1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]



Download 47,01 Kb.
bet1/2
Sana12.03.2022
Hajmi47,01 Kb.
#492216
  1   2
Bog'liq
Uy joy 521 27.08.2020




[OKOZ:

1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.01.00 Umumiy qoidalar]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoniga muvofiq yosh oilalar, xususan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish belgilanganligi;
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va topshiriqlari bilan 2018 — 2020-yillar davomida mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 2 116 ta uy-joylardan:
350 tasi foydalanishga topshirilganligi;
296 tasi yoshlar tomonidan rad etilganligi va 556 tasining qurilishi boshlanmaganligi;
2019-yilda 558 ta va 2020-yilda 356 ta uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan yosh oila sifatida hisobga qo‘yilgan va tavsiyanoma berilgan yosh oilalar uchun 2019-2020-yillarda qurilgan yoshlar uylari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq uy-joyni ipoteka krediti asosida sotib olish uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyanomasi (keyingi o‘rinlarda — tavsiyanoma) asosida 2020-yil uchun hisobga qo‘yilgan 356 nafar yosh oilaga uy-joy ajratishda ularning talabidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2020-yilda “O‘zshahar qurilish invest IK” MChJ va “Qishloq qurilish invest IK” MChJ ishtirokida shaharlarda va qishloq joylarida ko‘p kvartirali arzon uy-joylar qurishning asosiy parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
4. “Qishloq qurilish invest IK” MChJ “Qishloq qurilish bank” ATB bilan birgalikda Islom taraqqiyot bankining kredit liniyalari bo‘yicha “Qishloq qurilish invest IK” MChJ hisobraqamlarida uy quruvchilarning dastlabki badallari hisobidan jamlangan mablag‘larni uch kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga yo‘naltirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining asoslangan hisob-kitobiga muvofiq Islom taraqqiyot bankining kredit liniyalari bo‘yicha “Qishloq qurilish invest IK” MChJ hisobraqamlarida uy quruvchilarning dastlabki badallari hisobidan jamlangan mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga qaytarilgan qismi hisobidan:
2019-yilda yoshlar uchun qurilgan 558 ta uyning dastlabki badali uchun 30,0 mlrd so‘m;
2020-yilda quriladigan uy-joylar uchun 356 nafar yosh oilaga uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha bo‘lgan qismini moliyalashtirish uchun 11,6 mlrd so‘m mablag‘larni qo‘shilgan qiymat solig‘ini qo‘shgan holda ajratsin.
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yosh oilalarga uy-joy qiymatining dastlabki badali sifatida to‘langan ssudani va unga hisoblangan foizlarni (keyingi o‘rinlarda — ssuda va foizlar) undirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatida Yosh oilalarga ajratilgan uy-joylar bilan ishlash bo‘yicha nazorat guruhi (keyingi o‘rinlarda — nazorat guruhi) tashkil etiladi;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining barcha hududiy kengashlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy kengashlar)ning ssuda va foizlarning belgilangan muddatlarda qaytarilishi bo‘yicha faoliyati nazorat guruhi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
hududiy kengashlar ssuda va foizlarni shartnomada belgilangan muddatda qaytarmagan yosh oilalarga bir ish kuni ichida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda shartnoma asosida to‘lovlarni amalga oshirish yuzasidan muddat belgilagan holda, notarius orqali yozma bildirishnoma (keyingi o‘rinlarda — yozma bildirishnoma) yuboradi;
yosh oilalar tomonidan yozma bildirishnoma talablari bajarilmagan taqdirda, hududiy kengashlar ikki ish kuni ichida muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘yicha ijro xati yozib berishni so‘rab notariusga murojaat qiladi;
notarius tomonidan bir ish kuni ichida ijro xati yozib beriladi va Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘linmasiga taqdim etiladi;
Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘linmasi belgilangan tartibda muddati o‘tgan qarzdorlikni undirish choralarini ko‘radi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi:
bir oy muddatda nazorat guruhining ish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
yosh oilalarning ssuda va foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligini undirish choralarini ko‘rishda, O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga doimiy ravishda amaliy ko‘maklashsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-avgust,
521-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-avgustdagi 521-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan yosh oila sifatida hisobga qo‘yilgan va tavsiyanoma berilgan yosh oilalar uchun 2019-2020-yillarda qurilgan yoshlar uylari
RO‘YXATI


Download 47,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish