1. Fridrix Ratselning davlatlar tо‘g‘risidagi qarashlari. Rudolf Chellen va Fridrix Naumannning «О‘rta Yevropa» nazariyasi


Rudolf Chellen va Fridrix Naumannning “О‘rta Yevropa” nazariyasi



Download 136,5 Kb.
bet2/3
Sana25.03.2022
Hajmi136,5 Kb.
#510320
1   2   3
Bog'liq
3 “Klassik geopolitikaning asosiy

Rudolf Chellen va Fridrix Naumannning “О‘rta Yevropa” nazariyasi.


“Geosiyosat” tushunchasi ilk bor shved olimi Rudolf Chellen (1864-1922) tomonidan qо‘llanilganligi ma’lum. Chellen Gyoteborg va Uppsala universitetlarida tarix va siyosiy fanlar bо‘yicha professor lavozimida ishlagan. Bundan tashqari, u germanofil yо‘nalishdan farqli о‘laroq, mamlakat parlamenti a’zosi bо‘lib, siyosiy faoliat olib borgan. Chellen professional geograf bо‘lmagan va u geosiyosatni (о‘zining ustozi deb bilgan) Ratsel asarlariga asoslanib siyosatshunoslikning bir bо‘limi sifatida о‘rgangan. Chellen geosiyosatni quyidagiga ta’riflaydi: “Geosiyosat – makonda ifodalangan geografik tana sifatidagi davlat tо‘g‘risidagi fandir”8. “Geosiyosat”dan tashqari, Chellen siyosiy fanlarning asosiy qismlarini Tashkil etishi kerak bо‘lgan tо‘rtta oraliq fanni taklif qiladi:
Ekosiyosat (“davlatni iqtisodiy kuch sifatda о‘rganish”)
Demosiyosat (“davlatni xalqlar tamonidan berilgan dinamik impulslarni talqin kilish: Ratselning “Antropogeografiya”sining qiyosi).
Sotsiosiyosat (“davlatning ijtimoiy jihatini о‘rganish”).
Kratosiyosat (“boshqaruv shakli va hokimiyatning huquq va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan о‘zaro munosabatda о‘rganish”)9.
Chellen tomonidan ayni darajada rivojlantirilgan bо‘lsada ushbu fanlarning barchasi ham geosiyosatdek о‘z yо‘li va mavqeiga ega bо‘la olmadi. Geosiyosat atamasi bо‘lsa turli soha va muhitlarda о‘zining barqaror о‘rniga ega bо‘ldi.
Chellen о‘zining asosiy asari bо‘lgan “Davlat hayot tarzi sifatida” (1916)(7) kitobida Ratsel asarlaridagi asoslarni rivojlantirdi10. Chellen ham Ratseldek davlat va jamiyatga mexanik yondashishni rad etuvchi nemis “organinizm”ining izdoshi deb hisoblagan. Tadqiqot predmetlarini “jonsiz obyekt” hamda “inson subyektlari” (“fon” va “arbob”) ga ajratishni qat’iy rad etish kо‘pgina geosiyosatchilarning о‘ziga xos belgisi hisoblanadi. Bu fikrning isboti sifatida Chellenning asosiy (Davlat hayot tarzi sifatida) asari nomini aytib о‘tish kifoY.
Chellen Ratselning geosiyosiy tamoyillarini о‘zi yashagan davrda Yevropadagi aniq tarixiy vaziyatga qо‘llagan holda rivojlantirdi. U Ratselning “mintaqaviy davlat” tо‘g‘risidagi g‘oyalarini Germaniyaga nisbatan qо‘llagan holda mantiqiy intihosiga yetkazdi. Bu bilan u Germaniya Yevropaning о‘q ildizi ega bо‘lgan tez rivojlanuvchi hudud, shu tufayli boshqa davlatlarni о‘z atrofida joylashtirish uning vazifasi ekanligini kо‘rsatib berdi. Chellen 1-chi jahon urushini (“о‘q mamlakat”) Germaniyaning tez harakatlanuvchi istilosi va unga qarshi harakat qiluvchi tevarakdagi Yevropa (va Yevropadan tashqaridagi) davlatlari (Antanta) о‘rtasida kelib chiqqan tabiiy geosiyosiy nizo deya talqin etdi.
Geosiyosiy taraqqiyotda Fransiyaning kuchsizlanishi bilan Germaniyaning kuchayib borishi о‘rtasidagi farq о‘sha paytda mintaqadagi asosiy kuchlar nisbatini belgilab berdi. Shundan kelib chiqqan holda, uning fikriga kо‘ra garchi I jahon urushida vaqtinchalik mag‘lubiyatiga uchragan bо‘lsada Germaniyani geosiyosiy nuqtai-nazardan Yevropa bilan tenglashtirish zarur va muqarrardir.
Chellen Ratsel kо‘zlagan Germaniyaning manfaatlari (Yevropa manfaatlari) g‘arbiy Yevropa davlatlari (Fransiya va Angliya) manfaatlariga ziddir, degan geosiyosiy qoidani mustahkamlaydi. Ammo Germaniya “yosh” davlat, nemislar esa “yosh xalq”. “О‘rta Yevropada joylashgan”laridan havolangan “yosh nemislar” “keksa xalqlar” bо‘lgan fransuzlar va inglizlar nazoratidagi hududlar hisobiga sayyoraviy miqyosdagi mintaqaviy davlat bо‘lishga intilmoqlari lozim. Chellen bu tо‘xtamda geosiyosiy qarama-qarshilikning g‘oyaviy jihatini ikkilamchi deb hisoblaydi.
Chellen garchi shved millatiga mansub va shved siyosatini Germaniya siyosati bilan yaqinlashtirish tarafdori bо‘lsada, german hududining mustaqil birlashtiruvchilik xususiyati tо‘g‘risidagi geosiyosiy g‘oyalari Fridrix Naumann tomonidan rivojlantirilgan “О‘rta Yevropa” (Mitteleuropa) nazariyasi bilan aynan mos keladi. Naumann о‘zining “Mitteleuropa” (1915) kitobida Rudolf Chellen konsepsiyasiga о‘xshash geosiyosiy bashorat qilgan11. Uning fikriga kо‘ra, Angliya (mustamlakalari ham), AQSH, Rossiya kabi uyushgan geosiyosiy tuzilmalar bilan raqobatda mag‘lub bо‘lmaslik uchun Markaziy Yevropada yashovchi xalqlar о‘zaro birlashishlari va siyosiy-iqtisodiy asosda yangicha makon Tashkil etishlari lozim. Albatta nemislar bu makonning asosiy о‘qi bо‘ladilar.
Mitteleuropa sof “pangerman” loyihalaridan farqli о‘laroq milliy emas, balki geografik taqdirning umumiyligiga asoslangan asl ma’nodai geosiyosiy tushuncha edi. Nauman loyihasi bо‘lsa Germaniya, Avstriya hamda Dunaybо‘yi davlatlari, uzoq istiqbolda esa Fransiyani birlashtirishni nazarda tutardi. Mazkur geosiyosiy dastur о‘sha paytda mavjud bо‘lgan ayrim madaniy qoidalar bilan ham tasdiqlangan. Jumladan, Germaniyaning о‘zi organitsistik tuzilma sifatida “Mittellage”, “о‘rta holat” degan ma’naviy tushuncha bilan umumlashtirila boshlandi. Bu g‘oyani 1818 yilda Arndt quyidagicha ifodalagan edi: “Tangri bizni Yevropaning markazida joylashtirdi, biz (nemislar) dunyoning о‘zimiz yashayotgan qismidagi yuragidirmiz”.
Chellen va Nauman orqali Ratselning “mintaqaviy” mazmundagi g‘oyalari asta-sekin kо‘zga kо‘rina boshladi.
Ingliz geosiyosati ushbu fan tarixida muhim ahamiyat qozonganligi bilan ajralib turadi. Geosiyosiy nazariyada chuqur tadqiqot olib borgan, ayni paytda ilmiy izlanishlari Davlatlarning tashqi siyosat amaliyotida keng qо‘llanilgan olimlardan biri bu Xelford Makinder hisoblanadi.

Download 136,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish