1. Ushbu Namunaviy nizom axborot-kutubxona muassasalari elektron kutubxonasining vazifasi va tashkiliy asosini belgilaydi.
2. Elektron kutubxona axborot-kutubxona muassasasi tarkibida faoliyat ko‘rsatadi.
3. Elektron kutubxona elektron shaklda taqdim etilgan, ko‘p foydalaniladigan tarzda taqsimlangan turli axborot-kutubxona resurslarini to‘plash, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiradi.
4. Elektron kutubxonadan foydalanish qoidalari axborot-kutubxona muassasasi rahbari tomonidan belgilanadi.
II. Elektron kutubxonaning vazifalari va funksiyalari
5. Elektron kutubxonaning asosiy vazifalari:
kitobxonlarga taqdim etish qiyin bo‘lgan yoki cheklangan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
faqat elektron shaklda mavjud bo‘lgan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
katta hajmli axborot bilan ishlashda foydalanuvchilarga shart-sharoitlar yaratish;
xizmat ko‘rsatishning sifati va tezkorligini oshirish, foydalanuvchilarga elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish;
kutubxona texnologiyalarini modernizatsiya qilish;
elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini jahon axborot makoniga integratsiyalash;
elektron axborot-kutubxona resurslarini uzoq muddat saqlash.
6. Elektron kutubxonaning asosiy funksiyalari:
ma’lumotlar bazasini yaratish uchun ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash;
to‘liq matnli hujjatlarni ko‘chirishning kengaytirilgan imkoniyatlari bilan birgalikda izlashning kuchli tizimini yaratish;
axborot-kutubxona resursini elektron shaklda raqamlash;
axborot-kutubxona resurslarining elektron shakli holatini axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridagi o‘zgarishlarga moslashtirishni ta’minlash;
boshqa axborot-kutubxona muassasalarining elektron kutubxonalari tarmog‘iga ulanishini ta’minlash;
xodimlar va foydalanuvchilarni elektron kutubxonalardan foydalanish qoidalariga o‘qitish.
III. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondini shakllantirish
7. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondi quyidagilar hisobiga to‘ldiriladi:
xarid qilish (kitob savdosi tashkilotlari, nashriyotlar va elektron nashrlar va hujjatlarni yetkazib beruvchi tashkilotlar, shu jumladan tijorat tashkilotlari orqali hamda axborot resurslariga ega bo‘lgan xususiy shaxslardan);
obuna bo‘lish (davriy nashrlarni tarqatadigan tashkilotlar orqali);
ayirboshlash (xalqaro va kutubxonalararo kitob ayirboshlash yo‘li bilan);
bepul olish, shu jumladan nashrlar va boshqa axborot-kutubxona resurslarini hadya sifatida qabul qilish (o‘zining elektron axborot-kutubxona resurslari, ta’lim muassasalarining fakultetlari, kafedralari va boshqa bo‘linmalari materiallari).
8. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
axborot-kutubxona muassasasi fondlarida mavjud bo‘lgan barcha axborot-kutubxona resurslari to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lgan elektron katalog;
elektron nashrlar va hujjatlarni yetkazib beruvchi turli tashkilotlardan olingan elektron nashrlar va hujjatlar;
axborot-kutubxona ma’lumotlar bazasi;
darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari;
davriy nashrlar;
bosma nashrlarning elektron versiyalari, shu jumladan axborot-kutubxona muassasasi nashrlarining elektron versiyalari;
axborot-kutubxona resurslarini elektron shaklga o‘tkazish jarayonida axborot-kutubxona muassasasi tomonidan tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ta’lim, madaniy-tarixiy va o‘quv xususiyatiga ega bo‘lgan elektron axborot-kutubxona resurslari.
IV. Elektron axborot-kutubxona resurslarini tayyorlash va qayta ishlashga qo‘yiladigan umumiy talablar
9. Elektron axborot-kutubxona resurslari axborot-kutubxona faoliyati sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tavsiya etilgan formatlarga muvofiq tayyorlanishi va arxivlashtirilishi kerak.
10. Elektron axborot-kutubxona resurslari istalgan elektron manbalarda qabul qilinadi. Internet (Intranet) tarmog‘ida elektron axborot-kutubxona resursi joylashganligini ko‘rsatuvchi havolani (tarmoqli manzil) keltirishga yo‘l qo‘yiladi.
11. Elektron axborot-kutubxona resurslari manbalari va resurslarning o‘zi kompyuter viruslaridan xoli bo‘lishi kerak.
12. Elektron axborot-kutubxona resurslarini elektron kutubxonaga uzatish ilova qilinadigan hujjat asosida axborot-kutubxona muassasasining tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
13. Elektron axborot resurslari va elektron kutubxonaga qabul qilingan materiallar axborot, kutubxona va nashriyot ishi bo‘yicha standartlar tizimiga (AKNIST) hamda O’z DSt 1214:2009 va 1215:2009 davlat standartlariga muvofiq qayta ishlanadi.
14. Ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasiga doir masalalar axborot-kutubxona muassasasining ichki tartibga solish hujjatlari bilan tartibga solinadi.
V. Elektron axborot-kutubxona resurslarini joylashtirish va saqlash
15. Elektron axborot-kutubxona resurslari axborot-kutubxona muassasalarining serverlarida joylashtiriladi.
16. Elektron axborot-kutubxona resurslarini saqlash quyidagicha amalga oshiriladi:
axborot manbalaridagi lokal elektron axborot-kutubxona resurslari axborot-kutubxona fondida saqlanadi;
axborot manbalarining har xil turlarida olingan elektron axborot-kutubxona resurslari axborot-kutubxona muassasasining serverlarida joylashtiriladi va saqlanadi;
lokal va tarmoq axborot-kutubxona resurslari sifatida foydalaniladigan elektron axborot-kutubxona resurslari serverlarda joylashtiriladi va saqlanadi. Axborot-kutubxona resurslari ma’lumotlarining majburiy nusxasi axborot-kutubxona fondida axborot manbalarida saqlanadi;
o‘chirilgan elektron axborot-kutubxona resurslari huquq egasi bo‘lgan tashkilotlarning serverlariga joylashtiriladi.
17. Elektron axborot-kutubxona resurslarini saqlash, zararli dasturiy ta’minlashdan va ruxsat berilmagan nusxa ko‘chirishdan himoya qilish tarmoqning umumiy xavfsizlik mexanizmlari bilan ta’minlanadi.
VI. Elektron kutubxona faoliyatini tashkil etish
18. Elektron kutubxona ishiga rahbarlik qilish axborot-kutubxona muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
19. Axborot-kutubxona muassasasi rahbari:
elektron kutubxona ishini muvofiqlashtiradi;
elektron kutubxona ishini tashkil etadi, rejalashtiradi va nazorat qiladi, boshqa axborot-kutubxona muassasalarining elektron kutubxonalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
elektron kutubxona ishi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarning malakasini va kasbiy saviyasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
20. Elektron kutubxona ishini axborot bilan, huquqiy va moddiy-texnik ta’minlash axborot-kutubxona muassasasining tarkibiy bo‘linmalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
VII. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni taqdim etish
21. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni taqdim etish “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-iyuldagi 198-son qaroriga
2-ILOVA
Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida hamda kutubxonalarda to‘liq matnli elektron axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish