Kurs ishining dolzarbligi, “Fizik kimyo” sof” nazariy fan boʻlib, unda faqat yuqorida qayd etilgan”sof”nazariy usullardan foydalaniladi, deyish noʻtoʻgridir. Chunki fizik kimyo fani kimyo fanining boshqa boʻlimlari kabi tajribaga tayanadi.
Kurs ishining maqsadi: Kimyoviy jarayonlarning borish bormasligi toʻliq
notoʻliq borishi uning bilan yondosh boradigan fizik hodisalar bilan boğliqligini, borish
tezligini, mexanizmini va boshqalarni oʻrganish.
Kurs ish usullari: adabiy manbalarni tahlil qilish, tahlil va umumlashtirish nazariy tushunchalar tadqiqot masalasi bo'yicha.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan manbalar va ilovalar ro'yxatidan iborat.
Kurs ishining mavzusi:Galvanik elementlar termodinamikasi
I BOB
1.Galvannik elementlar haqida
GALVANIK ELEMENTLAR — elektr toki manbalarining umumiy nomi; elektrolit va
unga botirilgan ikkita turli xil metall plastinka (elektrod)lyan iborat. Bunday
elementlarning yaratilishiga italyan olimi, fiziolog L. Galvani jonivorlar ustida
o’tkazgan tajribalar asosiy turtki bo’ldi (nomi shundan). Galvanik elementlarda
kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo’lgan energiya bevosita elektr energiyasiga
aylanadi. A. Volta yaratgan volta ustuni birinchi Galvanik elementlar bo’lgan. 19-a.
o’rtalarigacha Galvanik elementlar yagona elektr toki manbai hisoblangan.
Elektrodlardan biri (musbati) anod, ikkinchisi (manfiysi) katod deb ataladi. Reaksiya
natijasida elektrodlarda potensiallar farqi hosil bo’ladi. Bu elektrodlarni tutashtirib
turadigan simda elektr toki vujudga keladi. Eng ko’p tarqalgan
Galvanik elementlarda musbat elektrod o’rnida ko’mir tayoqcha, manfiy elektrod
o’rnida rux tayoqcha, elektrod o’rnida esa novshadil eritmasi ishlatiladi. Suyuq
elektrolit o’rnida quyuq pastalar qo’llanilsa, «quruq» element (Leklanshe elementi)
hosil bo’ladi. Galvanik elementlarda reagentlar sarflanib (zaryadsizlanib) bo’lganidan
so’ng u ishga yaroqsiz holga keladi, yaʼni ularni qayta zaryadlab bo’lmaydi. Galvanik
elementlar ixtiro qilinishi bilan tok xususiyatlarini o’rganish va undan foydalanish
imkoni yuzaga keldi, elektrotexnikaning fan sifatida shakllanishiga asos solindi.
Galvanik usulda olinadigan qoplamalar asosan metallarni korroziyadan himoya qilish
uchun qo’llaniladi.Galvanik qoplamalar himoyalash ta’siriga ko’ra anodli yoki katodli
qoplamalar bo’lishi mumkin. Katodli galvanik qoplamalar asosiy qoplanadigan metllga
nisbatan musbat potensialga, anodli esa manfiy potensialga ega bo’ladi.Masalan; Fe ga
nisbatan Cu,Ni,Ag qoplamal1ar katodli, Zn,Cd, qoplamalari esa anodli hisoblanadi.
Katodli qoplamalar shikastlanganda anodda asosiy metal korroziyasi boshlanadi,anodli
qoplamalar o’zi yemirilib asosiy metallni korroziyadan saqlaydi.
Galvanik qoplamalar xromlangan, nikellangan, ruxlangan, kadmiylangan, mislangan,
oksidlangan va kombinsiyalashgan usullarda olingan qoplamalarga bo’linadi.
Xromli qoplamalar yuqori kattalikga, korroziyabardoshlik, yemirilishga qarshi
xususiyatlarga ega. Xromli qoplamalardan sutsimon usulda olingan korrozion-mexanik
shikastlanishlarning oldini olish uchun qo’llaniladi.
Kadmiyli qoplamalar himoya-dekorativ xususiyatlarga ega, Cr li va Zn li qoplamalar
birgalikda kombinasiyalashgan usullarda qo’llaniladi.
Oksidli qoplamalar alyuminidan tayyorlangan buyumlarni korroziyadan saqlash uchun
ishlatiladi.Shuningdek ketma-ket yoki bir vaqtning o’zida har xil metallar bilan
singdirib olingan galvanik qoplamalar ham yuqori darajadagi korroziyadan saqlash
xususiyatlarga ega.
Kimyoviy qoplamalar galvanik qoplamalardan farq qilib , tashqi kublanish
qo’llanilmasdan , suyuq ishqoriy va kislotali muhitlarda detallarni bitirish yuli bilan
olinadi. Kimyoviy qoplamalarning nikelli, oksidli va fosfotli turlari mavjud. Kimyoviy
nikelli yoki nikel-fosforli qoplamlar har xil murakkab shakildagi detallarning korroziya
bardoshliligini oshirish uchun ishlatiladi .Ayniqsa alyuminiy qotishmalarining
elektrokimyoviy korroziyada korroziya bardoshliligi bu usulda yanada oshadi .
Kimyoviy oksidli qoplamalarni olish ishqorli va kislotali muhitlarda olib boriladi.Bir
vaqtning o’zida elektroizolyasiya va korroziyaga chidamlik zarur bo’gan detallar sirtini
qoplash uchun qo’llaniladi .
Po’lat, chuyan , alyuminiy qotishmalari , rux va magniylardan tayyorlanadigan
detallarini atmosfera, benzin va kerosin muhitlarda korroziadan saqlash uchun ularning
srtlari fosfotli qoplamlar bilan qoplanadi. Kimyoviy qoplamlarning ustidan lakbo’yoq
qoplamalarning qo’llanilishi sirtning korroziyasiga chidamliligini yanada oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |