1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]



Download 76,87 Kb.
bet1/3
Sana03.01.2022
Hajmi76,87 Kb.
#313962
  1   2   3
Bog'liq
1706 28.08.2007




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI FAN VA TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRIShNI MUVOFIQLAShTIRISh QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASINING

QARORI

INNOVATSIYA ILMIY-TEXNIKA DASTURLARINI ShAKLLANTIRISh VA AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-avgustda 1706-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 31-32-son, 311-modda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasi qaror qiladilar:



1. “Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari E. ZAXIDOV

Toshkent sh.,

2007-yil 25-aprel,

3-son

Moliya vaziri R. AZIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 25-aprel,

43-son

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R. QOSIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 25-aprel,

80-son

Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV

Toshkent sh.,

2007-yil 25-aprel,

5-3-6/3-son

Fanlar akademiyasi prezidenti SH. SALIXOV

Toshkent sh.,

2007-yil 25-aprel,

2/3-son

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2007-yil 25-apreldagi 3, 43, 80, 5-3-6/3, 2/3-son qarori bilan


TASDIQLANGAN

Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-sonli “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 311-modda) muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.



I. Umumiy qoidalar

1. Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlari fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari asosida yangi texnologiyalarni amaliyotda keng qo‘llash, mamlakat ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalarini hal etish, mavjud ilmiy-texnologik salohiyatdan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan innovatsiya faoliyatini, amaliy, ilmiy-texnik, tajriba-konstruktorlik, texnologik va boshqa turdosh ishlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi.

2. Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirliklari (keyingi o‘rinlarda “vazirliklar”) tegishli sohalardagi mavjud ilmiy-texnologik muammolardan kelib chiqib, vazirliklarning innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini (keyingi o‘rinlarda “vazirliklarning dasturlari”) shakllantiradilar.

3. Iqtisodiyot tarmoqlarining yirik ilmiy-texnologik muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsiya ilmiy-texnika dasturi (keyingi o‘rinlarda “Dastur”) Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Qo‘mita”) tomonidan shakllantiriladi.

4. Vazirliklarning dasturlarini va Dasturni moliyalashtirish Innovatsiya fan-texnika faoliyatini moliyalashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma”)ga davlat budjetining “Fan” 202 bo‘limi bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lari va innovatsiya faoliyatidan manfaatdor xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari hisobidan hissadorlik asosida amalga oshiriladi.

5. Budjet mablag‘larining Dasturlar bo‘yicha moliyaviy taqsimoti Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan Jamg‘armaning xarajatlari va daromadlari smetasida belgilanadi.

6. Vazirliklar, Qo‘mita va innovatsiya ilmiy-texnika loyihalarini hissadorlik asosida moliyalashtirishda ishtirok etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar Dasturlarning buyurtmachilari hisoblanadi.

II. Innovatsiya ilmiy-texnik faoliyat obyektlari

7. Innovatsiya ilmiy-texnik faoliyat obyektlari quyidagilardir:

a) ixtirolar, nou-xau, ilmiy-texnik ishlanmalar asosida yangi, ilmiy hajmdor mahsulotlarning tajriba-sanoat namunalarini yaratish, sanoat sinovlaridan o‘tkazish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ularni ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash;

b) mavjud texnologiyalarning raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan, tijorat nuqtai nazaridan samarali bo‘lgan, mahalliy xomashyo asosida yangi, ilmiy hajmdor mahsulotlarni bozorga olib chiqish;

v) inson va hayvonlar kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish, yangi turdagi dori-darmonlar, ularning substansiyalari va tibbiy-texnika mahsulotlarini ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish;

g) tuproq unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jalik o‘simliklarini yaratish, ularning seleksiyasi va urug‘chiligi sohasi, himoya preparatlarini ishlab chiqarishda samarali texnologiyalarni joriy etish;

d) sanoat chiqindilari hamda ikkilamchi resurslarni qayta ishlash texnologiyalarini o‘zlashtirish;

e) yangi axborot texnologiyalari va dasturiy vositalarni yaratish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish;

j) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ekologik xavfsizlik bilan bog‘liq huquqiy-tashkiliy, iqtisodiy va boshqaruv masalalarini hal qilish;

z) ilm-fanning zamonaviy natijalarini yorituvchi original monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga tayyorlash, chop etish va o‘quv jarayoniga joriy qilish;

i) innovatsiya faoliyatini kengaytirish, intellektual faoliyat obyektlarini amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan respublika va xalqaro miqyosdagi seminar, konferensiya va ko‘rgazmalar tashkil etish.

III. Innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari tanlovini tashkil qilish

1 §. Tanlovni tashkil etish bosqichlari

8. Tanlovni tashkil etish bosqichlari quyidagilardan iborat:

tanlov topshiriqlari ro‘yxatini aniqlash (Dasturlarni shakllantirish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin bir oy muddatda);

tanlov e’lon qilish (topshiriqlar ro‘yxati aniqlangandan keyin o‘n kunlik muddatda);

tanlovga innovatsiya loyihalarini qabul qilish (tanlov e’lon qilingandan keyin 1,5 oylik muddatda);

loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish (loyihalar qabuli tugagandan keyin 2 oylik muddatda);

Dasturlarni shakllantirish va tasdiqlash (ilmiy-texnika ekspertizasi yakunlangandan so‘ng bir oylik muddatda).

2 §. Innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari tanlovini tashkil qilish

9. Fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga mos holda:

vazirliklar o‘z sohalari oldida turgan dolzarb masalalarni echishga yo‘naltirilgan innovatsiya loyihalari tanlovi topshiriqlari ro‘yxatini;

Qo‘mita mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalarini hal etishga yo‘naltirilgan innovatsiya loyihalari tanlovi topshiriqlari ro‘yxatini tuzish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va iqtisodiyot tarmoqlaridan takliflar qabul qiladi.

10. Innovatsiya loyihalari tanlovlari topshiriqlari ro‘yxati tegishlicha vazirliklar hamda Qo‘mita tomonidan shakllantiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

11. Shakllantirilgan innovatsiya loyihalari tanlovlari topshiriqlari ro‘yxati ustuvor yo‘nalishlarga muvofiqligi, o‘xshashlik va takrorlash holatlari mavjud emasligini tahlil qilish maqsadida Qo‘mitaning Innovatsiya faoliyati bo‘yicha Idoralararo kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Topshiriqlar ro‘yxatlarida bunday nomuvofiqliklar mavjud bo‘lgan holda Innovatsiya faoliyati bo‘yicha Idoralararo kengash ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini vazirliklarga taqdim etadi.

(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2008-yil 30-dekabrdagi 8-son, 12-son, 270-son, 65-son va 44/2-sonli (ro‘yxat raqami 1706-1, 12.02.2009-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 7-son, 74-modda)

12. Innovatsiya loyihalari tanlovi topshiriqlari ro‘yxatlari tegishlicha vazirliklar hamda Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi va Davlat buyurtmasi maqomiga ega bo‘ladi.

13. Qo‘mita va vazirliklar mustaqil ravishda ommaviy axborot vositalarida innovatsiya loyihalari tanlovini e’lon qiladi, shuningdek, innovatsiya faoliyati ishtirokchilarini tanlov muddatlari, talablari va loyihalarni tanlovga topshirish tartibi bilan tanishtiradi.

14. Innovatsiya faoliyati ishtirokchilari tanlovda qatnashish uchun mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan talablarga mos holda tayyorlangan hujjatlarini vazirliklar va Qo‘mitaga ikki nusxada topshiradilar. Loyihalarni amalga oshirish davri 2 yildan oshmasligi lozim.

15. Vazirliklarning innovatsiya loyihalari tanloviga taqdim etilgan hujjatlar vazirliklarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limlari va Qo‘mitaning innovatsiya loyihalari tanloviga taqdim etilgan hujjatlar Qo‘mitaning Innovatsiya ishlari hamda ilmiy-texnik ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etishni muvofiqlashtirish va tahlil etish bo‘limi tomonidan qabul qilinadi.

16. Vazirliklar va Qo‘mita tanlovga taqdim etilgan loyihalarning, tanlov shartlari, maqsadlari va talablariga mosligini ko‘rib chiqadi.

17. Innovatsiya loyihasi ikki qismdan iborat bo‘ladi:

Loyiha tasnifi;

Texnik-iqtisodiy asosnoma (loyiha budjeti va uning asosnomasi).

IV. Innovatsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish

18. Tanlovga taqdim etilgan loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish, uning natijalariga ko‘ra vazirliklarning dasturlarini shakllantirish uchun vazirliklarda dasturlar bo‘yicha ilmiy-texnikaviy kengashlar tashkil etiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

19. Dasturga kiritishga tavsiya etilgan vazirliklar tasarrufiga kirmaydigan ilmiy, oliy ta’lim va boshqa tashkilotlarning loyihalari hamda turli vazirliklar yoki idoralar tasarrufidagi ilmiy, oliy ta’lim va boshqa tashkilotlarining hamkorlikdagi idoralararo xarakterdagi loyihalar ekspertizasi Innovatsiya faoliyati bo‘yicha Idoralararo kengash tomonidan o‘tkaziladi.



(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2008-yil 30-dekabrdagi 8-son, 12-son, 270-son, 65-son va 44/2-sonli (ro‘yxat raqami 1706-1, 12.02.2009-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 7-son, 74-modda)

20. Har bir loyiha ikki mustaqil ekspert tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ekspertlarning biri innovatsiya loyihalarini bajarilishidan manfaatdor bo‘lgan vazirlik, idora, tashkilotlarning mutaxassisi bo‘lishi mumkin.

21. Ekspertiza jarayoni ochiq-oydin muhokama tarzida o‘tkaziladi. Ekspertlarning har bir loyihaga bergan xulosalari vazirliklarda hamda Qo‘mitada ochiq muhokamadan o‘tkaziladi. Muhokamaga loyihaning ilmiy rahbari va ijrochilari hamda sohaning yetakchi olim va mutaxassislari taklif etiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

22. Loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasini ko‘rib chiqish vazirliklarda va Qo‘mitada innovatsiya faoliyatidan manfaatdor bo‘lgan, ularni hissadorlik asosida moliyalashtiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, Moliya vazirligi, Innovatsiya faoliyati bo‘yicha Idoralararo kengash va boshqa tashkilotlarning iqtisodchi mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi va xulosalar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.

(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2008-yil 30-dekabrdagi 8-son, 12-son, 270-son, 65-son va 44/2-sonli (ro‘yxat raqami 1706-1, 12.02.2009-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 7-son, 74-modda)

23. Vazirliklar hamda Qo‘mita ekspertiza xulosalari asosida innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantiradilar.

V. Dasturlarni tasdiqlash

24. Vazirliklarning dasturlari Qo‘mita bilan kelishilgandan keyin vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi. Dastur Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.

25. Dasturlar yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan topshiriqlarni bajarishga, hamda dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan innovatsiya loyihalari bilan to‘ldirilib borilishi mumkin.

26. Tanlovga taqdim etilgan loyihalar va materiallar qaytarilmaydi.

VI. Dasturlarni amalga oshirish va innovatsiya loyihalarini hissadorlik asosida moliyalashtirish

27. Vazirliklar va Qo‘mita innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ijrochi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ilmiy grant mablag‘i miqdorining 95 foizi tadqiqot davri mobaynida ilmiy loyihani amalga oshirishda mehnat sarfi va moddiy xarajatlarni qoplash uchun ajratiladi.



Qolgan 5 foizi — keyinchalik ishlab chiqarishga yoki ilmiy-pedagogik jarayonga tatbiq etish uchun ilmiy loyihani amalga oshirish natijalari ekspertizadan o‘tkazilib buyurtmachi tomonidan qabul qilganidan so‘ng ajratiladi.

(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2014-yil 25-iyuldagi 6,51,38-qq, 75,17/2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1706-2, 31.07.2014-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 393-modda)

28. Ustama xarajatlar miqdori loyihaga ajratilgan mablag‘ning 20 foizidan ortmasligi lozim.

29. Hissador tashkilotning mablag‘i pul ko‘rinishida yoki loyihani amalga oshirish uchun zarur qurilmalar, ishlab chiqarish bazasi, xomashyo, energiya, mashina va mexanizmlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

30. Innovatsiya loyihalarini hamkorlikda moliyalashtirish shartlari Qo‘mita, vazirliklar va manfaatdor tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnomada ko‘rsatiladi.

VII. Dasturlarning bajarilish monitoringi va ularni muvofiqlashtirish

31. Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarining bajarilishi bilan tanishish va nazorat qilish maqsadida vazirliklar va Qo‘mita tomonidan monitoring olib boriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

32. Monitoring Qo‘mita va vazirliklarning buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan monitoring guruhlari tomonidan amalga oshiriladi. Monitoring guruhlariga innovatsiya loyihalari natijalaridan manfaatdor vazirlik, idora, hokimliklar va Moliya vazirligi vakillari hamda Innovatsiya faoliyati bo‘yicha Idoralararo kengash a’zolari jalb qilinadi.

(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2008-yil 30-dekabrdagi 8-son, 12-son, 270-son, 65-son va 44/2-sonli (ro‘yxat raqami 1706-1, 12.02.2009-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 7-son, 74-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

33. Monitoring guruhlari a’zolari yilning birinchi yarmida innovatsiya ishlarini loyiha bajarilayotgan obyektga borib ko‘radi. Yil yakunida oraliq nazoratni ta’minlash maqsadida loyiha rahbarlarining ishlarning borishi to‘g‘risidagi axborotlari Innovatsiya faoliyati bo‘yicha Idoralararo kengashning yig‘ilishlarida muhokama qilinishi mumkin.

(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining 2008-yil 30-dekabrdagi 8-son, 12-son, 270-son, 65-son va 44/2-sonli (ro‘yxat raqami 1706-1, 12.02.2009-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 7-son, 74-modda)

34. Zaruriyat tug‘ilgan hollarda monitoring guruhlarining taklifi asosida shartnomalarga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Barcha qo‘shimchalar kelishuvga muvofiq yozma shaklda rasmiylashtiriladi.

35. Qo‘mita va vazirliklar monitoring guruhlari xulosalarini tahlil qilib, loyihalarni davom ettirish yoki oraliq nazorat natijalari bo‘yicha bajarilishi qoniqarsiz deb topilgan innovatsiya loyihalarini to‘xtatish va Dasturdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

36. Moliyalashtirilishi to‘xtatilgan loyihalardan bo‘shagan moliyaviy mablag‘lar Qo‘mita va vazirliklarning qaroriga ko‘ra boshqa samarador innovatsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Dasturlar yakunigacha sarflanmay qolgan mablag‘lar Jamg‘armaga qaytariladi.

37. Yakunlangan loyihalar bo‘yicha hisobotlar manfaatdor tomonlarning xulosasi bilan birga Qo‘mita va vazirliklarning ekspert guruhlari tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi. Ekspertiza xulosasiga asosan loyiha tugallangan deb hisoblanadi va ishlar qabul qilinadi.

38. Innovatsiya loyihalarining moliyaviy hajmlari bo‘yicha o‘zgarishlar yuz bergan holda, bu haqda Moliya vazirligiga xabar beriladi.

39. Innovatsiya loyihalarining ilmiy-texnik hisobotlari tegishli ravishda vazirliklarga va Qo‘mitaga topshiriladi. Vazirliklar Jamg‘armaning budjet mablag‘lari xarajatlari to‘g‘risida moliyaviy hisobotlarni hamda tegishli dasturlarning natijalari to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotnomalarni Qo‘mitaga topshiradi.

40. Mazkur Nizom Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV

Toshkent sh.,

2007-yil 24-iyul

Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri S. ISMOILOV

Toshkent sh.,

2007-yil 24-iyul

Xalq ta’limi vaziri T. JO‘RAYEV

Toshkent sh.,

2007-yil 24-iyul

Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


ILOVA

Tabiiy va texnika fanlari sohasida loyiha

____________________
Loyiha raqami
TO‘LDIRILMASIN

Loyiha nomi ________________________________________________________


________________________________________________________________________________________________________________________________________

Dastur nomi ________________________________________________________


________________________________________________________________________________________________________________________________________

2.1. Loyiha tasnifi:

2.1.1. Kalit so‘zlar: 15 tadan ortmasin, kichik harflar bilan yozilsin va vergullar bilan ajratilsin.

2.1.2. Echilishi lozim bo‘lgan muammo 0,5 varaqda.

2.1.3. Loyihaning maqsadi va vazifalari: loyiha qanday bajariladi, amalga oshirish uchun rejalashtirilgan ishlar va tadbirlar — 2-varaqqacha.

2.1.4. Innovatsiya obyektining ilmiy-texnik saviyasi:

;birinchi marta olingan natijalar asosida 1-varaqqacha asosnoma;

O‘zbekistonda birinchi marta olingan natijalar asosida (1-varaqqacha asosnoma);

boshqa o‘xshash texnologiya va usullardan afzalligi 1-varaqqacha asosnoma.

2.1.5. Innovatsiya obyektining ilmiy-texnik hujjatlari: (patentlar, guvohnomalar, sertifikatlar, texnologik reglament, texnik pasport, texnik shartlar, texnologiya yoki mahsulotning sinov dalolatnomalari va boshqalar) nusxalari ilova qilinsin.

2.1.6. Innovatsiya obyektining tayyorlik darajasi: (texnologiya yoki ilmiy hajmdor mahsulotning sanoat yoki tajriba namunasi mavjud) chizmasi yoki surati ilova qilinsin.

2.1.7. Innovatsiya obyektining texnologik ta’minlanganligi: (ishlab chiqarish bazasining, texnologik tizimning, asbob-uskunalarning va zarur infratuzilmaning mavjudligi) xatlar va boshqa hujjatlar ilova qilinsin.

2.1.8. Innovatsiya obyektining xomashyo bilan ta’minlanganligi: ta’minlovchi tashkilotlarning xatlari ilova qilinsin.

2.1.9. Loyihani amalga oshirish bosqichlari:

Loyihani amalga oshirish bosqichlari

Muddat (chorak)

Kutilayotgan natija

Mablag‘ (jamg‘arma)

Mablag‘ (hissadorlik)

1.

2.1.10. Rejalashtirilgan umumiy xarajatlar

Umumiy moliyaviy hajmi

Jamg‘arma mablag‘i

Hissador mablag‘i

2.2. Texnik-iqtisodiy asosnoma

2.2.1. Loyihaning bajarilish miqyosi: loyihaning bajarilishidan manfaatdor vazirlik, idora va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar ko‘rsatilsin (xatlari ilova qilinsin).

2.2.2. Ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan ilmiy hajmdor mahsulot qancha miqdorda importni qisqartiradi (foizlarda), eksportga yo‘naltirilgan yoki qanday muayyan soha talabini qondiradi.

2.2.3. Yakuniy natijalar tasnifi: loyihaning bajarilishi natijasida muayyan iqtisodiyot tarmog‘ida qanday texnologiya, texnologik tizim, sanoat-tajriba qurilmasi o‘zlashtiriladi yoki mavjudining samaradorligi oshadi; qanday ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlanadi (to‘la ma’lumot keltirilsin).

2.2.4. Loyihaning bajarilishi natijasida kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik: ishlab chiqarish hajmi; texnologiya yoki ilmiy hajmdor mahsulotning tannarxi; loyiha yakunlangandan so‘ng 1-2-3 yil davomida erishiladigan iqtisodiy samaraning hisobi (loyihaga sarflangan mablag‘larning qoplanish davri) (to‘la ma’lumot keltirilsin).

2.2.5. Loyihaning budjeti va uning asosnomasi.


Download 76,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish