1. Gap va uning belgilari Gap haqida umumiy ma’lumot Gapning turlari



Download 122,6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi122,6 Kb.
#205518
Bog'liq
2-maruza



GAP VA UNING BELGILARI 

Reja: 

1. Gap va uning belgilari 

2. Gap haqida umumiy ma’lumot 

3. Gapning turlari 

 

Sintaksisda  o’rganiladigan  asosiy  sintaktik  birlik  gap  hisoblanadi.  Gap  - 

kishilar  nutqining  kichik  birligi  bo'lib,  u  grammatik  jihatdan  tashkil  qilingan, 

mazmun  va  intonatsiya  jihatdan  nisbiy  tugallikka  ega  bo'lgan  so’zlar  bog'lamasi 

yoki  yakka  so'zdir.  Aloqa  birligi  bo'lmish  gap  fikmi  ifodalash  va  shakllantirish 

birligi  hamdir.  Shunga  ko'ra  gap  kommunikativ  (aloqa  qilish)  va  kognitiv  (fikr 

ifodalash)  vazifalarni  bajaradigan  nutq  birligi  sanaladi.  Gapning  mazkur 

xususiyatlari uni so'zdan va so'z birikmasidan farqlaydi. 

Gapning quyidagi asosiy belgilari mavjud: 

Gapning ko'pgina turlari mantiqiy hukm bilan chambarchas bog'liq. Hukmda 

esa biror narsa haqida nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi va aynan ana shunda 

predikativlik  o'z  ifodasini  topadi.  Demak,  gapning  muhim  belgilaridan  biri 

predikativlikdir.  Predikativlik  gap  mazmunining  obyektiv  borliqqa  bo'lgan 

munosabatini  ifodalaydi.  Predikativlik  ifodalovchi  grammatik  vositalar  mavjud 

bo'lib, ular mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalaridir. 

Predikativlik odatda so'zlaming predikativ aloqaga kirishuvi bilan,  ya'ni ega-

kesim aloqasi bilan ifodalanadi. Masalan: Bolalar keldi. Bolalar xursand. 

Ayrim hollarda predikativlik bir bosh bo'lak bilan ham ifodalanishi mumkin. 

Masalan: Tinchlik uchun kurashaylik. 

Gapda bayon qilinayotgan fikrga so'zlovchining munosabati ham ifodalanadi. 

Bunday  munosabat  modallik  deb  yuritiladi.  Anglashiladiki,  gapning  asosiy 

belgilaridan  biri  modallik  hisoblanadi.  Modallik  (tasdiq,  inkor,  gumon,  shubha 

kabilar)  mayl  kategoriyasi,  modal  so'zlar,  yuklamalar  kabi  vositalar  orqali 

ifolanadi. 

Gap  intonatsiya  (ohang)  jihatdan  tugallikka  ega  bo'ladi.  Intonatsiya  ham 

predikativlik,  modallik  belgilari  singari  gapni  so'z  birikmasidan  chegaralashga 

xizmat  qiladi.  Intonatsiya,  birinchidan,  so'zlar  bog'lanmasi  yoki  yakka  so'z  gapni 

shakllantirganini  ko'rsatsa,  ikkinchidan,  gapning  tugallanganligini  ifodalab,  uni 

boshqa  gapdan  ajratib  turadi.  Intonatsiyaning  xabar,  so'roq,  buyruq  va  boshqa 

turlari farqlanadi. 

Gap mazmun jihatdan ham nisbiy tugal bo'ladi. Uning tugal fikmi ifodalashi 

ma’lum sharoit bilan bog'liqdir. 

Shunday  qilib,  predikativlik  (gap  mazmunining  borliqqa  munosabati). 

modallik 

(so'zlovchining 

aytilayotgan 

fikrga 

munosabati), 

intonatsiya 



shakllanganlik va mazmunan nisbiy tugallik gapning asosiy xususiyatlari, belgilari 

sanaladi. 

O'zbek tilida gaplar turli nuqtayi nazardan tasnif qilinadi: 

1.Ifoda maqsadiga ko‘ra. 

2.Emotsionalikka ko'ra. 

3.Tuzilishiga ko'ra. 

Ifoda maqsadiga ko'ra va bu maqsad bilan bog'liq bo'lgan intonatsiyaga ko'ra 

gaplar darak, so'roq, buyruq gaplarga ajratiladi. 

Emotsionalikka  ko'ra  gaplar  ikki  turga  bo'linadi:  emotsional  gaplar  yoki 

undov gaplar va emotsional bo'lmagan gaplar. Darak, so'roq, buyruq gaplar darak, 

so'roq,  buyruq  ohangi  bilan  aytilsa,  emotsional  bo'lmagan  gaplar  deb  yuritiladi. 

Yuqorida sanab o'tilgan  gaplar  kuchli  his-hayajonga  ega bo'lishi bilan  emotsional 

gapga aylanadi. Emotsional gaplar undov gaplar deb ataladi. 

Tuzilishiga  ko'ra  gaplar  sodda  va  qo'shma  bo'ladi.  Gaplarning  bunday 

bo'linishi  ulaming  tarkibidagi  predikativlik  birliklaming  soniga,  miqdoriga 

asoslanadi. 

Gaplar ifoda maqsadiga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi: 

1)darak gap; 2) so'roq gap; 3) buyruq gap. 

Borliq hodisalarini tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gap darak gap 

deyiladi. Darak gap nutqda gapning boshqa turlariga qaraganda ko'p qo'llanadi. 

Darak  gap  mazmunan  va  tuzilishi  jihatdan  rang-barang  bo'ladi.  Darak  gap 

darak  intonatsiyasi  bilan  aytiladi.  Bunda  gapning  birinchi  qismida  ohang 

ko'tariladi,  ikkinchi  qismida  esa  pasayadi.  Masalan:  Yoz  kechasining  yoqimli 

salqini. Ko'kda, daraxtlar ustida  g'ij-g'ij  yulduzlar  yonadi. Chirildoqlarning  mayin 

musiqasi hamma yoqni to'ldirgan, go'yo kechaning о ‘zi kuylaydi. (O.). 

Darak  gapning  kesimi  ko'pincha  aniqlik  (xabar)  maylidagi  fe'l  bilan  yoki 

fe'ldan boshqa so'z turkumlari bilan ifodalanadi. 

Darak gap oxiriga nuqta qo'yiladi. 

So'zlovchiga  noma'lum  bo'lgan  voqea-hodisa,  harakat-holat  haqida  ma'lumot 

berish ko'zda tutiladigan gap so'roq gар deyiladi. 

So'roq  gaplar  ko'proq  dialogik  nutqda  qo'llanadi.  Bunday  gaplar  alohida 

intonatsiya bilan aytiladi. 

So'roq gaplarni quyidagi vositalar shakllantiradi: 

So'roq  yuklamalari  (-mi,  -chi,  -a,  -ya).  Masalan:  Chindan  qo'rqqaningmi  bu, 

Robiya?  (P.O.).  Ammo  Naziraning  o'rniga  o'zimni  qo'yib  kо’rsam-chi? 

(O'.Usmonov). 

So'roq  olmoshlari  (kim,  nima,  qanday,  qaysi,  qachon,  qayerda,  nega  va 

boshqalar). Masalan: Akmalxon, nega bizga qatnamay qo’ydingiz? (F.Musajonov). 

Nega o'rtoqlaringizga qaramaysizlar? Bu qanaqa tartibsizlik? (O.Usmonov). 



So'roq  intonatsiyasi.  Bunda  savol  mazmuni  bilan  bog'liq  bo'lgan  so'zda 

intonatsiya  (ohang)  ko'tariladi.  Masalan:  Soyliqqa  borasiz?  -  deb  so’radi.  (O'. 

Usmonov). Juda kamnamolar Akmalxon? (F.Musajonov). 

So'roq  gaplar  so'roqning  xususiyatiga  ko'ra  uch  turga  bo'linadi:  sof  so'roq 

gaplar, ritorik so'roq gaplar, so'roq buyruq gaplar. 

Sof  so'roq  gaplar  tinglovchidan  so'roqqa  javobni  talab  qiladi.  Masalan: 

Kechagi  maqola  nima  bo'ldi.  Rahim  aka?  (F.Musajonov).  Qishloq  xojalik  bo'limi 

shumi? (F.Musajonov) 

Ritorik  so'roq  gaplarda  so'roq  ichida  uning  javobi  ham  anglashilib  turadi. 

Masalan:  Dunyoda sizga  ishongan,  sizni  jonidan  aziz ko'radigan  kishining  yuziga 

oyoq bosishdan og'ir jinoyat bormni? (A.Muhiddin). 

So'roq-buyruq  gaplar  so'roq  orqali  buyruq  vazifasini  o'z  ichiga  oladi. 

Masalan:  Aka,  nega  indamaysiz?  (P.Qodirov).  Uka,  Murtazobekning  o'zi 

qayerdaligini aytib berolmaysizmi? (O '. Usmonov). 

So'zlovchining biror narsaga buyurish-xohishini bildiradigan gap buyruq gap 

deyiladi. Buyruq gapda quyidagilar ifodalanadi: 

Buyruq,  do'q-po'pisa.  Masalan:  Taqsir,  ...  bitta  surat  chizib  bering. 

(P.Qodirov). Bolalar tezroq olib chiqilsin!.. (P.Qodirov). Professor Jamolov senga 

ham  ota,  ham  ustozlik  qiladi,  o'g'lim...  Gapidan  chiqma.  (J.Abdullaxonov  ).  Sen 

darsingga o'tir, qizim, - buyruq qildi  Yulduzga. 

 Iltimos, yalinish, istak. Masalan: Oshiqmang, bo'ladi, faqat iltimos qilamanki. 

bo'tam,  buni  hozircha  zinhor-bazinhor  sir  tuting.  Zero,  nifoq  solguvchilar  paydo 

bo’lib, biror ishkallikni o’ylab topmasinlar. Institutimiz rahnamolari bu maqsadga 

uncha ro'yixushlik bermayotganlarini unutmang. (J.Abdullaxonov). 

Maslahat.  Masalan:  Fanda  kashf  qilishdan  buyuk  narsa  yo'q,  toylog'im.-  deb 

qoldi  professor.  -  siz  ham  faoliyatingizni  kashf  qilishdan  boshlang 

(J.Abdullaxonov).  Keling.  institutda  olgan  nazariy  bilimingizni  amaliyot  bilan 

bog'lash imkoniga ega bo'ling avval. (J.Abdullaxonov). 

Buyruq gapning ko’pgina ma’nolari intonatsiya orqali anglashiladi. 

Buyruq  gapni  shakllantirishda  quyidagi  vositalar  xizmat  qiladi:  I)  buyruq 

intonatsiyasi.  2)  ko'pincha  buyruq  maylidagi  fe’l  bilan  ifodalangan  kesimi.                 

3)  gapga  buyruq  ohangni  qo’shadigan  maxsus  so'zlar  (keling,  kel,  yaxshisi,  iloji 

bo’lsa va boshqalar). 

Buyruq gap kesimning ifodalanish usuliga ko'ra farqlanadi: 

Buyruq  gapning  kesimi  ko'p  hollarda  buvruq-istak  maylidagi  fe'l  bilan 

ifodalanadi. Masalan: Och odamning ustidan kulmang.  

Buyruq  gapning  kesimi  sifatida  shart  maylidagi  fe’l  keladi.  Masalan:  Iloji 

bo'lsa,  uzoq  kutdirib  qo'ymasangiz...  (J.Abdullaxonov).  Unday  bo’lsa,  marhamat 

qilib uni ishlarimiz bilan ham oshno qilsangiz (J.Abdullaxonov). 



Ba’zan buyruq gapning kesimi aniqlik (ijro, xabar) mayli shaklidagi fe’l bilan 

ifodalanishi mumkin. Masalan: Professor haliginday takror qo’l siltadi: - Raddiyani 

uning о 'ziga yozdirasiz, bo 'tam. (J.Abdullaxonov). 

Buyruq gapning kesimi vazifasida fe'ldan boshqa so'zlar ham kelishi mumkin. 

Masalan: Uztoz Ali! Oldinga! (P.O.).  

Gaplar emotsionallikka ko'ra ikki xil bo'ladi: 

1) emotsional bo'lmagan gaplar. 2) emotsional yoki undov gaplar. 

Xabar-darak,  so'roq,  buyurish  intonatsiyasiga  ega  bo'lgan  gaplar  emotsional 

bo'lmagan gaplardir. Yuqorida ko'rib o'tilgan gaplaming barchasi, ya'ni darak gap, 

so'roq gap va buyruq gaplar emotsional bo'lmagan gaplarni tashkil qiladi. 

Emotsional gaplar yoki undov gaplar kuchli  his-hayajon bilan ifoda qilingan 

gaplardir.  Bunday  gaplar  maxsus  his-hayajon  intonatsivasi,  ohangi  bilan  talaffuz 

etiladi. 

Darak, so'roq, buyruq gaplar his-hayajon bilan aytilsa, undov gapga aylanadi. 

Shunga ko'ra undov gaplarning darak undov gap, so'roq undov gap, buyruq undov 

gap turlari yuzaga keladi. 

Darak undov gap: Ishonganimdan senikiga olib keldim-da, о 'rtoq! (O'.H.) 

So'roq undov gap: Bu gaplardan so'ng menga ko'ngillarini ocharmidilar?!(P.Q.). 

Buyruq  undov  gap:  Yo'qolgan  pichoqning  sopi  oltin  bo'lavermasin!-  dedi 

Davlatbekov. (P.Q.). 

Undov gap quyidagi grammatik vositalar yordamida shakllanadi: 

-turli  his-tuyg'ularni:  shodlik,  quvonch,  taajjub,  afsuslanish,  hayratlanish, 

g'azab  va  shu  kabilarni  bildiruvchi  intonatsiya  yordamida.  Masalan:  Odamlar 

bilan...  yashash,  ishlash,  do'stlashish,  yordamlashish  va  yordam  olish  naqadar 

yaxshi! (CH.Aytmatov). Aya, ayajon, shu ham gapmi! (A.Q.) Ayam bilan xollam 

yo'lga  nima  pishirsak  ekan  deb  maslahat  qilib  o'tirishibdi!  (A.O.).  Yillar.  yillar 

o'tdi! (A.Q.). Kecha g’ishtdan tekkan edi, endi paxtadan tegibdi-da! (A.Q.); 

-undov  so‘zlar  yordamida,  masalan:  E  gaplar  o'tdi-ketdi-da!  (P.Q.).  Obbo, 

noshudlar-ey!- dedi Ortiq qo'ziga achinib. (P.Q.). Ha, barakalla!- dedi keksa ishchi. 

(A.O.).   

-yuklamalar  yordamida.  Masalan:  Nahot,  Mavloningiz  jiyanining  to'yiga 

kelmasa!  (A.Q).  ...  birpas  tinch  qo'ymaydi-ya!-  deb  bolalarini  koyidi.  (P.O.). 

Boyaqishlar selda qoldi-yov!-  deb  Suyunboy  aka qoyatoshning  kamaridan  chiqdi. 

(P.O.). 


 

Download 122,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish