1. Халқаро савдонинг мазмуни, тузилиши ва хусусиятлари Xalqaro savdoning zaruriyati va rivojlanish bosqichlari


Globallashuv sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni va iqtisodiyotni divversifikatsiyalashni kuchaytirish istiqbollari



Download 306,48 Kb.
bet8/14
Sana23.07.2022
Hajmi306,48 Kb.
#843454
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1. Хал аро савдонинг мазмуни, тузилиши ва хусусиятлари Xalqaro s

Globallashuv sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni va iqtisodiyotni divversifikatsiyalashni kuchaytirish istiqbollari

Mamlakatdagi bozor islohotlari iqtisodiyotning barqaror o‘sishi uchun bozorning o‘zini o‘zi tartibga solishi yetarli emas. Shu bois davlat tomonidan uni faol tartibga solish zarur, degan qoidadan kelib chiqiladi. Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda davlat hal qiluvchi rolni bajaradi. Ayni vaqtda davlat iqtisodiyotga ma’muriy yo‘l bilan emas, balki moliyaviy-iqtisodiy dastaklar yordamida va o‘zining moliyaviy resurslariga tayanib ta’sir ko‘rsatishi kerakligi asarda qayd etilgan.
Inqirozga qarshi choralar dasturi iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishga asosiy e’tiborni qaratadi, uning iqtisodiyotning moliyaviy sektorini mustahkamlashga ta’sirini kuchaytiradi. Demak, Inqirozga qarshi choralar dasturida iqtisodiyotning real va moliyaviy sektorlari o‘rtasidagi dialektik aloqa inobatga olingan. Zero, ularning o‘zaro munosabatlari samarali ekanligi milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim omili hisoblanadi.
Inqirozga qarshi choralar ishlab chiqarishni yanada rekonstruksiya qilish va iqtisodiyotni diversifikasiyalashni nazarda tutadi. Diversifikasiya ishlab chiqarish tuzilishining o‘zgarishini, xilma-xil mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilishini bildiradi. Bu mahsulotlar bir-birini to‘ldirishi kerak. Ularning sotilishi ehtimol tutilgan yo‘qotishlarning o‘rnini qoplashi va bu bilan iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishlozim.
Inqirozga qarshi choralar dasturida iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy muammolarni hal qilishning ustuvor yo‘nalishlari ham belgilangan. Unda hozirgi globallashuv sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni va iqtisodiy integrasiya jarayonlarini kuchaytirish inqirozga qarshi asosiy to‘siqlardan biri deb baholanishini anglash mumkin.
Globallashuv jarayonining hozirgi bosqichidagi muhim yo‘nalishlardan biri – O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish hamda jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuv jarayonlarini kuchaytirish hisoblanadi. Bu borada mamlakatimizning ko‘plab mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi, jahondagi turli iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning teng huquqli a’zosiga aylanishi e’tiborga molikdir.
Hozirgi davrda Respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyatidagi asosiy strategiyasi import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan birga eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish va o‘zining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirishdan iborat.
Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish modelining asosiy tarkibiy qismlardan biri tashqi savdodir. Davlat eksport siyosati mustaqillik yillari davomida birinchi navbatda kerakli tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratishga qaratilgan edi, bu pirovard natijada tashqi savdo aylanmasi tuzilmasidagi ijobiy o‘zgarishlarga:

  • neft va uni qayta ishlash mahsulotlari hamda energiya tashuvchilari eksport bazasiningkengaytirilishi;

  • import tuzilmasidagi siljishlar – energiya tashuvchilari, bug‘doy, g‘alla ulushining kamaytirilishi hamda mashinasozlik mahsuloti importi hajmlariningortishi;

  • tashqi savdoning ekvivalentligi hamda o‘zaro tovar yetkazib berish hajmlarining teng kuchliligi muammolariningsusayishi;

  • Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi iqtisodiy integrasiyaning kuchaytirilishiga olibkeladi.

Eksportning xom ashyoga yo‘naltirilganligi saqlanib kelaversa milliy xo‘jalikning zaifligi ortadi, chunki uning samaradorligi ko‘proq jahon hom ashyo bozorlarining kon’yunkturasiga bog‘liq bo‘lib qoladi, bu bozorlarning ahvoli esa yetarli darajada barqaror emas va tez-tez jiddiy o‘zgarishlarga uchrab turadi. Paxta, gaz, ranglimetallar, oltinbozorlarikon’yunkturasiningyomonlashishimamlakatiqtisodiyotinihalokatyoqasigakeltiribqo‘yishimumkin, chunkirespublikamizdaeksportning 50%danko‘prog‘iushburesurslargato‘g‘rikeladi.
BundaysharoitlardabizningfikrimizchaquyidagilarO‘zbekistontashqiiqtisodiysiyosatiningimtiyozliyo‘nalishlaribo‘lishilozim:

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni maqsadga yo‘naltirilgan holda liberallashtirish siyosatinio‘tkazish;

  • eksport va import tuzilmasini, ularning ishlab chiqarish salohiyotini rivojlantirish yo‘li bilantakomillashtirish;

  • respublikamizdagi eksportga mo‘ljallangan, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini himoya qilish vaqo‘llab-quvvatlash;

  • xorijiy kapitalni avvalo moddiy eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishga jalbqilish;

  • O‘zbekistonni jahon transport kommunikasiyalariga integrasiyalashuvini rivojlantirish.

Yuqori texnikaviy saviyadagi tayyor mahsulot ulushining oshirilishi yuqorida aytib o‘tilgan chora-tadbirlar ichida muhim o‘rin tutishi lozim, buning uchun esa quyidagilarni bajarish zarur:

  • respublikamizdagi eksportchilarning mahsulotini sotish bozorini shakllantirishda muhim rol o‘ynovchi xorijiy mamlakatlardagi korxonalar bilan O‘zbekistondagi eksportchi korxonalar o‘rtasida kooperasiya aloqalarining shakllanishigako‘maklashish;

  • chuqur qayta ishlash mahsulotlarini yuqori texnologiya va ilm talab qiluvchi buyumlar ishlab chiqariladigan eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarish sohasi va uning tarkibinitakomillashtirish;

  • eksportning intellektual mulk ob’yektlari lisenziyalarini hamda nou-xau shaklida texnika va tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar ko‘rsatish kabi turini rivojlantirish yo‘li bilan respublikamizda erishilgan fan-texnika yutuqlarining jahon xo‘jaligi aylanmasiga kirib borishinitezlashtirish.

  • ilmiy loyihalarga, xususan, amaliy fan va texnologiyalar transferti sohasidagi ilmiy loyihalarga bozor yo‘nalishini berish uchun sharoitlar yaratish maqsadida innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini ishlabchiqish;

  • innovasiya jarayonini davlat tomonidan va tijoriy qo‘llab- quvvatlashning optimal uyg‘unlashuvining asosiy yo‘llarini belgilab olish hamda ilmiy-texnikaviy loyihalarni tijorat ahamiyatiga ega bo‘lgan natijalar darajasigachayetkazish;

  • o‘zbek olimlari va mutaxassislarining chet eldagi yetakchi institutlar, tashkilot va firmalar bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish;

  • yuqori darajali marketing tadqiqotlari o‘tkazish, tijoratlashtirish va texnologiyalar menejmenti sohasidagi yutuqlarni o‘rganish, xorijiy bozorlarning kon’yunkturasi sig‘imi, talabning mavjudligi hamda raqobatchilarning narx siyosati, kooperasiya, qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha hamkorlar qidirish yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni o‘rganish zarurbo‘ladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatda erkin iqtisodiy zonalar ham alohida o‘rin tutadi. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy integrasiyalashuvi, erkin iqtisodiy zonalarni shakllantirishni taqazo etadi. Ular xalqaro xo‘jalik aloqalarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Erkin iqtisodiy zonalar turli mamlakatlardagi xorijiy va milliy tadbirkorlar faoliyati uchun imtiyozli iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan hududlar bo‘lib, ular iqtisodiy o‘sishni t’minlash, sosial va ekologik muammolarni yechish bartaraf etish maqsadida tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar o‘zining faoliyat yo‘nalishiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin:
Erkin savdo zonalarida boj bekor qilinadi yoki uning miqdori ancha past bo‘ladi, eksport-import ustidan nazoratbo‘lmaydi.
Eksportga mo‘ljallangan sanoat zonalarida xorijiy kapitalga soliq imtiyozi beriladi, boj puli kamaytiriladi. Bunday imtiyoz milliy kapitalga ham beriladi. Bundan ko‘zlangan bosh maqsad ma’lum joylarda chet el kapitali faoliyatini kuchaytirib, xorijiy texnologiyani joriy etish, eksportni ko‘paytirib valyuta topish yoki import qilinadigan tovarlar o‘rnini bosuvchi boshqa bir tovarlarni ishlab chiqarishdan iboratbo‘ladi.
Erkin iqtisodiy zonalarni ko‘payishi jahon miqyosidagi resurslar doiraviy xarakatini tezlashtirib, iqtisodiy samaradorlikni umumjahon miqyosida oshirishga hissa qo‘shadi.Oxirgi yillarda dunyoning ko‘pchilik davlatlarida erkin iqtisodiy zona keng tarqalib borayapti. Hozirgi kunda jahonda 5000 ga yaqin har xil ochiq iqtisodiy zonalarmavjud.Diversifikasiya – ilmiy-texnika revolyusiyasi tomonidan hamda kapitalistik xo‘jalik ichki ziddiyatlarining kuchayishi orqali vujudga keltirilgan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotida sifat jihatidan yangi hodisa.
Diversifikasiya asosida, xususan, ba’zi tarmoqlarning jadal ravishda o‘sishi va ba’zilarining pasayib ketishi orqali namoyon bo‘luvchi iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanmasligi sharoitida firmalarning yashab qolishga intilishi yotadi. Diversifikasiya eng ko‘p darajada XX asrning 50-yillari o‘rtalarida rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda sanoat, transport, qurilish tarmoqlarida ko‘zga tashlandi va tez orada barcha kapitalistik davlatlar uchun xarakterli bo‘lib qoldi. Birinchi navbatda diversifikasiyaga ilmiy-texnika revolyusiyasining kengayishi, raqobat kurashining yangi shakllari, iqtisodiyotning harbiylashtirilishi, mazkur mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p tarmoqli yirik monopolistik birlashmalar birinchi navbatda yangi, nisbatan foydali tarmoqlar – kimyo, elektronika, radiotexnika tarmoqlariga kiradi. Kompaniyalarga bir xildagi xomashyodan turli tovarlarni ishlab chiqarish, sarf-xarajatlarni pasaytirish, xususan, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga xarajatlarni qisqartirish imkonini beruvchi mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, kombinasiyalash yo‘lidan borish foydali hisoblanadi.
Diversifikasiya iqtisodiy inqirozlarning yirik kapitalistik birlashmalar uchun oqibatlarini yumshatib, ularning ta’sirini pasaytiradi, biroq, tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarishning oldini olish vositasi bo‘lib hisoblanamaydi. Diversifikasiya ham kapitalning konsentrasiyalashuvi, ham kapitalning markazlashuvi asosida amalga oshiriladi. Birinchi holatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasining kengayishi, boshqa tarmoqlarga kirish o‘zining xususiy jamg‘armalari hisobiga amalga oshiriladi. Ikkinchi holatda esa – mazkur jarayon boshqa tarmoq va ishlab chiqarish turlarida band bo‘lgan kapitallarning birlashuvi, «yutib yuborilishi» natijasida amalga oshiriladi. Diversifikasiyalash maqsadida moliyaviy muassasalarning investision trestlar shakllaridan keng foydalaniladi. Ishlab chiqarishni diversifikasiyalash eng avvalo kapitalistik dunyoning eng yirik kompaniyalari imkoniyati darajasidadir. Ishlab chiqarishni diversifikasiyalash natijasida, masalan, kimyo kompaniyalari mahsulotlari nomenklaturasi minglab nomda hisobga olinib, odatda, universal hisoblanadi.
Yetakchi konsernlarni diversifikasiyalash usuli sifatida kapitalning markazlashuvi kompaniyalarning ilmiy-ishlab chiqarish komplekslari tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish va optimallashtirish bilan bog‘liq yangi xususiyatlari bilan ajralib turdi. Ba’zi hollarda hatto yirik kompaniyalar ham yakka holda nisbatan qisqa muddatlarda diversifikasiyalash uchun ilmiy-texnik ishlanmalarni hamda ishlab chiqarish bazasini yaratishga qodir bo‘lmay qoladilar. Diversifikasiyalashning asosan quyidagi jihatlarini O‘zbekistonda amalga oshirish maqsadga muvofiq debhisoblaymiz:

  • xo‘jalik faoliyatining turli-tumanligini ta’minlash maqsadida eksport qilinayotgan mahsulot nomenklaturasinikengaytirish;

  • biznesning diversifikasiyasini amalga oshirish – bu birinchi navbatda iqtisodiy xavfsizlik tomontutish;

  • kompaniyalarning ichki xo‘jalik resurslarini kam daromad keltiruvchi sohalardan yuqori daromadli sohalarga o‘tkazish orqali yengillik bilan o‘zgartira olishi imkoniyatiniyaratish;

  • diversifikasiyalash orqali biznesning ba’zi sohalarida olinmagan foyda boshqa sohalardagi yuqori daromad bilan qoplash yo‘llarini ishlab chiqish;

  • diversifikasiyalashda ham me’yor chegaralariga amal qilish. Aks holda xo‘jalik resurslarining haddan tashqari «tarqatib yuborilishi», firmaningo‘zfaoliyatiniqandaydirbiryokiikkimagistralyo‘nalishlarda kuchli namoyish eta olmasligi vaqt o‘tishi bilan uning moliyaviy holatini izdan chiqarishi, hattoki bankrotlikka olib kelishi ham mumkin»;

  • jahon xo‘jaligining yangi sohalari va boshqa tarmoqlarga kirib borish orqali ishlab chiqarishning yangi turlarini tashkiletish;

Globallashuv sharoitida milliy xo‘jaliklarning umumjahon mehnat taqsimotida faol ishtirok etishi ularning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining muhim shartiga aylanib bormoqda.



  1. Download 306,48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish