1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari



Download 54,46 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi54,46 Kb.
#790303
Bog'liq
558-II 11.12.2003




[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;

2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.04.00 Tijorat tashkilotlari;

3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.03 Xususiy korxona;

4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;

2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakli]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Xususiy korxona to‘g‘risida
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi xususiy korxonalarning tuzilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Xususiy korxona to‘g‘risidagi qonunchilik
Xususiy korxona to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Xususiy korxona
Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.
Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi.
(3-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]

4-modda. Xususiy korxonaning firma nomi
Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Xususiy korxonaning to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni yoki “XK” abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
5-modda. Xususiy korxonaning bank hisobvaraqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida qonunchilikda belgilangan tartibda bank hisobvaraqlari ochadi.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
“O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (ro‘yxat № 1948, 27.04.2009-y.) qarang.
6-modda. Xususiy korxonaning muhri
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va xususiy korxonaning joylashgan eri ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘lishga haqli. Muhrda bir vaqtning o‘zida uning firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin.
(6-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
7-modda. Xususiy korxonaning shtamplari va blankalari
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalarga ega bo‘lishga haqli.
(7-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari”ga (ro‘yxat raqami 1988, 29.07.2009-y.) qarang.
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ro‘yxatga olish]

II. XUSUSIY KORXONA TUZISh VA UNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh
8-modda. Xususiy korxona tuzish tartibi
Xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi.
Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Sho‘’ba korxonalar]

9-modda. Boshqa yuridik shaxslarni ta’sis etish. Xususiy korxonaning vakolatxonalari va filiallari
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida o‘zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish to‘g‘risida xabardor etish tartibi haqida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 2457, 17.05.2013-y.) qarang.
10-modda. Xususiy korxonaning ustavi
Xususiy korxonaning ta’sis hujjati uning ustavidir.
Xususiy korxonaning ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
korxonaning firma nomi;
uning joylashgan eri va pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
asosiy faoliyat turlarining ro‘yxati;
mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
ustav fondining miqdori.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxonaning ustavi qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa qoidalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
11-modda. Xususiy korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Xususiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.
12-modda. Xususiy korxonaning ustav fondi
Xususiy korxonaning ustav fondi bo‘linmasdir va uni mulkdorning o‘zi belgilaydi.
Pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o‘zga huquqlar xususiy korxonaning ustav fondiga qo‘shiladigan hissa bo‘lishi mumkin. Mulkdor xususiy korxonaning ustav fondiga o‘zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi.
Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor o‘z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni korxonaga berayotgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
13-modda. Xususiy korxonaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish
Xususiy korxonaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish mulkdorning qaroriga ko‘ra xususiy korxonaning ustaviga o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Agar ikkinchi moliya yilining va shundan keyingi har bir moliya yilining yakunida xususiy korxona sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan kam ekanligi ma’lum bo‘lib qolsa, xususiy korxona o‘z ustav fondini o‘zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorda kamaytirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona sof aktivlarining qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
III. XUSUSIY KORXONANI BOShQARISh
14-modda. Xususiy korxonani yakka boshqarish
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi, korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, xususiy korxonaning pul mablag‘larini hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
15-modda. Xususiy korxona mulkdorining huquqlari va majburiyatlari
Xususiy korxona mulkdori quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy korxona ustaviga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish;
(15-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
xususiy korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qolgan foydasidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanish;
xususiy korxonaga tegishli mol-mulkni boshqa shaxsga berish, ijaraga berish, garovga qo‘yish, boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga hissa sifatida kiritish yoki ushbu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona mulkdori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xususiy korxona mulkdori:
ustav fondini shakllantirishi;
o‘ziga qarashli korxonani yakka boshqarishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona mulkdori zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Xususiy korxonani vaqtincha boshqarish
Xususiy korxona mulkdori o‘zi vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda shu muddatda rahbarlik vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yuklash to‘g‘risida yozma qaror qabul qiladi. Xususiy korxona mulkdori muvaqqat rahbarning xususiy korxona mol-mulkini tasarruf etishga oid huquqini cheklab qo‘yishi mumkin.
17-modda. Mulkdorning xususiy korxona rahbari vazifasini bajara olmasligi
Oldingi tahrirga qarang.
Vafot etganligi, muomalaga layoqatsizligi, muomala layoqati cheklanganligi yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganligi oqibatida mulkdorning xususiy korxona rahbari vazifasini bajarishi mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda xususiy korxonani boshqarish fuqarolik qonunchilikka va xususiy korxonaning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
(17-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]

IV. XUSUSIY KORXONADA MEHNATGA OID MUNOSABATLAR
18-modda. Xususiy korxonaning ish beruvchisi va xodimi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona (ish beruvchi) va xususiy korxonaning xodimi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]

19-modda. Xususiy korxonada mehnatga haq to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona o‘z xodimlariga mehnat haqi, mukofotlar va kompensatsiyalar to‘lashning shakllari, tizimi hamda miqdorini qonunchilikka muvofiq mustaqil belgilaydi.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxonada mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash taraflarning kelishuviga ko‘ra, biroq qonunchilikda Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilanganidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]

20-modda. Xususiy korxona xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona o‘z xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlarini, ijtimoiy himoya choralarini ta’minlashi shart va ularning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Xususiy korxona o‘z xodimlari uchun qonunchilikda belgilanganiga nisbatan imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni mustaqil belgilashga haqli.
(20-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 187—197-moddalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257 va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddalariga qarang.
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]

V. XUSUSIY KORXONA FAOLIYATI ERKINLIGINING KAFOLATLARI
21-modda. Xususiy korxona mol-mulkining natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi
Xususiy korxonaning mol-mulki natsionalizatsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xususiy korxonaning mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, xususiy korxonaning mulkdoriga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulkning bozor qiymatiga muqobil kompensatsiyasi to‘lanadigan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 202—203-moddalariga qarang.
22-modda. Xususiy korxona faoliyatining erkinligi
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyat turlarini amalga oshiradi.
(22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xususiy korxona bitimlar tuzishda erkindir.
23-modda. Xususiy korxonalarga tatbiq etiladigan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxonalarga tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar tatbiq etiladi.
(23-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
VI. YAKUNLOVChI QOIDALAR
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.)]

26-modda. Xususiy korxonalarning birlashishi
Xususiy korxonalar o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonunga muvofiq assotsiatsiyalarga (uyushmalarga) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyuldagi O‘RQ-483-sonli “O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida” (yangi tahriri)gi Qonuniga qarang.
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.02.00 Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor bo‘lishi]

27-modda. Xususiy korxonani boshqa shaxsga o‘tkazish
Xususiy korxona mulkdori xususiy korxonani mol-mulk majmuasi sifatida sotishga, hadya qilishga, vasiyat qilib qoldirishga yoki uni o‘zgacha usulda boshqa shaxsga o‘tkazishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona boshqa shaxsga berilgan taqdirda o‘zining firma nomidan, tovar belgilaridan, xizmat ko‘rsatish belgilaridan hamda mazkur xususiy korxona va uning mahsulotini, u bajarayotgan ishlarni yoki ko‘rsatayotgan xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalardan foydalanish huquqlari, agar qonunchilikda yoxud shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, yangi mulkdorga o‘tadi.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]

28-modda. Xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxona uning mulkdorining yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sudning qaroriga ko‘ra qayta tashkil etilishi mumkin.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xususiy korxona uning mulkdorining yoki sudning yoxud ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra tugatilishi mumkin.
(28-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 53-moddalariga qarang.
29-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy korxonalarning tuzilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30-modda. Xususiy korxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Xususiy korxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
Toshkent sh.,
2003-yil 11-dekabr,
558–II-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 12-13-son, 100-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2011-y., 37-son, 374-modda; 2012-y., 37-son, 421-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son; 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 54,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish