1. Hujjat aylanish tizimlarining umumiy klassifikatsiyasi G`aznachilikda axborot kompleksi va texnalogiyalari



Download 23,97 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2021
Hajmi23,97 Kb.
#68679
  1   2
Bog'liq
BI-52 guruh talabasi Nurmatov Zuhriddin akt 13 variant


TOSHKENT-2020

Toshkent Moliya Instituti Bank ishi fakulteti BI-52 guruh talabasi Nurmatov Zuhriddinning Iqtisodiyotda Axborot komplekslari va texnologiyalari fanidan yakuniy nazorat javoblari.

Variant-13



1.Hujjat aylanish tizimlarining umumiy klassifikatsiyasi

2.G`aznachilikda axborot kompleksi va texnalogiyalari

3.Elektron tijorat texnalogiyasi

1. Hоzirgi kunda respublikamizda ishlab turgan tizimlarning o‘nga yaqin turi mavjud. Eng keng qo‘llanilayotgan tizimlar milliy korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan «Germes», «E-Hujjat», «FIDO-DOCFLOW» tizimlari hamda chet el kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan Efrat, Lotus Domino va boshqalar.

Qo‘llanilayotgan tizimlarning asosiy kamchiligi elektron hujjatga yuridik maqom berish imkonining yo‘qligi va ko‘pgina tizimlarni foydalanuvchilarning ishlatish jarayoni murakkabligi hisoblanadi. Hozirgi kunda faqatgina «E-Hujjat» tizimida yuridik maqom berish imkoni mavjud. «Germes» tizimida esa bu ish amalga oshirilyapti.

Bundan tashqari, tizimlarning asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma»si asosida ishlab chiqilmagan.

Bugungi kunda Respublika miqyosida elektron hujjat almashinuvi joriy etilib, jami 67,8 foizni tashkil etadi. Idoralar ichida qog‘ozsiz hujjat aylanishi axborot vositalarining rivojlanishi bilan birgalikda olib boriladi, chunki elektron hujjat aylanishining asosiy komponentlaridan biri axborot vositalari sanaladi. Bugungi kunda axborot vositalarini rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlar miqdori YaIM’ga nisbatan 5 foizni tashkil etadi.

BMTTD’ning Raqamli rivojlanish dasturi tomonidan tayyorlangan «Davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Umumiy tushunchalar. Jahon tajtribasi. O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari» ma’lumotlariga tayansak, elektron hukumatni amalda qo‘llash bo‘yicha mamlakatlar orasida AQSH birinchi o‘rinda 68,3% miqdorda elektron hukumat joriy etilgan. O‘zbekistonda ham bu jarayon oxirgi besh yillikda 2–3 barobarga ortganini ko‘ramiz.

Respublikamizda elektron hujjat aylanish tizimi va uni joriy etishda aloqa va axborotlashtirish sohasi mutaxassislari tomonidan yaratilayotgan ixtiro hamda ratsionalizatorlik takliflarining o‘rni beqiyos. Ana shunday istiqbolli yangiliklardan biri — fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan yaratilgan «Kriptografik kommunikatsiya, autentifikatsiya va maxfiy kalitlar generatsiyasining diaekspotensial tizimini yaratish usuli» ixtirosidir.

O‘zbekiston Respublikasining milliy kriptografik algoritmlarini yaratish, ularni takomillashtirish va axborotni kriptografik muhofazalashning milliy dasturiy va apparat-dasturiy vositalarini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida axborotning kriptografik muhofazasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» 614-sonli qarorida birinchi galdagi vazifa qilib qo‘yilganligini hisobga olsak, mazkur ixtiro bu qarorning bajarilishini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir.

Xorij tajribasini tadqiq etish va o‘rganish rivojlanishning yangi yo‘nalishlarini ochib beradi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha ma’lumotlar foiz hisobida 1-rasmda keltirilgan. Yuqorida tahlil etilgan Rossiya elektron hujjat aylanish tizimi dunyo bo‘yicha 6% ulushga ega bo‘lib, bu juda katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Tizimning Respublikamizda tatbiq etilayotgan himoyalangan elektron hujjat aylanish «E-HUJJAT» tizimlarini yaratishda mazkur xorijiy tashkilotlarning tajribasiga tayangan holda olib borilishiga asoslangan.

Elektron hujjat aylanish tizimining asosiy elementi bo‘lib, bir necha turga (kiruvchi, chiquvchi va ichki) bo‘linuvchi va ma’lum rekvizitlarga ega elektron hujjat hisoblanadi. Elektron hujjat hisob-varaqasini yuritish har bir foydalanuvchiga ruxsat etiladi. Elektron hujjat rahbariyat tomonidan elektron raqamli imzo qo‘yilgandan so‘ng uni o‘zgartirish imkoni bo‘lmaydi.

«E-HUJJAT» davlat va tijorat korxonalarida elektron hujjat almashish tizimini yuritish uchun mo‘ljallangan. «E-HUJJAT» mamlakatimizda ishlab chiqilgan algoritmlar asosida yaratilgan ilk dasturiy ta’minot bo‘lib, quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:


• davlat va tijorat korxonalarining lokal va korporativ tarmoqlari orqali himoyalangan elektron hujjat almashuvini boshqarish;

• Respublikamizda ishlab chiqilgan «Elektron raqamli imzo» to‘g‘risidagi, «Elektron hujjat aylanishi» to‘g‘risidagi qonunlar, axborot va kommunikatsiya yo‘nalishidagi dasturlarni hayotga tatbiq etish;

• markazlashgan elektron hujjat almashish tizimini yaratish. «E-HUJJAT» quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

• elektron hujjatlarni elektron raqamli imzo, shifrlash, kalit almashish tizimlari orqali maxfiyligini va butunligini ta’minlash;

• elektron hujjatlarni markazlashgan holda saqlash, almashish va foydalanuvchilarning ishlarini yengillashtirish;

• foydalanuvchilarning shaxsiy hujjatlarini shifrlangan holda saqlash.


2.G’aznachilik organlari (G’.O) mehnat samaradorligini oshirishning sharoitlaridan biri ular 

barcha darajadagi axborot ta’minotida istiqbolli va samarali tizim yaratish  hisoblanadi. Axborot majmuini  ishlab  chiqish  yagona  metadalogik-asosida  olib  borilib,  nafaqat  miqdoriy  

ko’rsatkichlar  –  soliq  to’lovlar  soni,  davlat  byudjetdan  mablag’  oluvchilar  soni,  balki hududlarning jami moliyaviy va komunikatsion ifrastrukturasi rivojlanishiga ham hisobga ouvchi o’xshash loyhaviy echimlardan foydalaniladi.  G’aznachilik  orginlarining  majmui  ban  tizimi  bilan  uyg’unlikda  nafaqat  g’aznachilik  orginlari tomonidan davlat byudjeti funktsional ijrosini ta’sinlashga qodir, balki bu jayonda turli  darajadagi moliyaviy orginlar va boshqaruv muassasalari, shuningdek, bank va soliq tizimining  o’zaro samarali munosabatlashuvini tashkil etish ham mo’ljallangan. Bunday majsuani yaratish  negiziga  yuqori  texnalogiyali  operatsion  tizimlar,  ma’lumotlar  bazasini  boshqarish  tizimlari  (MBBT) va shovqindan, noqonuniy kirishdan imoyalangan telekomunikatsion tizimlarni qo’llash  asosidagi  markazlashga  va  taqsimlangan  qarorlar  texnalogiyasi  yotadi.  Bunday  yagona  texnalogiyani  qo’llash  va    rivojlantirish,  uning  asosida  korporativ  tizimlar  yaratish  murakkab  himoyalangan  infarmatsion-texnik  majmualarning  o’zaro  vedometvenniy    harkatlanish  muammosini hal etishga imkon beradi.  Davlat  g’aznachilik  orginlarining  axborot  majmuasini  yaratishdan  asosiy  maqsad  davlat  byudjet  ijrosi  samaradorligini  sezilarli  oshirish  hisoblanadi.  Bu  Davlat  g’aznachilik  orginlariga  cheklangan  personal  bilan  tizim  oldiga  qo’yilgan  vazifalarning  jami  hajmini  aniq,  samarali  va  tezkor hal etishga imkon beradi.  - Davlat byudjet daromadlarining aniq va tezkor hisobi; -  Davlat  byudjet,  Davlat  sub’ektlari  byudjeti  va  barcha  darajadagi  mahalliy  byudjetlar  o’rtasidagi o’zaro munosabat;  - Davlat byudjet mablag’larini yakuniy oluvchigacha aniq va tez etkazish;  -  byudjet  mablag’laridan  oqilona  va  maqsadli  foydalanish  ustidan  joriy  to’liq  tezkor  va  kesik nazorat;  -  davlat  byudjeti  ijrosini  tezkor  va  ob’ektiv  tahlili  va  daromad  tushishi  hamda  ixtiyoriy  berilgan davr uchun harajatlarni prognozlash;  - davlat ichki qarzlari va boshqalarni boshqarish va unga xizmat ko’rsatish.  G’aznachilikda axborot texnalogiyalarini tashkil etishning ikki sxemasi mavjud:  -  davlat  byudjeti  mablag’larini  oluvchilarning  shaxsiy  hisoblarini  va  O’zR  banki  yoki  uning vakolatli agentlari xarajatlarining yagona joriy hisobi bilan hisob-kitolarni yuritish bilan;  - mintaqada yagona samarali qimmatli qog’ozlar bozori  va bunday bozorning markaziy –  markaziy  registrator,  depozitariy,  hisob-kitob-kpiring  markaziy  tashkil  etish  va  O’zR  Moliya  vazirligi  topshirig’iga  ko’ra  mintaqaviy  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  davlat  qimmatli  qozozlar  emitenti funktsiyasini bajarish.  G’aznachilikda axborot texnalogiyalarini tashkil etishning ikkala sxemasi ijobiy va salbiy  jihatlarga ega. 



Birinchi  holda  tizimning  qimmatli  qog’ozlar  bozorini  rivojlangan  infrastrukturasi  bilan  to’liq avtonomlikka, uning muassasalararo munosabatlar muammosidan nisbatan mustaqilligiga  erishildi.  Ikkinchi yo’nalish bo’yicha echimda g’aznachilik orginlarining ishni ko’p jihatlardan bir  necha  muassasalar  sa’y-harakatlarini  muvofiqlashtirishning  umumiy  tashkiliy-huquqiy  xarkateriga  ega va  bunday bozorning ishlashi uchun havfsiz sharoit ta’minlanadi. 

3. Shuni aytish lozimki, "elektron tijorat" tushunchasiga qat'iy ta'rif berish bugungi kunda oddiy ish emas. Gap shundaki, bir tomondan, ommaviy axborot vositalarida va taniqli nashriyotlarda elektron tijorat tovarlarni Internet ishlatish orqali sotib olish, deya ta'riflanadi. Ikkinchi tarafdan, ixtisoslashtirilgan nashriyotlarda elektron tijoratni juda ko'p ta'riflari keltiriladiki, ularda ushbu global xodisaning u yoki bu qususiyati qirralari qayd etiladi. Umumiy qolda bu erda "elektron" va "tijorat" so'zlarini tashkil etuvchilari bugungi kun hisobi bilan qanday ma'no berishini bilib olish lozim. Shundan kelib chiqib, elektron tijorat tushunchalarini amaliy nuqtai nazardan aniqlashtirish bilan chegaralanamiz.Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, to'lovni amalga oshirish, tovar (xizmat bajarilishi) etkazib berilishidagi boshqaruvda qatnashuvni o'z ichiga oluvchi operatsiyalarning (amallar) yopiq siklli texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar (operatsiyalar) axborot texnologiyalari va elektron vositalar yordamida o'tkazilib, egalik etish yoki ishlatish huquqini bir yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga o'tishi ta'minlanadi.Keltirilgan ta'rif elektron tijoratning "ideal" tushunchasini yoki boshqa so'zlar bilan elektron tijorat tizimlarini tashkil etishda intilishi lozim bo'lgan maqsadni o'zida aks ettiradi. haqiqatda bugungi kunda faqat keng rivojlangan elektron tijorat tizimlarigina barcha tijorat kelishuvlar to'liq yopiq amallarni (operatsiyalar) elektron yo'l bilan o'tishini ta'minlaydi. Keyinchalik esa biz shunga amin bo'lamizki, elektron tijorat sinfiga kiruvchi deb qabul qilingan tizimlarning asosiy qismi operatsiyalar (amallar) bajarilishining elektron va odatiy usullari, masalan tovar va xizmatlar to'lovini o'z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan ta'rifda "savdo" va "Internet" so'zlari yo'q bo'lishiga sabab shuki, elektron tijoratda savdo xususiy holat va Internet elektron tijoratni kiritish bo'yicha axborot texnologiyalari vositalaridan biri hisoblanadi. Elektron tijoratda Internet imkoniyatlari 90 -yillardan faol ishlatila boshladi. Elektron tijoratning o'zi esa bundan uzunroq tarixga ega.Elektron tijorat tushunchasining paydo bo'lishi 1948 yilda g’arbiy Berlinni kerakli material -texnik xom ashyo bilan ta'minlash uchun g’arbiy mamlakatlar tomonidan bunyod etilgan avia ko'prikni tashkillashtirish ishlarida qo'llanilgan amaliyot bilan bog’lanadi. Ushbu ko'prik deyarli 11 oy faoliyat ko'rsatib, shahar ehtiyojlari to'g’risida juda tez va aniq ma'lumotlar uzatilishini talab qilgan.Agar Berlin avia ko'prigini elektron tijoratning paydo bo'lish nuqtasi yoki aloqida epizodi hisobida ko'rsak, 30 yillik AT&T korporatsiyasi loyihasining ish faoliyati boshlanishini elektron tijorat tizimi faoliyatining boshlanishi, deya hisoblash mumkin. Loyihaning asosiy g’oyasi AT&T korporatsiyasi telefon chaqiruvlarini operator orqali qayta ishlovning narxini kamaytirish uchun chaqirilgan abonentlar shaharlararo so'zlashuv uchun hisobini avtomatik usuli kashf etilganligida va patentlanganligida tashkil topdi va bu o'z navbatida, 800 talik raqamlar xizmatining tashkil topilishiga asos bo'ldi. AQShda, misol uchun, har yili bu xizmat orqali 100 mlrd. dollarlik shartnoma tuziladi.

Elektron savdosidagi chiqimlar sanoatning ichki xarakteriga aloqadar bo’ladi. Elektronli effektiv sxemaning savdo nuqtasini o’ylab topish-internet orqali echiladi.

O‘zbekiston Internet tarmog‘idan foydalanish orqali biznes faoliyati rivojlanishining dastlabki bosqichida turibdi. Shu bilan birga, ushbu jarayon boshlangan. Internetdan foydalanuvchilar soni sezilarli darajada o‘sishi kuzatilmoqda. Hozirgi paytda Respublikamizda elektron biznesning predmetini asosan kitoblar, audio hamda videokassetalar va xizmatlarning ba’zi turlari tashkil qiladi.Qayd etilgan tovarlar tanlovi ularni xaridorga yetkazish nisbatan osonligi bilan izohlanadi. Bu esa respublikada yaxshi rivojlanmagan transport infratuzilmasi uchun ayniqsa muhimdir.Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elektron magazinlar soni 100 taga yaqin. Ularning 70 foizi Toshkentda joylashgan. Ushbu magazinlarda chop etilgan nashrlarning electron versiyalarini sotib olish, kitoblar, musiqa hamda videokompakt disklar, kompyuter o‘yinlari, tibbiy maqsaddagi tovarlar va xizmatlar, video-mahsulot montaji uchun uskunalar hamda dasturiy ta’minotni, san’at asarlarini sotib olish mumkin. Maxsuslashtirilgan elektron magazinlaridan tashqari, tovarlarni keng assortimentini taklif etadigan savdo uylari ham mavjud (avtomobil ehtiyot qismlari, kompyuterlar va maishiy texnika, xo‘jalik tovarlari, qurilish materiallari, ofis mebeli, antikvariat va h. k.). Internet yordamida, shuningdek, moliya, ishga yollash, turizm so-hasida fond, riyelterlik, kompyuter va boshqa bozorlarida ishlaydigan firmalarning turli xil xizmatlaridan foydalanish mumkin. Misol tariqasida biz www.torg.uz oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan elektron magazin, www.artel.uz esa texnika mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan elektron magazinlarni aytib o‘tishimiz mumkin.

Business-to-buziness sektori Elektron tijorat bozorida Web dan foydalanish orqali savdo tizimin yuritish bo’yicha Business-to-buziness (savdodan savdoga) sektori ish olib boradi.WalMart kompaniyasi Kompyuter texnologiyasida, Kompyuterlar orasida savdo aloqasin yuritish fikrin o’ylab topgan. Kichkinagena xato – kamchilik savdo bazasida kata chiqimga olib keladi.

Kompaniya xizmatkori qoidalarga javob bermagan holda xizmat ko’rsatsa kompaniyaga katta yo’qatishga dush kelishi mumkin. Bu xismat borasida – Massachutesk texnologiya instituti xizmatkori Piter Roden yangi usul o’yla topdi. Yani buyurtma beruvchi Web brouzerdan foydalangan holda muhtojin qanoatlantiradi yoki buyurtma beradi.

Roden tizimi natiyjasida Supply Works kompaniyasi yuzaga keldi. Kompaniyaning 40%-60% chiqimlarin shu tizim bajarishi natiyjasida, u bir qator jahonga taniqli kompaniyalar qatoridan o’rin olgan. Masalan kompaniya – Amerika Ekspress, IBM, Chiz Manxetten Bank va boshqalar bir qatorda turadi. Elektron ma’lumotlarni almashish metodi, onlayn rejimida yigirma besh yildan qo’llanilib kelmoqda, va 45 mld dollar ko’rsatkishiga ega. AQSh kompaniyalari rejimlari yiliga umumiy 500 mld miqdor ko’rsatkishiga ega. Elektron ma’lumotlarni almashish (EDI) metodi ishning o’nimdorligiga va tezligiga to’liq javob beradi. Talablarni 48-18 soat ichida ko’rib chiqish imkoniyotiga ega.

Talabgar qog’ozli xujjat turida ish topshirsa u 150 dollar miqdorida baholanadi, EDI da elektron ma’lumotlarni almashishda bo’lsa bu ko’rsatkish 25 dollarga qisqaradi. Bu tizim internetda boshqada kompaniyalar uchun keng mumkinchiliklarni yaratib berdi.



Business-to-consumer sektori

Bu sektor, yani biznes sotib oluvchi elektron tijorat sektori, korxonalar uchun yaratilgan qulay tizim turi. Sababi bu sektor yordamida korxonalar o’z mahsulotlarin (tovarlarin) har qil ko’rsatkishda savdo bazasiga joylashtira oladi. Masalan İnternet do’konida, auktsionda, buyurtma beruvchi tizimlarda.

İnternet magazin, onlayn rejimidagi korxonaning dasturiy oynasi bo’lib sanaladi. İnternet magazin korporativ Web saytning ajralmas bir qismi deyish mumkin.


Download 23,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish