38-27 ball. Siz har qanday vaziyatdan chiqib keta olasiz. uyda ham, ishda ham. Yaxshi sifatlaringizni sezmaysiz va komillikka intilishdan charchamaysiz. Har qanday ishda o‘zingizni yaxshi sezasiz, shuning uchun birinchi to‘g‘ri kelganiga rozi bo‘lmang.Nima ish qilmang, hammasi sizga huzur bag‘ishlaydi.
26-22 ball. CIZ YaXShI Ishlaysiz, lekin baribir nimadir yetishmaydi. Balki, kasbiy imkoniyatlaringiz qilayotgan ishingizdan kattaroqdir. O’zingizni yaxshi his qilishingiz uchun, kichik bo‘lsa ham, sezilarli muvaffaqiyat kerak. Ehtimol, sizning qoniqmasligingiz shaxsiy muammolar natijasi yoki hamkasblar bilan muloqotga kirisha olmaslikdadir. O’ylab ko‘ring, balki, ishdan huzur olish uchyn bir qarashda mayda, biroq, siz uchun muhim aqidalarni tuzatish kerakdir.
22 balldan kam. Siz ishda qiziqishsiz ishlaydigan va o‘zini ko‘rsatish imkoniyati bo‘lmagan jabrdiydasiz. Sabablar ko‘p, ammo o‘zingizga ishonchni yo‘qotmagan bo‘lsangiz, yaxshisi keting. O’ylab ko‘rgandan keyin zerikarli hayotga sabab bo‘luvchi ishdan ketishga qaror qilarsiz.
Y uz shakliga qarab, qanday inson ekanligini bilib oling!
Yuzingiz oval shaklida bo‘lsa, ta’sirchan, o‘z dunyoqarashiga ega, bag‘rikeng va optimistsiz. har bir ishga mantiqan yondoshganingiz va aniq maqsad intilganingiz sabab karera pog‘onalarida tez ildamlaysiz. Agar biror ish rejangizdagidek bo‘lmasa, jahl otiga minmang. Atrofdagilarga ham imkon berishni o‘rganing.
Aylana shakldagi yuz sohiblari esa biroz jizzaki bo‘lsalar-da, aslida juda ham ko‘ngliochiq insonlardir. Boshqaruvchilik qobiliyatiga ega ekanliklari esa yutuqlarga erishishlarini ta’minlaydi. Ko‘ngligingiz bo‘shligidan foydalanishlariga yo‘q qo‘ymasangiz, dilxiralikdan aziyat chekmaysiz.
Orazning to‘g‘riburchak shakli o‘ziga ishongan, aslzodalarga xos xarakatlar qiluvchi, o‘z navbatida esa kichkina hodisalardan ham qattiq hayajonga tushuvchi kishilardan darak. Ularning iste’dodliliklari esa tahsinga sazovar. Soxtalikdan yiroq bo‘ling. hayot yo‘llaringizda samimiylik muhim ekanini unutmang.
Yuzi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklini eslatuvchilar qat’iyatli va biroz qo‘polroq bo‘lishadi. Dilidagi tilida bo‘lgani uchun hamma bilan ham munosabatga kirisha olmaydi. Qaror qabul qilishga ustaliklari ularni ko‘kka ko‘taradi. Xonimlarga oilada ustunlikka harakatlari janjalga sabab bo‘lishini inobatga olishlarini tavsiya etardik.
Chehrangiz uchburchaksimon bo‘lsa, demak, siz yurakka quloq tutasiz. Rashkchi va biroz makkorligingiz ham bor. Shu tufayli doim quvnoq kayfiyatda yurasiz-da. Tadbirkorlik bilan shullansangiz, katta marralarni zabt etishingiz mumkin.
Noksimon yuzlar esa sohibu sohibalarining ta’sirchan va biroz dangasaligidan nishona. Aqlli bo‘lsangiz-da, kimningdir turtkisiz biror ishga qo‘l urishingiz qiyin. Ikkilanish va dangasalik ashaddiy dushmaningiz ekanligini unutmang.
Romb shakliga o‘xshovchi yuz egalarining o‘ziga xos fe’l-atvori bo‘lib, atrofdagilar ular bilan til topishishga qiynaladi. Tanlovda adashishmasliklari, sir saqlashga ustaligi va ichimdagini top xilidan bo‘lganliklaridan karera borasida yutuqlarga erishishadi. Ammo shu vajlardan shaxsiy munosabatlarda muammolar kuzatilishi hech gapmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |