1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


Режа: 1. XXI asrda jahonda ta’limning rivojlanish tendensiyalari



Download 1,41 Mb.
bet74/79
Sana03.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#737468
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Bog'liq
1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy p

Режа:
1. XXI asrda jahonda ta’limning rivojlanish tendensiyalari.
2. Ta’limni toifalashtirish (differensiatsiya).
3. Ta’limni toifalashtirishda inklyuziv ta’lim


Tayanch iboralar: Ta’lim tizimlari, tendensiyalar, ta’lim amaliyoti, ta’lim tizimlarini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari,axborot texnologiyalari, mintaqalarning chuqur integratsiyalashuvi, ta’limni toifalashtirish,ta’limning ko‘p sohaliligi va variativligi, ta’lim modellari, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, xususiy o‘quv yurtlari, eksperimental o‘quv yurtlari, darajaviy toifalashtirish, sohaviy toifalashtirish, inklyuziv ta’lim.
Mashg‘ulotning maqsadi:Talabalarni jahonda ta’limning rivojlanish tendensiyalari hamda zamonaviy pedagogik, axborot va kommunikatsion texnologiyalar bilan o’qitish muammolari to’grisidagi tushunchalarni shakllantirish .


1. XXI asrda jahonda ta’limning rivojlanish tendensiyalari.
Konkret pedagogik texnologiyalarni o‘rganishga kirishishdan oldin jahondagi ta’lim tizimlari rivojlanishining asosiy tendensiyalari bilan tanishish talab etiladi, zero bu ta’lim amaliyotida yangi texnologiyalar rolini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bunda ta’lim amaliyoti o‘quvchilarning aqliy, ijodiy va ma’naviy kamol topish jarayoni sifatida qaralishi lozim. “Rivojlanish” pedagogik jarayonning tayanch iborasiga, “ta’lim” tushunchasining muqobiliga aylanadi.
Insonni to‘laqonli hayot va mehnatga tayyorlash uchun XXI asrda ta’lim qanday bo‘lishi kerak? Ta’limga nisbatan mazkur yondashuvning muhimligini amerikalik taniqli biznesmen Djon Grillos juda aniq ifodaladi. Uning fikricha, o‘quvchilar u yoki bu sohada o‘zlashtirayotgan bilimlarning mustahkamlik darajasi uncha muhim emas, chunki bu bilimlar har yili o‘zgaradi va ba’zan o‘quvchilar ularni o‘zlashtirishga ulgurmaslaridan eskiradi. Binobarin, iqtisodiyotga axborot bilan ishlashni mustaqil o‘rganishga, turli sohalardagi o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustaqil takomillashtirishga, zarur holda yangi bilimlar va kasblarni o‘zlashtirishga qodir bo‘lgan yoshlar kelishi muhimroqdir.
Hozirgi zamon axborot jamiyati barcha turdagi o‘quv yurtlari oldiga quyidagi qobiliyatlarga ega bo‘lgan bitiruvchilarni tayyorlash vazifasini qo‘yadi:
• o‘zgaruvchan hayot sharoitlariga moslashish, zaruriy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish, turli-tuman muammolarni yechish uchun ulardan mohirona foydalanish, butun umri mobaynida hayotda o‘z o‘rnini topishga qodir bo‘lish;
• mustaqil tanqidiy fikrlash, real voqelikda yuz berayotgan muammolarni ko‘ra bilish va ularni oqilona yechish yo‘llarini zamonaviy texnologiyalar yordamida topish; o‘zi o‘zlashtirayotgan bilimlardan qayerda va qay tarzda foydalanish mumkinligi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish;
• axborot bilan mohirona ishlay olish: muayyan muammoni yechish uchun zarur faktlarni to‘plash, ularni tahlil qilish, muammoni yechishga doir gipotezalarni ilgari surish, zaruriy xulosalar chiqarish, qonuniyatlarni aniqlash, dalillangan xulosalar chiqarish, olingan xulosalardan yangi muammolarni aniqlash va yechishda foydalanish;
• turli ijtimoiy guruhlarda kirishimli bo‘lish, turli sohalarda va turli vaziyatlarda boshqalar bilan bahamjihat ishlay olish, har qanday konfliktli vaziyatlarning oldini olish yoki ulardan mohirona chiqa bilish;
• o‘z ma’naviyati, aql-zakovati va madaniy saviyasini rivojlantirish ustida mustaqil ishlash.
Shunday qilib, hozirgi zamon jamiyatida ta’lim tizimlarini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari quyidagilardir: insonni bilimning turli sohalarida rang-barang mustaqil faoliyatga jalb qilish orqali uning aqliy va ma’naviy kamol topishini ta’minlash.
Bu yerda hozirgi dunyoning har qanday mamlakati ta’lim sohasida belgilagan umumiy strategiyaga ta’sir ko‘rsatmay qolishi mumkin bo‘lmagan yana bir omilni e’tiborga olish muhimdir. Hozirgi sanoat, ekologik va axborot texnologiyalari tizimlari shu darajada murakkabki, biron-bir mintaqa yoki davlat ular bilan bog‘liq muammolarni mustaqil hal qilishga qodir emas. Buning uchun turli davlatlar, mintaqalarning chuqur integratsiyalashuvi talab etiladi. Ayni shu sababli davlatlar hamjamiyati har bir davlat rivojlanishda yuksak darajaga erishishidan manfaatdordir. Agar hamjamiyat a’zolaridan birida texnologiyalarning rivojlanish darajasi past bo‘lsa, u butun hamjamiyatga tahdid soladi. Yuksak texnologiyalar texnologik jarayonda ishtirok etuvchi odamlardan yuksak darajada kasbiy mahoratga, tanqidiy va tahliliy fikrlash qobiliyatiga, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishni talab qiladi. Ayni shu sababli o‘quv yurtlarining bitiruvchilari shu jumladan global fikrlash salohiyatiga ega bo‘lishlari, o‘z mintaqasi, mamlakatidagina emas, balki butun dunyoda yuz berayotgan jarayonlarni bilishlari va tushunishlari lozim. Bu ta’limning mazmun va mohiyatiga nisbatan butunlay yangicha yondashuvdir.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish