Bog'liq 1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy p
3. Shaxsning yoshga doir ijtimoiylashuvi va oziga xos xususiyatlari. Jismoniy rivojlanish ham, ma’naviy kamol topish ham yosh bilan uzviy bog‘liq. Buni qadim zamonlardayoq yaxshi tushunganlar - inson dunyoda qancha ko‘p yashasa, bo‘yi shuncha baland va gavdasi baquvvat bo‘ladi, aqli teranlashadi, tajribasi ortadi. Har bir yosh o‘z jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan tavsiflanadi. Tabiiyki, bu qoida umumiy holdagina o‘rinli, amalda konkret insonning rivojlanish jarayonida u yoki bu tomonga og‘ish yuz berishi mumkin.
Rivojlanish jarayonlarini to‘g‘ri boshqarish uchun olimlar inson hayoti davrlarini tasniflashga harakat qilganlar. Rivojlanish davrlarining bir necha o‘n tasnifi ma’lum (Komenskiy, Elkonin, Levitov va b.).
Hozirgi vaqtda yoshga doir xususiyatlarni ajratishga asoslangan tasnif yoki davriylashtirish aksariyat pedagoglar tomonidan tan olinadi. Yoshga doir xususiyatlar deganda hayotning muayyan davriga xos bo‘lgan anatomik, ruhiy va ijtimoiy xossalar tushuniladi. Yoshga doir xususiyatlarning mohiyati insonning jismoniy rivojlanish jarayonida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi.
Insonning yoshga doir o‘sishi - bu o‘z-o‘zidan o‘zgarish uzluksiz jarayoni bo‘lib, uning har bir bosqichi muayyan ijtimoiy sharoitda yuz beradi va shaxsning o‘zgarishi bilan tavsiflanadi.
Har bir yosh muayyan ijtimoiy rivojlanish sharoiti yoki ushbu davrda inson boshqa odamlar bilan kirishadigan munosabatlarning konkret shakli bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy tarbiya shaxsning yoshga doir xususiyatlariga muvofiq bo‘lishi lozim.
O’smirlik davrida ijtimoiy shakllanish xususiyatlariga teranroq nazar tashlasak, bu yoshda insonning jismoniy rivojlanishi asosan yakunlanishining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
O’smirlik - o‘zlikni anglash hissining jadal o‘sish davri. O’smirlik davrida axloqiy va ijtimoiy xossalar ayniqsa jadal sur’atlarda shakllanadi. Bu davrga xos bo‘lgan ijtimoiy muhitning kengayishi o‘smirlarning dunyoda o‘z o‘rnini belgilash, kasbiy faoliyatni tanlashga intilishida namoyon bo‘ladi.
Bu borada ilmiy izlanishlar olib brogan A.V.Mudrik ijtimoiylashuv bosqichlarini insonning quyidagi yosh bosqichlariga muvofiq o‘rganish o‘rinli bo‘ladi deb hisoblaydi:
- chaqaloqlik (tug‘ilgandan 1 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan davr);
- kichik maktabgacha yosh (1-3 yosh);
- maktabgacha yosh (3-6 yosh);
- kichik maktab yoshi (6-10 yosh);
- o‘spirinlik (11-14 yosh);
- ilk o‘smirlik (15-17 yosh);
- o‘smirlik (18-23 yosh);
- yoshlik (23-35 yosh);
- yetuklik (35-60 yosh);
- qarilik (60-75 yosh);
- nuroniylik (75-90 let);
- uzoq umr ko‘rish (90 yoshdan katta).
O’smirlik davrida axloqiy muammolarga qiziqish kuchayadi. Kasb tanlash bo‘sag‘asida turgan o‘smirlarning hayot rejalari ularning qiziqishlariga ko‘ra farq qiladi, lekin ularning har biri hayot munosib o‘rinni egallash, qiziqarli kasbni o‘zlashtirish, yaxshi pul topish, yaxshi oilaga ega bo‘lishni istaydi. Yaxshi kasb deganda o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish va yaxshi pul topish mumkin bo‘lgan kasbni tushunadilar.
Ijtimoiylashuv jarayoni yetuklik davrida ham tugamaydi, u butun hayot yo‘li mobaynida uzluksiz davom etadi. Demak, ijtimoiylashuv nafaqat hech qachon tugamaydi, balki “hech qachon to‘liq ham bo‘lmaydi” (P.Berger, T.Lukman, 1995 yil).
Shaxsning ijtimoiy yetukligi muammosi bilan turli fanlar shug‘ullanadi. Ularga pedagogika, psixologiya, sotsiologiya va boshqalar kiradi. Shaxsning ijtimoiy yetukligi muammosi yangi fan - akmeologiya uchun bosh muammo hisoblanadi. Insonning yetuklik fenomeni yoki uning shaxs sifatida kamol topish jarayoni va natijasi akmeologiya predmetidir. Bugungi kunda ijtimoiy shaxsning mukammal andozasi mavjud emas. Ammo yetuk shaxsga xos bo‘lgan ba’zi bir jihatlarni ajratish mumkin. Bular - mas’uliyat, sabr-toqatlilik, o‘zini o‘zi kamol toptirish, dunyoga ijobiy munosabat. O’zini o‘zi kamol toptirishga bo‘lgan ehtiyoj - yetuk shaxsga xos bo‘lgan asosiy jihat.