1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari



Download 78,26 Kb.
bet1/5
Sana10.06.2022
Hajmi78,26 Kb.
#650730
  1   2   3   4   5
Bog'liq
472 07.06.2019




[OKOZ:

1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.86.00 O‘quvchilar, talabalar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari va ijtimoiy himoyasi]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Nikoh va oila. Fuqarolik holati dalolatnomalari;

2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldIni olish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda mamlakatda psixologiya sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash hamda amaliyotchi psixologlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator ishlar amalga oshirildi.
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimida 2 503 nafar, xalq ta’limi tizimida 14 272 nafar pedagog-psixolog kadrlar faoliyat olib bormoqda.
Respublikaning 10 ta oliy ta’lim muassasasida “Psixologiya”, 19 ta oliy ta’lim muassasasida “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha 5 717 nafar talaba tahsil olmoqda. Ushbu sohada qabul kvotalari keskin oshirildi, xususan 2018/2019 o‘quv yilining o‘zida 2 665 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi.
2017-yildan boshlab profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillarining ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, 5 696 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida profilaktika inspektorlari, 5 328 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida esa mahalla vakillarining xonalari tashkil etildi.
Olib borilayotgan ishlar ko‘lamiga qaramasdan sohada zudlik bilan bartaraf etilishi talab etiladigan qator muammolar saqlanib qolmoqda.
Xususan:
birinchidan, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida yoshlarning psixologik holati diagnostikasiga ixtisoslashgan psixolog kadrlar hamda tashkilotlar mavjud bo‘lsada, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni amalga oshiradigan yagona tuzilmaning mavjud emasligi psixologik xizmatlar faoliyati samaradorligining past darajada qolishiga ta’sir ko‘rsatmoqda;
ikkinchidan, ta’lim muassasalarida profilaktika inspektorlari va mahalla vakillarining xizmat xonalari tashkil etilgan bo‘lsada, ularning ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligi yo‘nalishlari hamda faoliyati samaradorligini baholash mexanizmlari belgilab berilmagan;
uchinchidan, aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida jamiyatda ijtimoiy-psixologik, jumladan, oilaviy muammolar (ajrimlar, oiladagi nizolar, ota-ona va farzand munosabatlari, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq), “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’sirlariga tobelik, o‘z joniga qasd qilish holatlari davom etmoqda;
to‘rtinchidan, oliy ta’lim tizimida psixologiya sohasida tayyorlanayotgan amaliyotchi psixolog kadrlarning bilimlari umumiy bo‘lib qolib, tor soha mutaxassislarini tayyorlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan;
beshinchidan, psixologiya sohasida magistratura va doktoranturaga qabul soni past darajada bo‘lganligi oqibatida, milliy psixologiya maktabini shakllantirishda oqsoqlik sezilmoqda;
oltinchidan, psixolog kadrlarning moliyaviy rag‘batlantirilishi, aholiga psixologik xizmat ko‘rsatuvchi markazlar faoliyatining qoniqarsiz ahvolda ekanligi ularga tajribali psixolog kadrlarni jalb qilish imkoniyatini bermayapti.
Aholiga, ayniqsa yoshlarga sifatli psixologik xizmat ko‘rsatish, psixologik xizmat faoliyatini boshqarishni muvofiqlashtirish, ta’lim muassasalari bilan profilaktika inspektorlari va jamoat vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, psixologiya maktabini rivojlantirish hamda oliy ta’limda tor ixtisosliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish, psixologik markazlar tashkil etishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazini ta’limning barcha bosqichlarida psixologik xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarishni amalga oshiradigan Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish respublika markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
ta’limning barcha bosqichlarida psixologik xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar uchun muloqot maydoni sifatida faoliyat yuritish, tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda ish olib borish;
bola ruhiyatida salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlash uchun ishonch telefoni va “call-center” tashkil etish;
manfaatdor vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida psixologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish;
profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari uchun yoshlar psixologiyasiga oid qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etish;
yoshlar psixologiyasiga oid ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazida qo‘shimcha 2 ta boshqaruv xodimi shtat birliklarini ajratish yo‘li bilan aholiga psixologiya xizmatlari markazlari orqali maslahatlar berib borishni ta’minlaydigan aholiga psixologik xizmatlar ko‘rsatish bo‘limi tashkil etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi ikki oy muddatda tashkil etilayotgan bo‘lim va sho‘balarni jamiyatdagi ijtimoiy-psixologik va oilaviy muammolar bilan ishlash tajribasiga ega hamda o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini yuqori kasbiy darajada ta’minlay oladigan malakali kadrlar bilan to‘ldirsin, shuningdek ularni zarur moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini tashkillashtirsin.
[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]

5. O‘zbekiston Respublikasida psixologik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, vazirlik va idoralar rahbarlari chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin va bir oy muddatda o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda xususiy amaliyot olib borayotgan psixologlar faoliyatini rivojlantirish, ularning huquq va majburiyatlarini aniq belgilash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida hayotda o‘z oldiga maqsad qo‘yib yashash, muvaffaqiyatga erishgan ijobiy shaxslar va obrazlar to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot berishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish uchun media-reja ishlab chiqsin va media-reja doirasida tegishli teleko‘rsatuvlar, media mahsulotlarni yaratishni yo‘lga qo‘ysin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
xorijiy tajribadan kelib chiqib, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga ijtimoiy psixologiya, yoshlar psixologiyasi, psixologik xizmat faoliyatini boshqarish, oilaviy konsultatsiya va kouching kabi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish;
respublikaning chekka hududlarida amaliyotchi psixologlarga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olgan holda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni davlat granti asosida maqsadli qabul qilish;
oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida psixologiya bo‘yicha mutaxassisliklar kvotalarini keskin oshirish;
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida psixologiya ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalarida malakaviy amaliyot davomiyligini 8 haftadan 15 haftaga oshirish;
psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash rejasini tasdiqlasin va ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi psixologiya sohasi kadrlarini xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda tayyorlash, ularning malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablag‘lar, buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari yuqori sinf o‘quvchilari uchun oila psixologiyasi va etikasi bo‘yicha maxsus kurs tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin, tasdiqlasin hamda uning ijrosi ta’minlansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi respublikada psixologlar ilmiy maktabini kengaytirish maqsadida kelgusi yillarda tayanch doktorantura va doktoranturaga ajratiladigan kvotalar sonini 30 foizga oshirish choralarini ko‘rsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ta’lim muassasalariga biriktirilgan profilaktika inspektorlarining vazifalari va ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-iyun,
472-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 472-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida psixologik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI


Download 78,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish