1. Fuqarolik jamiyatini qurish, strategik maqsad


 O’zbekistonda demokratik jamiyat to’g’risidagi qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari



Download 0,52 Mb.
bet22/111
Sana31.12.2021
Hajmi0,52 Mb.
#265299
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111
Bog'liq
2 5355076996881714163

16.  O’zbekistonda demokratik jamiyat to’g’risidagi qarashlar va uning rivojlanish bosqichlari

Xar qanday davlat o’z jamiyatining tarixiy, madaniy va axloqiy merosi, negizlari asosida rivojlanishida yangi bosqichlarga ko’taradi uning istiqbol omillarini kengaytiradi. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yana shunday davlatchilik merosi insoniyatning tarixi rivojiga ulkan xissa qo’shgan1.

Prezident I.A.Karimov tarixchi olim va jurnalistlar bilan bo’lgan uchrushuvida ta’kidlaganidek xozir O’zbekiston deb ataluvchi xudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq balki umumjaxon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun jaxon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, saykal topgan. Darxaqiqat, Mavarounnaxr oralig’ida paydo bo’lgan ulkan davlatchilik madaniy meros insoniyat tarixi ibtidosida eng dastlabki xolda qadimiy davlatchilik, madaniyati sifatida ma’lum. Ayni paytda bunday meros mustaqilligimiz sharofati bilan milliy davlatchilik to’g’risidagi ta’limotlarni urganish imkoniyatini ochib berdi2.

Ma’lumki O’zbekistonda milliy davlatchiligimiz to’g’risidagi eng qadimgi manba "Avesto"dir. U eramizdan oldingi 3 minginchi yillarda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilk davlatchilik to’g’risidagi ijtimoiy qarash xiisoblanadi. Agar "Avesto" da ilgari surilgan g’oyalarga e’tibor beradigan bo’lsak, bugungi adolatparvar demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan g’oyalarimiz bilan xamoxang ekanligini ko’ramiz1.


Davlatchiligimiz asoslarini shakllantirish borasida "Avesto" deyarli bir ijtimoiy masalalar, qadimgi geografik tushunchalar, etnik jamoalar, viloyat xududlari ularning nomlari, qadimgi mamlakatlarning ruyxati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy va siyosiy tuzum asoslari, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining rivojlanishi xaqidagi ma’lumotlarini uz ichiga kamrab oladi.


Manbada avvola inson erki, komilligi, ruxiy sog’lomligi masalalari ustuvor kuyiladi. Masalan, men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman deyiladi. "Yasna" (14) kitobida Axuramazda, insonlar o’rtasida bo’layotgan munosabatlar uzaro samimiylik, xurmat, begaraz yordam va okibatli bo’lish zururligiga, yomon fikrlardan xoli bo’lishga ishora qiladi. Kattaga xurmat va kichikka izzat, sabr-bardoshlilik xalollik, mexr okibat va boshqa bir qator tamoyillar borki milliy goyamizning asosiy tamoyillariga uygun keladi2.

G’oyalarning bunday tarzda qo’yilishi dunyo ana shu kuchlarning yonma-yon yashashidan iborat, degan falsafaning moxiyatini anglashga undaydi. 3 Shu tariqa "Avesto" usha zamonda yashagan odamlar o’rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirishda davlatga bo’lgan extiyoj va zururiyati ularoq yuzaga kelgan manba bo’lib xisoblanadi.


"Avesto"da eng muxim masalalardan biri bu xuquqiy munosabatlarning nazariy jixatdan shakllanganligidir. Unda inson xayoti va odamlar o’rtasidagi ijtimoiy-iktisodiy munosabatlar xuquqga asoslanganligi xaqida ma’lumot bor. Xaqiqat yaxshi so’z va maqsad, poklik va ezgulikka intilish, suv, er, olov, xonadon va chorvani asrab-avaylash axloqiy burch bo’lib sanalgan

17. Fuqarolarning o’z huquqlari , erkinliklari va manfaatlarini himoya qiluvchi fuqarolik jamiyati

Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarini amalga oshirishni davlat tomonidan ta'minlashga yordam beradigan vositalar, usullar va shart- sharoitlar majmui kafolat tushunchasini beradi. Kafolatning asosiy vazifasi, fuqarolarni huquq va erkinliklarni amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan to`siqlarni bartaraf etish bilan bog`liq bo`lgan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlashdir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43- moddasida “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi” deyilgan.Kafolatlarni quyidagicha turkumlash mumkin:1. Yuridik (huquqiy)2. Ijtimoiy-siyosiy


3. Iqtisodiy(moddiy)

Fuqarolarni huquq va erkinliklarini ta'minlashda yuridik kafolatlar alohida o`rin tutadi, chunki boshqa barcha kafolatlar yuridik jihatdan tartibga solinishni taqoza etadi. Ya'ni, yuridik kafolatlar fuqarolarni huquq va erkinliklarni qonunlar asosida huquqiy jihatdan kafolatlanishidir. Yuridik kafolatlarni real amalga oshishi faqat demokratik rejim sharoitida kuzatiladi.

Yuridik kafolatlar quyidagilarni o`z ichiga oladi:

- Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin bo`lgan harakatlarni ta'qiqlash va chegaralashning yuridik me'yorlarini mustahkamlash,

- Fuqarolarning o`z huquq va erkinliklarini hech qanday to`siqsiz amalga oshirishlarida davlat idoralari va mansabdor shaxslar ma'sulligini.

- Tajovuz etishni, mustahkamlashni ta'minlovchi maxsus me'yorlar (shikoyat qilish huquqi, sudga murojaat qilish huquq) mavjudligi.




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish