1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk



Download 111,72 Kb.
Sana28.11.2022
Hajmi111,72 Kb.
#873911
Bog'liq
267-II 30.08.2001




[OKOZ:

1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.02.00 Tovar belgisi (Xizmat ko‘rsatish belgisi);

2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.03.00 Tovarning kelib chiqish joyi]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Intellektual mulk. Fuqarolik muomalasi qatnashchilarini individuallashtirish vositalari]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni
TOVAR BELGILARI, XIZMAT KO‘RSATISh BELGILARI VA TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMLARI TO‘G‘RISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun tovar belgilarini, xizmat ko‘rsatish belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
(1-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik
Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi
Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi (bundan buyon matnda tovar belgisi deb yuritiladi) bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilardir.
LexUZ sharhi
Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari”da (ro‘yxat raqami 1988, 29.07.2009-y.) belgilangan.
Tovar belgilari yakka tartibdagi va jamoaviy bo‘lishi mumkin.
Alohida yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli tovar belgisi yakka tartibdagi belgi hisoblanadi.
Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan, bir xil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega bo‘lgan tovarlarini belgilash uchun mo‘ljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi.
Tasvirlar, so‘zlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
4-modda. Tovar belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Tovar belgisi huquqiy jihatdan uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish asosida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisi yuridik yoki jismoniy shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi O‘RQ-749-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son)
5-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi
Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy obyektning (bundan buyon matnda jo‘g‘rofiy obyekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb e’tirof etiladi.
6-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Tovar kelib chiqqan joy nomi huquqiy jihatdan uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish asosida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi.
Tovar kelib chiqqan joy nomi mazkur jo‘g‘rofiy obyektdagi, nomi o‘zlari ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun ishlatiladigan bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs bu nomdan, basharti mazkur shaxs alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni ishlab chiqarayotgan bo‘lsa, foydalanish huquqini oladi.
Ushbu Qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi xuddi shu jo‘g‘rofiy obyektda joylashgan va aynan shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarayotgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga ham berilishi mumkin.
7-modda. Vakolatli davlat organi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik:
(7-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashadi;
tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatga olishga doir talabnomalarni ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi, ular yuzasidan davlat ekspertizasini o‘tkazadi;
tovar belgilarini, tovar kelib chiqqan joy nomlarini va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqini, tovar belgilariga doir huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgilari davlat reyestrini va Tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestrini (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi), shuningdek O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatini (bundan buyon matnda Hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxati deb yuritiladi)yuritadi;
(7-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
tovar belgisi uchun guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risida guvohnoma beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
tovar belgilari ro‘yxatga olinganligi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilganligi, shuningdek tovar belgisi O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum deb e’tirof etilganligi to‘g‘risida rasmiy ma’lumotlarni e’lon qiladi;
(7-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(7-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatga olish uchun talabnoma berish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) Agentlikka davlat axborot tizimlari orqali beriladi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Jamoaviy belgini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasi nomidan birlashma qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuviga muvofiq beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilgandan so‘ng Agentlik ushbu talabnoma haqidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga bir ish kuni ichida joylashtiradi.
Talabnoma haqidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytga joylashtirilgandan so‘ng manfaatdor shaxslar Agentlikka tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma e’tirozlarini taqdim etishlari mumkin;
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-avgustdagi O‘RQ-709-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilgan sana mazkur talabnoma Agentlikka kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma, agar unda bir necha tovar ko‘rsatilgan bo‘lsa, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko‘ra dastlabki talabnoma berilgan sana saqlangan holda ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilgari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga ko‘ra muhofaza qilingan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma Agentlik tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
(8-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
9-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun beriladigan talabnomaga doir talablar
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar belgisiga yoki tovar kelib chiqqan bir joy nomiga taalluqli bo‘lishi lozim.
Talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:
tovar belgisi sifatida belgini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;
belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati;
tovar ishlab chiqarilgan joyni jo‘g‘rofiy obyekt chegarasida ko‘rsatgan holda tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovar turining nomi hamda uning alohida xususiyatlari tavsifi.
Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi zarur:
talabnoma berganlik uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
talabnoma beruvchining zikr etilgan jo‘g‘rofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan bog‘liq tovar ishlab chiqarishini tasdiqlovchi hujjatlar;
chet ellik talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan joyning talabnomada ifodalangan nomidan tovar kelib chiqqan mamlakatda foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarga taalluqli talablar Agentlik tomonidan belgilanadi.
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari” (ro‘yxat raqami 1988, 29.07.2009-y.).
10-modda. Tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan belgilar
Quyidagilar tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:
1) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
2) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to‘liq nomlari;
3) rasmiy nazorat, kafolat tamg‘alari va namuna yo‘sinidagi tamg‘alar, muhrlar;
4) davlat xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari;
5) farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar;
6) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar;
7) umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar;
8) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar;
9) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
10) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
11) ma’danli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi jo‘g‘rofiy nomlar bo‘lgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek basharti ular tarjima qilinib yoki “ko‘rinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar bilan qo‘shilgan holda qo‘llanilsa;
12) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo‘lgan belgilar;
13) quyidagi belgilar:
ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
Oldingi tahrirga qarang.
har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
(10-modda birinchi qismi 13-bandi uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘lgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday ko‘rsatkichdan yoki nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno;
(10-modda birinchi qismi 13-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-martdagi O‘RQ-757-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son)
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sertifikatlash belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga qarang.
14) quyidagi belgilar:
o‘zga shaxslarga tegishli va O‘zbekiston Respublikasi hududida taniqli bo‘lgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga bo‘lgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushgan sanadan avvalroq olingan bo‘lsa, takrorlovchi belgilar;
sanoat namunalarini, agar ularga bo‘lgan huquq O‘zbekiston Respublikasida o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lsa, takrorlovchi belgilar;
O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan ilmiy asarlar, adabiyot va san’at asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, san’at asarlarini yoki ulardan ko‘rinishlarni mualliflik huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxo‘rlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar;
atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslarini va ulardan yasalgan so‘zlarni, bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, basharti bular O‘zbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi bo‘lsa, ana shu atohli shaxslar, ularning merosxo‘rlari yoki davlat organi roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar.
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 4-bandlarida ko‘rsatilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki belgi egasining roziligi bo‘lsa, tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin, ushbu modda birinchi qismining 5—8-bandlarida ko‘rsatilgan belgilar, agar ular tovar belgisida ustun mavqega ega bo‘lmasa, bu belgiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 5 — 8-bandlarida ko‘rsatilgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga, basharti bu belgilar amalda ulardan foydalanish natijasida farqlanish xususiyatiga ega bo‘lgan taqdirdagina, yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 13-bandidagi ikkinchi va uchinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga tovar belgisi egasining bu belgini ro‘yxatga olish uchun roziligi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
11-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan belgilar
Quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:
tovar kelib chiqqan joy xususida iste’molchini chalg‘itib qo‘yadigan jo‘g‘rofiy nom bo‘lgan belgilar;
tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
tovar tayyorlangan joy nomi bilan bog‘liq bo‘lmagan jo‘g‘rofiy nomni anglatuvchi va O‘zbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar.
Oldingi tahrirga qarang.
shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilar.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-martdagi O‘RQ-757-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son)
12-modda. Tovar belgisining ustuvorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Agentlikka talabnoma berilgan sanaga qarab belgilanadi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun birinchi talabnoma Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasiga qo‘shilgan davlatda berilgan sanaga qarab, basharti shu sanadan keyingi olti oy mobaynida Agentlikka tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma tushgan bo‘lsa (konvensiya ustuvorligi), belgilanishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasiga qo‘shilgan davlatlardan birining hududida tashkil etilgan rasmiy xalqaro ko‘rgazmalarning yoki rasmiy deb tan olingan shunday ko‘rgazmalarning eksponatlariga qo‘yilgan tovar belgisining ustuvorligi eksponat ko‘rgazmada ochiq namoyish etila boshlangan sanaga qarab (ko‘rgazma ustuvorligi), basharti shu sanadan keyingi olti oy mobaynida Agentlikka tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma tushgan bo‘lsa, belgilanishi mumkin.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Konvensiya yoki ko‘rgazma ustuvorligi huquqini so‘rayotgan talabnoma beruvchi qo‘yilgan talab haqqoniy ekanligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni ilova qilgan holda bu haqda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani berayotganida yoki Agentlikka talabnoma tushganidan keyin ikki oy mobaynida ma’lum qilishi shart yoxud bu hujjatlarni tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma tushgan vaqtdan e’tiboran uch oydan kechiktirmay Agentlikka taqdim etishi lozim.
(12-bandning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilgan taqdirda talabnomalarning har biri bo‘yicha ustuvorlik dastlabki talabnomaning ustuvorligi sanasiga qarab belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisining ustuvorligi ilgari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga ko‘ra muhofaza qilingan tovar belgisining ustuvorligi sanasiga qarab belgilanishi mumkin.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni asosida oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
13-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi hamda rasmiy ekspertizadan o‘tkazishdan va talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazishdan iborat bo‘ladi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Talabnoma beruvchi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazish davrida bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar o‘z tashabbusi bilan talabnoma materiallarini tuzatish, aniqlashtirish yoki talabnoma mohiyatini o‘zgartirmaydigan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazish davrida talabnoma beruvchi bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar dastlabki talabnomada sanab o‘tilgan tovarlarni talabnomalar o‘rtasida taqsimlash orqali dastlabki talabnomani ikki yoki bir necha talabnomaga ajratishga haqli.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekspertizasini o‘tkazish jarayonida qo‘shimcha materiallarsiz ekspertiza o‘tkazish mumkin bo‘lmasa, Agentlik talabnoma beruvchidan bunday materiallarni so‘rab olishga haqli.
(13-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekspertizasining so‘roviga binoan qo‘shimcha materiallarni talabnoma beruvchi so‘rov jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida taqdim etmog‘i lozim. Talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra mazkur muddat ko‘pi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin. Agar talabnoma beruvchi so‘ralayotgan qo‘shimcha materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rsatilgan muddatda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi.
(13-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddatlar talabnoma beruvchining mazkur muddat tugaganidan keyin kechi bilan ikki oy ichida bergan iltimosnomasiga binoan Agentlik tomonidan tiklanishi mumkin.
(13-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
14-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani rasmiy ekspertizadan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani rasmiy ekspertizadan o‘tkazish talabnoma Agentlikka berilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddat ichida amalga oshiriladi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Rasmiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomaning mazmuni, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Talabnoma beruvchiga rasmiy ekspertiza natijalariga binoan Agentlikning talabnomani ko‘rib chiqish uchun qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud qabul qilishni rad etish haqidagi qarori ma’lum qilinadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
15-modda.Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, talabnoma berilgan sanadan e’tiboran yetti oy ichida biroq kamida olti oydan keyin Agentlik tomonidan amalga oshiriladi. Taraflarning kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladigan muhofazaga layoqatlilik axborotini izlash o‘tkazilgan taqdirda, talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi talabnomani ko‘rib chiqish uchun qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir oy ichida o‘tkaziladi.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-avgustdagi O‘RQ-709-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspertizadan o‘tkazish chog‘ida talabnomada ifodalangan belgining tovar belgisini ekspertiza qilishda ushbu Qonun 3-moddasining birinchi qismi hamda 10-moddasi (10-moddasi birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno)qoidalariga, tovar kelib chiqqan joy nomini ekspertiza qilish va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishda esa ushbu Qonunning 6 va 11-moddalari qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
(15-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspertiza natijalariga binoan Agentlik tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish va (yoki) undan foydalanish huquqini berish to‘g‘risida yoxud ularni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi, talabnoma beruvchi bu xususda xabardor qilinadi.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikning tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq sanasiga ko‘ra ustuvorlikka ega bo‘lgan talabnoma tushganligi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
(15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
16-modda. Davlat ekspertizasidan o‘tkazish natijalari ustidan shikoyat berish
Oldingi tahrirga qarang.
Talabnoma beruvchi davlat ekspertizasidan o‘tkazish natijalari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashiga (bundan buyon matnda Apellatsiya kengashi deb yuritiladi) qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida shikoyat berishga haqli.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekspertizasidan o‘tkazish natijalari ustidan Apellatsiya kengashiga shikoyat berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari deb e’tirof etish to‘g‘risidagi arizalarni berish va ularni ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 3190, 30.10.2019-y.).
Talabnoma beruvchi Apellatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy mobaynida sudga shikoyat berishga haqli.
17-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoki bunday talabnomani chaqirib olish
Talabnoma beruvchi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomadan uni ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida boshqa shaxs foydasiga voz kechishi yoki talabnomani chaqirib olishi mumkin, lekin bu tegishincha tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi ro‘yxatdan o‘tkaziladigan sanadan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.
18-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik davlat ekspertizasidan o‘tkazish natijalari asosida, patent boji to‘langanligi haqidagi hujjat olingan sanadan e’tiboran uch ish kuni ichida tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini tegishli reyestrda ro‘yxatga oladi.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Reyestrga kiritiladigan ma’lumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
19-modda. Ro‘yxatga olish ma’lumotlarini e’lon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi. E’lon qilinadigan ma’lumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
20-modda. Tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma
Tovar belgisiga doir guvohnoma tovar belgisi sifatida talabnomada ifodalangan belgi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi faktini, tovar belgisining ustuvorligini va tovar egasining guvohnomada ko‘rsatilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnomada ifodalangan belgi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi faktini va guvohnoma egasining undan guvohnomada ko‘rsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi tegishli reyestrda ro‘yxatga olinganidan keyin o‘n ish kuni ichida Agentlik tomonidan beriladi. Guvohnomalar shakli va ularda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(20-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
21-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati
Tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma talabnoma berilgan sanadan e’tiboran o‘n yil mobaynida amal qiladi.
22-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati guvohnoma amal qilayotgan oxirgi yil mobaynida uning egasi tomonidan berilgan arizaga binoan har safar o‘n yilga uzaytirilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan arizaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
patent vakili orqali ariza berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs mazkur jo‘g‘rofiy obyektda ekanligini va guvohnomada ko‘rsatilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat.
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv tegishli reyestrga kiritiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan arizani berish muddati guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy mobaynida guvohnoma egasi bergan iltimosnomaga binoan uzaytirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 27-martdagi 17-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tovar belgisiga va xizmat ko‘rsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalari”.
23-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaga o‘zgartirishlar kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisining egasi yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning egasi Agentlikni o‘z nomi, familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgarganligi to‘g‘risida, tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomini ro‘yxatdan o‘tkazishga taalluqli boshqa o‘zgartirishlar to‘g‘risida, tovar belgisi uchun esa tovar belgisi olingan tovarlarning ro‘yxati qisqartirilganligi, tovar belgisining ayrim qismlari uning mohiyatini buzmaydigan tarzda o‘zgartirilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi. Ushbu o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi yozuv Agentlik tomonidan tovar belgisiga doir guvohnomaga yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaga va tegishli reyestrga kiritiladi.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir guvohnomani haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida nizo kelib chiqqan taqdirda, huquqiy muhofaza berish nizolashilmayotgan bitta tovar yoki tovarlarning bir qismi uchun tovar belgisi alohida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bir necha tovarga nisbatan amal qilayotgan tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilganligidan tovar belgisi egasining arizasiga binoan ajratib ko‘rsatiladi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
24-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomani yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir guvohnoma uning butun amal qilish muddati davomida, basharti u ushbu Qonunning 4-moddasi ikkinchi qismida va 10-moddasi birinchi qismining 1 — 12-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan bo‘lsa yoki tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan e’tiboran besh yil mobaynida, basharti u ushbu Qonunning 10-moddasi birinchi qismining 13 va 14-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan bo‘lsa, to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisi egasining harakatlari belgilangan tartibda insofsiz raqobat fakti deb topilgan taqdirda, tovar belgisiga doir guvohnoma uning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida e’lon qilingan sanadan e’tiboran uch yil ichida to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma uning amal qilishining butun muddati davomida, basharti u ushbu Qonunda belgilangan talablarni buzgan holda berilgan bo‘lsa, haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma Apellatsiya kengashining yoki sud qarori asosida to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
25-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi ro‘yxatdan o‘tkazilganligining bekor qilinishi, tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma amal qilishining tugatilishi
Tovar kelib chiqqan joy nomi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
mazkur jo‘g‘rofiy obyekt uchun xos bo‘lgan sharoitlar yo‘qolganda va reyestrda ko‘rsatilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarishning iloji bo‘lmaganda;
chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxslar tovar kelib chiqqan mamlakatda tovar kelib chiqqan shu joy nomiga doir huquqlarini yo‘qotganda.
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi uning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tovar belgisi amal qilgan oxirgi uch yil mobaynida undan uzluksiz ravishda foydalanilmaganda, shuningdek jamoaviy belgidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv buzilgan taqdirda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qabul qilingan sud qarori asosida muddatidan oldin to‘liq yoki qisman tugatilishi mumkin. Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishini undan foydalanilmaganligi munosabati bilan muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi masalani hal qilayotganda tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etilgan unga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra tovar belgisidan foydalanilmaganligini isbotlovchi dalillar e’tiborga olinishi mumkin.
(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisining mazkur Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan holda ishlatilishi tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalil hisoblanadi. Tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etiladigan, tovar belgisidan foydalanilganligiga doir dalillar arizada ko‘rsatilgan vaqt davriga taalluqli bo‘lishi kerak.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi:
Apellatsiya kengashining qarori asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
tovar belgisi egasining yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma egasining Agentlikka bergan arizasi asosida;
(25-moddaning to‘rtinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
sud qarori asosida muddatidan ilgari tugatiladi.
26-modda. Tovar belgisiga doir mutlaq huquq
Tovar belgisining egasi tovar belgisidan foydalanish va uni tasarruf etish mutlaq huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir mutlaq huquq guvohnomada ko‘rsatilgan tovarlarga nisbatan amal qiladi. Bunda mutlaq huquq tovar belgisi Tovar belgilarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran ro‘yxatdan o‘tkazishning amal qilish davrida amalga oshiriladi hamda tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘sha kunning o‘zida Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-avgustdagi O‘RQ-709-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son)
Tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni ruxsat berilmagan tarzda tayyorlash, qo‘llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, o‘zgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash yoxud ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan o‘xshash bo‘lgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb e’tirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi bo‘lmaydi.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
27-modda. Tovar belgisidan foydalanish
Tovar belgisi uni ishlatish uchun ro‘yxatga olingan tovarlarda va (yoki) ularning idishi hamda o‘rovida tovar belgisining egasi tomonidan yoki ushbu Qonunning 30-moddasiga muvofiq litsenziya shartnomasi asosida bunday huquq berilgan shaxs tomonidan qo‘llanilishi tovar belgisidan foydalanish deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisining:
reklamada, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda, peshlavhalarda, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda eksponatlarni namoyish etish vaqtida, ishlab chiqarilayotgan, sotuvga taqdim etilayotgan, sotilayotgan yoki boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritilayotgan yoxud shu maqsadda saqlanayotgan va (yoki) tashilayotgan yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida;
tovarlarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarda;
domen nomida ishlatilishi ham tovar belgisidan foydalanish deb e’tirof etilishi mumkin.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-avgustdagi O‘RQ-709-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son)
Vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tovarlarni tayyorlovchining tovar belgisi bilan bir qatorda shartnoma asosida o‘z tovar belgisidan ham foydalanishi mumkin.
28-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish
Tovar kelib chiqqan joy nomini tovarda, uning idishi hamda o‘rovida, peshlavhalarda, rasmiy blankalarda, reklamada, bosma nashrlarda va tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarda ishlatish tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish deb hisoblanadi.
Litsenziya shartnomasi asosida: tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga, bunday huquqdan boshqa shaxslar foydasiga voz kechish to‘g‘risida bitimlar tuzishga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomasi bo‘lmagan shaxslarning tovar kelib chiqqan joyning ro‘yxatdan o‘tkazilgan nomidan foydalanishiga, hatto basharti bunda tovar kelib chiqqan joyning haqiqiy nomi ko‘rsatilgan yoki nom tarjima qilib yoxud “ko‘rinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va shunga o‘xshash so‘zlarni qo‘shib qo‘llanilgan taqdirda ham, shuningdek har qanday tovar kelib chiqqan joy nomi va tovarning alohida xususiyatlari xususida iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan o‘xshash belgilardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
29-modda. Ogohlantiruvchi tamg‘alash
Tovar belgisining egasi yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning egasi tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomi bilan bir qatorda tovarda yoki uning idishi hamda o‘rovida qo‘llanilgan belgi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomi ekanligini bildiruvchi lotin alifbosidagi “R” yoki aylana ichiga olingan “R” harfi tarzida ogohlantiruvchi tamg‘a qo‘yishi mumkin.
30-modda. Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga o‘tkazish
Tovar belgisiga doir mutlaq huquq bu huquqning egasi tomonidan shartnoma bo‘yicha boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin.
Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga o‘tkazishga, basharti u iste’molchini tovar yoki uning tayyorlovchisi xususida chalg‘itadigan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
Tovar belgisidan foydalanish huquqi tovar belgisining egasi (litsenziar) tomonidan litsenziya shartnomasi bo‘yicha boshqa shaxsga (litsenziatga) berilishi mumkin.
Litsenziya shartnomasida litsenziat tovarlarining sifati litsenziar tovarlarining sifatidan past bo‘lmasligi haqida shart qo‘yilgan bo‘lishi va litsenziar bu shartning bajarilishini nazorat qilishi ko‘rsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma yoki litsenziya shartnomasi Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
(30-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Jamoaviy belgi va undan foydalanish huquqi boshqa shaxslarga o‘tkazilishi mumkin emas.
31-modda. Tovar belgisi egasi bo‘lmish yuridik shaxsni qayta tashkil etish paytida tovar belgisining o‘tishi
Tovar belgilarining egalari bo‘lmish yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganda tovar belgilari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxsga o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisi egasi bo‘lmish yuridik shaxs bo‘linganda tovar belgisi tovarlarni ishlab chiqarish vazifasi zimmasiga o‘tadigan, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxsga o‘tadi. Tovar belgisining egasi tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovarlarni ishlab chiqarishning bir qismini o‘zida saqlab qolgan taqdirda har ikkala yuridik shaxs o‘zaro kelishuvga (shartnomaga) ko‘ra tovar belgisining birgalikdagi egasi deb e’tirof etilishi mumkin. Bu haqdagi kelishuv (shartnoma) Agentlikda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Tovar belgisining egasi bo‘lmish yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shib olinganda tovar belgisiga doir huquq qo‘shib olgan yuridik shaxsga o‘tadi.
32-modda. Tovar belgisini takroriy ro‘yxatdan o‘tkazish shartlari
Guvohnomasining amal qilish muddati o‘tgan tovar belgisi tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tugagan sanadan e’tiboran uch yil mobaynida boshqa shaxs nomiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin emas. Mazkur qoida tovar belgisining egasi undan tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar voz kechgan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
321-modda. Hammaga ma’lum tovar belgisi
O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazish asosida muhofaza qilinadigan tovar belgisi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilmay ham muhofaza qilinadigan tovar belgisi, shuningdek tovar belgisi sifatida foydalaniladigan, lekin O‘zbekiston Respublikasi hududida huquqiy muhofazaga ega bo‘lmagan belgi yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasiga binoan, agar bunday tovar belgilaridan yoki belgidan muttasil foydalanilishi natijasida ular arizada ko‘rsatilgan sanadagi holatga ko‘ra mazkur shaxsning tovarlari xususida O‘zbekiston Respublikasida tegishli iste’molchilar orasida keng ma’lum bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgisi deb e’tirof etilishi mumkin.
Hammaga ma’lum tovar belgisiga ushbu Qonunda tovar belgisi uchun nazarda tutilgan huquqiy muhofaza beriladi.
322-modda. Hammaga ma’lum tovar belgisini huquqiy muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hammaga ma’lum tovar belgisiga qonunchilikda belgilangan tartibda Apellatsiya kengashining qarori asosida huquqiy muhofaza beriladi.
(322-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgisi Agentlik tomonidan Hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatiga kiritiladi.
(322-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hammaga ma’lum tovar belgisiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar ular Hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatiga kiritilganidan keyin Agentlikning o‘z rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi. E’lon qilinadigan ma’lumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(322-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hammaga ma’lum tovar belgisiga guvohnoma berish tovar belgisi Hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatiga kiritilgan sanadan e’tiboran o‘n ish kuni ichida Agentlik tomonidan amalga oshiriladi. Guvohnomaning shakli va unda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar tarkibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(322-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Hammaga ma’lum tovar belgisining huquqiy muhofazasi muddatsiz amal qiladi.
(321 va 322-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-111-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)
33-modda. Patent bojlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgilarini, tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun patent bojlari olinadi.
(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Patent bojlarining miqdori va ularni to‘lash muddatlari, ularni to‘lashdan ozod qilish, to‘lovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi qonunda belgilanadi.
(33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni.
34-modda. Patent vakillari
Oldingi tahrirga qarang.
Patent vakili Agentlikda yuridik va jismoniy shaxslarning vakillik huquqini amalga oshiradi.
(34-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘z mamlakati hududida doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi patent vakili bo‘lishi mumkin. Patent vakillariga qo‘yiladigan malaka talablari, ularni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Patent vakillari to‘g‘risida nizom”ga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini yuritishni hamda bu ishlar bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni Agentlikda ro‘yxatdan o‘tgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
(34-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-312-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin vaqtinchalik uning hududidan tashqarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini va bu ishlar bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni yozishma uchun O‘zbekiston Respublikasi doirasidagi manzilini ko‘rsatgan holda patent vakilisiz amalga oshirishlari mumkin.
Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
35-modda. Tovar belgisini va tovar kelib chiqqan joy nomini boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tovar belgisini yoki tovar kelib chiqqan joy nomini boshqa davlatlarda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishga haqli.
36-modda. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki o‘zaro kelishuv prinsipi asosida foydalanadilar.
37-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(37-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
371-modda. Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani to‘lash tartibi
Tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada o‘xshash bo‘lgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi bo‘yicha alohida belgilanadi.
Huquq egasining arizasi asosida Agentlik tovar belgisidan va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga rioya etilishini tekshirishni amalga oshiradi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan o‘tkaziladigan tekshiruvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishuvga ko‘ra qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jarimalar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibda o‘tkaziladigan tekshiruvlar asosida Agentlik tomonidan solinadi. Bunda tekshiruv davomida aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, u tegishincha Agentlikning va huquqbuzar yuridik shaxsning (bundan buyon matnda huquqbuzar deb yuritiladi) mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi.
Huquqbuzar (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, Agentlikning mansabdor shaxsi ushbu faktni ko‘rsatilgan dalolatnomaga ilova qilinadigan videoyozuv yordamida yoki ikki nafar xolis hozirligida tasdiqlashi kerak.
Jarima solish uchun asos bo‘lgan huquqbuzarlik aniqlanganligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Agentlik huquqbuzarga nisbatan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror Agentlikning rahbari (uning o‘rnini bosuvchi shaxs) tomonidan imzolanadi va bir ish kuni ichida huquqbuzarga yuboriladi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuborilgan kundan e’tiboran bir oy ichida huquqbuzar ushbu qarorda nazarda tutilgan jarima summasini ixtiyoriy ravishda to‘lashi mumkin.
Jarima solish to‘g‘risidagi qarorda nazarda tutilgan jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod etiladi.
Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan taqdirda, Agentlik jarimani undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasini sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida beradi.
Undirilgan jarima miqdorining o‘n foizi Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasiga, qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
Huquqbuzar Agentlikning jarima solish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.
(371-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi O‘RQ-749-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son — 2022-yil 4-maydan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
38-modda. Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Bir xil mahsulotlarni belgilash uchun mahsulot belgisidan yoki xizmat ko‘rsatish belgisidan yoxud unga o‘xshash belgidan mahsulot belgisi egasining huquqlarini buzgan holda foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasiga asosan javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1102—1111-moddalariga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 30-avgust,
267-II-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 178-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 379-modda; 2011-y., 52-son, 555-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son; 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son)

Download 111,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish