5.
|
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
|
sug‘urtalovchilarning sug‘urta faoliyati uchun:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), STIR, sug‘urta faoliyati klassifikatori bo‘yicha tanlash (hayotni sug‘urta qilish sohasi; umumiy sug‘urta sohasi; majburiy sug‘urta; faqat qayta sug‘urtalash), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi to‘g‘risida ma’lumot.
b) ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan ustav fondining shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat (bank ma’lumotnomasi, “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan berilgan aksiyalarning joylashtirilganligi haqidagi ma’lumot �a ariza berilayotgan kun holatiga bank hisobvarag‘idan ko‘chirma).
Faoliyat turi faqat qayta sug‘urta qilishdan iborat bo‘lgan litsenziya talabgorlari mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ham faoliyati doirasiga kiradigan litsenziya talabgorlari “a” va “b” kichik bandlarda ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda:
v) sug‘urtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bilan unga a’zolik to‘g‘risidagi yozma bitimning nusxasini;
g) sug‘urtalovchining Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchilarning sug‘urta to‘lovlari to‘g‘risidagi talablarini ko‘rib chiqish va sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish vakolati berilgan filiallari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
Faoliyat predmeti ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ham faoliyati doirasiga kiradigan litsenziya talabgorlari “a” va “b” kichik bandlarda ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda:
d) Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomalari yoki annuitetlar shartnomasi tuzish, ish beruvchilar (yoki) jabrlanuvchilar yoxud naf oluvchilarning sug‘urta tovoni va tovonini to‘lash to‘g‘risidagi talablarini ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan o‘z filiallarining tasdiqlangan nizomlari nusxasi.
Faoliyati predmeti tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish ham hisoblanadigan litsenziya talabgorlari “a” va “b” kichik bandlarda ko‘rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda qo‘shimcha ravishda:
e) tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirishga haqli bo‘lgan sug‘urtalovchilar o‘rtasida sug‘urta sherikchiligini tuzish haqi�a birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaning nusxasini;
j) Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzishga, tashuvchilar, jabrlanuvchilar va naf oluvchilarning sug‘urta tovoni haqidagi talablarini ko‘rib chiqishga hamda sug‘urta tovonini amalga oshirishga vakolatli o‘z filiallari mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadilar.
|