1. Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategic pirovard maqsadi


Nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar



Download 316,5 Kb.
bet8/8
Sana02.12.2019
Hajmi316,5 Kb.
#27978
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SHpargalka O'RS

73.Nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar

Birinchi Prezident Islom Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” Konsepsiyasida ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish zarurati to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, jumladan shunday deyiladi: “Fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish, gumanitar muammolarni hal etish, mamlakatimiz aholisi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlaridagi aniq chegaralarni belgilash va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo‘yicha huquqiy normalar ko‘zda tutilishi darkor. Ijtimoiy sheriklikning nazariy masalalari Birinchi Prezident Islom Karimovning qator asarlari, nutq va maqolalari, xususan, uning zikr etilgan Konsepsiyasida chuqurlashtirilgan bo‘lsa, amaliyotning rivojlantirilishi uni mamlakatimizda Birinchi Prezident rahbarligida amalga oshirish jarayonida yuz berdi. Birinchi Prezident Konsepsiyasidan yuqorida keltirilan iqtibosda ijtimoiy sheriklikning mohiyati, maqsadlari, vazifalari ochib berilgan. Tarixga qilingan qisqa ekskurs asrlar davomida katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasida doimo ziddiyatlar mavjud bo‘lgani, bu ziddiyatlar ko‘plab marta qon to‘kilishlarni keltirib chiqargani, isyonlar hukmron sinflar tomonidan ayovsiz bostirilganidan guvohlik beradi. Tarixda hukmron sinflarning eziluvchi sinflarga yon bosishlari ham kuzatilgan. Lekin bu yon bosishlar epizodik xarakterga ega bo‘lib taktik maqsadlarda vaqtdan yutish yoki ilojsizlik tufayli yuz bergan. Tarixda sinflarning manfaatlarini uyg‘unlashtirishga chaqiriqlar ham bo‘lgan, lekin ana shunday uyg‘unlikni ta’minlashga qaratilgan mafkuralar bo‘lmagan. Ijtimoiy sheriklik sinfiy ziddiyatlarni yumshatish, manfaatlarning uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan mafkura edi. Bu mafkuraning kelib chiqishiga asosiy sabab mehnat sohasidagi munosabatlar edi va bu mafkura birinchi navbatda mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida yaratildi. Keyinchalik bu mafkura rivojlandi va boyitildi. Mustaqil O‘zbekiston misolida ijtimoiy sheriklik nafaqat mehnat munosabatlarini, balki jamiyatdagi mavjud munosabatlarning katta qismini tartibga solish vazifasini bajara boshladi. Sho‘rolar davri ijtimoiy-gumanitar fanlarida ijtimoiy sheriklik g‘ayri ilmiy nazariya sifatida baholanar edi. Ana shunday kayfiyatda tarbiyalangan odamlar ijtimoiy sheriklik munosabatlariga mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin ham kirishib ketishlari qiyin kechdi. Shuni hisobga olib davlat tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari qo‘llab-quvvatlana boshladi. Davlat dastavval fuqarolik jamiyati institutlari erkin harakat qilishlari uchun me’yoriy-huquqiy bazani tayyorladi. Bu haqda Birinchi Prezident Konsepsiyasida shunday deyiladi: “Aytish kerakki, fuqarolik jamiyati institutlari tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarni tobora rivojlantirish, ularning mustaqil ish yuritishi va chinakam mustaqilligini ta’minlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, faoliyatini tashkiliy-huquqiy, moddiy-texnikaviy jihatdan
74.”Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi.

O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlandi. Kuchli jamiyat esa fuqarolik jamiyatidir. Ba’zan, “Nima uchun bira to‘la “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori olg‘a surilmadi?” degan savol o‘rtaga tashlanadi. Dastavval “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlanishining sababi shundaki, sobiq sho‘rolar tuzumi davrida “fuqarolik jamiyati” tushunchasi umuman ishlatilmasdi. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki yillarida bu tushuncha mamlakatdagi ko‘pchilikka tanish emasdi. Agar o‘sha davrda “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori o‘rtaga tashlansa, u ko‘pchilik uchun tushunarli bo‘lmay qolardi.



Fuqarolik jamiyatining institutlari - o‘z-o‘zini boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlarini mustahkamlash hamda rivojlantirish yoshlarning siyosiy madaniyatini, faolligini oshirishning muhim shartlaridan biridir. O‘zbekistonda davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini erkinlashtirish, kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish vazifalarini amalga oshirishda har bir yoshning jamiyatda o‘z o‘rni bo‘lishini bilish, eng muhimi, o‘zini jamiyatning ajralmas qismi deb, tushunishi ulkan ahamiyat kasb etadi. Bu o‘z mas’ulligini anglashga erishishda mavjud demokratik institutlar, o‘z-o‘zini boshqarish organlari, partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlari muhim o‘rin tutadi. Chunki, jamiyatda yashayotgan har bir yoshning ijtimoiy-siyosiy faoliyati mavjud siyosiy institutlar, partiyalar yoki nodavlat va jamoat tashkilotlari orqali amalga oshiriladigan demokratik siyosiy jarayonlarda aks etadi. Bu, bir tomondan, yoshlarning siyosiy faollik darajasiga, ularning siyosiy qarashlarini idrok etib, uning ishtirokiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatdagi mavjud o‘z-o‘zini boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlarining ish faoliyatiga, yoshlarni o‘z atroflariga birlashtiradi. Xo‘sh, O‘zbekistonda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish uchun muhim qadamlar tashlanayotgan bugungi kunda yoshlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat tashkilotini tuzish qanchalik zarur? Bizningcha, yoshlar mamlakatimiz aholisining 64 foizi (17 million 80 ming nafar)ni tashkil etuvchi asosiy qatlam ekan, aytish mumkinki, yoshlar bilan bog‘liq muammolar davlatning olib borayotgan siyosatida alohida ahamiyat kasb etadi. Muxtasar qilib aytganda, jamiyatdagi barcha sohalar qatori yoshlar tashkilotlarini ham tashkiliy jihatdan isloh qilish, bu borada zamonaviy faoliyat mezoniga ega mus­tahkam institutni shakllantirish — ertangi kun egalari bo‘lmish yoshlar kelajagini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

75.Mahalla faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish

Mahalla instituti bir necha asrlik qadimiy tarixga ega bo‘lsada, uning huquqiy asoslari yaratilgan va jamiyat boshqaruvida o‘ziga xos vakolatlarga ega bo‘lgan davri - mamlakatimizning mustaqillikka erishgan davri hisoblanadi.

Chunki, mustaqil O‘zbekistonning bosh qomusi – Konstitutsiyasining 105-moddasiga mahalla instituti haqida qoidalar kiritilib, uning vakolat muddati belgilab berildi

Konstitutsiyada belgilab berilgan ushbu qoidalar asosida 1993 yil 2 sentyarbda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish tartiblari, vakolat doirasi hamda faoliyati sohasidagi munosabatlar tartibga solindi. Bu jarayonda bevosita fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga ham ko‘plab vakolatlar o‘tkazib borildi. Bu esa amaldagi Qonunni yanada takomillashtirish, fuqarolar yig‘inlariga berilgan vakolatlarni amalga oshirish mexanizmlarini qonun bilan tartibga solish zaruratini keltirib chiqardi. Shu bois “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun 1999 yil 14 aprelda yangi tahrirda qabul qilindi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ni saylash jarayoni ham fuqarolar yig‘ini faoliyatini samarali tashkil etishning asosiy omillaridan biri hisoblanib, ushbu jarayonni yanada tartibli o‘tkazish, uning aniq me’yorlarini joriy qilish maqsadida 2004 yil 29 aprelda “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun bilan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining asosiy prinsiplari, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartib qoidalari hamda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatib o‘tildi.

komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish orqali mahallannig jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 7 oktyabrdagi 274-sonli qarori bilan yuqoridagi komissiyalarning namunaviy Nizomlari tasdiqlab berildi.



Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda qadimiy va noyob boshqaruv shakli bo‘lgan mahalla institutini har tomonlama rivojlantirishga, uning vakolatlarini yanada kengaytirishga hamda qonunchilik tizimida belgilab berilgan vakolatlardan yanada samarali foydalanishga ko‘maklashish borasida olib borilayotgan amaliy tadbirlar natijasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni yanada mustahkamlanib bormoqda.


1 Каримов И.А. «Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка тахдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари» Т.: Ўзбекистон, 1997.

2 Низомулмулк. Сиёсатнома. Т.: Адолат,1997. 98-бет.

3 Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: “O‘zbekiston”, 2017, 45-bet.

4 Узбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 21 октябрдаги «Суд-хукук тизимини янада ислох килиш, фукароларнинг хукук ва эркинликларини ишончли химоя килиш кафолатла­рини кучайтириш чора-тадбирлари тутрисида»ги ПФ-4850-сон Фармони // «Халк сузи» газетаси, 2016 й., 209 (6644)-сон.

5 Шавкат Мирзиёев. Конун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш - юрт тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. Узбекистон Республикасининг сайланган Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Узбекистон Республикаси Конститунияси кабул килинганининг 24 йиллигига багиш­ланган тантанали маросимдаги маърузаси. http://www.xs.uz/index.php/homepage/rasmij/item/8983.

6 Узбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 21 октябрдаги «Суд-хукук тизимини янада ислох килиш, фукароларнинг хукук ва эркинликларини ишончли химоя килиш кафолатла­рини кучайтириш чора-тадбирлари тутрисида»ги ПФ-4850-сон Фармони / «Халк сузи» газетаси,2016 й, 209 (6644)-сон.

7 Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Узбекистон Республикаси­ни янада ривожлантириш буйича Даракатлар стратегияси тугрисида»ги ПФ-4947-сон Фармони .// Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами, 2017 и., 6-сон, 70-модда.

8 Узбекистон Республикаси Президентининг «Узбекистон Республикасини янада ривожлантириш буйича ^аракатлар стратегияси тугрисида»ги ПФ-4947-сон Фармони. // «Халк сузи», 8 февраль 2017 йил.

9 Шавкат Мирзиёев. Танкидий тахдил, катъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - хар бир рахбар фаолиятининг кундалик кридаси булиши керак // «Халк сузи», 2017 йил 15 январь.

10 Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 2 февралдаги «Иш хаки, пенсия, нафака ва стипендияларни тулаш механизмини такомиллаштиришга дойр кушимча чора-тадбирлар тугрисида»ги ПК-2753-сон карори // Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами, 2017 и., 6-сон, 73-модда.

11 Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак // Халқ сўзи газетаси. 2017 йил 16 январь, №11 (6705)

12 Дал В.И. Толковый словар живого великорусского языка (современное написание слов). Изд. «Цитадел», г. Москва, 1998 г.

13


14


15


Download 316,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish