111. 9 - sinf .
1. Harakat holatga qaratilgan so`roq olmoshlari qaysi qatorda keltirilgan ?
a) Milliy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz?
b) Ona tili mashg`ulotlarida o`zingizni qanday his qilasiz ?
s) Ta`til davrida qanday kitoblar o`qidingiz ?
d) Biz nechun sevamiz O`zbekistonni ?
e) Kelajakda kim bo`lishni xoxlaysiz ?
2. Bog`lama keltirilgan qatorni aniqlang .
a) Opam shifokor dir .
b) Biz hozircha o`quvchimiz .
s) Mehmon boshini ko`tarib qaradi.
d) Baxtni mehnatdan topadilar .
e) U eshitgan gapini aytdi .
3.Biriktiruv bog`lovchilari yordamida birikkan qo`shma gap keltirilgan qatorni aniqlang .
a) Men va opam ishga bordik .
b) Eshik ochildi va xonaga rassom kirib keldi .
s) Salimjon yosh , lekin tadbirkor yigit .
d) Agar kitob o`qimasangiz, fikr doirangizni qanday kengaytirasiz ?
e) Gohqor ,goh yomg`ir yog`adi .
4 . Ikki+ov , olti + ov qo`shimchasi qo`shilganda qanday o`zgarish sodir bo`ladi ?
a) tovush ortishi .
b) tovush tushishi .
s) hech qanday o`zgarish yo`q .
d) to`g`ri javob yo`q .
5 . Ushbu gapda bog`lovchinig qaysi turi ishtirok etgan ?
O`trorda (ya`ni Amir Temur vafot etgan shaharda ) Sohibqironning muzeyi bor .
a) Biriktiruv bog`lovchisi .
b) Zidlov bog`lovchisi.
s) Sabab bog`lovchisi .
d) Shart bog`lovchisi .
e) Aniqlov bog`lovchisi .
6 . Gap berilgan qatorni aniqlang .
a) baland bino , pok niyat .
b)vijdoni pok , e`tiqodi kuchli .
s) zilol suv ,mustaqil diyor .
d) ma`naviy boylik , sadoqatli do`st .
e) to`g`ri javob keltirilmagan .
7 . So`zlovchining ko`z o`ngida biror voqea -hodisani , narsa buyum yoki davrni jonli gavdalantirishga
xizmat qiluvchi tasviriy vositalar nima deyiladi ?
a) Modal so`zlar .
b) Shaxsi noma`lum gap .
s) Atov gap.
d) Kirish so`zlar .
e) So`z mayllari .
8 . Kesimlik so`zlar to`g`ri kektirilgan qatorni aniqlang .
a) kerak , agar, shuningdek .
b) lozim , emish , ekan .
s) mumkin , bo`ladi , lozim .
d) darkor , mumkin ,kerak.
e) mumkin , lozim , ekan .
9 . Ushbu gapning sintaktik tahlil sxenasi to`g`ri keltirilgan qatorni aniqlang .
Dangasa bahona izlaydi , chunki mehnat unga yoqmaydi .
a)
b)
s)
d)
e)
10 . Qo`shma gaplar bog`lovchilardan tashqari yana nimalar bilan bog`lanadi ?
a) vergul, ohang .
b) so`z - gaplar .
s) yuklamalar .
d) modal so`zlar .
e) A va S javob to`g`ri .
11 . - sa ham , -sa da shakllari bilan bog`langan qo`shma gaplarda tobe gaplar qanday
ma`noni bildiradi .
a) Kamtarinlik .
b) To`siqsizlik .
s) Ko`tarinkilik .
d) Sabab ma`nosini .
e) Shart ma`nosini .
12 . Bog`lovchi yuklamalar vositasida bog`langan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan ?
a) Qushlar sayray boshlashdi , demak , tong otmoqda .
b) Kishi qayerda tug`ilib o`sgan bo`lsa , o`sha joyni doim qumsaydi.
s) Zayniddin sovuqdan qaltirasa ham ,To`g`onbekning chiqishini kutdi .
d) Bu yil cho`llarda o`t mo`l ,chunki yomg`ir ko`p yog`di .
e ) U yalinib , gapirgani sababli rayini qaytarishning sira iloji bo`lmadi .
13 . Qaysi qatorda qo`shma gap berilmagan ?
a) Inson tabiatining ikki asosiy bisoti aql va fikrdir .
b) Kimda vijdon bo`lsa ,tezda ishga kirishsin .
s) Suqrotning donoligi shunda ediki , u bilmaganini bildim deb o`ylamasdi .
d) Jahonda yaramasliklar ko`p ,lekin yolg`onchilikka yetadigani yo`q .
e) Tafakkur buyuk fazilatdir va odamning donoligi haqiqatni aytishidadir .
14 . Kesimning tuslanishi deb nimaga aytiladi ?
a) shaxs son qo`shimchalari bilan o`zgarishi .
b) kelishik qo`shimchalarini olishi .
s) so`z ozgartiruvchi qo`shimchalarni olishi .
d) so`z yasovchi qo`shimchalar ni olishi .
e) to`g`ri javob yo`q .
15 . Alisher Navoiyning qaysi asarida quyida obrazlar keltirilgan ?
Jobir , Suxayl ,Navdar ,Mehr ,No`mon.
a) “ Farhod va Shirin “
b) “ Layli va Majnun “
s)” Sab`ai sayyor”
d) “ Hayrat ul-abror “
e)”Saddi Iskandariy “
16. Omonim so`zlar yordamida qaysi badiiy san`at hosil bo`ladi ?
a) tazod .
b) talmeh .
s) tuyuq
d) qofiya
e) tajnis .
17 .Shukur Xolmirzaev qalamiga mansub “ Qora kamar “ dramasining bosh qahramoni kim?
a) Ergash .
b) Xurrambek
s) Unsin
d) Tursunboy .
e) Ilhom .
18 .Qaysi shoir bolaligini eslab “ Men izlab topishni yaxshi ko`rardim “ deb aytgan ?
a) Muhammad Ali .
b) Shavkat Rahmon
s) Hamid Olimjon .
d) Rasul Hamzatov
e) Rauf Parfi
19 . Hayyom ruboiylaridagi “ mayxo`r “ obrazida nima ifoda etilgan ?
a) Ollohga bo`lgan ishq .
b) insonga bo`lgan muhabbat .
s) lirik qahramon
d) ma`shuqa
e) hayotga bo`lgan muhabbat
20 .” Kuntug`mish “ dostoni necha bobdan iborat , asosiy voqealar necha bobda ifoda etilgan .
a) 73 bob ,12 bob
b) 75 bob ,13 bob
s) 74 bob ,12 bob
d) 73 bob ,14 bob
e) 74 bob , 15 bob .
21 . Ushbu baytda qanday badiiy san`at ishlatilgan ?
Ayog`ingga tushar har lahza gisu ,
Masaldurkim “ Charog` tubi qarong`u .“
a) mubolag`a
b) talmeh
s) tajnis
d) ishtiqoq
e) irsoli masal .
22 Quyidagi misralar muallifini aniqlang .
Jilva ko`rsatdi chu ul sarvi diloro bog ` aro ,
Chashmi qumri bo`ldi bir chashmi tomosho bog` aro .
a) Uvaysiy
b) Navoiy
s) Bobur
d) Nodira
e) Ogahiy
23.Xorazmiyning “Muhabbatnoma “ asari nechanchi yilda yozib tugallandi ?
a) Hijriy 750 , ml 1349
b) hijriy 758 , ml 1357
s) hijriy 754 , ml 1353
d) hijriy 759 , ml 1358
e) hijriy 754 , ml 1355
24 .Sayfi Saroyi ismidagi “sayfi “ so`zining ma`nosi nima ?
a) ayriliq b) yulduz s) hukmdor d) mayxo`r e ) qilich .
25 . Alisher Navoiy “ Nasoyim ul - muhabbat “ asarida ushbu ta`rifni kimga bergan?
“ ... to`qson t`o`qqiz yoshida olamdan o`tdi , qabri Dehikarondadir .O`z maskani edi .”
a) Jomiy b) Lutfiy s) Pahlavon Mahmud .
d) Said Hasan Ardasher e) Sayfi Saroyi .
26 Birinchi o`zbek proffessori kim bo`lgan ?
a) Cho`lpon b) U.Nosir s) Fitrat d) A.Avloniy e) Behbudiy .
27 . G` G` ulom she`rlaridan parcha keltirilgan qatorni aniqlang .
a) Kunim kabi uzun , qorashu kechada kutib men
Erishmadim sira sizga nega bo`yla qochasiz .
b) Issiq izlar .Hamon u isyondan iz bordek ,
Bulutlarning orasida yurar Spartak .
s) Qurboning bo`layin , ey onajonim
Sening faryodlarim mening fig`onim .
d) Bu olamda oy tanho , muborak quyosh tanho ,
Bo`y qizlarning ichinda bir shu egma qosh tanho .
e) Yashash darbozasi ostonasidan ,
Zarhal kitob kabi ochilar olam .
28 . Ushbu obrazlar kimning qaysi asarida ishtirok etgan ?
Arslonqul , Dildor , Zayniddin , Sultonmurod .
a) Oybek “ Navoiy “ romani .
b) G .Gulom “ Yodgor “ .
s) Odil Yoqubov “ Ulug`bek xazinasi “
d) A.Qodiriy “ Mehrpbdan chayon “
e) A.Qahhor “ Bolalik “
29. Navoiy quyidagi tarjimaiy holini qaysi asarida keltirgan edi : “ Faqir avval nazmeki o`rganibman ,
hamono uch yosh bilan to`rt yosh orasida edim .Azizlar she`r o`qimoq taklif qilib ,ba`zi hayrat ixhor
ba`zi haurat izhor qilurlar erdi...”
a) “Navodir un-nihoya “
b) “ Mahbub ul-qulub “
s) “ Nasoyim ul- muhabbat “
d) “Majolis un -nafois “
e) “Xazoyin ul-maoniy “
30 .” Oq olmalar “, “Issiq qor “ ,”Sadoqat “ singari she`riy to`plamlar muallifi kim ?
a) A.Oripov b) O.Hojiyeva s) H.Xudoyberdiyeva d) M .Yusuf e) Zulfiya
31 . “Alpomish “ dostonidagi asosiy voqealar qayerda bo`lib o`tadi ?
a) Qo`ng`irot va Qalmoq elida
b) Shirvon va Chambil elida
s) Qalmoq va Shirvon elida
d) Arman elida
e) Bobotog`da
32 O`zbek xalq dostonlari necha turga bo`linadi ?
a) 2 b) 6 s) 3 d)4 e)5
33 Sharq adabiyotida ilk bor “Xamsa”ni kim yozgan ?
a) A.Jomiy b) Xisrav Dehlaviy s) Nizomiy Ganjaviy
d) A.Navoiy e) Davlatshoh Samarqandiy
34 Navoiyning “Xamsa” dostoni tarkibiga kirgan “Hayrat ul- abror “ dostoni necha
baytdan iborat .
a) 3400 b) 3988 s) 4000 d) 3998 e) 4500
35 Navoiyning komil inson haqidagi orzu o`ylari qaysi asarida ifodasini topgan ?
a) “Saddi Iskandariy “ b) Farhod va Shirin “
s) “Layli va Majnun “ d) “ Mahbub ul - qulub “
e) “Lison ut-tayr “
36 . Rauf Parfi Nozim Hikmatning qaysi asarini tarjima qilgan ?
a) “ Manfred “ b) “ Inson manzaralari “
s) “ Ozodlik lavhalari “ d) “ Dengiz xayoli “
37 . Harakat nomi bilan ifodalangan ega qaysi qatorda berilgan ?
a) Oyni etak bilan yopib bo`lmaydi .
b) Ko`chat ekish oyligi bahorda o`tkaziladi.
S) Ilmli ming yashar , ilmsiz bir yashar .
d) Yalqov bilan anqov - dushman uchun katta ov .
e) A`lo o`qish - asosiy maqsadim.
38 . Otlashgan sifat ishtirok etgan qatorni aniqlang .
a) Uning yaxshi bola ekanligi bilinib turardi .
b) Esayotgan mayin shabada qizning sochlarini silab tortqilardi .
S) Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga .
d) Atrof oppoq qorga burkandi .
e) Bog`da rang barang gullar qiyg`os ochilgan .
39 . Olmoshlar tuzilishiga ko`ra necha turga bo`linadi .
a) 4 b)5 s) 3 d)6 e)7
40 . Ushbu gapda yordamchi so`z turkumlaridan qaysi turi ishtirok etgan .
Qish qo`ynidan baxt singari yoz uchib kelar .
a) bog`lovchi . b) yuklama . s) ko`makchi .
d) bog`lovchi - ko`makchi .
e) bog`lovchi - yuklama .
41 . Yo`nalish ma`nosini bildirgan ko`makchi qaysi qatorda berilgan ?
a) qarab , sari , uchun .
b) qadar , sababli .
s) sari , bilan ,kabi .
d) bo`ylab , singari uchun .
e) qarab ,sari ,bo`ylab .
42 . Qaysi qatorda ham bog`lovchi , ham ko`makchi vazifasini bajaruvchi so`z kelgan ?
a) balki . d) hamda .
b) agarda . e) shuningdek .
s) biroq .
43 . Kiritmali gap berilgan qatorni aniqlang .
a) Men G`ulomova Shohida 7-sinfda o`qiman .
b) Qani , kiring , ichkariga bemalol gaplashamiz .
s) Sayyohlar tarixiy obidalarni tomosha qilishdi .
d) Bu eng go`zal va eng ulug` bayram edi .
e) Nodonga yuz aytsang ham befoyda .
44 . Sabab holi so`roqlari keltirilgan qatorni aniqlang .
a) nega , qachon , qaerda .
b) nima sababdan , qay holda .
s) nima uchun ,qachon .
d) kim sababli , nega ,nima uchun .
e) nima bilan , qay usulda .
45 . Qaysi qatordagi gapda vositasiz to`ldiruvchi qatnashmagan ?
a ) Yurgan daryo , o`tirgan bo`yra deydilar .
b) Yaxshiga yondosh , yomondan qoch .
s) Yashashni istasang , ishlashni o`rgan .
d) Beshga uchni qo`shsak sakkiz bo`ladi .
e) Yordamchi buyruq bajarilganini ma`lum qildi.
46 . Kuchaytiruv - ta`kid yuklamalari keltirilgan qator qaysi .
a) xuddi , go`yo ( -ki ) .
b) -dir , - ku ,- u (-yu ) .
s) -mi , - chi ,faqat .
d) -gina , (-kina , -qina ).
e) -ku ,- u( -yu) ,-da ,-oq .
47 . So`zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabatini qat`iy ishonch taxmin yoki gumonini ifodalab keladigan so`zlar ...
a) undov so`z-gaplar .
b) modal so`zlar .
s) tasdiq va inkor so`z gaplar.
d) kirish gaplar .
e) taklif so`z- gaplar .
48 .Jo`nalish va chiqish kelishigi shaklidagi ismlar gapda qaysi gap bo`lagi vazifasida keladi .
a) hol to`ldiruvchi.
b) ega .
s) kesim .
d) aniqlovchi .
e) to`ldiruvchi.
49 . Lug`aviy ma`nosi bo`lmagan so`z turkumi qaysi qatorda berilgan .
a) harakat nomi .
b) fe`l . s) ravish .
d) sifat . e) olmosh .
50 .Bobur qalamiga mansub ushbu misralarda qanday badiiy san`at qo`llanilgan ?
Ulusning ta`nu ta`rifi manga Bobur barobardir ,
Bu olamda o`zumni chun yomon yaxshidin o`tkardim .
a) mubolag`a.
b) ishtiqoq .
s) tanosub.
d) tazod.
e) talmeh .
Do'stlaringiz bilan baham: |