I. Umumta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish
Bunda, hududlarda fizika faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablarni va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yoshlar seleksiyasini ta’minlash, fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklarni sodda va tushunarli tilda yaratish uchun xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi direktori X. Umarova shaxsan mas’ul hisoblanadi
a) fizika faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablar va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinfl�r tashkil etiladigan maktablar faoliyatini tahlil qilish, ularning tarmog‘ini kengaytirish, mazkur maktablarga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish
1.
Fizika faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablar (keyingi o‘rinlarda — Tayanch maktablar) faoliyatini tahlil qilish.
1. Tayanch maktablar binolari, moddiy-texnik va o‘quv-metodik ta’minotining amaldagi holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazish.
2. Xatlov natijasi bo‘yicha:
Tayanch maktablarning bino-inshootlarini ta’mirlash, ularga qo‘shimcha bino qurish bo‘yicha investitsiya dasturiga kiritish;
Tayanch maktablarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, kompyuter sinfi bilan ta’minlash;
Tayanch maktablarning moddiy-texnik va o‘quv-metodik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha hisob-kitob qilish va moliyalashtirish manbalari yuzasidan takliflar tayyorlash.
2021-yil iyun
Davlat investitsiya dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar, xorijiy moliya institutlarining grant mablag‘lari
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norkulov),
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov),
Qoraqalpog‘iston Re�publikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
3. Tahlil natijasida zarur deb hisoblangan qurilish-ta’mirlash ishlarini kelgusi yillar uchun shakllantiriladigan investitsiya dasturlariga kiritish chorasini ko‘rish.
2021-yil oktyabr
4. “Zamonaviy maktab” dasturi talablari asosida Tayanch maktablarni zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash.
2021-2022-yillar davomida
2.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati faoliyatini takomillashtirish.
1. Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati faoliyatini tahlil qilish.
2021-yil avgust
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi budjetdan tashqari mablag‘lari
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi (Umarova),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov)
2. Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini respublikaning boshqa hududlaridagi fizika faniga ixtisoslashtirilgan maktablari uchun metodik ko‘mak ko‘rsatuvchi umumta’lim muassasa sifatida belgilagan holda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish.
2021-2022-yillar
3. Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini yuqori malakali o‘qituvchilar bilan to‘ldirish.
tahlil natijalariga muvofiq zaruratga ko‘ra
3.
Tayanch maktablar va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablarga o‘quvchilarni tanlab olish.
1. Tayanch maktablar va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablarga o‘quvchilarni qabul qilish kvotasini tasdiqlash.
2021-yil iyun
-
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Davlat test markazi (Karimov),
Moliya vazirligi (Ishmetov)
2. O‘quv yili uchun saralash tanlovini o‘tkazish.
har yili iyul-avgust
3. Saralash tanlovi natijalariga ko‘ra iqtidorli o‘quvchilarni qabul qilish.
2021-yil sentyabr
b) Tayanch maktablar va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablarning o‘quv-metodik bazasi holatini yaxshilash, o‘qitish jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda joriy etish
4.
Fizika fanini o‘qitishni takomillashtirish.
1. Fizika fani o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Ishchi guruh shakllantirish.
2021-yil avgust
-
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi (Umarova)
2. Ishchi guruh tomonidan Tayanch maktablar va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablarning o‘quv-metodik bazasi holatini tahlil qilish va fan dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.
2021-yil noyabr
3. Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda Ishchi guruh xulosalarini inobatga olish.
2022-yil fevral
4. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv reja asosida tashkil etiladigan maktablar tarmog‘ini kengaytirish.
2021-yil sentyabr
5.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tajribasini umumta’lim maktablariga tarqatish.
1. Umumta’lim maktablar foydalanishi uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish.
2021-yil sentyabr
-
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish agentligi (Umarova)
2. Fizika fani bo‘yicha zamonaviy multimedia mahsulotlarini yaratish.
2021-yil sentyabr
3. Tayanch maktablar va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablar uchun metodik ko‘mak ko‘rsatish.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab
6.
Fizika fani bo‘yicha variativ o‘quv rejalarni joriy qilish.
1. Variativ o‘quv-rejalarni ishlab chiqish.
2. Variativ o‘quv-rejalarni joriy qilish.
2021/2022 o‘quv yilidan
-
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)
7.
Fizika fanidan yangi zamon o‘quv-metodik majmualarni (darslik, o‘qituvchi kitobi, multimedia ilovasi) yaratish.
1. Fizika fanidan yangi avlod o‘quv-metodik majmualarni yaratish bo‘yicha mualliflar guruhini Respublika ta’lim markazi huzurida shakllantirish.
2021-yil iyun
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Moliya vazirligi (Ishmetov)
2. Fizika fanidan yangi zamon o‘quv-metodik majmualarni yaratish reja-grafigini tasdiqlash.
2021-yil iyul
3. Fizika fanidan yangi zamon o‘quv-metodik majmualarni yaratish bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish.
2021-yil avgust
4. Reja-grafikka muvofiq yangi zamon o‘quv-metodik majmualarni yaratib borish.
Reja-grafik asosida
8.
Umumta’lim maktablar ta’lim jarayoniga “virtual laboratoriya”larni joriy qilish.
1. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida “virtual laboratoriya”larni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish.
2021/2022 o‘quv yildan
Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)
2. Umumta’lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida “virtual laboratoriya”larni joriy qilinishi bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2022-yil iyun
v) Tayanch maktablar va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablarning mutaxassislik fanlaridan pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan choralar ko‘rish, ularni kasbiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish
9.
Tayanch maktablar va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablarga fizika fani bo‘yicha malakali pedagog kadrlarni tanlab olish.
1. Tayanch maktablar va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablarning fizika fani bo‘yicha o‘qituvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish rejasini belgilash.
2021-yil iyun
-
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Ta’lim sifatini nazorat qili� inspeksiyasi (Tashkentboyev)
2. Attestatsiyani o‘tkazish.
2021/2022 o‘quv yiliga qadar
10.
Fizika fanidan dars berayotgan o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish.
1. Fizika fani o‘qituvchilarining malakasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish asosida malaka oshirish bo‘yicha o‘quv dasturini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish.
2021-yil iyun
Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulovv)
2. Malaka oshirishning an’anaviy shakllari bilan bir qatorda ishdan ajralmagan, masofaviy va boshqa turlarini tashkil qilish.
2021-yil sentyabr
3. Malaka oshirish bo‘yicha turli mavzulardagi o‘quv modullarini ishlab chiqish, ular bo‘yicha videodarslarni tayyorlash va foydalanish uchun “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasiga joylashtirish.
2021-yil oktyabr
4. Fizika o‘qituvchilarining mazkur platformadan foydalangan holda uzluksiz kasbiy rivojlanishini tashkil qilish.
2021-yil noyabr
5. Fizika fani bo‘yicha malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda mahorat darslarini o‘tkazish.