2-bob. Microsoft Word 2007. Dastur bilan tanishish va interfeysni sozlash
2.1. Matn muharriri oynasining tarkibi
Matn muharriri – maxsus dastur bo„lib, matnli hujjatlar bilan ishlash uchun mo„ljallangan barcha Office paketining ajralmaydigan tarkibiy qismidir.
Word 2007 dasturining interfeysi Microsoft Officening barcha ilovalari uchun standart tartibga egadir. Sarlavha satrida joriy hujjatning va dasturning nomi ko„rsatiladi: yuqori o„ng burchakda oynani yopish, ochish va o„lchamini o„zgartirish tugmachasi joylashgan. O„rtada – matn kiritish uchun maydon, pastki qismida – holat satri, ekranning o„ng chegarasi yonida zarur paytda masalalar sohasi hosil bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |