1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


Shaxsning o‘sishi va kamol topishi



Download 1,42 Mb.
bet17/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor

2.Shaxsning o‘sishi va kamol topishi.
Shaxsning kamol topishi – uzoq davom etuvchi jarayon. Shaxs - bu o‘z ijtimoiy aloqalari va o‘zaro ijtimoiy munosabatlarga ega bo‘lgan inson, ijtimoiy muhit ta’sirini o‘zida his etuvchi jamiyat a’zosi. Shaxsning kamol topish jarayoni u voyaga yetganidan so‘ng ham to‘xtamaydi, chunki ijtimoiy voqelik, shaxsning jamiyatdagi holati o‘zgaradi.
Shaxsning kamol topish jarayoni to‘xtashi uning halok bo‘lishi bilan barobardir, zero shaxsning mavjudlik usuli uning o‘zini qurshagan ijtimoiy muhit bilan aloqa qilishida namoyon bo‘ladi, bunda inson boshqa odamlar bilan muloqotga kirishadi, ijtimoiy voqealar xususida o‘z fikrini bildiradi, moddiy yoki ma’naviy boyliklar yaratadi.
“Shaxs”- tushunchasini aniqlash ijtimoiy pedagogika uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo shuni ta’kidlash lozimki, insonning umumiy rivojlanish jarayonida o‘zaro bog‘langan ikki yo‘nalish - biologik va ijtimoiy rivojlanish farqlanadi. Biologik rivojlanish insonda jismoniy rivojlanish bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy rivojlanish esa ruhiy, ma’naviy, intellektual o‘sishda o‘z ifodasini topadi. O’z rivojlanishida mustaqil faoliyat olib borish darajasiga yetgan inson shaxs deb ataladi. “Shaxs” tushunchasi “inson” tushunchasidan ijtimoiy tavsifi bilan ajralib turadi. Shaxs sifatida inson ijtimoiy tizimda izchil va oqilona tarbiya ta’sirida kamol topadi. Shaxsiyat ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish va jamiyatga foyda keltirish darajasi bilan belgilanadi. Shaxsga aylanish uchun inson o‘zining tabiatan mavjud bo‘lgan va tarbiya jarayonida shakllangan ichki xossalarini amalda namoyon etishi lozim.
Muayyan xossalar va xususiyatlar insonga ota-onasidan qon orqali o‘tadi. Shu tufayli ham ular tug‘ma xususiyatlar deb ataladi.
Tug‘ma xossalarning manbalari genlar hisoblanadi (yunonchadan tarjima qilingada “gen” so‘zi “tug‘uvchi” degan ma’noni anglatadi). Hozirgi zamon fani organizm xossalari gen kodida saqlanishi va avloddan-avlodga o‘tishini isbotlagan. Inson kamol topishining irsiy dasturlari eng avvalo inson urug‘ining davom etishini ta’minlaydi.
Ota-onadan bolalarga tashqi belgilar: gavda tuzilishi xususiyatlari, soch, ko‘z rangi o‘tadi. Organizmda turli oqsillar birikmasi irsiy dasturlashtirilgan, qon guruhi, rezus-faktor belgilangan bo‘ladi. Tug‘ma xossalarga nerv sistemasining xususiyatlari ham kiradi. Ota-onaning nerv faoliyatidagi nuqsonlar, shu jumladan ruhiy holatning buzilishiga, kasalliklarga (masalan, shizofreniyaga) sabab bo‘luvchi kamchiliklar ularning nasliga o‘tishi mumkin. Qon kasalliklari (gemofiliya), qand diabeti, ayrim endokrin kasalliklar ham tug‘ma xususiyatga ega. Bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida bularning barchasini e’tiborga olish zarur.
Hozirgi sharoitlarda irsiyat bilan bir qatorda naslga ota-onaning alkogolizmi, giyohvandligi, yomon ekologiya va boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mazkur omil ularning jamiyatga moslashuvini qiyinlashtiradi.
Biron-bir faoliyat sohasidagi qobiliyatlarning shakllanishi ham irsiy omillar bilan belgilanadi. Fiziologiya va psixologiya ma’lumotlariga ko‘ra, insonda qobiliyatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi shaxsning kamol topish sharoitlariga, ijtimoiy muhitga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Shaxsning ruhiy xossalari nasldan naslga o‘tmaydi, balki inson tashqi muhit bilan o‘zaro aloqaga kirishishi jarayonida shakllanadi, degan fikr pedagogikada uzoq vaqtdan beri yetakchilik qilib keladi. Ota-onaning ma’naviy xossalari bolalarga nasl orqali o‘tmaydi, bola qalbi, qadimgilar ta’biri bilan aytganda, “toza varaq” bo‘lib, hayot unga o‘z chizgilarini kiritadi.
G‘arb pedagogikasida insonning ma’naviy xossalari biologik belgilangan degan fikr ustunlik qiladi. Bu juda murakkab masala va uni yechishga o‘ta mas’uliyat bilan yondashish zarur.
Inson bo‘lish uchun biologik omillarning o‘zi yetarli emas. Bolalar hayvonlar orasida o‘sib-ulg‘aygan hollar ham buni tasdiqlaydi. Hatto ko‘p sonli urinishlar va malakali qarovdan keyin ham ular to‘laqonli odamlar bo‘lib yetishmaganlar. Insonning shaxs sifatida kamol topishi uning ijtimoiylashuvi va jamiyatga qo‘shilishi jarayonida, ijtimoiy me’yorlarni o‘zlashtirishi natijasida yuz beradi.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish