Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi binosidagi gidroagregatlar uch yoki ikki mashinali boʻlishi mumkin. Birinchi holda bitta val ga elektr mashina (dvigatel-generator), gidroturbina va nasos, ikkinchi holda esa elektr mashina va gidromashina oʻrnatiladi.
Gidromashina aylanish yoʻnalishiga qarab ham nasos, ham turbina sifatida ishlaydi. Yangi qurilayotgan Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasilarga iqtisodiy jihatdan tejamli boʻlgan ikki mashinali agregatlar oʻrnatiladi.
Elektr tarmoqlarida ortiqcha elektr energiya bor paytlarda (mas, kechasi) shu ortiqcha energiya Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi uchun suvni pastki hovuzdan yuqorigi, akkumulyatsiyalovchi hovuzga koʻtarishga sarflanadi.
Elektr tarmoqlarda koʻproq energiya talab qilinganda yuqori hovuzdagi suv, quvurlardan Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi turbina rejimida ishlaydigan gidroagregatlariga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |