1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi



Download 1,41 Mb.
bet68/79
Sana03.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#737468
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79
Bog'liq
1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy p

3. Qayta tarbiyalash usullari.
Tarbiyasi og‘ir bolalar yoki o‘smirlar bilan ishlash albatta qayta tarbiyalash pedagogik jarayonini nazarda tutadi. Qayta tarbiyalash - bu bola yoki o‘smir xulq-atvorida turli xil og‘ishlarning oldini olish yoki bartaraf etish.
Qayta tarbiyalash - tarbiyalanuvchi uchun ham, tarbiyachi uchun ham og‘ir jarayon. Tarbiyalanuvchini yangi hayot yo‘lining istiqbollari qiziqtirishi lozim. Tarbiyachi insonga ishonch bildirishi, uning kelajagini tasavvur qilishi darkor. Ijtimoiy-pedagogik faoliyatda me’yordan og‘uvchi xulq-atvorni bartaraf etishning yetakchi usuli sifatida reabilitatsiya va korreksiya jarayonidan foydalaniladi.
Qayta ijtimoiylashuv - ijtimoiy maqomni tiklash, boy berilgan yoki shakllanmagan ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish, voyage yetmaganlarning ijtimoiy mo‘ljallarini o‘zgartirish tashkillashtirilgan ijtimoiy-pedagogik jarayoni. Qayta ijtimoiylashuv - individual jarayon. Ijtimoiy pedagog o‘smirlar bilan ishlash uchun asosiy guruhlarni ajrata olishi lozim.
1-guruh - faol qo‘shiluvchi o‘smirlar. Ularda moslashuv davri tez o‘tadi. Odatda bu o‘smirlar serg‘ayratligi, qiziquvchanligi va liderlikka moyilligi bilan ajralib turadi.
2-guruh - faol qarshilik ko‘rsatishga moyil bo‘lgan, intizom talablariga bo‘ysunmaslikka harakat qiluvchi o‘smirlar. Bunday bolalarga nisbatan ijtimoiy pedagog dastlab sabr-toqatli bo‘lishi, ular bilan munosabatlarni keskinlashtirmasligi, lekin ayni vaqtda majburiyatlarni bajarish zarurligini ularga tushuntirishi lozim.
3- guruh - passiv, irodasi bo‘sh, barqaror qiziqish va mayllarga ega bo‘lmagan o‘smirlar. Bu hol ularning moslashuvini qiyinlashtiradi, individual nazoratni talab qiladi.
4- guruh - aksilijtimoiy mayllari va mo‘ljallari mustahkam bo‘lgan o‘smirlar. Ular o‘z tengdoshlari uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ularni aniqlash, alohida nazorat ostiga olish va ularning ta’sirini to‘xtatish lozim.
Korreksiya - qayta tarbiyalash jarayonining shaxs rivojlanishini o‘zgartiruvchi ta’sirlar bilan birikmasi. Korreksiya quyidagi funksiyalarni bajaradi:
• tiklash funksiyasini, u o‘smirda ilgari bo‘rtib namoyon bo‘lgan ijobiy fazilatlarni tiklashni nazarda tutadi;
• rag‘batlantirish funksiyasini, u o‘smirning ijobiy jamoatchilik faoliyatini faollashtirishga qaratiladi, ma’qullash yoki qoralash vositalari yordamida amalga oshiriladi;
• axloq tuzatish funksiyasini, u o‘smirning salbiy xossalarini tuzatish bilan bog‘liq.
Reabilitatsiya - buzilgan funksiyalarni tiklashga qaratilgan tibbiy, ijtimoiy-iqtisodiy, pedagogik, professional chora - tadbirlar majmui. Reabilitatsiya stixiyali va tashkillashtirilgan bo‘ladi. Stixiyali reabilitatsiyada shaxs o‘zini qurshagan muhit bilan munosabatlarni o‘zi uchun maqbul bo‘lgan darajada o‘zi yo‘lga qo‘yadi. Ijtimoiy reabilitatsiya jarayoni davomli xususiyat kasb etadi. Tashkillashtirilgan reabilitatsiya tiklash muddatlarini qisqartirish, professional yordam hisobiga sifatni oshirish maqsadini ko‘zlaydi.
Ijtimoiy pedagog tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlar ekan, yuzaga kelgan inqirozdan chiqish va o‘z hayotini mustaqil o‘zgartirishda ularga yordam berish maqsadini ko‘zlaydi. Bu jarayonda tarbiyalanuvchi o‘z xatti-harakatlariga o‘zi baho berishni, ularning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashni, bo‘lg‘usi xulq-atvor yo‘llarini mustaqil topishni o‘rganishi muhimdir.
Ijtimoiy pedagogning maktabda olib boradigan asosiy faoliyati tarbiyasi qiyin o‘spirinlar bilan bog‘liq. O‘spirinlar - 12-16 yoshdagilar bo‘lib, rivojlanishning bolalikdan o‘smirlikka o‘tish davrini boshidan kechirayotganlardir, bu davr shaxsning shakllanishida o‘ta muhim, shu bois ham o‘spirinlar va tarbiyachilar uchun juda qiyin sanaladi.
O‘spirinlik yoshida yashash va faoliyat sharoitlari jiddiy o‘zgaradi.
O‘spirin psixikasida qayta qurish sodir bo‘ladi, tengdoshlari bilan muloqotning yangi shakllari yuzaga keladi. Bu bosqich bolalik va kattalik o‘rtasidagi chegara, ya’ni shaxsni katta deb sanash uchun yetarlicha rivojlanmagan, ayni vaqtda shunchalik rivojlanganki, atrofdagilar bilan munosabatlarga ongli kirishishi mumkin, o‘z xatti-harakati va xulq-atvorida ijtimoiy me’yor qoidalariga amal qila oladi.
O‘spirinning jamoadagi ijtimoiy mavqeida o‘zgarishlar ro‘y beradi, ota-onalar, o‘qituvchilarning unga nisbatan talablari ortib borishi kuzatiladi.
Bu yoshda o‘spirinning oila va maktabdan vaqtincha psixologik uzoqlashuvi ro‘y beradi, ularning o‘spirin shaxsi tiklanishidagi ahamiyati pasayadi, tengdoshlar ta’siri esa ortadi. Ko‘pincha rasmiy o‘spirin jamoa va muloqotning norasmiy guruhini tanlashi kerak bo‘ladi. O‘spirin o‘zini qulay his etgan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lgan muhit va guruhni afzal biladi. Bu sport yo texnika to‘garagi, yoki o‘spirinlar to‘planib, muloqot qiladigan, chekadigan, ichadigan uy yerto‘lasi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Odatda, bu ishda o‘spirinlar bilan kattalar, jumladan, ota-ona o‘rtasida muammolar yuzaga keladi. Ota-onasi uni hali ham kichik deb biladi, u esa bunday vasiylikdan qutulishga harakat qiladi. Shu sababli kattalar fikriga nisbatan tanqidiylik kuchayadi, tengdoshlar fikri ko‘proq ahamiyatli bo‘lib boradi, kattalar bilan munosabatlar xarakteri o‘zgaradi, o‘spirin bo‘ysunishdan ko‘ra tenglik holatiga o‘tishga urinadi, o‘zligini namoyon etish maqsadida muloqotga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Inson hayotining intim tomonlariga qiziqishning ortishi esa o‘spirinning jinsiy hayotida asotsial buzilishlarga, tarbiyaning og‘ishgan xulq shakllariga olib kelishi mumkin.
O‘spirinlarda kattalik hissi shakllanadi, uning mustaqillik va erkinlikka intilishi, kattalarning uni «tarbiyalash» istagiga qarshi chiqishida namoyon bo‘ladi.
O‘spirin qiziqishlari kichik yoshdagi bolanikiga nisbatan sezilarli o‘zgaradi. Qiziquvchanlik va ijodiy faoliyatga intilish bilan bir qatorda, unda qiziqishlar beqarorligi ham mavjud bo‘ladi.
Shunday qilib, o‘spirinlik yoshining xarakterli xususiyatlarini quyidagicha ajratib ko‘rsatish mumkin: hissiy yetuk emaslik, o‘z xulqini nazorat qilish, ehtiyojlarni qondirishda istaklar va imkoniyatlarni muvofiqlashtirish malakalarining yetarlicha rivojlanmaganligi, o‘ta ta’sirchanlik, o‘zini ko‘rsatish va tezroq katta bo‘lish istagi.
O‘spirin o‘ylab qilgan xatti-harakatlariga ma’naviy va huquqiy javob berishga qodir. Alohida ta’kidlash joizki, o‘spirin o‘z xatti- harakati uchun huquqiy javobgarlik davriga qadam qo‘ygan shaxs. Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-psixologik rivojlanish xususiyatlarini hisobga olib, ularga cheklangan javobgarlik belgilasa-da, o‘smirlik yoshini shaxsiy javobgarlik bilan xarakterlanadigan davr deb hisoblash mumkin.
Tarbiyasi qiyin o‘spirinlar pedagogik bo‘sh qo‘yilgan bolalar bo‘lib, ular jismonan sog‘lom, biroq yetarli tarbiyalanmagan va ta’lim berilmagan bo‘ladi. Ular mehnatni sevmaydi, o‘zini biror faoliyat bilan band qilishga yoki muntazam shug‘ullanishga majburlay olmaydi. «Qiyin» o‘spirin maktabda tartib-intizomni buzadi, o‘qishni istamaydi, o‘qituvchilar, ota-onalari, tengdoshlari bilan nizolashadi, maktabni tashlab, o‘zini omadsiz his qiladi, daydilik qiladi, ichadi, giyohvand moddalarni iste’mol qiladi, qonun buzishgacha yetib boradi.
O‘spirinlarning pedagogik bo‘sh qo‘yilganligi yomon turmush sharoitlari, oila va maktab tarbiyasidagi kamchiliklar, maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar qoniqarsiz ahvolda ekanligining natijasidir.
Amaliyotdan ma’lumki, o‘spirinni o‘rab turgan muhitning ijtimoiy pedagogik darajasi yo‘nalganligi, o‘spirin shaxsiga ta’siri darajasiga ko‘ra turlicha bo‘ladi.
Oila, maktab, maktabdan tashqari muassasalarda bolani tarbiyalovchi omillar asosan boshqariladigan bo‘lsa, ko‘cha, turar- joylarda tarbiya ko‘pincha stixiyali ravishda amalga oshadi. Bu esa tarbiya jarayoniga ta’sir etmasligi mumkin emas, zero, o‘spirin bo‘sh vaqtining katta qismini aynan ko‘chada, o‘tkazadi. U yerda ularning muloqoti, ya’ni eng muhim ijtimoiy ehtiyojlaridan biri amalga oshadi, o‘z-o‘zini namoyon etish ehtiyoji qondiriladi. O‘quvchi- o‘spirinlar uchun asosiy faoliyat o‘qish davomida sinfdoshlar va o‘qituvchilar hurmat-e’tiborini qozonishga qaratilgan faoliyat emas. Shu sababli «Qiyin» o‘spirinlar o‘zi uchun ahamiyatli faoliyatni ko‘chadan, turar joydagi muloqotdan izlaydi. Aynan shu yerda, o‘ziga o‘xshaganlar guruhida ularni yomon bahosi va qo‘polligi uchun ta’na qilishmaydi, aksincha, bu kamchiliklarni ularning katta bo‘lganligiga isbot deb bilishadi.
Hozirgi zamonaviy sharoit bola bilan maktabda, mahallada ijtimoiy ish faoliyatini olib borish mumkinligini ko‘rsatyapti. Maktablardagi yagona tarbiyaviy ishlar rejasi bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat barcha ijtimoiy xizmatlarni, bolalar tarbiyasi va himoyasining umumiy muammolarini hal etishga yo‘naltiriladi. Ijtimoiy pedagog yagona reja bo‘yicha maktab jamoasi ishini tubdan o‘zgartirmoqda. Ijtimoiy pedagoglar maktabdan tashqari muassasalar ishlariga jalb etilmoqda, sinf rahbarlari va kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilari faoliyati ijtimoiy pedagog ishi bilan chambarchas bog‘lanmoqda. Pedagogik jamoa ishi maktab devorlari ichida qolmaydi, balki bolaga, uning oilasiga, bolalar birlashmalariga, tengdoshlariga yordam berishga qaratiladi.
Ijtimoiy pedagog maktab va maktabdan tashqari jamoada pedagogik bo‘sh qo‘yilgan o‘spirinlar bilan ishlashda ularning xulqiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tarbiyachi qiyin o‘spirinlar bilan ishlash samarali natija berishi uchun ko‘ngildagidek muloqot o‘rnatish, uning fikrlari, intilishlari, qiziqishlari, kelajak rejalarini o‘rganish lozim.
Yu.B.Vasilkova «qiyin» o‘spirinni tarbiyalashga bosqichli yondashuvni taklif etadi:
I-Bosqich - o‘spirin va uning atrofidagilar bilan aloqa va yaxshi munosabat o‘rnatish;
II-Bosqich - o‘spirinning shaxsiy hujjatlari (tavsiyanomasi) bilan tanishish;
III-Bosqich - pedagogik bo‘sh qo‘yilishi sabablarini aniqlash;
IV-Bosqich - psixologik va ijtimoiy-pedagogik karta tuzish;
V-Bosqich - o‘spirin shaxsida ijobiy o‘zgarishlarga ko‘maklashadigan faoliyat turini tanlash;
VI bosqich - tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiya jarayonini birlashtirish, o‘spirinni o‘z-o‘zini takomillashtirishga yo‘llash.
Tarbiya jarayoniga kompleks yondashuv o‘spirinlar guruhlarida yuzaga kelgan mikromuhitga faol ta’sir etishni ko‘zda tutadi. Bu guruhlardagi psixologik muhit ko‘pincha uning a’zolarida salbiy odat va ko‘nikmalar shakllanishiga ta’sir etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘spirinlar ko‘plab jinoyatlarni guruh bo‘lib sodir etadilar. Biroq, voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ko‘proq yakka tartibda beriladi. Amaliyot ko‘rsatadiki, o‘spirin huquqbuzarligining oldini olish uchun yakkalab tarbiyalash hamma vaqt ham kutilgan natijani bermaydi. Buni huquqbuzar o‘smir, odatda, turar joyiga ko‘ra guruh a’zosi ekani, uning boshqa a’zolari, ularning yashash tarzi, tafakkuri, qarashlari, guruh kayfiyatiga bog‘liqligi bilan izohlash mumkin. Yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlar ahamiyatini kamsitmagan holda ularning atrof mikromuhiti bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish zaruriyatini ta’kidlash joiz. Ta’lim mazmuni, shakllari va vositalari birligini anglatuvchi pedagogik ta’sirlarning kompleks tizimi bu faoliyat maqsadini, guruhga kirgan o‘spirinning sinfdoshlari, o‘qituvchilari bilan munosabatni muvofiqlashtirish, qayta yo‘naltirish yoki tarqatish kerak, deb belgilaydi. Bu munosabatlarni normallashtirish o‘spirin shaxsi shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazadi.
«Qiyin» o‘spirinlar bilan ish boshlashdan oldin anketa va ommaviy so‘rov o‘tkaziladi, ular pedagogik bo‘sh qo‘yilgan o‘spirinlar guruhlari mavjudligi va joylashuv o‘rni haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Buning uchun nomma-nom, anonim anketalardan foydalaniladi.
«Qiyin» o‘spirinlar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog quyidagilarni xisobga olishi zarur: guruh soni, ularninig ijtimoiy tarkibi, muloqot joyi va vaqti, guruhlar faoliyatining yo‘nalishi va mazmuni. Bularni bilish tarbiyachiga mikrohududdagi o‘spirinlar guruhlari bilan tarbiyaviy ishlarning yanada samarali shakl va vositalarini belgilash imkonini beradi.
Bunday guruhlarda muloqot va o‘zaro axborot bir xil ijtimoiy tarkibli guruhga ko‘ra ancha boy va xilma-xil. Biroq, bu guruhlarda ko‘pincha hayot haqida soxta tasavvurlar, noto‘g‘ri xulq va salbiy odatlarga kechirimli baho berishdan iborat axborot almashinuvi ro‘y beradi. Tarbiyachining vazifasi, birinchidan, guruhdagi muloqot mazmunini bilish, ikkinchidan, tarbiyaviy ta’sirni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, axborotni to‘g‘ri yo‘singa yo‘llashga intilish, ya’ni bo‘sh qo‘yilgan guruh bilan ishlashda axborot mazmunini o‘zgartirish. Shuningdek, guruhning mashg‘ulot turlarini ham o‘rganish va tahlil qilish lozim. Ularni ikki turga bo‘lish mumkin: vaqtiga ko‘ra-muntazam va muntazam bo‘lmagan, yo‘nalganligiga ko‘ra - ijobiy va salbiy. Maktabda tarbiyasi qiyin o‘spirinlar bilan ishlashning tarbiyaviy ta’sir etish metodikasi quyidagicha:
- maktab va maktabdan tashqari o‘spirinlar jamoasining turar- joylarda tarbiyaviy ta’siri;
- yaxshi o‘zlashtiruvchi, intizomli o‘quvchilarni pedagogik bo‘sh qo‘yilgan bolalarga ta’siri. Bu muloqot o‘zaro do‘stlikka ehtiyoj, shaxsiy simpatiyalar bo‘lganda tobora muvafaqqiyatli amalga oshadi;
- sinf jamoasining tarbiyasi qiyin sinfdoshiga ta’siri. Tarbiyaviy ta’sirning bu yo‘nalishi, odatda, ma’lum faoliyat turiga, qiziqishlar sinf jamoasi va turar-joy guruhida mos kelsa, samarali bo‘ladi. Bu kabi hamkorlikdagi faoliyat jamoa kechinmalari bilan bog‘liq, jamoa sa’y harakatlarini talab qiladi. Sinf bilan hamkorlikka jalb etilgan “qiyin” o‘spirinlar faqat o‘zi emas, jamoa uchun ham ishlayotgani, umumiy ish muvaffaqiyati ularga ham bog‘liqligini his etadi. Bu faoliyatda do‘stona aloqalar boshqalarga nisbatan to‘g‘ri munosabat, o‘zaro yordamga intilish, mas’uliyat hissi tarbiyalanadi;
- maktab jamoasining butun guruhga ta’siri pedagogik bo‘sh qo‘yilgan guruh a’zolari bir maktab o‘quvchilari bo‘lganida qo‘l keladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan tarbiyaviy ta’sir yo‘nalishlari mikrohududda o‘zaro bog‘liq holda va bir paytda amalga oshiriladi.
Maktabdan tashqari jamoa yordamida turar joydagi guruhlarga tarbiyaviy ta’sirni tashkil etishda quyidagilar muhim sanaladi:
Birinchidan, to‘garak, seksiya, klublarda o‘spirinda aniqlangan birgina qiziqish (masalan, sport yo san’at) bilan cheklanmay, mehnat, turli o‘yinlar, badiiy havaskorlik va boshqalar orqali o‘spirinni atrofdagi insonlar bilan normal o‘zaro munosabatlarga tayyorlash;
Ikkinchidan, norasmiy guruhning barcha yoki ko‘pchilik a’zolariga ta’sir etib, uni rasmiy guruhga aylantirish mumkin. Bu jarayon shartli ravishda - «formallashtirish», deb aytiladi. Bu jarayon norasmiy guruhning o‘spirinlar uchun sezilarsiz tarzda tartibli, aniq strukturali, foydali va ijobiy faoliyatga uyushgan rasmiy guruhga aylantirishini ko‘zda tutadi.
Pedagogik guruhlarda olib boriladigan tarbiyaviy ishning o‘ziga xosligi o‘spirinlar o‘zlari yoqtirgan faoliyat turi bilan shug‘ullanishda, bu faoliyatdan o‘spirin qoniqishi, u asosida o‘zini namoyon etishga imkon yaratilishi lozim. Bu kabi ehtiyoj qondirilishi, asta-sekin rivojlantirilishi kerak, keyin ular o‘spirinda burch va mas’uliyat hissini uyg‘otadigan faoliyat turlari bilan to‘ldiriladi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish