Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari Atoqli davlat arbobi, ilk tuikiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 1020-yili
Qoraxoniylaming markaziy shaharlaridan biri
Bolasog‘unda tug‘ildi(olamdan o‘tgan yili
noma’lum). Boiajak mutafakkir o‘z davridagi barcha bilimlami, arab va forsiy tillar hamda imdagi adabiyotlami puxta egallaydi.
U 1069-1070-yillar orasida «Qutadg‘u bilig» (Qutga, ya’ni baxt-saodatga erishtimvchi
bilim)asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg‘ochxon Bug‘roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og‘asi) degan martabani in’om etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma’muriy-xo‘jalik hamda ma’rifat, obodonchilik, moddiy-ma’naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o'rganish, kasb-hunar egallash, xalq g‘amini yeyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat birgina asari yetib kelgan, ammo bu asarda shimday durdonalar to‘planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo‘q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari bo‘yicha so‘z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g‘oyalar o‘z davri uchun ham, hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa iqtisodiyot masalalari bo‘yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o‘rganilgan. Asar 18 oy ya’ni bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog‘unda boshlangan va Qashqarda nihoyalangan) bo‘lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rilgan.
6. Aemur va Temuriylar davridagi iqtisodiy siyosatning hozirgi davr uchun ahamiyati.
Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni boshqarishda o‘ziga xos maktab yaratdi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari har bir viloyatda Devon, deyiluvchi boshqarma bo‘lgan. U davlatning muhim ishlarini: soliq yig‘ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yoTlar,
suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan.
Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu tarozi to‘g‘riligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan.
Mamlakatda ko‘rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, birinchi navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og‘ir ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, A.Tetig: “Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag'alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlaming tarqalib ketishiga sabab bo'ladi. Sipohlaming tarqoqligi esa, o‘z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi”, — deb ko‘rsatib bergan.
Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan boTib, yerga egalik qilish quyidagi ko‘rinishlarda boTgan:
Suyurg ‘ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o‘tgan. Suyurg‘ol egasi soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlami ishlatib, yer soligT - xiroj olganlar.
Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo‘lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan.
Ushr yerlar. Sayid va xo‘jalarga mansub yerlar. Bu yerlardan olingan hosilning o‘ndan biri davlatga berilgan.
Vaqfyerlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir yerlar. Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etiladi.
Askarlarga, ulaming rahbarlariga beriladigan yerlar.
Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yerosti suvlarini
tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog‘ ko‘kartirsa yoxud birorta xarob bo‘lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili imdan soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o‘z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yil xiroj yig‘ilgan. Mazkur muammoga bunday yondashuv qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda muhim mavqega ega bo‘ladi.
Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona (yo‘lovchilar qo‘nib o‘tadigan, kambag‘al yetim-yesirlarga ovqat beriladigan joy), g‘aribxonalami qurishni, kasallar uchun shifoxonalar bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni lozim, deb bilgan va ulami amalga oshirish uchun ko‘p ishlami qilgan.
Amir Temur Angliya va Fransiya qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan. Mashriqdan mag‘ribgacha bo‘lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Masalan, bir kunlik karvon yoTida barcha narsa muhayyo etilgan (karvonsaroyda doimo ot, yem- xashak, oziq-ovqat, suv boTgan, sardobalar qurilgan), qaroqchilar qattiq jazolangan. Shu narsaga alohida e'tibor berish kerakki, chetdan olib kelingan tovarlar ustiga 10 foiz narx qo'shib sotish mumkin boTgan. Bu hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan - chet el tovarlariga boTgan talabni kuchaytirsa, ikkinchidan - aholining iste’mol buyumlariga boTgan ehtiyojini toTaroq qondirish imkonini beradi.
A.Temuming iqtisodiy fikrlari «Temur tuzuklari»da bayon etilgan bo‘lib, quyida biz ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan g‘oyalar mazkur asar asosida keltirildi («Amir tuzuklari». Toshkent,1991).
Unda o‘sha davrdagi davlatning 12 ijtimoiy toifadan iborat bo‘lganligi ko‘rsatilgan:
Sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar (din ahllari).
Aqlli, donishmand odamlar.
Xudojo‘y kishilar.
No‘yonlar (tuman boshlig‘i), amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiylar.
Sipoh va raiyat (soliq to‘lovchi xalq).
Aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar.
Vazirlar, sarkotiblar.
Hakimlar (faylasuflar, donishmand, allomalar), tabiblar, munajjimlar, muhandislar (injenerlar).
Hadis olimlari.
Ahli hunar va san’atchilar.
Kasbu hunar egalari.
Savdogar va sayyohlar.
Davlat taqdirini esa podsho, xazina, askar hal qiladi deyilgan. Qo‘shin a’zolarining maoshi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, oddiy sipoh o‘zi mingan ot bahosiga teng miqdorida maosh olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan to‘rt ot bahosigacha maosh olishi, o‘nboshi o‘z qaramog‘idagi askarga nisbatan ikki barobar ko‘p, yuzboshi o‘nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan.
«Tuzuklarda» A.Tetig davrida soliq va jarimalami yig‘ish va xarj (sarf) qilishga alohida e’tibor berishgan. «Xirojniyig'ish vaqtida, — deb uqtiriladi «Temur tuzuklari»da, — ikki vazir tayinlansin. Biri to ‘plangan molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga zulm qilib, ularning ahvoliga xaroblik etkazmasinlar. Viloyatlarda yig ‘ilgan barcha mol-ashyoni kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi vazir esa, chiqim daftariga yozib, yig ‘ilgan mollardan sipoh maoshiga taqsim qilsinlar». Demak, ko‘rinib turibdiki, hisob-kitob ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi talab etilgan. Xiroj, odatda, sug‘oriladigan yerlarda jami hosilning uchdan biri (33 foiz), lalmikor yerlarda to‘rtdan biriga (25 foiz) teng bo‘lgan miqdorda to‘plangan. Bu raqamlar vming hozirgi davrdagi daromad solig‘i atrofida bo‘lganligini ko‘rsatib turibdi.
A.Temur o‘qimishli, olim odamlaming mehnatiga yuqori baho bergan. «... Sayidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi, - deyiladi «Tuzuklar»da, - chunki bu insonlar mamlakat rivojida ustundirlar». A-Temur Shom (hozirgi Suriya) yurtini qo‘lga olganda (1401-y.) taniqli olim Ibn Xoldun (1332-1406) asirga tushib qoladi. Sohibqiron uning olimligini bilgach, u bilan suhbatlashib, izzat-ikrom bilan uni qo‘yib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |