Harakatlanayotgan suyuqlik vaqt va koordinata bo‘yicha o‘zgaruvchi turli parametrlarga ega bo‘lgan harakatdagi moddiy nuqtalar to‘plamidan iborat. Odatda suyuqlikni o‘zi egallab turgan fazoni butunlay toidiruvchi tutash jism deb qaraladi. Bu degan suz tekshirilayotgan fazoning istalgan nuqtasini olsak, shu yerda suyuqlik zarrachasi mavjuddir. Gidrostatikada asosiy parametr bosim edi, gidrodinamikada esa bosim va tezlikdir. - Harakatlanayotgan suyuqlik vaqt va koordinata bo‘yicha o‘zgaruvchi turli parametrlarga ega bo‘lgan harakatdagi moddiy nuqtalar to‘plamidan iborat. Odatda suyuqlikni o‘zi egallab turgan fazoni butunlay toidiruvchi tutash jism deb qaraladi. Bu degan suz tekshirilayotgan fazoning istalgan nuqtasini olsak, shu yerda suyuqlik zarrachasi mavjuddir. Gidrostatikada asosiy parametr bosim edi, gidrodinamikada esa bosim va tezlikdir.
Mexanika [yun. mechanike (teche) — qurol, inshoot] — tashqi kuch taʼsirida jismning fazoda harakatlanishi va muvozanatini oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Moddiy nuqta M.si, moddiy nuqtalar tizimi M.si, mutlaq qattiq jism M.si, gruntlar M.si va tutash muhit M.si kabi boʻlimlarga, bularning har qaysisi dinamika, kinematika va statika boʻlimlariga boʻlinadi. M.ning mexanika qonunlarini amaliy masalalar — mashinalar, me-xanizmlar va boshqa inshootlar yasashga tatbiq qilish bilan shugʻullanadigan soxasi amaliy (tatbiqiy) M. deb ataladi; inshootlar va ularning qismlarini mustahkamlik va ustuvorlikka hisoblash usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan sohasi qurilish M.si deyiladi. - Mexanika [yun. mechanike (teche) — qurol, inshoot] — tashqi kuch taʼsirida jismning fazoda harakatlanishi va muvozanatini oʻrganish bilan shugʻullanadigan fan. Moddiy nuqta M.si, moddiy nuqtalar tizimi M.si, mutlaq qattiq jism M.si, gruntlar M.si va tutash muhit M.si kabi boʻlimlarga, bularning har qaysisi dinamika, kinematika va statika boʻlimlariga boʻlinadi. M.ning mexanika qonunlarini amaliy masalalar — mashinalar, me-xanizmlar va boshqa inshootlar yasashga tatbiq qilish bilan shugʻullanadigan soxasi amaliy (tatbiqiy) M. deb ataladi; inshootlar va ularning qismlarini mustahkamlik va ustuvorlikka hisoblash usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan sohasi qurilish M.si deyiladi.
- M. bilimlari kadimdan mavjud. Neolit va jez davrida gʻildirak maʼlum edi, bir oz keyin esa richag , polispast va boshqa qoʻllanilgan. Qadimgi (miloddan avvalgi 3-asr) Misr exrom (piramida) lari, Bobil, Xitoy, Xorazm, Sugʻdiyona va Eronda saqlanib qolgan suv inshootlari ularni qurishda richag , pona, qiya tekisliklardan foydalanilganligini koʻrsatadi. Oʻrta Osiyoda qadimdan charxpalak va chigʻirdan foydalanilgan.
- Nazariy M. dastlab Yunonistonda (miloddan avvalgi 6—5 a.larda) paydo boʻlgan deb hisoblanadi. "Mexanik muammolar" asari M. boʻyicha yozilgan eng qad. asardir (miloddan avvalgi 3-asr). Bu asarning muallifi Aristotel, degan taxminlar bor. Statikaning geometrik yoʻnalishi Arximed (miloddan avvalgi 287—212 yil) nomi bilan bogʻliq. Geronnkng "Mexanika", "Pnevmatika", "Avtomatlar haqida", "Belo-poyika" degan asarlari tatbiqiy M.ga oid. Kinematika qoidalarini ishlab chiqish bilan Yevdoks Knidskiy (miloddan avvalgi 4-asr), Platon, Arximed, Kalipi, Apolloniy, Pergayos, Gipparx, Ptolemey shugʻullangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |