1. Ikkinchi jahon urushidan keyingi tashqi siyosat. Shaxsga sig‘inishni fosh qilinishi. N. S. Xrushyevning faoliyati


– 1991 yillar Sovet Ittifoqi. M.S.Gorbachyev va uning “qayta qurish va oshkoralik” siyosati



Download 56,42 Kb.
bet4/7
Sana02.01.2022
Hajmi56,42 Kb.
#310249
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-Ma'ruza

4. 1985 – 1991 yillar Sovet Ittifoqi. M.S.Gorbachyev va uning “qayta qurish va oshkoralik” siyosati.

Shunday qilib, ko‘p yillar davomida mamlakat rahbariyati tomonidan samarasiz iqtisodiy siyosatning olib borilganligi hamda xalqaro munosabatlarda izzat-nafs talab etilishi, 80- yillar oxiri – 90- yillar boshida SSSRda iqtisodiy va siyosiy inqirozlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu esa davlatning kuchsizlanishiga, sotsialisitik ishlab chiqarish usulining va butun jahon sotsialistik tizimining obro‘sini yo‘qolishiga olib keldi.

1985 yil mart oyida KPSS MK Bosh kotibi etib M.S.Gorbachyev saylandi. Sovet Ittifoqi tarixida “qayta qurish” nomini olgan davr boshlandi. KPSS yangi rahbariyatining bosh vazifasi, “davlat sotsializmi” tizimini parchalanishini oldini olishga, uning ayrim deformatsiya holatlarini to‘g‘irlashga, qo‘pol va aqil bavor qilmaydigan usullardan voz kechishga qaratilganedi.

Vaqt o‘tishi bilan, o‘z samarasini yoqotgan ma’muriy-buyruqvozlik tizimini ishga solish befoyda ekanligi ayon bo‘ldi. 1987 yil o‘rtalaridan “oshkoralik” siyosati e’lon qilindi. Unga ko‘ra mamlakatda ommaviy axborot vositalari ustidan senzura yumshatildi, kutibxonalarda “mahsus fondlar” yo‘qotildi, taqiqlangan kitoblarni chop etishga ruhsat berildi va xokazolar.

1985 yil aprelida KPSS MK Plenumi mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishnig jadallashtirish kursini e’lon qildi. Uni ishlab chiqarish quvvatini qayta texnik yangilash va “inson faktori” evaziga amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Ammo ushbu kurs o‘z samarasini bermadi.

1987 y dastlabki “jadallashtirish” shiori “qayta qurish” iborasi bilan almashtirildi. “Qayta qurish” iborasi, siyosiy tizimni demokratlash­tirishga o‘tishni yuqoridan amalga oshirishni va iqtisotda bozor munosabat­lariga imkon yaratishni ko‘zda tutganedi. Bunday holat, jamoa xayotida partiyaning rahbarlik rolini pasayishida, parlamentarizmni tiklanishida, oshkoralikda, mintaqaviy hukumat organlarining huquq va burchlarini oshishida o‘z ifodasini topdi.

“Qayta qurish” dasturiga ko‘ra boshqariladigan bozor munosabatlariga o‘tish maqsadida, ijtimoiy sohaga qayta anig‘liklar kiritish, iqtisodiy tizimda o‘zgarishlar kilish, narx-navolarda islohot o‘tkazish va moliya-kredit tizimini qayta qurish ko‘zda tatilganedi. Ammo, bu safar ham hokimiyat uchun kurash, xalq ma’nfatiga nisbatan ustin turaredi. Markaziy hukumat iqtisodiy vaziyatni yaxshilanishiga erishaolmadi – iqtisodiy inqiroz chuqurlasha bordi, iqtisodiy ishtashlash to‘lqini mamlakat bo‘ylab yoyildi.

Bunday sharoitda KPSS rahbariyati ayrim islohotlarni o‘tkazishga majbur bo‘ldi. 1988 yil konstitutsion islohotlar amalga oshirildi. Hokimiyatning oliy organi etib, doyimiy faoliyat olib bolruvchi Oliy Sovetni saylaydigan xalq deputatlar S’yezdi bo‘ldi. 1990 yil SSSR prezidenti etib M.S.Gorbachyev, RSFSR Oliy Kengashining raisi etib B.N.Elsin saylandi. Huquqiy davlat qurish shiori KPSSni davlat boshqaruvidan chetlatishga qaratilgan belgi bo‘ldi. Natijada KPSS parchalana boshladi, uning a’zolari partiya safida chiqa boshladi.

Mamlakatdagi siyosiy vaziyat nazorat ostidan chiqdi. Markaziy hokimyat organlari va ittifoqchi respublika rahbarlari o‘rtasida kurash boshlanib ketdi. Mamlakatda millatlararo nizolar yuz berdi. Bunday holat 80- yillar oxiri – 90- yillar boshida butun mamlakat bo‘lib o‘tdi (Ozarbayjonda. Armanistonda, O‘zbekistonda, Qirg‘izistonda, Gruziyada, Moldovada va boshqa joylarda).

Bunday sharoitda SSSR rahbariyati yangi ittifoq shartnomasini tayyorlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi. Unda ittifoqdosh respub­likalarning huquqlari kengaytirilishi o‘z ifodasini topishi lozimedi. Ammo 1991 y avgustida, ushbu shartnomani imzolash arafasida, partiya va davlat rahbariyatining yuqori eshelonidagi bir guruh amaldorlar,M.S.Gorbachyev otpiskadaligidan foydalangan holda, mamlakatda favqulod­dagi vaziyat o‘rnatilganligini va Favquloddagi vaziyat bo‘yicha davlat Komiteti (GKCHP) tuzilganligini e’lon qildilar. RSFSR prezidenti B.N.Elsin boshchiligidagi demokratik kuchlar putchistlarga nisbatan qarshilik ko‘rsatdilar. Putchistlarning mag‘lubiyatga uchrashi SSSRning parchalanishini tezlashtirib yubordi. Ko‘p o‘tmay Elsin farmoni bilan Rossiya hududida KPSSning faoliyati taqiqlandi. Sentabr boshida esa SSSRning rahbariyati Latviya, Litva va Estoniya mustaqilligini tan oldi.




Download 56,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish