1. Hammamizning onamizdir shu Vatan,
Yov qoldirgan siynasida ming tikan,
Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan,
Yur, o‘g‘lonim, yurtni ko‘tarish uchun.
She’rdagi undalmaning tovush tarkibi haqida qaysi qatorda xato fikr berilgan?
A) lab undoshi qatnashgan
B) keng unli ikki o‘rinda qatnashgan
C) til oldi jaranglisi qatnashgan
D) bitta jarangsiz juftiga ega jarangli undosh qatnashgan
2. Quyidagi nechta fe’l ham o‘zlik, ham majhul nisbatda qo‘llanishi mumkin?
osmoq, qurmoq, qo‘shmoq, yoymoq bo‘lmoq, ochmoq,
A) 2ta B) 4ta C) 5ta D) 3ta
3.Tarkibidagi undoshlari jarangli va jarangsiz til undoshi hisoblanuvchi qo‘shma otlar necha o‘rinda berilgan?
1) jigarrang; 2) suvilon; 3) atirgul; 4)ichakuzdi;
5) boychechak; 6) tustovuq; 7) qo‘ziqorin;
8) asalari
A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta
4. Gulxan yoqdi.
Mazkur gapning kesimi majhul nisbatdagi fe’lga
aylantirilganda ushbu gapda bo‘ladigan grammatik
o‘zgarishlar xato ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) zamon ma’nosi o‘zgaradi;
2) to‘ldiruvchi egaga aylanadi;
3) o‘timli fe’l o‘timsizga aylanadi;
4) mayl ma’nosi o‘zgaradi.
A) 2, 3 В) 2, 4 С) 1,4 D) 1,3
5. Berilgan misollarning nechtasida uch xil mustaqil so‘z
turkumiga oid yasama so‘z qo‘llangan?
1. San’atkor kishilarga ta’sir etishi uchun uning o‘zi izlanuvchan,
asari ham izlanishdan iborat bo‘lishi shart.
2. Dushmanlaringiz oldida ham ochiqchasiga va mardlarcha fikr bildiring.
3. Qo‘li bog‘liq yashashdan o‘lim a’lodir,
Bosqinchi yov o‘limga mahkum balodir..
4. Kimki tinch yashashni istasa, pastkash odam bilan also do‘stlashmaydi.
A) ikkitasida B) to‘rttasida
C) uchtasida D) bittasida
6. Ovga kirishadigan qushlardan qarchig‘ay miqqiy qirg‘iy urishadigan qushlardan dakan xo‘roz kaklik bedana (bu so‘nggi ikkisi sayrash uchun ham boqilib cho‘pqafasda to‘rqafasda saqlanadi) sayraydiganlardan sa’va bulbul mayna va boshqalar bor edi. Ushbu parchada qaysi tinish belgilari tushirib qoldirilgan?
1) vergul; 2) nuqtali vergul; 3) ikki nuqta; 4) tire
A) 1, 2, 3
В) 1, 3, 4
C) 1, 2, 4
D) 1, 2, 3, 4
7. Tinchlik deya yurak-bag‘ri kuyuk eldir bu,
Yaratganning qoshida eng suyuk eldir bu,
O‘tmishi ham, ertasi ham buyuk eldir bu,
Menga qanday yashamoqni о‘rgatmagil sen!
Berilgan she’riy parchada olmoshning necha ma’no turi qo‘llangan?
A) 3 В) 5 С) 6 D) 4
8. Qaysi javobda ko‘rsatilgan so‘z(lar)ning paronimi har xil so‘z turkumi doirasida omonimlik xususiyatini namoyon qiladi?
1) tus; 2) dovon; 3) shoh; 4) bod; 5) os; 6) qurit
A) 1, 2, 6 B) 1, 4, 5 C) 5, 6 D) 3, 5
9. Quyidagi gaplarning nechtasida atash ma’nosiga ega bo‘lgan so‘zlar soni 5 ta?
1. Ehtimol, ertalab o‘ziga isitish uchun shunaqa deyayotgandir.
2. To‘rtta savag‘ich bilan urib, par singari titibdi.
3. Sen ham, men ham shunga ishonibmiz-a?
4. Bu qizcha shu chog‘da undan jonini so‘rasa, balki ayamasdi.
5. Hammasini tinglardim, ammo o‘xshashini topmasdim aslo.
A) bittasida
B) to‘rttasida
C) ikkitasida
D) uchtasida
10. Qaysi gapda uchta yasama so‘z mavjud?
A) Bu muammoni boshqachasiga hal qilishni o‘ylab ko‘rish kerak.
B) Inshodagi xatoliklar nisbati o‘zgarishi umumiy ko‘rsatkichga ta’sir qilmaydi.
C) Osmonning tiniq zangori gumbazida to‘lin oy o‘z o‘tovini tikkan.
D) Hoshimjon tashlandiq bir uydan sehrli qalpoqcha topib oladi.
11. Qaysi gapda ravishning ma’nosiga ko‘ra ikki turi qatnashgan?
A) Allamahalgacha farg‘onalik chorvadorlar o‘tovida gurunglashib o‘tirdik.
B) U kamtarona tabassum bilan sekin qarab qo‘ydi.
C) Ko‘chada hamon yomg‘ir chelaklab quyar edi.
D) Norozilik bilan to‘ng‘illab o‘rnimizdan turishga majbur bo‘ldik.
12. Yashil rang – o‘sish va umid ramzi. Bahor fasli chechaklari rangi. Boshqa bir jihatiga ko‘ra u zahar, kasallik va g‘o‘rlikni ham bildiradi. Shu bilan birga, yashil rang mo‘l-ko‘lchilik, to'kinsochinlik, rivojlanishni ham bildiradi.
Ushbu matnda qo‘llangan so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nechta?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta
13. Quyidagi berilgan nechta gapning egasi va kesimi tarkibidagi qo‘shimchalar ismning munosabat shakli va fe’lning munosabat shakli sifatida o‘zaro omonimlik hosil
qilgan?
1. Bitta o‘g‘limni qoldirishga ko‘zim qiymayapti-yu, qanday qilib
uchovingni tashlab ikkalamiz shaharga ketamiz.
2. Yirtib tashlagandan ko‘ra yondirib tashlaganing yaxshidir.
3. Tanam zirqirab og‘riyotganiga ham e’tibor bermadim.
4. Uchoving bu vazifani uddalading.
A) ikkita
B) uchta
C) tortta
D) bitta
14. O‘zbekoyimning orzu-havas, to‘y-tomosholarni shartta kesib qo‘ygan bu uylanishga qanday qarashi, albatta, ma’lum edi.
Berilgan gapda kelishiklar qaysi gap bo‘lagini shakllantirgan?
A) qaratqich aniqlovchi, vositasiz to‘ldiruvcbi, sabab holi
B) qaratqich aniqlovchi, vositasiz to‘ldiruvchi, maqsad holi
C) qaratqich aniqlovchi, vositasiz to‘ldiruvchi, vositali to‘ldiruvchi
D) qaratqich aniqlovchi, vositali to‘ldiruvchi, maqsad holi
15. Qaysi gapda yordamchi so'z turkumlarining barchasiga oid birliklar ishtirok etmagan?
A) Bu she’r menga bag‘ishlangani uchungina emas, balki unda ulug‘ shoirning buloq suvlari kabi musaffo qalbi mavj urib turgani uchun ham sevaman.
B) Cho‘lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi, balki ular o‘z jasoratlari, mehnatlari bilan tabiatni zabt etadilar.
C) Buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan.
D) Sen ham men kabi rohatda yashasang bo‘lmaydimi, chunki mening hayotimda hech bir mashaqqat yo‘q.
16.Suyukli qora burguti qiyofasiga kirib olgan o‘g‘li o‘ng ko‘zini o‘yib olgan Hind podshosi haqidagi hikoya qaysi asarda uchraydi ?
A) «Ulug‘bek xazinasi» romanida
B) «Yulduzli tunlar» romanida
C) «Kecha va kunduz» romanida
D) «Zafarnoma» asarida
17..Surma qo’ymay muncha ham,jono qarodir ko’zlaring, Har bir jon qasdiga boqqan balodir ko’zlaring.Ushbu parcha qaysi asarda uchraydi.
A.Ruhlar isyoni B.Ufq
C.Shum bola D.Oq kema
18.Ikki tomon yoqasiga tilladan bolga surati ornatilgan, novcha boyli, mosh-birinch soqolli, xushmoylov va bir kozi jindak gilaydan kelgan, kular yuzli odam qaysi asarda uchraydi?
A ) Oq kema B ) Kecha va kunduz
C)O‘tkan kunlar D) Ufq
19.Qipchoqqa qirgin" nomli parcha qaysi asarda mavjud?
A) “Kecha va kunduz” B) Otkan kunlar"
C) “Navoiy” D) “Mehrobdan chayon
20.“Kitoblar jangi” asarining muallifiga tegishli ma’lumotni aniqlang.
A) Ilk asari “Improvizator” nomi bilan e’lon qilingan.
B) Asarlaridan biri “Alanga” mukofotiga sazovor bo’lgan.
C) Vilyam Templning saroyida kotib bo’lib ishlagan.
D) Asarlaridan biri Gran Pri mukofotiga sazovor bo’lgan.
21.Navoiy qaysi asari qahramonini «Karvoni agar o‘n-u, gar yuz, Borchasig‘a harif edi yolg‘uz» deya ko‘klarga ko‘taradi?
A) Farhod va Shirin B) Layli va Majnun
C)Sab‘ai Sayyor D)Sa‘dd‘i Iskandariy
22..Bekning oti po‘lat suvluq chaynadi, Qizil kiyib, gulday bo‘lib jaynadi. Ilon tilli, yashinturli xanjarni Obro‘ ber deb, xipcha belga boyladi. Kim tasvirlangan?
A)Ravshan B) Alpomish
C)Rustamxon D)Kuntug‘mish
23.Ko‘prik tagida bir targ‘il sigirning sovuqdan tuklari hurpaygan buzog‘ini erinchoqlik bilan yalashini kuzataverib zerikkan ot qaysi asarda edi?
A)Yulduzlar mangu yonadi
B)Qiyomat qarz
C)Tarlon
D)Do‘nan
24.Notinch zamonda va moddiy jihatdan nochor oilada 12 farzandning uchinchisi bo‘lishiga qaramay yetimxonada o‘sgan adib kim?
A) A. Muhtor
B) R. Hamzatov
C) G'. Alimov
D) to‘g‘risi, bilmayman.
25.Mirmuhsin hayoti va ijodiga oid bo‘lmagan ma'lumotni aniqlang.
A) Oilasi kulolchilk bilan shug‘ullangan
B) Oilasi asli Tataristondan kelgan
C) xalqimiz o‘tmishini aks ettirishga bag‘ishlangan qissalar yaratgani ma'lum
D) O‘zbekiston xalq yozuvchisi
26.“Ko‘nglida shamsi g‘uboroti, teskarichilik maqsadi bo‘lmag‘on sodda, vijdonli yigitga bu qadar xo‘rlikdan o‘lim tansiqroqdir”. Ushbu gaplarni Qodiriy qayerda aytgan?
A) Buxoroda B) Samarqandda
C) Toshkentda D) Xivada
27.. Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog’i (1) bor, Har necha dardimni desam, dog’i (2) bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo‘ldi firoqing, dog’i (3)bor. Qofiyadosh so’zlarning qay biri ravish?
A) 1 B) 2 C) 1,2 D) 3
28 Uning.fikricha, nima inson uchun foydai kondur.
A) o‘z tilini yaxshi bilish
B) maktabga borish
C) mazlumlarga foyda keltirish
D) o‘zgalar tilini o‘z tilidek bilish
29..Suratdagi shaxs kim?
A.Zulfiya
B.Oydin Hojiyeva
C.Z.Qurolboy qizi
D.Z.Mo‘minova
30.. Adib haqidagi to‘g‘ri ma‘lumotni aniqlang
A.Asli tataristonlik
B.Yoshligida G‘ulom oldiga ko‘p borgan
C.Xalq qahramoni
D.Jenya nomli asar yozgan