Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni o‘rnatilgan tartibda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga qarashli sanatoriylarda sog‘lomlashtirish.
1. Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi, fuqarolar yig‘ini va tibbiyot xodimlari tomonidan hududiy sog‘lomlashtirish sanatoriylariga yo‘llanma berish uchun surunkali kasalligi mavjud, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish.
2. Ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
3. Sanatoriylarda sog‘lig‘ini tiklash uch?n salomatligida moneligi bo‘lmagan xotin-qizlarga belgilangan tartibda yo‘llanmalar berish.
Doimiy ravishda
Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)
19.
Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni respublika va viloyat davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda belgilangan tartibda bepul davolash choralarini ko‘rish.
1. Tuman (shahar) tibbiyot muassasalari, fuqarolar yig‘inlari tomonidan surunkali kasalligi mavjud, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
3. Tibbiy ko‘rik xulosasi asosida respublika va viloyat davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda bepul davolash choralarini ko‘rish.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)
20.
Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash.
1. Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalariga muhtoj, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Ularni belgilangan tartibda reabilitatsiya texnik vositalari va protez ortopediya buyumlari bilan bepul ta’minlash.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)
21.
Xotin-qizlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayollarga qulaylik yaratish maqsadida bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish.
1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli ro‘yxatga kiritish orqali qabul qilish, shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan ayollarga farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga berish xarajatlarini budjetdan qoplash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.
2021-yil 15-aprel
Mahalliy budjetmablag‘lari
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
2. Mahallalarda bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan binolar (xonalar)ni xatlovdan o‘tkazish.
2021-yil 15-may
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan mahallalarda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning ro‘yxatini shakllantirish.
2021-yil 15-may
4. Maktabgacha ta’limga ehtiyoji mavjud mahallalarda, shu jumladan qishloq joylarida maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini tashkil qilish va ularni zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.
2022-yil 1-yanvar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)