1. Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]



Download 1,03 Mb.
bet1/111
Sana23.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#843739
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
80 21.02.2022




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang)]

[TSZ:

1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda litsenziyalash tartib-taomillaridan o‘tishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom 1-ilovaga muvofiq;
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiluvchi vakolatli organlarning shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha apellatsiya kengashining (keyingi o‘rinlarda — Apellatsiya kengashi) namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda “Litsenziya” axborot tizimi orqali tushadigan so‘rovlar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
3. Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiluvchi vakolatli organlar bir oy muddatda shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Apellatsiya kengashi tarkibini tasdiqlasin.
4. Litsenziyalash tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish grafigi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, mazkur qarorning 3-ilovasida keltirilgan mas’ul vazirliklar va idoralarning rahbarlariga grafikda belgilangan muddatlarda tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatiladi.
5. Mazkur qaror 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi.
Faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar (litsenziat) uchun mazkur qaror bilan belgilangan litsenziya talab va shartlari 2022-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshiradigan vakolatli organlar uch oy muddatda amaldagi litsenziatlarning faoliyati mazkur qaror bilan belgilangan litsenziya talab va shartlariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
a) litsenziyalash tartib-taomillari “Litsenziya” axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishiga o‘tishi munosabati bilan aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun manzilli va predmetli targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirsin;
b) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
mazkur qarorga 3-ilovada keltirilgan litsenziyalash tartib-taomillarini belgilovchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlar belgilangan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-fevral,
80-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qaroriga
1-ILOVA
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyatni “Litsenziya” axborot tizimi orqali litsenziyalash, litsenziatlar faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Litsenziya olish talab qilinadigan faoliyatni “Litsenziya” axborot tizimi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziyalash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom qoidalari 2 — 29-ilovalarda keltirilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlarining pasportlarida (keyingi o‘rinlarda — Pasport) nazarda tutilgan litsenziyalanadigan faoliyat turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlari O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilanadi.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlari bilan litsenziya olmasdan shug‘ullanish taqiqlanadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
litsenziat — faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
litsenziya — jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda, faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat;
litsenziyalash — litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani topshirish, qabul qilish va ko‘rib chiqish, litsenziyani berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash hamda to‘xtatish, shuningdek, litsenziyani bekor qilish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq tartib-taomillar majmui;
faoliyatning litsenziyalanadigan turi — O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan, qonun bilan belgilanadigan faoliyat turi;
litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi — faoliyatning litsenziyalanadigan turi tarkibiga kiritiladigan faoliyat turining yo‘nalishi;
talabgor — litsenziyani olish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
litsenziyalovchi organ — faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshiradigan davlat organi (uning hududiy bo‘linmasi) yoki boshqa tashkilot;
“Litsenziya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Litsenziya” AT) — litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari bilan bog‘liq barcha jarayonlarni qamrab olgan, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan maxsus elektron tizim;
litsenziya talablari va shartlari — faoliyatning litsenziyalanadigan turi bilan shug‘ullanishda litsenziat tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan, mazkur Nizomda va u bilan tasdiqlangan Pasportlarda belgilangan talablar va shartlar majmui;
litsenziyalar reyestri — berilgan, uzaytirilgan, to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, to‘xtatilgan, bekor qilingan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari.
4. Talabgor litsenziya olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni “Litsenziya” AT yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda yuboradi.
Arizalar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning litsenziyalovchi organga tushgan va litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
5. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) avtomatik ravishda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga yuboriladi.
Talabgor litsenziya olish uchun taqdim qilgan arizasining ko‘rib chiqilish holatini “Litsenziya” AT orqali onlayn kuzatib borishi mumkin.
6. Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan beriladi. Pasportlarda litsenziyalash tegishli vakolatli organ (keyingi o‘rinlarda — kelishiladigan organ) bilan kelishilishi zarurligi belgilanishi mumkin.
7. Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi, O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan hollar bundan mustasno.
2-bob. Faoliyatni amalga oshirish talablari va shartlari
8. Quyidagilar litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish talablari va shartlari hisoblanadi:
Pasportlarning 9-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etish;
litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish va muddatini uzaytirish uchun taqdim etiladigan ma’lumotlarning soxta, yolg‘on va noto‘g‘ri emasligini ta’minlash;
Pasportlarda tegishli faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun xodimlarga nisbatan talab mavjud bo‘lgan taqdirda, xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga o‘zgartirish kiritish va ularni bekor qilish holatlarini, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda yuritish;
yuridik shaxs hisoblangan litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin besh ish kunida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida murojaat qilishi;
jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin besh ish kunida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida murojaat qilish.
9. Faoliyatning litsenziyalanadigan turi va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun alohida talab va shartlar Pasportlarda belgilanadi.
3-bob. Litsenziya olish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish tartibi
10. Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs o‘z elektron raqamli imzosidan (keyingi o‘rinlarda — ERI) foydalangan holda litsenziya olish uchun “Litsenziya” AT yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi hamda faoliyatning litsenziyalanadigan turini, shu jumladan, har bir kichik turini tanlab, elektron shaklda ariza to‘ldiradi.
Arizada faoliyatning litsenziyalanadigan turidan kelib chiqib quyidagilar aks ettiriladi:
yuridik shaxs bo‘lgan talabgor uchun — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda);
jismoniy shaxs bo‘lgan talabgor uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR), telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda);
talabgor amalga oshirmoqchi bo‘lgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi yoki mazkur faoliyatning kichik turi;
faoliyatni amalga oshirish manzili;
Pasportlarning 5-bandida belgilangan boshqa ma’lumotlar.
Pasportlarda arizaga ayrim hujjatlar ilova qilinishi lozimligi ko‘rsatilishi mumkin. Ilova qilinadigan hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda bo‘lishi kerak.
11. Talabgordan ushbu Nizomning 10-bandi va faoliyat turi bo‘yicha Pasportlarning 5-bandida ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
12. Talabgor ariza berish vaqtida amalga oshirmoqchi bo‘lgan faoliyatining litsenziya talablari va shartlariga mosligini va ularga rioya etishini tasdiqlashi lozim.
13. Talabgor arizaga noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilganligini aniqlagan taqdirda, ma’lumotlarni arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘imni to‘lashdan oldin, yig‘im undirilmaydigan holatlarda esa arizani litsenziyalovchi organga yuborishdan oldin o‘zgartirishga haqli.
14. Arizani ko‘rib chiqish uchun Pasportlarning 6-bandida belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi. Bunda Pasportlarda ayrim faoliyat turlari bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmasligi nazarda tutilishi mumkin.
Yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — litsenziyalovchi organning hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
15. Arizaga kiritilgan ma’lumotlar “Litsenziya” AT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud ma’lumotlar asosida dastlabki tarzda avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.
Ariza quyidagi hollarda avtomatik tarzda qabul qilinmaydi:
noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar kiritilganligi “Litsenziya” AT orqali aniqlanganda;
Pasportlarning 6-bandida nazarda tutilgan yig‘im to‘lanmaganda (yig‘im to‘lanishi nazarda tutilmagan hollar bundan mustasno);
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi tasdiqlanmaganda;
litsenziya reyestrida talabgorning ayni bir xil faoliyat bo‘yicha kiritilgan va amalda bo‘lgan litsenziyasi mavjud bo‘lgan taqdirda;
talabgorning ayni bir xil faoliyati muayyan muddatga to‘xtatilganda;
talabgorning tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishi sudning qaroriga asosan muayyan muddatga taqiqlanganda.
Mazkur bandda ko‘rsatilganlardan tashqari boshqa asoslar bilan arizani qabul qilmaslikka yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Yig‘im to‘langanidan so‘ng ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda litsenziyalovchi organga yuboriladi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydigan hollarda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Litsenziya” AT orqali dastlabki tarzda taqqoslanib tekshirilgandan so‘ng talabgor tomonidan “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga yuboriladi.
Pasportlarning 10-bandida belgilangan taqdirda, talabgor tomonidan kiritilgan hujjatlar kelishiladigan organlarga ham bir vaqtning o‘zida yuborilishi mumkin.
17. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror Pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
Litsenziyalovchi organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida hujjatlarni tekshirishi, zaruratga ko‘ra boshqa davlat organlarida mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni “Litsenziya” AT orqali mustaqil ravishda olishi, obyektlarni joyiga chiqib o‘rganishi, ushbu harakatlarni amalga oshirish uchun o‘z xodimlari tarkibidan yoki o‘z hisobidan boshqa shaxslarni jalb qilgan holda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etishi, shuningdek, talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini belgilaydigan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
18. Talabgorning arizasini ko‘rib chiqishda boshqa organlar bilan kelishish va ularning xulosalarini olish talab etilsa, kelishiladigan organlar Pasportlarning 10-bandida belgilangan muddatlarda, agar bunday muddat belgilanmagan bo‘lsa, arizani ko‘rib chiqishning umumiy muddati tugashidan 5 ish kunidan oldin, tegishli kelishuvni yoki xulosani taqdim etishi lozim.
Kelishiladigan organlar tomonidan tegishli kelishuvni yoki xulosani taqdim etish uchun obyektlarni joyiga chiqib o‘rganishi talab etilsa, faqat o‘zining faoliyat yo‘nalishiga tegishli bo‘lgan qismi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazishi mumkin. Talabgor o‘z obyektlarini joyiga chiqib o‘rganish uchun litsenziyalovchi va kelishiladigan organlarga tegishli sharoitlarni yaratib berishi kerak.
Kelishiladigan organlar belgilangan muddatlarda xulosa taqdim etmagan hollarda ariza ushbu organlar bilan kelishilgan, xulosalar esa ijobiy hisoblanadi. Bunday holatda kelishiladigan organlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi. Bunda tegishli kelishiladigan organlarning xulosalarisiz litsenziya berish imkoni bo‘lmaganda, talabgorning arizasini ko‘rib chiqish muddati va tartibi buzilganligi uchun kelishiladigan organlar javobgar hisoblanadi.
19. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali ushbu qarorni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning ERIsi bilan tasdiqlash orqali qabul qiladi.
Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
20. Agar litsenziyalovchi organ Pasportlarning 8-bandida belgilangan arizani ko‘rib chiqish muddati mobaynida talabgorga litsenziya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, talabgor bu haqida litsenziyalovchi organni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Talabgorning litsenziyani olishni kutishga roziligini bildirishi, uning keyinchalik litsenziyalovchi organni xabardor etish orqali faoliyatni amalga oshirish huquqini cheklamaydi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda talabgor belgilangan davlat boji to‘lovini amalga oshirgandan keyin “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi. Bunda talabgor faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas va litsenziyalovchi organlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi.
21. Litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
litsenziya berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning talabgor tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi;
Pasportlarga muvofiq o‘tkazilishi shart bo‘lgan o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi.
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
22. Talabgorning litsenziya berish haqidagi arizasini birinchi marta ko‘rib chiqish jarayonida quyidagi kamchiliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bermasdan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi:
litsenziya berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar talabgor tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganda;
xodimlarning kasbiy malakasi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
taqdim etilgan hujjatlar va dasturlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda;
litsenziya talablari hamda shartlariga muvofiq foydalaniladigan bino va inshootlar sanitariya-epidemiologik hamda yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq bo‘lmaganda.
Ushbu bandda ko‘rsatilgan kamchiliklar aniqlanganda litsenziyalovchi organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat bergan holda xabarnoma yuboradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risidagi xabarnoma litsenziyalovchi organ tomonidan “Litsenziya” AT yoki YIDXP vositasida elektron shaklda talabgorga bir ish kuni ichida yuboriladi.
23. Xabarnoma taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, talabgor ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi. Xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘ladigan vaqtga mutanosib bo‘lishi, lekin ushbu muddat o‘ttiz ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Litsenziyalovchi organ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlar hamda dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek, litsenziyani olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda yordam ko‘rsatishi va tavsiyalar berishi kerak, bundan talabgorning taklif etilgan yordamni rad etishi hollari mustasno. Litsenziyalovchi organning kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan ko‘rsatma va tavsiyalari kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnomada batafsil yoritiladi.
24. Kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuborilgan taqdirda, litsenziyani berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati xabarnomada ko‘rsatilgan muddatga to‘xtatib turiladi.
25. Hujjatlar xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin taqdim etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda litsenziyani berishni kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
26. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror talabgorga rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi. Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat litsenziyani berish rad etilganligi haqidagi qaror olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
27. Talabgor litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ular olingan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan takroran ko‘rib chiqiladi. Talabgorning arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im, agar ular litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan hujjatlarni takroran taqdim etish mumkin bo‘lgan muddatda taqdim etilgan bo‘lsa, undirilmaydi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda litsenziyalovchi organ tomonidan talabgorga litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin talabgor tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va litsenziyalovchi organ tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Talabgor litsenziya berish rad etilganligi, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining litsenziyalash tartib-taomillari bilan bog‘liq harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
28. Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziyalovchi organ bu haqida shu kunning o‘zida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji to‘lash uchun hisobvaraq ko‘rsatilgan xabarnoma yuboradi.
Xabarnoma yuborilganligi to‘g‘risida ma’lumot hamda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladigan boshqa ma’lumotlar talabgorning xohishiga ko‘ra mobil aloqa qurilmasiga SMS-xabar shaklida ham yuborilishi mumkin.
29. Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda davlat boji to‘lovini amalga oshiradi.
Litsenziyani berish uchun davlat boji to‘lovi belgilangan muddatda amalga oshirilmasligi litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani berish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilinishi uchun asos bo‘ladi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror bekor qilinganligi haqidagi ma’lumot “Litsenziya” AT orqali avtomatik tarzda talabgorga yuboriladi. Bunda talabgor litsenziyani olish uchun umumiy tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Davlat boji to‘lovi amalga oshirilganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi, basharti Pasportlarning 7-bandida boshqacha taqsimot nazarda tutilmagan taqdirda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar — davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
30. Davlat boji to‘langanidan so‘ng “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.
31. Berilgan litsenziyalar haqidagi ma’lumot “Litsenziya” ATda faoliyatning har bir litsenziyalanadigan turi bo‘yicha alohida yuritiladigan litsenziyalar reyestriga avtomatik ravishda kiritiladi.
4-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish va o‘zgartirish tartibi
32. Yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlik subyekti qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin besh ish kunida litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin besh ish kunida litsenziyalovchi organga litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
Yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ayni bir faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun litsenziyasi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun tugatilganda yoki faoliyat turlari birlashtirilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
Amal qilish muddati cheklangan litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ilgari berilgan litsenziyaning amal qilish muddati o‘zgarmaydi.
33. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun hujjatlar litsenziyalovchi organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali taqdim etiladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘imning yarmi undiriladi va ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun davlat boji undirilmaydi.
34. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalovchi organga tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida litsenziya qayta rasmiylashtirib beriladi.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizasi asosida amalga oshiradi.
Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Ushbu Nizomning 32-bandida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirishni rad etish taqiqlanadi.
35. Amal qilish muddati cheklangan litsenziyalarning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar berilishi kerak. Bunda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilgunga qadar litsenziyalanadigan faoliyat bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi, bunda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘imning yarmi undiriladi.
36. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun undiriladigan yig‘im ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorlarda davlat boji undiriladi va ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
37. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi qaror Pasportlarning 8-bandida belgilangan muddatlarda qabul qilinadi.
38. Litsenziyalar litsenziatning arizasiga asosan litsenziyalovchi organ tomonidan quyidagi hollarda o‘zgartirilishi mumkin:
litsenziya asosida amalga oshirayotgan faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirishda;
litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filiallar va vakolatxonalarning ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishida;
yuridik shaxs hisoblangan tadbirkorlik subyektining faoliyatni amalga oshirish joyi o‘zgarganda.
Ushbu bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan asoslar litsenziat faoliyatini amalga oshirish joyiga nisbatan litsenziya talablari va shartlari Pasportlarning 9-bandida belgilangan taqdirda, litsenziyani o‘zgartirish tartibida ariza taqdim etiladi. Litsenziat faoliyatini amalga oshirish joyiga nisbatan talablar va shartlar belgilanmagan taqdirda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etiladi.
Litsenziyani o‘zgartirish litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi, bunda arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘imning yarmi undiriladi va ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida tegishli litsenziyani berganlik uchun to‘lanadigan summaning ellik foizi miqdorida davlat boji undiriladi va ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
39. Litsenziat litsenziya asosida amalga oshirayotgan faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirish huquqiga ega, bunda litsenziat litsenziyani o‘zgartirish haqida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali ariza taqdim etishi lozim.
Litsenziat ma’lum bir sohada litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘la turib, xuddi shu sohadagi alohida faoliyatning kichik turiga litsenziya berish to‘g‘risida murojaat qilsa, u tomonidan litsenziyalovchi organga faqat qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan ma’lumotlar taqdim etiladi. Bunda litsenziyalovchi organ tomonidan faqat qo‘shimcha qilinayotgan faoliyatning kichik turi uchun litsenziya talab va shartlariga litsenziatning muvofiqligi o‘rganiladi.
Litsenziat tomonidan faoliyatning kichik turi bo‘yicha litsenziya talablari va shartlarini qanoatlantiradigan ma’lumotlar to‘liq taqdim etilganda, litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatning avvalgi litsenziyasiga litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turiga oid ma’lumotlar kiritilgan holda o‘zgartirishlar kiritiladi.
5-bob. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish va to‘xtatish
40. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda litsenziyalovchi organ tashabbusi bilan to‘xtatib turilishi mumkin:
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda.
41. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish litsenziyalovchi organ yoki sud tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalovchi organ tomonidan o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud tomonidan esa o‘n kundan ortiq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin.
Belgilangan muddat ichida litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan sabab va kamchiliklar bartaraf qilinmasa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish muddatini uzaytirish bo‘yicha sudga da’vo ariza kiritishi lozim.
Litsenziatlar ushbu Nizomning 40-bandida nazarda tutilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organlar yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi kiritadi.
42. Litsenziyalanadigan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatganda litsenziyaning amal qilishini olti oygacha to‘xtatib turish haqida litsenziyalovchi organga murojaat qilishi mumkin. Bunda jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan olti oy muddat ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida litsenziyalovchi organga murojaat qilinmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatiladi.
43. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori “Litsenziya” AT orqali ushbu qarorni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning ERIsi bilan tasdiqlash orqali qabul qilinadi.
Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda litsenziatning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi haqidagi qaror qabul qilingan kunning o‘zida bu haqida “Litsenziya” ATdagi litsenziyalar reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
44. Litsenziyalovchi organlar yoki sud litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlarning litsenziat tomonidan bartaraf etilishi uchun yetarli, ammo besh ish kunidan kam va olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddat taqdim etadi.
45. Litsenziat litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi haqida qaror kelib tushganidan so‘ng qarorda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va qarorda ko‘rsatilgan muddat yakunlanguniga qadar litsenziyalovchi organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma va asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ma’lumot yuborishi lozim.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma va asoslovchi hujjatlar qarorda ko‘rsatilgan muddat yakunlanguniga qadar sudga taqdim etilishi lozim.
46. Kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida litsenziyalovchi organ ma’lumotlarni tahlil qilishi, zaruratga ko‘ra kamchiliklar bartaraf etilganligini joyiga chiqqan holda o‘rganishi lozim.
47. Tahlil yoki o‘rganishlar natijasida litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilganligi aniqlangan taqdirda, litsenziyalovchi organ kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali qabul qiladi.
Bunda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish to‘g‘risidagi qaror uch ish kunida qabul qilinmasa, jismoniy va yuridik shaxslar ushbu muddat tugagandan so‘ng litsenziyalovchi organni “Litsenziya” AT orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish to‘g‘risidagi qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
48. Sudning litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risidagi qarori tegishli litsenziyalovchi organga kelib tushganda, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishi qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni “Litsenziya” ATga bir ish kunidan oshmagan muddatda joylashtiradi.
49. Litsenziyaning amal qilishini bekor qilish quyidagi hollarda litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi:
litsenziat litsenziyaning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida murojaat qilganda;
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek, yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda, qo‘shib yuborilishi mustasno;
yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
litsenziya berganlik uchun litsenziat to‘lashi lozim bo‘lgan davlat boji belgilangan muddatda to‘lanmaganda.
50. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini bekor qilish uchun litsenziyalovchi organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali xabarnoma yuboradi.
Litsenziyalovchi organ xabarnomaga asosan yoki mazkur Nizomning 49-bandi uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda litsenziyaning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziatga ma’lum qiladi. Shuningdek, litsenziyaning amal qilishi bekor qilinganligi haqida “Litsenziya” ATdagi litsenziyalar reyestriga ma’lumot kiritadi.
51. Litsenziyalovchi organ quyidagi hollarda litsenziyaning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi:
litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
litsenziyalovchi organning litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
litsenziat litsenziya talablari va shartlarini bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda, agar mazkur qoidabuzarliklar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof muhitga ziyon yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa. Litsenziyaning bekor qilinishiga asos bo‘ladigan qo‘pol qoidabuzarliklar Pasportlarda nazarda tutiladi;
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritilganligi haqidagi ma’lumoti sudga da’vo arizasi kiritilgan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay litsenziatga “Litsenziya” AT orqali litsenziyaning amal qilishini bekor qilish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatilgan holda yetkaziladi.
Sudning litsenziyaning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi hamda litsenziyalovchi organ ushbu ma’lumotni bir ish kuni ichida litsenziyalar reyestriga kiritadi.
Litsenziya ushbu bandning beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asosga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
52. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
litsenziyalash tartibi bekor qilinganda;
litsenziyaning amal qilish muddati tamom bo‘lganda;
litsenziyaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etganda;
litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilishini olti oygacha to‘xtatib turish to‘g‘risida murojaat berilib, mazkur xatboshida nazarda tutilgan muddat davomida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida litsenziyalovchi organga murojaat qilinmagan taqdirda.
Litsenziyaning amal qilish muddati tugagan hollarda litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziyaning amal qilish muddat tugatganligi to‘g‘risida qaror qabul qilish talab etilmaydi.
Litsenziyaning amal qilishi ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos bo‘yicha to‘xtatilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ bu haqida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziatga xabarnoma yuboradi.
6-bob. Litsenziyalanadigan faoliyatlarni nazorat qilish tartibi
53. Litsenziyalar reyestriga kiritilgan hamda faoliyatini amalga oshirayotgan litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi litsenziyalovchi organ (yoki uning hududiy bo‘linmalari) tomonidan nazorat qilinadi.
54. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda litsenziyalovchi organlar o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziatlarni litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan tekshirishni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda o‘tkazish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan tekshiruvlar o‘tkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha litsenziatdan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olish;
tekshiruv natijalari asosida litsenziatlar yo‘l qo‘ygan litsenziya talablari va shartlarining aniq qoidabuzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish, shuningdek, sudga litsenziyaning amal qilishini olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish, litsenziyani bekor qilish tashabbusi bilan murojaat qilish;
litsenziya berish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha yuridik shaxslarga jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, uni majburiy undirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritish.
55. Nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
“Litsenziya” AT orqali masofaviy nazorat;
litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda va qonunchilikda belgilangan tartibda joyga chiqqan holda tekshirish;
statistik axborotlarni va litsenziatlardan so‘rab olinadigan ma’lumotlarni tahlil qilish.
56. Litsenziyalovchi organ masofaviy nazoratni “Litsenziya” AT imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda litsenziatning xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek, boshqa vakolatli organlar va idoralardan olingan axborotlar asosida amalga oshiradi.
Masofaviy nazoratni amalga oshirishda litsenziyalar reyestriga kiritilgan litsenziatlarning litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari to‘g‘risida “Litsenziya” AT orqali avtomatik ravishda keladigan xabarlar litsenziyalovchi organning shaxsiy kabinetiga kelib tushadi. Ushbu xabar orqali litsenziyalovchi organ litsenziatlarning faoliyatini tahlil qiladi va o‘rganadi. Bunda litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlarining buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha litsenziatlarga ko‘rsatma berishi shart.
Litsenziatlar masofaviy nazorat asosida litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan ko‘rsatmada bayon etilgan talablarni o‘n ish kuni ichida bajarishi va bu haqida litsenziyalovchi organga xabar berishi lozim.
Ko‘rsatma litsenziatlar tomonidan o‘z vaqtida ijro etilmaganda yoki bajarilishi ta’minlanmaganda litsenziyalovchi organ “xavfni tahlil qilish” tizimi asosida ularning faoliyatini tekshirishi mumkin.
57. Litsenziatning faoliyatini joyiga chiqqan holda tekshirish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
“xavfni tahlil etish” tizimi;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari;
“Litsenziya” AT orqali yuborilgan litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzishga doir huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risida jismoniy shaxslarning ma’lumotlari.
58. Litsenziatning faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘tkaziladigan tekshirishlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
59. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini joyiga chiqqan holda tekshirish o‘n kungacha bo‘lgan muddatda o‘tkazilishi lozim.
Litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda o‘tkaziladigan tekshirishdan bosh tortish litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladigan harakat hisoblanadi.
60. Tegishli faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish holatlari bilan bog‘liq qonun buzilishlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida aniqlangan taqdirda, ularni rag‘batlantirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Litsenziyalovchi organlar qarori va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni ko‘rib chiqish tartibi
61. Talabgor/litsenziat belgilangan tartibda litsenziyalovchi organning:
qarorlari va hujjatlari ustidan;
mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilishi mumkin.
62. Talabgor/litsenziat shikoyatni:
hududiy darajadagi litsenziyalovchi organga nisbatan uning yuqori turuvchisiga;
respublika darajasida litsenziyalovchi organga nisbatan ushbu idorada tashkil etilgan Shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha apellatsiya kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Apellatsiya kengashi) taqdim etadi.
Talabgor/litsenziat belgilangan tartibda litsenziyalovchi organning qarori hamda uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat boshqa vakolatli organlarga ham berilishi mumkin.
63. Respublika darajasida Apellatsiya kengashi tarkibi litsenziyalovchi organning rahbari tomonidan besh nafar tarkibda tasdiqlanadi. Apellatsiya kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakili kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Apellatsiya kengashi yig‘ilishi uning a’zolarining to‘rtdan uch qismi hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi.
64. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shikoyat qaror (boshqa hujjat) to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan yoki talabgor/litsenziatga litsenziyalovchi organlar qarori va ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) haqida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.
Shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, shikoyatni ko‘rib chiquvchi organ tomonidan tiklanishi mumkin.
65. Shikoyat yozma, og‘zaki (shaxsiy qabul yoki ishonch telefoni orqali) yoki elektron shaklda (“Litsenziya” ATdagi shaxsiy kabinet, elektron pochta yoki vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali) beriladi va unda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
qarorni qabul qilgan yoki harakatni amalga oshirgan vakolatli organning nomi;
shikoyat bergan jismoniy shaxsning (uning vakilining) familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi, yuridik shaxs uchun esa — uning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili), STIR;
shikoyat bergan shaxsning talablari;
ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati (mavjud bo‘lgan taqdirda);
shikoyat berilgan sana.
Shikoyat yozma shaklda berilganda shikoyat qiluvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar shikoyat vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning ko‘chirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
66. Jismoniy shaxs og‘zaki shikoyat (shaxsiy qabul orqali) qilayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa — o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.
Elektron shaklda beriladigan shikoyatlarda talabgor/litsenziatning elektron manzili va yagona identifikatori (JShShIR/STIR) hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatilishi kerak.
Shikoyatda elektron manzilning ko‘rsatilganligi talabgor/litsenziatning shikoyatini ko‘rib chiqish natijalarini axborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilishga bo‘lgan roziligidir.
67. Shikoyatni olgan yuqori turuvchi vakolatli organ va Apellatsiya kengashi shikoyat berilayotgan qaror, harakatlar (harakatsizliklar) to‘g‘risidagi tegishli axborotni shikoyat olingan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida o‘rganish uchun so‘rab olishi lozim.
Apellatsiya kengashining shikoyat bo‘yicha yig‘ilish materiallarini tayyorlash respublika darajasidagi litsenziyalovchi organning yuridik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
68. Talabgor/litsenziatning talabiga ko‘ra shikoyat uning ishtirokida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Bunda yuqori turuvchi litsenziyalovchi organ va Apellatsiya kengashi talabgor/litsenziatning istagiga ko‘ra muhokamani videokonferens aloqa vositalaridan foydalangan holda o‘tkazishni ta’minlashi shart.
Videokonferens aloqa rejimida shikoyatni ko‘rib chiqish uchun texnik va boshqa sharoitlarni ta’minlash litsenziyalovchi organning markaziy apparatiga yoki tegishli hududiy bo‘linmasiga yuklanadi.
69. Shikoyatni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha bayonnoma tuzilishi va ushbu bayonnoma yuqori turuvchi litsenziyalovchi organ va Apellatsiya kengashining rahbari tomonidan imzolanishi kerak.
Yuqori turuvchi litsenziyalovchi organ yoki Apellatsiya kengashi shikoyat bo‘yicha o‘n besh kun ichida qaror qabul qilishi shart.
70. Shikoyat bergan talabgor/litsenziat shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar uni chaqirib olishga haqli. Shikoyatni chaqirib olish yozma (shikoyatni yig‘ilishda ko‘rib chiqish jarayonida) yoki elektron shaklda (“Litsenziya” AT orqali) rasmiylashtiriladi.
71. Yuqori turuvchi litsenziyalovchi organ yoki Apellatsiya kengashi shikoyat bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni o‘zgarishsiz qoldirish;
ustidan shikoyat qilinayotgan qarorga o‘zgartishlar kiritish;
qarorni bekor qilish va zarur bo‘lgan taqdirda, yangi qaror qabul qilish;
litsenziyalovchi organ yoki uning mansabdor shaxsi zimmasiga berilgan shikoyat mohiyati bo‘yicha muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklash.
72. Shikoyat Apellatsiya kengashi tomonidan ko‘rilayotganda yuzaga keladigan masalalar uning a’zolari tomonidan bir ovozdan hal qilinadi. Hech bir a’zo ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili ovoz berish jarayonida ishtirok etmaydi va uning fikri Apellatsiya kengashi a’zolari uchun tavsiyaviy tusga ega.
73. Litsenziyalovchi organning qarori ustidan shikoyat qilingan taqdirda, shikoyat yuqori turuvchi litsenziyalovchi organda yoki Apellatsiya kengashida ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran qarorning amal qilishi va ijro etilishi to‘xtatib turiladi, bundan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish hollari mustasno.
8-bob. Litsenziyalar reyestrini yuritish tartibi
74. Litsenziyalar reyestri “Litsenziya” ATda elektron shaklda faoliyatning har bir litsenziyalanadigan turi bo‘yicha alohida yuritiladi va undagi ma’lumot barcha uchun ochiq hisoblanadi.
75. Litsenziyalar reyestri avtomatik tarzda shakllantiriladi, uning doimiy yuritilishi va unga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish litsenziyalovchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organlar litsenziyalar reyestrini yuritishda ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartiblarga rioya qilishi lozim.
76. Litsenziyalovchi organlar quyidagi ma’lumotlarni litsenziyalar reyestriga o‘z vaqtida kiritib borishga javobgar:
litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi;
litsenziya o‘zgartirilganligi;
litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilganligi;
litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi;
litsenziyaning amal qilishi qayta tiklanganligi;
litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilganligi;
litsenziya bekor qilinganligi.
77. Har bir litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
litsenziatning reyestr tartib raqami, uning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va tashkiliy-huquqiy shakli, yuridik manzili, yuridik shaxs uchun soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxs uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR);
litsenziyalovchi organ nomi;
reyestrga kiritilgan sana;
filiallar va vakolatxonalar to‘g‘risidagi axborot;
faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
faoliyat olib borish manzili;
litsenziatga faoliyatning ruxsat etilgan har bir kichik turi;
litsenziyaning amal qilish muddati — cheklangan muddatga beriladigan litsenziyalar uchun;
litsenziyaning holati (amalda, to‘xtatib turilgan, bekor qilingan, to‘xtatilgan);
litsenziya holati har bir o‘zgarishining asoslari va sanasi.
78. Litsenziatlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bazasi litsenziyalovchi organlar foydalanishi uchun shakllantiriladi va unda litsenziyalashda kiritiladigan barcha ma’lumotlar hamda ilova qilinadigan hujjatlarning elektron nusxalari saqlanadi.
Ushbu ma’lumotlar bazasida litsenziyalar reyestrida kiritilmagan axborotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, litsenziyalovchi organlar tomonidan ushbu axborotlar boshqa shaxslarga oshkor qilinishi taqiqlanadi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
79. Litsenziat litsenziya talab va shartlarining bajarilganligi yuzasidan litsenziyalovchi organga soxta, yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar berganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
80. Litsenziyalovchi organ (ularning mansabdor shaxslari) litsenziatga nisbatan qo‘llagan javobgarlik choralari, shuningdek, litsenziyani to‘xtatib turishi va/yoki bekor qilishi noqonuniy deb topilgan taqdirda, litsenziatga keltirgan zararlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplaydi.
81. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari mazkur Nizom talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, “Litsenziya” AT orqali doimiy monitoring olib boradi.
Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga
1-ILOVA
Litsenziya olish talab qilinadigan faoliyatni “Litsenziya” axborot tizimi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziyalash
SXEMASI


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish