malakali ishchilar edi?
A) yarmidan ko’prog’i B) 46%
C) 70 % D) 76 %
25. XIX asrning 70-yillarigacha ish kunining uzunligi industrial davlatlarda
qanchani tashkil qilardi?
A) 8-9 soat B) 10 soat
C) 11-12 soat D) 10-16 soat
26.“Immigrant”so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
lotincha - “ko‘chib keluvchi”
lotincha - “ko‘chib ketuvchi”
lotincha - “ko‘chaman”
lotincha - “shaharga mansub”
27.Qaysi javobda “industriya”so‘zining ma’nosi to‘g‘ri berilgan?
A) lotincha-“faoliyat”
lotincha - “hunar-kasb”
lotincha - “mablag‘”
D) lotincha - “ishlab chiqarish”
28. XX asr boshida Yevropa va Shimoliy Amerikadagi ishchilar soni qishloq
xo’jaligi, xizmat ko’rsatish sohasi, transport va boshqa sohalarda jami qanchani
tashkil t qildi?
A) 40 mln. B) 55 mln.
C) 60 mln. D) 80 mln.
29. XIX asming o'rtalariga kelib, industrial davlatlarda aholining qariyb necha
foizi shaharlarda to'plangan?
A) 40 % B) aholining qariyb yarmi С)60 D) 70
30. XX asr boshlariga kelib qaysi g’oya yangi sivilizatsiya jamiyatning asosiy an
biri bo’ldi?
A)matbuot va yig'ilish o'tkazish erkinligi
B)siyosiy tashviqot bilan shug'ullanish erkinligi
C)xotin-qizlar ozodligi va mustaqilligi
D)prezidentning umumiy avf e’lon qilish huquqi
31. II internatsional qachon tashkil topgan?
A)1880-y B)1884-y
C)1889-y D)1900-y
32.Tarixiy atama "migratsiya" so'zining manosi nima?
A) lotincha-ko'ehib keluvchi B)lotincha-ko'chaman
lotincha –faoliyat
lotincha -ko'chayapman
33. XIX asr ikkinchi yarmida o`rta qatlam vakillari orasida quyidagi qaysi toifa
ayniqsa ajralib turardi?
A) ixtirochilar B) vrachlar
C) huquqshunoslar D) ofitserlar
34. Sanoat to'ntarishi yuz bergan uchta yirik mamlakat - Britaniya, Fransiya va
AQSHda 70-yillarga kelib sanoat ishchilari qishloq xo’jaligidagi ishchilar bilan
birgalikda qanchani tashkil etar edi?
A) 10-11 mln B) 12-13 mln
C) 18 mln D) 20 mln
35. XX asr boshida AQSH sanoat ishchilari soni jihatidan nechanchi o’rinni egallar
edi?
A) l-o'rinni B) 2-o'rinni
C) 3-o'rinni D) 4-o'rinni
II BOB. G’ARBIY YEVROPA DAVLATLARI XIX ASR OXIRI VA XX ASR
BOSHLARIDA
3-§. Fransiya-Prussiya urushi va uning yakunlari
1. Qachondan boshlab Fransiya imperatori Napoleon III mavqeyiga putur yeta
boshladi?
XIX asr40-yillari I yarmi
XIX asr 50-yillari I yarmi
XIX asr 60-yillari II yarmi
XIX asr 70-yillari I yarmi
2. Fransiya imperatori Napoleon III mavqeyiga putur yetishining asosiy sababi
nima edi?
ishsizlik, qashshoqlik, qimmatchilikning avj olishi
ishchilar orasida demokratik g‘oyalarning tarqalishi
Fransiyaning o‘z qo‘shnilari bo‘lgan Angliya va Germaniyadan tobora orqada
qolayotganligi
D) aholining ingliz-fransuz savdo shartnomasidan noroziligi
3. Angliya-Fransiya savdo shartnomasi qachon imzolangan?
A) 1856-yilda B) 1860-yilda
C) 1864-yilda D) 1868-yilda
4. Qaysi voqea Fransiya-Prussiya boshlanishi uchun bahona bo‘ldi?
Prussiya kansleri Bismarkning fransuz elchilariga qo‘pol muomalada bo‘lishi
Ispaniya taxtiga kimni o‘tqizish masalasi
Germaniya taxtiga kimni o‘tqazish masalasi
Fransiya imperatori Napoleon III ning nemis elchilarini qamoqqa olishi
5. Ispaniyada qachon inqilob yuz berdi?
A) 1865-yilda B) 1868-yilda
C) 1869-yilda D) 1870-yilda
6. Ispaniyadagi inqilob natijasida Fransiyaga qochib ketishga majbur bo‘lgan
qirolicha kim edi?
A) Izabella I B) Izabella II
C) Yelizaveta I D) Eleanora
7. Imperator Vilgelm I va Fransiya elchisi o‘rtasidagi suhbat tafsilotini kim
gazetada atayin buzib talqin etdi?
Prussiya kansleri Bismark
Fransiya imperatorining xotini
Ispaniya qirolichasi Izabella II
D) Imperator Napoleon III
8. Qaysi voqea tarixga “Ems depeshasi” nomi bilan kirgan?
imperator Vilgelm I ning ispan taxtiga nomzod ko‘rsatmaslikka rozi bo‘lmaganligi
imperator Vilgelm I ning fransuz elchilarini qamoqqa olish haqida buyruq berishi
gazetadagi xabarga ko‘ra, go‘yo imperator Fransiya elchisi bilan gaplashishni xohlamay elchiga orqasini o‘girib olgani
D) imperator Vilgelm Ining ispan taxtiga nomzod ko‘rsatmaslikkarozi bo‘lganligi
9. Fransiya Prussiyaga urush e’lon qilgan sanani aniqlang.
1870-yil 28-may
1870-yil 17-iyul
1870-yil 1-avgust
1870-yil 2-sentabr
10. Fransiya-Prussiya urushi vaqtida Napoleon III qaysi sanada oq bayroq
ko‘tarishga buyruq berishga, o‘zining qilichini Prussiyaqiroliga jo‘natishga majbur
bo‘ldi?
A) 27-avgustda B) 1-sentabrda
C) 2-sentabrda D) 3-sentabrda
11. Sedan qal’asi yonida Napoleon III boshchiligida taslim bo‘lgan fransuz
armiyasinecha kishidan iborat edi?
A) 80 ming B) 100 ming
C) 120 ming D) 140 ming
12. Fransiyaning necha kishilik ikkinchi armiyasi Mets qal’asida qurshovga tushib
qoldi?
A) 80 ming B) 100 ming
C) 120 ming D) 140 ming
13. Fransiyada birinchi imperiya hukmronlik qilgandavrni aniqlang.
1799 - 1804-yillar
1804- 1814-yillar
1806- 1815-yillar
D) 1807 - 1815-yillar
14. Qaysi jangda Napoleon I tor-mor etilgan va birinchi imperiya qulatilgan edi?
Mets janggida
Sedan janggida
Vaterloo janggida
D) Leypsig janggida
4-§. Fransiyada davlat to‘ntarishi va uningoqibatlari
1. Parij aholisi qachon qo‘zg‘olon ko‘tarib, Respublika e’lon qilinishini va Vatanni
himoya qilishni talab qildilar?
A) 27-avgustda B) 1-sentabrda
C) 2-sentabrda D) 3-sentabrda
2. Fransiya-Prussiya urushi vaqtida Fransiyada xalq talabi bilan kim boshchiligida
Muvaqqat milliy-mudofaa hukumati tuzildi?
A) Tyer B) Troshyu
C) Emil Zolya D) J. Klemanso
3. Depesha – bu…
A) shoshilinch xabar B) yolg‘on xabar C) norozilik D) kurort shahar nomi
4.Vaterloo qishlog‘ida qachon Napoleon I armiyasi tormor etilgan jang bo‘lib o‘tgan?
A) 1814-yil24-iyun
1815-yil 24-iyun
1815-yil18-iyun
1815-yil 26-mart
5. Ma’lumki, Fransiya imperatori Napoleon I Vaterloo jangida mag‘lubiyatga
uchragan edi. Uning jiyani Napoleon IIIqayerdao‘z “Vaterloosini topdi”?
A) Sedanda B) Leypsigda
C) Emsda D) Mets qal’asida
6. Qachon Fransiyaning Qonun chiqaruvchi Korpusi imperator hokimiyati
ag‘darilganligini e’lon qildi?
1870-yil 2-sentabr
1870-yil 3-sentabr
1870-yil 4-sentabr
1870-yil 9-sentabr
7. 1870-yil sentabrda xalq talabi bilan Fransiya Respublika deb e’lon qilindi. Bu
mamlakat tarixidagi nechanchi respublikaedi?
A) 1-respublika B) 2-respublika
C) 3-respublika D) 4-respublika
8. Parij shahripruss armiyasi tomonidan qurshab olinib, Muvaqqat hukumat noiloj
taslim bo‘lgan sanani aniqlang.
1870-yil 4-sentabr
1870-yil 19-sentabr
1871-yil 8-fevral
1871-yil 26-fevral
9. Prussiya hukmron doiralari Fransiyaning foydali qazilmalarga boy qaysi
viloyatlarini tortib olishga intildilar?
1) Elzas 2) Saar 3) Reyn 4) Lotaringiya 5) Rur.
A) 1, 3 B) 3, 5 C) 1, 4 D) 2, 4
10. Fransiyada ikkinchi imperiya nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?
1830-1870-yillar
1848-1870-yillar
1851-1870-yillar
1852-1870-yillar
11. Fransiyada qachon Milliy majlisga shoshilinch saylov o‘tkazildi va Tyer
boshchiligida yangi hukumat tuzildi?
A) 1870-yil martda
1871-yil yanvarda
1871-yil fevralda
1871-yil martda
12. Parijliklarda muvaqqat hukumatga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘lishiga
nima sabab bo‘ldi?
qamaldan so‘ng aholining qarzlari bo‘yicha to‘lovlarni to‘lashga majbur bo‘la boshlaganligi
hukumat qarorgohi etib Versal shahri tanlanganligi
muvaqqat hukumatning Germaniyaga sotilganligi haqida gap tarqalishi
A va B javoblar to‘g‘ri
13. Qachon Parij Kommunasiga saylov o‘tkazildi?
1871 yil 26-fevral
1871 yil 18-mart
1871 yil 26-mart
1872 yil 26-mart
14. Parijda kommuna kengashi o‘z a’zolaridan nechta komissiya(vazirlik) tuzgan?
A) 5 ta B) 8 ta C) 10 ta D) 12 ta
15. Parij Kommunasi qanday tub ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi?
1) egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona ishchilariga topshirildi; 2) majburiy va bepul ta’lim joriy etildi, Cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi;
mehnatkashlarning uy-joy haqini to‘lash muddatlari kechiktirildi;
mehnatkashlarning uy-joy to‘lovlari bekor qilindi; 5) ishsizlarni ish bilan ta’min-lash idorasi tuzildi; 6) davlat xazinasi, banklarni to‘la o‘z qo‘liga oldi; 7) xususiy mulk bo‘lib kelgan temir-yo‘1 idoralarini kommuna o‘z ixtiyoriga oldi va ishlab chiqarish ustidan nazorat o‘rnatdi
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5, 7
C) 1, 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 4, 6, 7
16. Kommuna o‘z faoliyatida qanday xatoliklargayo‘l qo‘ydi?
Parijdan qochib ketgan Tyer hukumatini ta’qib qilmadi
davlat xazinasini, banklarni to‘la o‘z qo‘liga olmadi
kommuna kengashi ichida Kommuna ichki siyosati xususida birlikka erishib bo‘lmadi
barcha javoblar to‘g‘ri
17. Ma’lumki, Kommunani tor-mor etishda Germaniya Tyer hukumatiga yordam
berdi. Chunonchi, Bismark qancha fransuz askar vazobitlarni asirlikdan bo‘shatib,
ularni Tyer hukumati ixtiyoriga yubordi?
A) 20 ming B) 30 ming
C) 40 ming D) 50 ming
18. Hukumat qo‘shinlari qachon Kommunaga qarshi hujumga o‘tdi va Parijga kirib
keldi?
1871-yil 26-martda
1871-yil 10-mayda
1871-yil 21-mayda
1871-yil 28-mayda
19. Kommuna taslim bo‘lgach … ga yaqin kommunachi otib tashlandi, . . . ga yaqini
qamoqqa olindi.
20 ming; 30 ming
25 ming; 40 ming
30 ming; 50 ming
30 ming; 20 ming
20. Fransiya-Germaniya sulh shartnomasi imzolangan sanani aniqlang.
1871-yil 10-may
1871-yil 12-may
1871-yil 20-may
1871-yil 26-may
21. Fransiya-Germaniya sulh shartnomasi qayerda imzolangan?
Fransiyaning Versal shahrida
Germaniyaning Frankfurt shahrida
Fransiyaning Parij shahrida
Avstriyaning Vena shahrida
22. 1871-yilgi Fransiya-Germaniya sulh shartnomasiga ko‘ra…
1) Fransiya Germaniyaga 5 mlrd. frank tovon to‘laydigan bo‘ldi; 2) Fransiya Germaniyaga 13 mlrd. frank tovon to‘laydigan bo‘ldi;
3) Germaniya Saar ko‘mir havzasidan 15 yil foydalanish huquqiga ega bo‘ldi; 4) Fransiyaning Elzas va Lotaringiya viloyatlari Germaniyaga berildi.
A) 1, 3 B) 3, 4 C) 1, 4 D) 2, 4
23. Parij Kommunasi to'la tor-mor etilgan sanani aniqlang.
A) 19-may B) 21-may
C) 26-may D) 28-may
24. Bosh vazir Tyer Milliy gvardiyani qurolsizlantirish- ni buyurdi 1871-yil ... kuni
kechasi hukumat armiyasi Milliy gvardiyaga hujum qildi.
A) 16-mart B) 18-mart
C) 19-mart D) 26-mart
TAKRORLASH UCHUN ARALASH SAVOLLAR
1-variant
1. Yangi davrning ikkinchi yarmiga kelganda, Germaniya davlati qaysi jihatlar bo’yicha dunyoda ikkinchi o`rinda edi?
1. dengiz floti 2. kimyo sanoatida
3. jun eksportida 4. sanoat ishlab chiqarishida 5. po`lat ishlab chiqarishda 6. harbiy qudrati bo`yicha 7. temir ishlab chiqarishda
A. 1, 3, 4, 6 B. 2, 3, 5, 7
C. 2, 3, 4, 6 D.1, 4, 5, 7
Qaysi atamalar kelib chiqqan tili ahamiyati bo`yicha bir xil hisoblanadi? 1. anarxiya 2. ekspansiya
komprador 4. fraksiya
5. parlament 6. urbanizatsiya
7. tovon 8. fan
A. 1, 5 B. 2, 3 C. 4, 6 D. 7, 8
3. …. endigina sanoatlashuv yo`liga qadam qo`yganda xorijiy davlatlar tomonidan
talon-taroj qilinishi xalq ahvoliga og`ir ta’sir ko`rsatdi.
A. Koreya B. Xitoy
C. Eron D. Yaponiya
4. Hokimiyat burjuaziya qo`lida emas, balki pomeshik-burjuaziya qo`lida bo`lgan
mamlakat tarixida yuz bermagan ma’lumotni aniqlang?
A. Asosiy sanoat korxonalari dengizbo`yi port shaharlari yaqinida edi
B. Monopolistik kapitalizm feodal monarxiya qoldiqlari bilan chirmashib ketgan
C. Aholisining kambag`alligi sanoat mahsulotlarini sotib olishni qiyinlashtirgan
D. Mamlakatda ikki palatali parlament faoliyat boshlagan
5. Quyidagi asarlar va ular nima haqida ekanligini o`zaro moslashtiring.
“Silvester Bornarning jinoyati”
“Jan Kristof” 3. “Hayotga muhabbat” 4. “Maydondagi yarmarka” 5. “Marten Iden”
a. tabiatni bo`ysundirgan qahramon haqida b. siyosat arboblarining sotqinligi, monarxlarning fitnalari
c. fransuz va nemis jamiyatining buzulishi ko`rsatilgan d. san’at korchalonlarini fosh etuvchi e. halol ijod ahlining soxta madaniyat bilan fojiali to`qnashuvi
A. 1-a, 2-c, 3-b, 4-e, 5-d
B. 1-c, 2-d, 3-e, 4-b, 5-a
C. 1-a, 2-e, 3-a, 4-d, 5-b
D. 1-b, 2-c, 3-a, 4-d, 5-e
6. … adabiyotni badiiy yangilashda inqilob yasadi.
A. Dekadentlik B. Naturalizm C. Falsafa D. Tanqidiy realism
7. Fizika bilan kimyo chegarasida mustaqil fizika-kimyo paydo bo`lgan bo`lib,
uning asoschisi qaysi javobda ko`rsatilgan?
A. M. V. Lomonosov B. A. Levenguk
C. D. I. Mendeleyev D. G.V. Leybnis
8. Qo`zg`alonchilar o`z bayroqlariga “Ozodlik yoki o`lim” shiorini yozib olgan
mamlakat tarixida ro`y bergan ma’lumotni aniqlang?
A. Davlatning tashqi siyosatdagi asosiy maqsadi – Turkiya qo`l ostida qolayotgan
yerlarining to`la qaytarib olish va ularni yagona davlatiga birlashtirishdan iborat
edi
B. Birinchi Bolqon urushidagi umumiy dushmani ikkinchi urushda sobiq
ittifoqchilariga qo`shilib unga qarshi kurash olib bordi
C. XX asr boshlarida qudratli dehqonlar harakati vujudga kelgan
D. Mamlakat iqtisodining og`irligidan ingliz, fransuz, nemis va Shimoliy Amerika
monopoliyalari foydalanganlar
9. Quyidagi ma’lumotlarni tegishlilik bo`yicha o`zaro moslashtiring.
Argentina Sotsialistik partiyasi
Avstriya-Vengriya Sotsialistik partiyasi 3. Germaniya Sotsialistik partiyasi 4. Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasi
a. 13 yoshdan kichik bo`lgan bollarning mehnati taqiqlashga erishdi b. barcha mulk davlatniki bo`ladigan jamiyat qurish c. kasaba uyushmalarini birlashtirish va namoyishlarga ruxsat berish uchun kurashgan, d. siyosiy erkinliklarni joriy etish talabi
A. 1-a, 2-c, 3-d, 4-b,
B. 1-d, 2-b, 3-a, 4-d
C. 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
D. 1-b, 2-a, 3-c, 4-d
10. Quyidagi davlatlarning qaysi birida yangi sanoat korxonalari aksionerlik
jamiyatlari ko`rinishida vujudga kelgan?
A. AQSh da B. Fransiyada
C. Italiyada D. Buyuk Britaniyada
11. … sohasida g`oyat katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
A. Bialogiya B. Tibbiyot
C. Tabiatshunoslik
D. Organik sintez
12. Germaniyaning 1914-yil 9-sentyabrdagi mag`lubiyati kimning nomi bilan
bo`g`liq rejaning barbod bo`lishiga olib kelgan?
A. Fon Gindenburg B. Fon Shliffen
C. F. Ebert D. Vilgelm II
13. XIX asrning 70-yillarida qaysi mamlakat(lar)da ocharchilik holati kuzatiladi?
A. Hindiston B. Misr
C. Turkiya D. A va C javoblar
14. Hukmronligi davrida mamlakatda yopiq siyosat olib borgan shaxsning
hukmronlik yillarida sodir bo`lmagan voqeani aniqlang.
A. Mamlakat amalda o`z mustaqilligini yo`qotdi
B. Ma’muriy politsiya boshqarmasi tashkil etildi
C. Davlat qiyin iqtisodiy-ijtimoiy ahvolni boshidan kechirdi
D. Mamlakatda savdo-sotiq, ishlab chiqarish va hunarmandchilik bir qadar
rivojlandi
15. Davlat boshlig`ining konstitutsiya va qonunlarga sodiqligi haqidag qasamyod
qilishi belgilab qo`yilgan mamlakat tarixida hukmronlik qilgan shaxsni aniqlang.
A. Abdulhamid II
B. M. Afzalxon
C. Muhammad Alishoh
D. Abdulaziz
16. Qaysi mamlakat tarixida ish tashlash harakatining rahbarlari sud qilinmasdan
otishga hukm qilina boshlanadi?
A. Avstriya-Vengriyada B. AQShda
C. Hindistonda D. Rossiyada
17. Xitoy tarixida ro`y bergan dehqonlar urushi necha yil davom etgan?
A. 16 yil B. 20 yil C. 15 yil D. 12 yil
18. O`rta asrlar an’analariga boy mamlakat sifatida tasvirlangan mamlakat qaysi
javobda ko`rsatilgan?
A. Rossiya B. Avstriya-Vengriya
C. Turkiya D. Yaponiya
19. ….. Bolqonda o`z ta’sirini mustahkamlash uchun qo`zg`alonlardan
foydalanishga qaror qildi.
A. Avstriya-Vengriya B. Rus hukumati
C. Turkiya D. Germaniya
20. Hukmdori qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament bilan bo`lib olgan
mamlakatga tegishli bo`lgan ma’lumotlarni aniqlang.
1. 1888 yil Istambulda Suvaysh kanalidan foydalanish masalasi bo`yicha bo`lib o`tgan konvensiyada ishtirok etgan, 2. G`arbiy Afrika uchun kurashda AQSh va bir qator Yevropa mamlakatlari qatori ushbu davlatning manfaatlari to`qnashgan. 3. Qizil dengiz bo`yi va Somali yarimorolini taqsimlashda ishtirok etgan. 4. Efiopiyaga qarshi urush qilib, podsho (negus) Feodor II ning birlashtiruvchi siyosatiga putur yetkazdi. 5.O`zaro manfaatlarini himoya qilish uchun bu davlat Germaniya bilan ittifoq tuzadi, keyinchalik bu ittifoqqa Avstriya-Vengriya imperiyasi ham qo`shiladi 6. 1908 yildagi Xitoy intervensiyasi ishtirokchilaridan biri bo`lgan
A. 1, 5, 6 B. 2, 3, 4
C. 1, 3, 6 D. 2, 4, 5
21. Asosiy sanoat tarmog`i oziq-ovqat tarmog`i hisoblangan davlat tarixida
qachonga kelib og`ir iqtisodiy inqiroz yuz berdi?
A. 1912 yil B. 1900-1903 yil
C. 1910-1912 yillar D. 1908 yil
22. Rossiya imperiyasida manifest e’lon qilingan yili bo`lib o`tmagan ma’lumotni
aniqlang.
A. Afrikada Germaniyaga qarshi boshlangan qo`zg`alon ikki yildan ortiq davom
etdi
B. Hozirgi zamon aerodinamikasining taraqqiyoti uchun asos bo`lgan kashfiyot
qilindi
C. Erondagi ichki ijtimoiy ziddiyatlar, tashqi iqtisodiy va siyosiy siquvlar inqilobiy
harakat boshlanishiga sabab bo`lgan
D. Uzoq sharqdagi hukmronlik uchun bo`lib o`tgan urushda, deyarli butun Tinch
okean floti halokatga uchradi
23. (a) da respublika tarafdorlarining katta namoyishi bolib o`tdi, (b) da esa
demokratik erkinliklar berilishini talab qilingan namoyish bo`lib o`tgan.
A. a-Moskva, b-Budapesht
B. a-Milan, b-Tehron
C. a-Rio de-Janeyro, b- Vena
D. a-Kobul, b- Chikago
24. XX asr boshidagi “Burjua inqilobi” ga aloqasi bo`lmagan shaxsni anilang.
A. Emiliano Sapata
B. Maksimo Gomes
C. Fransisko Vilya D. Madero
25. Quyidagi voqealardan qaysi biri boshqalariga nisbatan ilgariroq sodir bo`lgan?
A. AQSh va Ispaniya o`rtasida tinchlik shartnomasi imzolangan
B. Xilma-xil organik moddalarni sintez qilish usuli kashf etildi
C. AQSh tomonidan biror-bir davlat Xitoyda savdo qilish uchun hech qanday
imtiyozlar olmasligi talab qilindi
D. Inglizlar tomonidan Transvaal va Oranj Respublikalariga qarshi urush
harakatlari boshlandi
26. Quyidagi fikrlardan qaysi birida tarixiy xatolik kuzatilgan?
A. 50 davomida AQShda fermerlar soni 3 marta ko`paygan
B. XX asrning boshlariga kelib, Buyuk Britaniya ishchilarining uchdan bir qismi
juda yaxshi yashar edi
C. Falsafa tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari
haqidagi fan hisoblangan
D. R. Shtraus musiqada davrning g`oy va obrazlarini gavdalantirdi
27. Qaysi davlatda mavjud partiya yoki partiyalardan biri zamon ruhiga mos
islohotlar o`tkazish tashabbuskorligi bilan ajralib turgan?
A. Rossiyada B. AQSh
B. Germaniya D. B. Britaniya
28. Germaniyaning tashqi ahvolini murakkablashtirib yuborgan voqea sodir
bo`lgan yili sodir bo`lgan voqealarni aniqlang?
1. Yevropada kimyo, rezina, mashinasozlik, elektr, avtomobil sanoati va boshqa sohalarni nazorat qiluvchi aksionerlik jamiyati tashkil qilindi 2. Nemis sanoati ishchilari soni 8.6 mln kishini tashkil qildi
So`l radikal oqim talabi bilan HMK qo`shimcha qaror qabul qildi
Harbiy garnizon qo`mondoni Niyozbiy boshchiligida qo`zg`alon ko`tarildi, 5. Jahon elektr bozori AQSh va Germaniya monopoliyalari tomonidan bo`lib olindi
6. Afg`oniston Buyuk Britaniya manfaatlari mintaqasi deb e’lon qilindi A. 1, 3, 4 B. 2, 5, 6 C. 1, 4, 6 D. 2, 3, 5
29. Quyidagi mustamlaka davlatlarning qaysi birida milliy tillarda chiqadigan
matbuot haqida qonun qabul qilingan?
A. Misr B. Afg`oniston
C. Hindiston D. Koreya
30. Ikkinchi jahon urushida ro`y bergan voqealarni xronologik ketma-ketlikda
joylashtiring?
1. Usmonli turklar imperiyasi Germaniya tomonida urushga kirdi, 2. Rossiya Germaniya va Avstriya-Vengriya qarshi hujum boshladi
3. Yaponiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi, 4. Turkiya va Germaniya
o`rtasida shartnoma imzolandi, 5. Germaniya Rossiyaga urush e’lon qildi, 6.
Germaniya armiyasi G`arbiy front bo`ylab chekinishga majbur bo`ldi
A. 2, 5, 3, 4, 1, 6 B. 5, 4, 2, 3,
C. 2, 4, 5, 3, 6, 1 D. 4, 5, 2, 3, 1, 6
2-variant
1. Quyidagi javoblarning qaysi birida voqealar bir yilda bo`lib o`tgan?
A. AQShda milliard dollarlik kapitalga ega bo`lgan “Po`lat korporatsiyasi” deb
atalgan katta trest tashkil etilgan, patologik anatomiya asoslarini yaratgan nemis
olimi vafot etgan
B. XIX asr 90 yillarida sanoat mahsuloti bo`yicha jahonda birinchi o`rinda bo`lgan
davlat sanoat mahsuloti hajmi jihatidan dunyoda
4-o`rinda edi, Yevropaning ikki imperiya davlatlari o`rtasida savdo shartnomasi imzolangan
C. Yaponiyada to`qimachilik sanoati barcha sanoat tarmoqlarining 45 foizini
tashkil etdi, Quvaytda inglizlar protektorati o`rnatildi,
D. Inqilobchi Sun Yat Sen tavallud topgan, Yaponiya yuz bergan Meydzi islohotlari
boshlangan
2. XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida Germaniya qaysi jihatlar bo`yicha
dunyoda uchinchi o`rinda bo`lgan?
1. Sanoat mahsuloti, 2. Bosib olingan mustamlakalar, 3. Harbiy qudrati
4. Dengiz floti, 5. Chetga kapital joylashtirish 6. Eksportining hajmi
A. 1, 4 B. 2, 5 C. 3, 6 D. 1, 3
3. Parijliklarning hukumatga qarshi qahr-g`azabini kuchaytirib yuborgan
omillarni aniqlang.
1. Prussiya bilan ayanchli shartlar asosida imzolangan yarash shartnomasi 2. Qamaldan so`ng aholining qarzlari bo`yicha to`lovlarni to`lashga majbur bo`la boshlaganligi, 3. Hukumat qarorgohi etib Versal shahri etib tanlangani
4. Prussiyaga urishdagi mag`lubiyat, 5. Milliy gvardiyaning qurolsizlantirilishi 6.
Parijliklarning hukumatga ishonmay qo`yganligi
A. 2,3 B. 4,6 C. 2,5 D. 1,4
4. Qaysi davlatga chetga kapital chiqarish foiz hisobida katta daromad keltiribgina
qolmay, ayni paytda siyosiy ittifoqchilarni ham vujudga keltirgan?
A. Buyuk Britaniya B. Fransiya
C. AQSH D. Germaniya
5. “Germaniya Sharqiy Afrikasi” tashkil topgan yili Vilgelm I boshchiligidagi
davlat qaysi hududni bosib olgan?
A. Marshall orollarini
B. Mariana orollarini
C. Samoa orolini
D. Karolina orolini
6. Buyuk Britaniya Hindistonni to`liq qo`lga kiritganidan (mustamlaka deb e’lon
qilganidan) qancha vaqt o`tib, Hindistonga chiqadigan dengiz yo`llari nazoratini
to`la o`z qo`liga oladi?
A. 18 yil B. 20 yil C. 15 yil D. 17 yil
7. “Amerika respublikalari syezdi” tuzilganidan chorak asr o`tib…
A. GSDP parlament uchun bo`lib o`tgan saylovlarda 34,8 % ovoz olishga muvaffaq
bo`ldi
B. Ingliz parlamenti Irlandiya haqida gomrulni tasdiqlashga majbur bo`ldi
C. Serbiya “to`rtar ittifoqi” qo`liga o`tdi
D. “Yosh turklar” hukumatini noqobillikda ayblagan hukumat ag`darib tashlandi
8. Qaysi davlatlar o`rtasidagi munosabatlarning yomonlashib borishi davlatlardan
birining ikkinchisini iqtisodiy va siyosiy qaram qilishga intilishi sabab bo`lgan?
A. Rossiya va Turkiya
B. Germaniya va Franiya
C. Meksika va AQSH
D. Avstriya-Vengriya va Turkiya
9. Amerika qit’asida ikkita qo`shma shtatlar nomi bilan atalgan davlat bo`lgan.
Ularning tashkil topishi o`rtasida qancha vaqt o`tgan?
A. 110 yil B. 115 yil C. 120 yil D. 125 yil
10. Metall eritish bo`yicha dunyoda 4-o`rinda bo`lgan davlat, qaysi soha bo`yicha
esa birinchi o`rinda bo`lgan?
A. Ko`mir qazib olish
B. Mashinasozlik
C. Qishloq xo`jaligi bo`yicha
D. Neft
11. Xalqaro doirada bir necha marta buyuk davlatlarning uchrashuvlari,
kongresslari va intervensiyalari bo`lib o`tgan. Ulardan qaysi biri
“Antanta”+”Uchlar ittifoqi”+Turkiya ishtiroki tarzida o`tgan?
A. 1900-yildagi Xitoy intervensiyasi
B. 1878-yildagi Berlin Kongressi
C. 1888-yildagi Istanbul konvensiyasi
D. 1814-1815 yillardagi Vena konvensiyasi
12. Bir xil muddat davomida sodir bo`lgan voqealarni aniqlang.
A. Yaponiyada 1300 ta sanoat korxonasi qurilgan, Fransiyaning chetga
joylashtirgan kapitali 2,25 barobar oshgan
B. Yaponiya sanoat ishlab chiqarish bo`yicha Italiyani ortda qoldirdi, Buyuk
Britaniya harbiy xarajatlari
3 marta ko`paygan C. Meksikada dehqonlar harakatidan inqlobga aylangan harakat bo`lib o`tgan, Kuba xalqi ispan bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashi olib bordi
D. AQSH tarixida “taraqqiyparvar davr” nomi bilan mashhur bo`lgan yillar o`tgan, Albaniyada xalqning barcha tabaqalari ishtirok etgan xalq qo`zg`alonlari bo`lib o`tgan.
13. Bolgariya ikkiga bo`lib yuborilgan yili sodir bo`lgan voqeani aniqlang.
A. Kobul shahrida ingliz rezidensiyasi ochildi
B. Barcha hind gazetalari inglizlar nazoratiga o`tkazildi
C. Bolgariyada halok bo`lgan kuni Xotira kuni sifatida nishonlanib kelinayotgan
milliy qahramoni vafot etdi
D. Meksikada AQSH va mahalliy pomeshiklar reaksiyasiga tayangan shaxs
president deb e’lon qilingan
14. “Ish haqi minimuni to`g`risida” gi qonun qabul qilinishiga sabab bo`lgan
voqeani aniqlang.
A. 1911- yilda 6 hafta davom etgan ko`mir qazuvchilarning ish tashlashlari
B. Birinchi Jahon urushining boshlanishi bilan mamlakatda boshlangan ommaviy
ish tashlashlar
C. Leyboristik partiyaning ushbu qonun qabul qilinishini parlamentdan talab
qilishi
D. XX asr boshiga kelib tred-yunionlarning o`z partiyasiga asos solishi
15. Quyidagilardan qaysi birida muallif va uning asari noto`g`ri ko`rsatilgan?
A. Szen Pu “Qahrli dengizdagi gular”
B. Naoe Kinosito “Olovli ustun”
C. Roka Tokutomi “Kurosivo”
D. Li Baotszya “Yashamagan yaxshi”
16. XIX asrning ikkinchi yarmida Parnell atrofida birlashgan irland muxolifati
ilgari surgan agrar islohot haqidagi talablarga quyidagilarning qaysi biri mos
kelmaydi?
A. Ijara haqining insof bilan olinishi
B. Ijara muddatining 15 yildan kam bo`lmasligi
C. Ijaraga olingan yerning qo`ldan-qo`lga erkin o`tishi
D. Ijaraning qat’iy bo`lishi
17. Quyidagi kashfiyotlar va ularning mualliflari bilan o`zaro moslashtiring.
1. E. Rezerford 2. I. P. Pavlov
3. A. Bekkerel 4. N. Bor 5. A. Eynshteyn
a. elektronlar bir orbitadan ikkinchisiga sakrab o`tib, bunda energiya porsiyasini chiqaradi, b. fazo bilan vaqtning xususiyatlari moddiy obyektlarning harakatiga bog`liq, c. uran atomlari yaqin joyda turgan jismlardan o`tib ketadigan nurlarni o`z-o`zidan chiqarishi
d. hamma atomlar og`ir yadroga ega ekanligi e. inson xatti-harakati negizida bosh miya qobig`idagi yuz beradigan moddiy fiziologik jarayonlar yotishi
A. 1-d, 2-e, 3-c, 4-a, 5-b
B. 1-a, 2-b, 3-d, 4-b, 5-c
C. 1-b, 2-c, 3-a, 4-b, 5-e
D. 1-c, 2-e, 3-d, 4-b, 5-a
18. Qaysi namoyishda namoyishlar tomonidan demokratik erkinliklar berilishi
ham talab qilingan?
A. 1869 yilgi Vena
B. 1886 yilgi Chikago
C. 1899 yilgi Ixetuan
D. 1905 yilgi Pterburg
19. Birinchi jahon urushi davida 1917-yil kuziga kelib…
A. Ruminiya To`rtlar ittifoqi bilan separate sulh tuzdi va urush harakatlarini
to`xtatdi
B. Inglizlar tomonidan Turkiyaga qarashli bo`lgan Bag`dod shahri egallandi
C. Turkiya Falastinning bir qismini, Arabiston yarim orolini to`la boy berdi
D. AQSH harbiy qo`shinlari Fransiya shimolidagi Normandiyaga kelib tushdi
20. Qul savdosiga qarshi kurash bahonasida egallab olingan hududdan quyidagi
davlatlardan qaysi biri “ulush”ga ega bo`lmagan?
A. Belgiya B. Fransiya
C. Portugaliya D. Germaniya
21. 1871-1878 yildagi islohotlar davrida Yaponiyada yerni mayda bo`laklarga
bo`linib ketishiga qarshi qonun ham qabul qilingan bo`lib, bundan bir necha asrlar
oldin ham bu to`g`risidagi qonun kimning davrida qabul qilingan?
A. Oda Nabunaga
B. Yosimune Tokugava
C. Toyotomi Xideyosi
D. Tokugava Ieyasu
22. Quyidagi Afrika davlatlaridan qaysi biri Fransiya mustamlakasi emas?
A. Gambiya B. Senegal
C. Uganda D. Marvitaniya
23. Birinchi jahon urushi davrida Usmonli turklar davlati rahbari kim bo`lgan?
A. Mahmud V Rishod B. Abdulaziz
C. Mehmed II D. Abdulhamid II
24. XIX asrning 80 yillarida quyidagi davlatlarning qaysi birida qulchilik bekor
qilingan?
A. Braziliyida B. AQSH da
C. Kubada D. Argentinada
25. Chetga kapital chiqarishda ikkinchi va beshinchi o`rinlarda turgan davlatlarni
yaqinlashishga majbur etgan voqea qachon sodir bo`lgan?
A. 1879 yil B. 1907 yil
C. 1882 yil D. 1904 yil
26. Qaysi davlatda yerga egalik huquqining tenglashtirilshi, ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan sust taraqqiy etgan davlatda ijtimoiy adolatli tuzum yaratishi
mumkinligoga ishonishgan?
A. Hindiston B. Yaponiya
C. Xitoy D. Eron
27. Buyuk Britaniya tarixida bo`lib o`tgan “Sharafli inqilob” sodir bo`lganidan 200
yil o`tib..
A. 28 yoshida taxtga o`tirgan Vilgelm II hukmronligining boshlanishi
B. Sudan madhiylari qo`shini ingliz-misr qo`shinlaridan mag`lubiyatga uchradi
C. Shvet olimi tomonidan dinamit yaratildi
D. A va C javoblar
28. Quyida berilgan imperiyalarning qaysi biri boshqalariga qaragan oldinroq
qulagan?
A. Rossiya B. Turkiya
C. Germaniya D. Buyuk Britaniya
29. Hindistonda ma’lum vaqt davomida ikkiga bo`lingan shahar qanday mahsulot
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi?
A. Kanop B. Choy
C. Paxta D. Bug`doy
30. Quyidagilarning qaysi birida tarixiy xatolikka yo`l qo`yilgan?
A. 1885 yil Xitoy Markaziy Vyetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi
B. Zanzibar arab sultonligi nemis, fransuz va gollandlar tomonidan bosib olingan
C. Bonifatsio qurolli kurash orqali qullarning mustaqil davlatini yuzish mumkin
deb hisoblardi D. Barcha javoblar
Do'stlaringiz bilan baham: |