T/r
|
Tuman (shahar) nomi
|
Kasb-hunar kolleji nomi
|
O‘quvchi o‘rni
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
1.
|
Nukus tumani
|
Nukus Kerder sanoat transport kasb-hunar kolleji
|
810
|
2.
|
Taxiatosh tumani
|
Taxiatosh energetika kolleji
|
600
|
3.
|
Ellikqal’a tumani
|
Ellikqal’a qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji
|
540
|
Andijon viloyati
|
4.
|
Asaka tumani
|
Asaka avtomobilsozlik kolleji
|
765
|
5.
|
Bo‘ston tumani
|
Bo‘ston xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji
|
1 200
|
6.
|
Qo‘rg‘ontepa tumani
|
Qo‘rg‘ontepa sanoat va transport kasb-hunar kolleji
|
615
|
7.
|
Ulug‘nor tumani
|
Ulug‘nor qurilish kasb-hunar kolleji
|
585
|
8.
|
Shahrixon tumani
|
Shahrixon yengil sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji
|
900
|
Buxoro viloyati
|
9.
|
Buxoro shahri
|
Buxoro politexnika kasb-hunar kolleji
|
780
|
10.
|
Jondor tumani
|
Jondor qurilish va milliy hunarmandchilik kolleji
|
615
|
11.
|
Romitan tumani
|
Romitan agrobiznes kasb-hunar kolleji
|
540
|
Jizzax viloyati
|
12.
|
Do‘stlik tumani
|
Do‘stlik suv xo‘jaligi va melioratsiya kolleji
|
720
|
13.
|
Jizzax shahri
|
Jizzax iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji
|
750
|
14.
|
Zarbdor tumani
|
Zarbdor xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji
|
540
|
15.
|
Zafarobod tumani
|
Zafarobod qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji
|
600
|
Qashqadaryo viloyati
|
16.
|
Dehqonobod tumani
|
Dehqonobod transport va agrobiznes kasb-hunar kolleji
|
600
|
17.
|
Qamashi tumani
|
Qamashi tumani xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji
|
600
|
18.
|
Qarshi shahri
|
Qarshi sanoat kasb-hunar kolleji
|
650
|
19.
|
Kasbi tumani
|
Kasbi axborot texnologiya kolleji
|
645
|
Navoiy viloyati
|
20.
|
Navoiy shahri
|
Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji
|
750
|
21.
|
Nurota tumani
|
Nurota xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji
|
360
|
Namangan viloyati
|
22.
|
Namangan tumani
|
Namangan tumani “Olaxamak” iqtisodiyot kolleji
|
720
|
23.
|
To‘raqo‘rg‘on tumani
|
To‘raqo‘rg‘on xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji
|
750
|
24.
|
Uchqo‘rg‘on tumani
|
Uchqo‘rg‘on axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji
|
615
|
25.
|
Yangiqo‘rg‘on tumani
|
Yangiqo‘rg‘on axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji
|
615
|
Samarqand viloyati
|
26.
|
Bulung‘ur tumani
|
Bulung‘ur sanoat kasb-hunar kolleji
|
540
|
27.
|
Ishtixon tumani
|
Ishtixon transport va servis kasb-hunar kolleji
|
615
|
28.
|
Jomboy tumani
|
Jomboy tadbirkorlik kasb-hunar kolleji
|
585
|
29.
|
Kattaqo‘rg‘on shahri
|
Kattaqo‘rg‘on qurilish va sanoat kasb-hunar kolleji
|
825
|
30.
|
Samarqand shahri
|
Bog‘ishamol sanoat kasb-hunar kolleji
|
540
|
Sirdaryo viloyati
|
31.
|
Guliston shahri
|
Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
|
450
|
32.
|
Oqoltin tumani
|
Oqoltin xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji
|
360
|
33.
|
Sayxunobod tumani
|
Sayxunobod agrosanoat kasb-hunar kolleji
|
540
|
34.
|
Xovos tumani
|
Mehnatobod qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji
|
700
|
Surxondaryo viloyati
|
35.
|
Qiziriq tumani
|
Qiziriq qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji
|
765
|
36.
|
Oltinsoy tumani
|
Oltinsoy axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji
|
615
|
37.
|
Sariosiyo tumani
|
Sariosiyo qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji
|
510
|
38.
|
Sherobod tumani
|
Sherobod maishiy xizmat kasb-hunar kolleji
|
720
|
39.
|
Sho‘rchi tumani
|
Sho‘rchi qishloq xo‘jalik kas�-hunar kolleji
|
630
|
Toshkent viloyati
|
40.
|
Bekobod tumani
|
Bekobod “Dalvarzin” maishiy xizmat kasb-hunar kolleji
|
1 080
|
41.
|
Qibray tumani
|
Qibray energetika kolleji
|
900
|
42.
|
Oqqo‘rg‘on tumani
|
Oqqo‘rg‘on qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji
|
750
|
43.
|
Bekobod shahri
|
Bekobod kommunal xo‘jaligi kolleji
|
450
|
44.
|
Piskent tumani
|
Piskent xizmat ko‘rsatish va texnologiya kasb-hunar kolleji
|
630
|
Farg‘ona viloyati
|
45.
|
Buvayda tumani
|
Buvayda tumani qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji
|
1 180
|
46.
|
Quva tumani
|
Quva suv xo‘jaligi va melioratsiya kolleji
|
615
|
47.
|
O‘zbekiston tumani
|
O‘zbekiston iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kolleji
|
450
|
48.
|
Farg‘ona tumani
|
Farg‘ona kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji
|
585
|
49.
|
Farg‘ona shahri
|
Farg‘ona sanoat kasb-hunar kolleji
|
1 430
|
Xorazm viloyati
|
50.
|
Qo‘shko‘pir tumani
|
Qo‘shko‘pir uy-joy kommunal xo‘jaligi kolleji
|
675
|
51.
|
Tuproqqal’a tumani
|
Pitnak avtomobilsozlik kolleji
|
585
|
52.
|
Urganch shahri
|
Urganch maishiy xizmat kasb-hunar kolleji
|
720
|
53.
|
Xiva shahri
|
Xiva yengil sanoat kolleji
|
330
|
54.
|
Xonqa tumani
|
Xonqa sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji
|
720
|
55.
|
Yangibozor tumani
|
Yangibozor sanoat kasb-hunar kolleji
|
900
|
Toshkent shahri
|
56.
|
Uchtepa tumani
|
Toshkent qurilish-kommunal kasb-hunar kolleji
|
780
|
57.
|
Yunusobod tumani
|
Yunusobod mashinasozlik kasb-hunar kolleji
|
1 080
|
58.
|
Yashnobod tumani
|
Yashnobod politexnika kasb-hunar kolleji
|
1 050
|
59.
|
Olmazor tumani
|
Toshkent qurilish kolleji
|
1 500
|
| | |
”;
|
v) 5-ilovadan 7, 16, 30, 67 va 69-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
g) 6-ilovadan 19, 24, 43, 47, 51, 55, 66, 68, 72, 74, 77, 89 va 90-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3839-son qarorida:
a) 2-band quyidagi mazmundagi o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishga joylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun tijorat banklarida ochiladigan kredit liniyalari bo‘yicha mehnat migrantlariga mikroqarzlar berish;
fuqarolar O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirgan davrda ularning hayoti va sog‘lig‘ini hamda boshqa tavakkalchiliklarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta puli summasining o‘rnini qoplash uchun sug‘urta kompaniyalariga bir yo‘la beriladigan subsidiyalar berish;
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasining Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan boshqa tadbirlarni amalga oshirish”;
b) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “50 ming AQSh dollari” so‘zlari “bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4231-son qarorining 3-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4804-son qarorining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Quyidagilarga:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoniga muvofiq kasbga o‘qitish markazlarini tashkil etish uchun Vazirlik tizimiga berilgan kasb-hunar kollejlaridagi xorijiy grant va kreditlar hisobiga sotib olingan jihoz va uskunalardan ushbu kasbga o‘qitish markazlarida ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish maqsadlarida foydalanish;
b) ishsiz va band bo‘lmagan aholini, shuningdek tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketayotgan va “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatga olingan fuqarolarni tadbirkorlik ko‘nikmalari, xorijiy tillar va kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketishdan oldin davlat yoki nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalariga, ishlab chiqarishning o‘zida o‘qitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablariga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir ta’lim oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda grantlar ajratish;
v) hududiy mehnat organlari tomonidan ro‘yxatga olingan ishsiz va band bo‘lmagan aholini Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni davlat yoki nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarida, bevosita ishlab chiqarishning o‘zida o‘qitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish asosida amalga oshirish;
g) ishsiz va band bo‘lmagan aholini mehnat organlari yo‘llanmasi asosida:
Vazirlik tasarrufida bo‘lmagan davlat yoki nodavlat o‘quv muassasalarida yoxud ishlab chiqarishning o‘zida tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitish va kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni, biroq har bir tahsil oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan
miqdorda;
“usta-shogird” an’anasi asosida milliy hunarmandchilikka o‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni, biroq har bir tahsil oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
kasbiy malakasini baholash va tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni, biroq har bir band bo‘lmagan shaxs uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berishni nazarda tutuvchi takliflarga rozilik berilsin”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun respublika hududidan transport orqali chet elga jo‘nab ketish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3584-son qarori 7-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
““O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2018-yilning 1-aprelidan boshlab Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tgan, vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolar uchun platskart va umumiy vagonlarga bo‘lgan temir yo‘l biletlarining narxlariga 20 foiz miqdorda chegirmalar berilishini ta’minlasin”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi “Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish tizimini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3913-son qarorida:
a) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlari soni — 94 nafar, ishlab chiqarish xodimlari soni — 12 nafar, kichik mutaxassislar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari soni — 26 nafar”;
b) 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari
namunaviy tuzilmasi
Boshqaruv xodimlari soni — 17-18 nafar.
Ishlab chiqarish xodimlari soni — 6 — 9 nafar.
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 244 nafar.
Ishlab chiqarish xodimlarining umumiy soni — 86 nafar.
* Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘ining huquqiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosariga yuriskonsult funksiyasi yuklanadi.
** Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
*** Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 07/21/5140/0538-son)