlar» kabi o‘yinlar figuralar shaklini idrok etishdagi konstantalik (turg‘unlik)ni o‘stirishga imkon beradi. Yasalgan kvadratlar, uchburchaklar uychalar va aerodromlar vazifasini bajaradi. Mazkur o‘yinlar takroriy o‘tkazilganida bunday uychalar va aerodromlarning oMchamini kattalashtirish maqsadga muvofiqdir.
Yakka mashqlar o‘tkazish uchun «Juftingni top», «Ko‘rgazmaga mos figurani top» va boshqa shu kabi o‘yinlardan foydalaniladi. Bolalar figuralaming rangi va tasviri haqidagi belgilami taqqoslab, tegishli shakllarni topadilar.
Narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan solishtirib ko‘rish.
O‘rta guruhda bolalarni narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan solishtirib ko‘rishga katta ahamiyat beriladi. Bolada
u yoki bu narsaning shakli qaysi geometrik figuraga yoki geometrik figuralarning qaysi birikmasiga to‘g‘ri kelishini ko‘ra olish qobiliyati o‘stiriladi.
Bolalar oldin geometrik figuralarni ularga o‘xshash shakldagi narsalar bilan solishtirib ko‘rishni mashq qiladilar. Ular figuralarning modellariga mos narsalarni tanlab oladilar. Geometrik figuralarni boshqa narsalardan ajratib olishga, ularga namuna ma'nosini berishga mana shunday qilib erishiladi.
«Xuddi mana shunday shakldagi narsani top», «Men aytgan narsani top» va boshqa shu kabi o‘yin mashqlari o‘tkaziladi. Bolalar narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan bevosita taqqoslashdan ularning shakllarini so‘z bilan ta’riflashga o‘tadilar.
Mashqlar uchun avval oddiy shaklda bo‘lgan detallari yo‘q narsalar tanlab olinadi. Bir turdagi (har xil shakldagi geometrik figuralar, taxtachalar va shu kabilardan) va har xil turdagi narsalar (kvadrat shaklli ro‘mol, to‘g‘ri burchakli sharfcha, uchburchakli ro‘mol, galstuk)dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bolalar ko‘rsatilgan shakldagi (4-5 dona ichidagi) narsalarni tanlab oladilar; tegishli shaklga ega bo‘lgan narsalar tasvirlangan rasmlami tanlab oladilar; jadvalda qaysi shakldagi narsalarning rasmi chizilganligini aytadilar. Keyinchalik ularga xonaning ma’lum joylaridan aytilgan shakldagi narsalarni topish («Qarangchi, tokcha ustida qutiga o‘xshash narsalar bormikan?») taklif qilinadi. «Guruh xonasi bo‘ylab sayohat», «Yashirilgan narsani top» kabi o‘yinlar o‘tkaziladi.
3-ilova
1. O‘rta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl bilan o‘yinlar o‘tkazishda qanday usullardan foydalanish mumkin?
2. Bolalar ko‘rsatilgan shakldagi (necha dona ichidagi) narsalarni tanlab oladilar?
3. Mashqlar uchun avval qanday shaklda bo‘lgan detallar tanlab olinadi?
4. Narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan solishtirib ko‘rish qanday amalga oshiriladi?
5. Geometrik figuralarni bir-biridan farq qilish va ularning ba'zi xususiyatlari bilan tanishishda turli guruhlarda nimalar tashkil etish mumkin?


4-ilova
Uyga vazifa: FSMU metodi yordamida vaqtni chamalash ko’nikmasini shakllantirishni tushuntirib berish. Yangi mavzu bayoniga tayyorgarlik ko’rish.
5-ilova
1.N.U.Bikbayeva “Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish” O’qituvchi. Qo’llanma.-1995.

2.M.E.Jumayev. “Bolalarda boshlang`ich matematik tushunchalarini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi” Toshkent. «Ilm-Ziyo» Qo’llanma - 2013


3.ZiyoNET. Ta`lim portali. www.ziyonet.uz.


2.www.google.uz.
3.O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi Markazi; www.markaz.uz.
4.www.TEACHER.uz.
5.www.vospitatel.com.ua.
6.www.dovosp.ru.
7.www.obruch.ru.

TASDIQLAYMAN ”


O’TIBDO’_________M.Qo’ldoshev
Sana _______________

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish