8-variant
1.Gulning qaysi qismi faqat bitta halqada joylashadi?
A.urug`chi B.changchi C.gulkosacha D.gultoj
2.Qaysi o`simlikda gulpoya shohlanmagan?
A.bodiyon B.olcha C.sholi D.javdar
3.Qaysi qatorda berilgan buta o`simligining changchisi urug`chisiga nisbatan uzun bo`ladi?
A.olma B.nok C.na`matak D.barchasi
4.Meva eti quruq bo`lgan o`simliklarni aniqlang.
1.arpa 2.qoraqat 3.lola 4.olcha 5.oq akatsiya
6.suli 7.boychechak
A.1,6 B.1,3,5,6,7 C.2,4 D.1,3,4,5
5.Qaysi o`simliklarning urug`ining ekish chuqurligi maksimal 3 sm bo`ladi?
A.shivit B.bug`doy C.turp D.A,C
6.Drosera qaysi bo`limga mansub?
A.magnoliya toifa B.ochiq urug`lilar
C.magoliyasimon D.yo`sinlar
7.Qaysi organizmlarning yashashi uchun nam sharoit,quyosh nuri esa kam bo`lishi kerak?
A.qo`ziqorin B.funariya C.xlorella D.A,C
8.Urug`kurtak parazitini aniqlang.
A.vilt B.gommoz C.qorakuya D.barchasi
9. Bir jinsli o`simliklar qatorini aniqlang.
A.archa,zuhrasoch,bug`doy
B.archa,qarag`ay,dala qirqbo`g`imi,funariya
C.makkajo`xori,suv qirqqulog`i,behi,saur
D.gazanda,tol,terak,na`matak
10. Agar xlorella o`simligi jinssiz ko`payganda ona hujayra ichidagi qism 4 bo`lakka bo`linsa bitta xlorelladan necha sutka davomida 256 ta avlod hosil bo`ladi?
A.1 B.3 C.4 D.5
11.Qaysi o`simlikning bargi ildiz funksiyasini bajaradi?
A.nilufar B.suv qirqulog`i C.ulotriks D.funariya
12. Qaysi o`simlik fotosintez natijasida atmosferaga O2 ajratib chiqaradi?
A.xlorela B.beda C.xlamidomonada D.barchasi
13. Quyidagilardan qaysi biri shohlanmagan?
A.po`panak zamburug`ini sporangiybandi
B.dala qirqbo`g`imini yozgi poyasi
C.funariya o`simligini sporasidan hosil bo`lgan ingichka yashil iplari D.A,C
14. Quyidagilardan qaysi biri ikki xivchinli bo`ldi?
A.ulotriks jinsiy ko`payganda hosil qilgan gametalar
B.funariya o`simligini spermatozoidlari
C.berilganlarning barchasi
D.azotli birikmalarga boy suv havzalarda uchraydigan bir hujayrali suvo`t
15. Qaysi o`simlikning o`tkazuvchi to`qimasida uzun yog`ochlangan o`lik hujyralardan tashkil topgan naychalari bo`ladi?
A.archa B.funariya C.zuxrasoch D.zarang
16. Quyidagilardan turli xil organizmlarning zigota(murtak)sidan hosil bo`ladigan qismlarni aniqlang.
1.sporafit 2.gametafit 3.funariyaning qisqa bandli,sporangiyi 4.qirqbo`g`imning chetlari bo`lingan kichkina o`simtasi 5.funariyaning shohlangan,yashil iplari 6.oq po`panakning mitseliysi 7.oq po`panakning sporanigiyi
A.1,3,7 B.2,3,4,7 C.1,3,6 D.2,3,4,6
17. Yuksak o`simliklarning sodda tuzilgan vakilni aniqlang.
A.magnoliya B.funariya C.archa D.ulotriks
18. Qaysi organizm(lar)ning zigotasidan 4 ta yangi organizm hosil bo`ladi?
A.po`panak,xara B.xlorela,achitqi
C.ulotriks,achitqi D.funariya,qirqbo`gim
19. Zuhrasochning jinsiy bo`g`imiga xos bo`lmagan xususiyatni aniqlang.
1.uzunligi 10-40 sm 2.keng nashtarsimon
3.yuraksimon 4.murtakdan hosil bo`lgan 5.sporadan hosil bo`ladi 6.ildizpoyaga ega 7.rizoidga ega 8.sporalar hosil qiladi 9.arxegoniy hosil qiladi 10.1 sm bo`ladi
A.3,4,7,9,10 B.3,5,7,9,10 C.1,2,4,6,8 D.1,2,5,6,8
20. Mog`or zamburug`i jinsiy(1) va jinssiz(2)ko`payganda mevatana nimadan hosil bo`ladi?
A.1-mitseliydan; 2-zigotadan
B.1-sporadan; 2-zigotadan
C.1-zigotadan; 2- mitseliydan
D.1- zigotadan; 2- sporadan
21. Chuchmomadoshlar uchun xos bo`lmagan sistematik guruhlarni aniqlang.
1.magnoliyasimonlar 2.qarag`aytoifa 3.magnoliya toifa 4.bir urug`pallalilar
A.1,3 B.1,3,4 C.1,2 D.4
22. Gullari qavatsiz(1), bir qavatli(2) va ikki qavatli(3) bo`lgan o`simliklarni aniqlang.
a.olma b.chuchmoma c.tol d.olcha e.lola f.yong`oq
A.1-a,d; 2-b,e; 3-c,f B.1-c,f; 2-b,d; 3-a,e
C.1-d,f; 2-b,e; 3-c,f D.1-c,f; 2-b,e; 3-a,d
23.Urug`li o`simliklar …….
1.ochiq urug`lilar va yopiq urug`lilarga bo`linadi. 2.vegetativ va generativ organga ega 3.urug`kurtak hosil qiladi 4.erkaklik hujayralari xivchinli 5.erkaklik hujayralari harakatlanmaydi 6.urug`lanishi uchun suv muhiti zarur emas 7.anteridiy rivojlanamagan 8.changdon hosil qiladi 9.changlanish xususiyatiga ega 10.barchasi uchun arxegoniy xos 11.jinssiz bo`g`in ustunlik qiladi
A.1,2,3,4,6,7,8,9,11 B.1,2,3,5,6,7,8,9,10,11
C.1,2,3,5,6,7,8,9,11 D.1,2,3,4,5,8,11
24.Qaysi o`simlikning hayotida gametafit bo`g`in ustunlik qiladi?
A.funariya B.zuhrasoch C.sershox qirqbo`g`im D.archa
25.Qozoq meva qaysi to`pguldan hosil bo`ladi?
A.soyabon B.shingil C.boshoq D.qalqon
26.Urug`ida oqsil bo`ladigan o`simlik(lar)ni aniqlang.
A.bug`doy B.no`xot C.g`o`za D.barchasi
27.G`o`zaga ziyon keltirivchi vegetativ tanali organizmni aniqlang.
A.vertitsilium B.gommoz C.qorakuya D.A,B
28.Agar ulotriksning bitta hujayrasidan 11 juft ikki xivchinli hujauralar hosil bo`lsa,shu hujayralardan nechta ulotriks ipi hosil bo`ladi?
A.44 B.22 C.88 C.11
29. Funariya o`simligini urg`ochlik jinsiy a’zosini erkaklik jinsiy a’zosidan farqi aniqlang.
1.kolba shaklda bo`lishi 2.ko`p miqdorda jinsiy hujayra yetilishi 3.kichkina va chetlari bo`lingan bo`lishi 4.faqatgina bitta jinsiy hujayra yetilishi 5.ko`p hujayrali bo`lishi 6.yomg`ir paytida uchilarini ochilishi 7.uchlari ochilgandan so`ng uning ichiga jinsiy hujayra kirishi 8.uchlari ochilgandan so`ng uning ichidan jinsiy hujayrani chiqishi
A.1,3,4,6,7 B.1,2,5,6,8 C.1,4,7 D.1,3,4,8
30.Qaysi organizmni zigotasi ichida spora hosil bo`ladi?
A.funariya B.achitqi C.oq po`panak D.xlorella
Do'stlaringiz bilan baham: |