III reyting guruhlarining mezonlari:
kamida 1 yil mobaynida muntazam ravishda konsert dasturlarida qatnashish;
ijodiy faoliyat davomida kamida 1 ta albom chiqarish;
“Nihol” davlat mukofoti va boshqalar mavjudligi;
respublika va xalqaro darajadagi tanlovlar, ko‘riklar g‘olibi diplomlari — ular mavjud bo‘lganda;
konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi.
Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari ko‘rsatish huquqi:
bitta janrning ikki va undan ko‘p ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yo‘nalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;
ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etish.
IV reyting guruhlarining mezonlari:
kamida 2 ta qo‘shig‘ining mavjudligi;
konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi.
Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari ko‘rsatishga huquqlari:
bitta janrning ikki va undan ko‘p ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yo‘nalishlarinin� bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;
ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni taqdim etish.
V reyting guruhlarining mezonlari:
kamida 1 yil to‘ylarda, yubileylarda va boshqa tantanalarda konsert xizmatlari ko‘rsatish.
Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari ko‘rsatishga huquqlari:
to‘ylarda, yubileylarda va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatish (restoranlarda, barlarda, qahvaxonalarda va xususiy uylarda to‘ylar, yubileylar va boshqa tantanalarga konsert xizmatlari ko‘rsatish), jumladan, hordiq chiqarish tashkilotlarida (klublarda, diskotekalarda, restoranlarda, barlarda va qahvaxonalarda) konsert xizmatlari ko‘rsatish.
VI reyting guruhlarining mezonlari:
o‘ziga xos iste’dodi, talantining mavjudligi;
Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari ko‘rsatishga huquqlari
to‘ylarda, yubileylarda va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatish (restoranlarda, barlarda, qahvaxonalarda va xususiy uylarda to‘ylar, yubileylar va boshqa tantanalarga konsert xizmatlari ko‘rsatish), jumladan, hordiq chiqarish tashkilotlarida (klublarda, diskotekalarda, restoranlarda, barlarda va qahvaxonalarda) konsert xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, sozanda, raqqos(a), bek vokal, (xonandalardan tashqari) bitta janrning ikki va undan ko‘p ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;
b) konsert-tomosha tadbirlarida, to‘ylar va boshqa tantanalarda artistning odob-axloq qoidalariga, sahna madaniyati va tashqi ko‘rinish madaniyatiga zid bo‘lgan xatti-harakatlar qilishini hamda ma’naviyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va tomoshabinlarning his-tuyg‘ularini haqorat qiluvchi, axloqsizlik g‘oyalarini targ‘i� qilishni istisno etgan holda qo‘shiqlarni va ular bo‘yicha yaratilgan videokliplarni ijro etish;
v) litsenziya olish uchun birinchi marta ariza topshirgan, V va VI reyting guruhiga kirmaydigan, ijrochi hamda ijodiy jamoalar litsenziyalovchi organning taklifiga asosan ijro mahoratini jonli eshitish uchun Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhining yig‘ilishiga shaxsan yoki masofaviy ishtirok etish;
g) ko‘rsatilgan konsert-tomosha xizmatlarini qat’iy ravishda shartnoma asosida amalga oshirish;*
d) jismoniy shaxslar yillik faoliyati yakunidan kelib chiqib soliq qonunchiligida belgilangan tartibda daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyani to‘ldirishi.*
|
Do'stlaringiz bilan baham: |