Ilk yoshdagi bolalar o‘ta hissiyotli va juda qiziquvchan bo‘ladilar.
Ularning ana shu qiziquvchanlik xususiyatlaridan ta’lim jarayonida keng foydalanish lozim. Ilk yoshdagi bolalarga ta’lim berishda ularni atrof-muhitdagi narsalar bilan bevosita tanishtirishda shu yoshdagi (2–2,5 yoshdagi) bolalar uchun chiqarilgan rasmli kitoblardan va rasmli lotolardan foy dalanish yaxshi natija beradi.
Masalan, ilk yoshdagi bolalarni uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar, qushlar, o‘simliklar dunyosi va shu kabilar bilan rasmli kitoblar orqali tanishtirish mumkin. Bu yoshdagi bola larga ta’lim berishda rasmli lotolar ham keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |