1. Funksional qiymatli tahlilning zarurligi va vazifalari



Download 40,1 Kb.
bet2/2
Sana27.04.2022
Hajmi40,1 Kb.
#585084
1   2
Bog'liq
Funksional qiymat tahlili iqtisodiy tahlilning muhim shakli

F

FQTxq = ----

Har

Masalan, FQTni joriy qilish uchun 100 ming so’mlik moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni talab qiladi. Eksportlarning hisob kitobi bo’yicha FQTni joriy qilish bir -yilda 300 ming so’mlik foyda keltiradi. Bu holatda FQTga ketgan xarajatlarni qoplanish muddati to’rt oy bo’ladi, bir yilda xarajatlar 3 martadan ko’p foyda keltiradi.Kelajakda ushbu tahlilning barcha bosqichlari bilan amaliyotga joriy qilish O’zbekistonda nafaqat makro, balki mikroiqtisodiyotning tez sur'atlar bilan rivojlanishi uchun eng muhim dastaklardan biri bo’ladi.



8.5. Evristika grekcha so’zdan olingan bo’lib, topaman ma'nosini bildiradi. Bu tushuncha fanga tadbiq qilinadigan bo’lsa, biror jarayon, hodisa, faoliyat ob'ektning ayni mohiyatini aniqlash uchun nazariy tadqiqotda qo’llaniladigan mantiqiy usullar majmuasidan iborat bo’ladi. Mantiqiy tahlil hayotning hamma jabhalarida xususan iqtisodiyotni boshqarishda, uni tahlil qilishda ham qo’llaniladi. Barcha yangiliklar, o’lkan tadqiqotlarning yaratilishi eng avvalo mantiqiy tahlilga asoslanadi. Mantiqiy tahlilning qo’llanilish tarixi juda uzoq. U insoniyat tafakkur qilgan vaqtdan boshlangan desak xato bo’lmaydi. Ammo uning fanga, olamni o’rganishda bir mustaqil usul sifatida kirib kelishi va shakllanishi XX asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Bu borada jahonda juda ko’p usullar ishlab chiqilgan va to’plangan. Ularning ba'zilarini ko’rib o’tamiz. O’xshatish usuli mavjud usullarni o’rganib, shunga o’xshash usulni o’z faoliyatiga joriy qilishga aytiladi. hozirgi paytda korxona mutaxassisi, menejerlar o’ta zukko bo’lishini talab qiladi, chunki biror bir firma juda ko’p muvaffahiyatlarga erishishi mumkin. Ammo uning usuli tijorat siri sifatida ommalashtirilmaydi. Bu holda shu firma mutaxassislari bilan suhbatlashish, maslahatlashish jarayonida asosiy usullarni ilg’ab olish mumkin. Bundan ayniqsa, chet el safarlarida bo’lganda, yirik firmalar faoliyati bilan tanishganda muvaffahiyatga erishishning asosiy eng e'tiborli tomonlarini yodda sahlab qolish va o’z firmasida aynan shunga o’xshash usulni qo’llash mumkin. Bu usulni jahon amaliyotida o’xshatish usuli deb ataydilar. Yoki bir ob'ektda (firmada) yuqori ko’rsatkichga xodimlarni moddiy va ma'naviy raqbatlantirish usuli bilan erishiladi. Aynan shu yoki o’xshash usulni siz ham qo’llashingiz mumkin. Tasavvur usuli bu usulda kishi biror narsani yaratayotgan bo’lsa, uning o’rniga o’zini qo’yib ko’radi, yangidan yaratiladigan predmet bajaradigan barcha vazifa va jarayonlarni bajarishi mumkinligini butun tasavvuridan o’tkazadi. Agar boshqaruv faoliyatiga tavsiya ishlab chqayotgan bo’lsa, o’zini boshqaruvchi o’rnida ko’radi, agar tavsiya qilinayotgan faoliyat bajaruvchiga mo’ljallanayotgan, u o’zini bajaruvchi sifatida tasavvur qiladi. Barcha bajariladigan jarayonlarni, vazifalarni aynan shu usul bilan aniqlaydilar. Tasavvur qilish usulining samaradorligini ko’p hollarda inson tafakkurini, uning yaratuvchanlik saviyasi va malakasiga bog’liq. Shu tufayli yaratilayotgan predmetni qancha aniq tasavvur qilsa, shuncha uning yaratilishi oson keshadi. Ideallashtirish usuli bu usulda yaratilayotgan predmet, hodisa, faoliyatning texnologiya kabilarning barcha maqsadlarga javob berishi, arzonliligi, mustahkamliligi, sifatliligi jihatidan tasavvurimizdagi eng qulay varianti tanlanadi. Ideal varinatni aniqlab olish uchun ham shu o’rganilayotgan ob'ekt har bir mutaxassis juda ko’p ilmiy tafakkur qiladi. Har bir predmetni yaratishda yoki biror jarayonni boshqarishda uning ideal varianti aniqlanadi shu variant amaliyotda qo’llaniladi, qo’llanilish jarayonida ham u takomillashib boradi. Oqibatda predmetning faoliyatning ideal varianti vujudga keladi. Demak bu usul ham iqtisodiy jarayonlarni takomillashtirishning muhim omillaridan biridir. "Yigirma to’rtlik" qoida. Bunda yangi ob'ektni (texnologiya, mahsulot, faoliyatni, boshqarish kabilarni) yaratishga safarbar qilingan mutaxassislar hamma tashvishlardan ozod qilinadi. 24 soat davomida shu bitta yaratilayotgan ob'ekt haqida o’ylaydi, fikrlaydi, tafakkur qiladi. Yangi tug’ilgan g’oyalarini yozib boradi. Shu yo’l bilan yaratilayotgan ob'ektning mukammallashuvi ta'minlanadi.

"Yigirma beshlik qoida". Bunda yangi yaratilayotgan ob'ektni yaxshilash uchun kamida 25 ta g’oya ishlab chiqilishi shart. Bu o’z-o’zidan bo’lmaydi albatta. Shu tufayli bu vazifani o’z zimmasiga olgan mutaxassislar o’zlari tahlil qilayotgan ob'ektni juda yaxshi bilishi, shu boradagi chop etilgan va etilayotgan ilmiy-uslubiy adabiyotlardan xabardor bo’lishi lozim. 25 ta g’oya bitta ob'ektni takomillashtirish uchun o’z-o’zidan tuqilmaydi. Kelajakda bu usullardan O’zbekiston iqtisodiyotida ham keng foydalaniladi. Bu esa hozirgi tayyorlanayotgan mutaxassislarning o’ta bilimdon bo’lishlarini taqozo qiladi.

Ilg’ab olish usuli. Tadqiqotchiga juda ko’p yangi g’oyalar ishlashga qattiq kirishgan, o’ylagan paytda emas, balki, erkin tasodifiy holatlarda, ayniqsa dam olib o’tirganida, yo’lda ketayotganida, biror kishi bilan suhbatlashganida, birorta o’yinni o’ynayotganida, uxlayotganda kelishi mumkin. Ayni shu paytda yangi g’oyani ilg’ab qolishi lozim. Imkoni boricha shu payt qog’ozga yoki diktafonga yozib qo’yilsa juda yaxshi. Bularning imkoni bo’lmasa yonidagi sherigiga eslatasan, deb aytib qo’yishi, yoki o’zi uni qattiq eslab qolishga harakat qilishi lozim, zero juda ko’p yangi g’oyalar tasodifiy tug’iladiyu, ammo u o’z yashash tarixiga ega bo’lmasdan, amaliyotda qo’llanilmasdan yo’qolib ketadi. O’zimizda odamlar ilg’ab qolish uchun bir qancha usullardan foydalanganlar. Masalan, ro’molchasini tugib qo’ygan, barmoqiga ip bog’lab olgan, cho’ntagiga biror predmetni solib qo’ygan va h.k. Bu holatlar kishiga kelgan tasodifiy g’oyalarni yana qayta yodga tushirish imkonini bergan. Iste'molshilar talabidan kelib chiqish usuli. Bu usul hozir O’zbekistonning o’tish sharoitida juda qo’l keladi, chunki u makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga ko’maklashishi mumkin. Masalan, biror tovarni, chet mamlakatlarga chiqarmoqchi bo’lsak, eng avvalo, unga shu tovar qaysi xususiyatga ega bo’lishi, bunga tovar oluvchining talabi nima va qanday ekanligi inobatga olinishi lozim. hamma qilinadigan ish, bajariladigan xizmat va yaratiladigan tovarlar bevosita iste'molchi talabidan kelib chiqadi. Bu usul O’zbekistonni jahonga tanitish uchun asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Bundan mikroiqtisodiyotda ham foydalanish mumkin. Bunda tovar (ish, xizmat) ishlab chiqaruvchi (taklif qiluvchi) xo’jalik sub'ekti iste'molshi (haridor) talablarini to’liq o’rganadi va shundan kelib chiqadi. Barcha bajariladigan funksiyalarni, zarur bo’lsa qo’shimshalarni ham kiritgan holda o’z tovarining iste'molshiga ma'hul bo’lishi uchun harakat qilinadi. Bu esa tovar (ish, xizmat) ishlab chiqaruvshining (taklif qiluvshining) bozordagi nufo’zini oshiradi, xo’jalik faoliyatini yaxshilashni, moliyaviy jihatdan barqarorlashishni ta'minlaydi. Iste'molshi talabiga qancha mos tovar, (ish, xizmat) ishlab chiqarilsa, shuncha talab ko’payadi, bozorda reyting ochib boradi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida bozorni egallash uchun muhim omil bo’lib hisoblanadi.

"Sifatning mutlaq darajasi"ga erishish usuli. Bu usul ilmiy-mantiqiy tahlil natijasida erishiladigan ko’rsatkich. Bunda tovar, mahsulot, ish xizmati kabilar sifatining mutlah darajasi qanday bo’lishligi va unga erishish uchun nimalar qilish, qanday tadbirlarni bajarish lozimligi ishlab chiqiladi. Bunday andozani ishlab chiqishga jahon talabidan kelib chiqmoq lozim. Bunga erishish makro va mikroiqtisodiyotda juda katta samara beradi. Sifat masalasi iqtisodiyotning qaysi shaklidan qat'i nazar hamisha dolzarb, hesh eskirmaydigan muammo, mavzudir. Shu tufayli bu masalaga iqtisodiyotni boshqarayotganlar hamisha katta e'tibor berishlari shart. FQT samaradorligini aniqlash ham samaradorlikning umumiy metodologiyasidan kelib chiqqan holda natijaning xarajatlarga nisbati bilan o’lchanishini inobatga olish lozim. Bu holda FQT samaradorligini aniqlash konsepsiyasini quyidagi matematik modelda ifodalash mumkin

n

S Hij


t=1

Кiсj = --------- ® max

n

S Xij


t=1

Bunda Kisj-FQTning j-ob'ektning iqtisodiy samaradorlik koeffitsienti.

i-natija yoki xarajatlarning tartib soni (ihl, n);

j-FQT o’tkazilayotgan j-ob'ektning tartib soni (jhl, m);

n-natija yoki xarajatning umumiy soni;

m-FQT o’tkazilayotgan ob'ektning umumiy soni;

Hij-i-natijaning j-ob'ektdagi nomi;

Xij-i-xarajatning j-ob'ektdagi nomi;



S -jamlash belgisi.
Download 40,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish