1.Fizika o‘qitishning psixologik omillari nimalardan iborat?
2 Fizika o‘qitishning didaktik asoslari haqida ma lumot bering.
3. Aqliy rivojlanish, biologik va fiziologik etilish orasidagi mutonosiblik haqida ma lumot bering.
4. Ijodiy faoliyat funkstiyalarini ayting.
5. Onglilik va faollik tamoyiliga ta rif bering.
6. Ko‘rgazmalilik tamoyilini tavsiflang,
7. Tizimlilik va muntazamlilik tamoyili haqida ma lumot bering.
8. Mustahkamlik tamoyiliga ta rif bering
9. Tushunarlilik tamoyili haqida ma lumot bering;
10. Ilmiylik tamoyilini tavsiflang;
Javoblar
1.
Fizika o‘qitish pedagogik jarayon bo‘lib, o‘qituvchi raxbarligi va boshqaruvida ta’lim oluvchilarning fizika fani asoslarini egallashi, olingan bilimlarini hayotda qo‘llay bilishi, hayotda keng tarqalgan asbob va uskunalar bilan muomala qila olish ko‘nikmasini egallashidir. O‘qitish natijasida talabalarda umumiy politexnik ta’lim, to‘g‘ri ilmiy dunyoqarash, insoniylik tuyg‘ulari va shu kabilar shakllanishi kerak. Barkamol o‘qituvchi faqat fan aoslarini yaxshi bilishi va uni o‘qitish metodlarini mustahkam egallash bilan cheklanib qolmay, balki o‘qitish jarayoni, talabalarning fanni o‘zlashtirishning psixologik qonuniyatlarini amaliy ko‘nikma va malakalar xosil qilish va uni rivojlantirish-fikrlash qobiliyatini rivojlantirish yo‘llarini-o‘qitishda shaxs kamolotida tarbiyaviy masalalarni hal etish. Shuningdek, o‘qituvchi psixologik qonuniyatlarni izchil qo‘llay bilishi ham talab etiladi. Talabalarning kamolotida ijtimoiy xayotiy tajriba muxim ahamiyatga ega. Demak, o‘qituvchi bu muxim faktorni ham yodda tutishi kerak. Talabaning muxit ta’sirida faol o‘zgarib borishini tahlil etib borish o‘qituvchi faoliyatining samarali bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘qitish jarayoni o‘zluksiz ravishda talabaning o‘z-o‘zini kamolot sari intilishiga va bu borada ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritib borishiga erishmoq zarur.
Psixologik jihatdan insonning rivojlanishining shart sharoitlaridan biri, uning tabiiy xususiyatlari hisoblanadi.
- Aqliy rivojlanish talabaning biologik va fiziologik etilishiga ham bog‘liq. Bu faktni o‘quv tarbiya jarayonida hisobga olish zarur. O‘qitish talabalarning har tomonlama rivojlanishiga ijobiy ta’sir etishi kerak. O‘qituvchisining psixik rivojlanishining bevosita harakatlantiruvchi kuch yangilik bilan eskilik o‘rtasidagi dialektik qarama-qarshilikdir. Bu qaramaqarishilik o‘quvtarbiya jarayonida paydo bo‘ladi va hal etiladi. Qarama-qarshiliklar hal etila borgan sari rivojlanish yangi bosqichga ko‘tarila boradi.
- Fizika o‘qitishning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari:
Birinchidan fizika predmetining mazmuni va shunga mos ta’lim oluvchilarning yosh xususiyati bilan aniqlanadi.
Ikkinchidan o‘ziga xos psixologik xususiyati fizikani o‘qitishda modellar, chizmalar formulalar, aqliy tajribalar va shu kabilarning ko‘p qo‘llanishidir.
Uchinchidan o‘ziga xos xususiyati kuzatish, tajriba va boshqa mustaqil bajarilishi talab etiladigan amaliy ishlarning ko‘pligidir. Bularning barchasi o‘qituvchini boshqa hamkasblarga nisbatan boshqacha faoliyat ko‘rsatishini talab etadi.
- Ilmiy fikrlash va ijodiy qobiliyat ilmiy fikrlash va ijodiy qobiliyat ijtimoiy xayot sharoitlari asosida vujudga keladi va ijtimoiy amaliyot mahsuloti hisoblangan so‘z, tushunchalar, mantiqlar asosida amalga oshiriladi. Fikrlashning manbai sezgi hisoblansa, ham u bevosita sezgining in’ikosi chegarasidan chiqadi va inson bevosita qabul qilaolmaydigan haqiqiy dunyoning shunday ob’ektlari, hossalari, munosabatlari haqida bilim olishga imkon beradi.
Ijtimoiy amaliyot fikrlashning haqiqatligining mezoni hisoblanadi. U shuningdek, mantiqiy qoida va qonunlar xosil bo‘ladigan asosga ham hizmat qiladi.
Fikrlash, taxlil qilish, taqqoslash, sintez qilish abstraktlash umumlashtirish va xulosa qilish singari xayoliy operastiyalar yordamida amalga oshiriladi. Xulosa qilish, xukm chiqarish vositasida amalga oshiriladi. Hozirgi zamon psixologiyasida emperik va nazariy turdagi fikrlashlar mavjud. Emperik fikrlash bevosita qabul qilishga, hissiy obrazlarga va tasavvurlarga tayanib, ular chegarasidan chiqmaydi. Umumiy, muhim tasavvurlar bosqichi hamda emperik tushunchalarning hosil bo‘lishini aniqlash bilan chegaralanadi.
Nazariy fikrlash ham sezgi konkret qabul qilishda berilmagan muhim umumiylikni aniqlash darajasigacha borib etadi, nazariy fikrlashning natijasi bo‘lib nazariy tushunchalar fikriy modellarning gipotezalarini va nazariyalarini tuzish hisoblanadi. Nazariy fikrlash dedukstiya bo‘yicha xulosa chiqarish vositasida, umumiy nazariyaga asosan yangi hodisalarni, jismlarning hossalarini oldindan aytib berish, qonunlarni nazariyaning natijasi sifatida shakllantirib berish mumkin. Ilmiy fikrlash – bu ko‘proq nazariy tushunchali fikrlashdir.
Psixologiyaning tekshirish metodlari ayrim ko‘rinishdagi fikrlashlarni yuqoriroq bo‘lgan shaxslar borlig‘ini ko‘rsatadi. Yuqori fikrlash ko‘rinishga ega bo‘lish faoliyatida juda muhim sifatlarga ega bo‘lgan maxsus o‘ziga xoshuk beradi. Yuqori mantiqiy fikrlashga ega bo‘lgan shaxslar nazariy tushunchalarni oson qabul qiladigan va hodisalar orasidan qonuniy bog‘lanishlarni tez aniqlab oladigan bo‘ladilar. “Amaliyotchilar” amaliy harakterdagi elektr zanjir sxemalarini yig‘sh, o‘lchash, loyihalash, asboblaridagi kamchiliklarni aniqlash vazifalarini bajarishda nazariyachilarga nisbatan amaliy ko‘nikma va malakalarini yuksakligini namoysh etadi. Ammo ular nazariy bilishlarni yomonroq o‘zlashtiradilar. Ta’lim oluvchilarning bu xususiyatlarini o‘qitish jarayonida e’tiborga olish kerak.
Fizika o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarda nazariy xulosalash va umumlashtirishlarga tayangan ham amaliy va nazariy fikrlashni tarbiyalash hamda rivojlantirish juda muhim. Bunda ilmiy fikrlash uchun:
Tekshirish maqsadini aniq ifodalash;
Ilgari bajarilgan nazariy yoki ekspremental tekshirishlarga tayanadigan gepotizani ishlab chiqsh;
Tekshirish metodikasini ishlab chiqsh;
Tekshirishning asosiy bosqichlarini aniqlash;
Ishlab chiqarilgan metodika va rejaga mos xususiy tekshirishlar o‘tkazish;
Olingan natijalarning tahlili;
Xulosalarni ifodalash harakterli ekanligini esda tutish zarur.
O‘quv jarayonida tekshirishning hamma bosqichlarining mustaqil bajarishni ta’lim oluvchilardan talab etib bo‘lmaydi, ammo fan tarixidagi faktlar misolida ilmiy tekshirishlar tuzilishi bilan tanishtirish, ilmiy tekshirishlar mantiqini ochib berish, olimlar u yoki bu nazariy yoki ekspremental kashfiyotlarga qanday kelganliklarini ko‘rsatib berish lozim. Qanday metodlar olimlarni tekshirishlar bilan shug‘ullanishiga undaganini, fan rivojlanishining ushbu bosqichida nima sababdan ushbu muammo hal etilganini, bu tekshirishdan texnika yoki iqtisodiyotni rivojlantirish bilan qanday bog‘langanligini ochib berish muhimdir. Bu ta’lim oluvchilarda dialektik fikrlash metodini shakllantirish uchun ham zarur.
Masalan, butun olam tortishsh qonunini o‘rganishda Nyutonni muxokama qilish, undagi mantiq qanday bo‘lganini, nima sababdan shu davrda Nyuton ushbu muammoni hal etishi bilan shug‘ullanganini ochib berish zarur. Yorug‘likning kvant nazariyasini o‘rganishda ta’lim oluvchilarga tushunarli usulda qanday ilmiy faktlar asosida olimlar energiya nurlanish va yutilishining kvant harakteri haqidagi taxminga birinchi marta duch kelishini, bunga qanday qarаma-qarshiliklar vujudga kelganini, ular qanday hal etilganini, to‘lqin va korpuskulyar xossalarining birlamchi haqidagi ekanligiga qanday qilib kelganliklarini ochib berish zarur. Bu ilmiy fikrlash rivojlanishining birinchi yo‘li.
Ilmiy fikrlash rivojlanishining ikkinchi yo‘li o‘quv muammolarini hal etishga qaratilishi, gipotezani ta’riflashga, muammolarni hal etish yo‘llarini qidirishga, tekshirish rejasini to‘zishga, tekshirish metodikasini ishlab chiqarishga ta’lim oluvchilarni jalb etishdan iborat.
Uchinchi yo‘l – sabab – oqibat bog‘lanishlarini aniqlashga, kuzatilayotgan hodisalarni va jismlarning xossalarini tushuntirishga, ideal modellar bilan shlashga ta’lim oluvchilarni jalb etishdan iborat.
To‘rtinchi yo‘l – indukstiya va dedukstiya asosida hulosa chiqarish qobiliyatini ta’lim oluvchilarda xosil qilish. Indukstiya metodi VI-VIII sinflarda fizikani o‘rganishda ko‘proq qo‘llaniladi. Bunday bo‘sa ham shu erdayoq dedukstiya metodi bilan xulosalar chiqarishga, ta’lim oluvchilarni asta-sekin jalb qilib borish kerak. Hususan, VIII sinf fizika kursida molekulyar kinetik nazariya masalalarining va o‘rta maxsus ta’lim tizimida fizika kursida elektron nazariya hamda atom tuzilishining kiritilishi munosabati bilan qattiq, suyuq va gazsimon jismlarning elektrlanish xossasi, elektr tokning tabiatini va boshqalarni tushuntirish uchun dedukstiya metodidan foydalanishni bilish zarur. Yuqori sinflarda nisbiylik nazariyasi rug‘likning kvant nazariyasi atom tuzilishining nazariyasi, yadro nazariyasiga e’tiborni kuchaytirish munosabati bilan dedukstiya metodidan foydalanish uchun juda keng imkoniyatlar yaratiladi. Energiyaning saqlanish va aylanish qonunining o‘rganilishi, uning ko‘p hodisalarini tushuntirish va oldindan aytib berish uchun qo‘llanilishi muhim nazariy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tish kerak.
Maxsus bilimlar tizimsini ishlab chiqarish kerakki, bularni bajarish ta’lim oluvchilardan dedukstiv xulosalar chiqarishini talab estin. O‘qitish jarayonida ko‘rib chiqilgan usullarning tizimli qo‘llanilishi ta’lim oluvchilarda ilmiy fikrlarning muvofiqqiyatli shakllanishini ta’minlashga imkon beradi.
Ijodkorlik – inson faoliyati va mustaxkamligining oliy shaklidir. Ijodiy qobiliyatlar – bu yangilik yaratish zarurligi mumkinligini tushuntirish, muammoni ifodalay olish, gipotezani ilgari surish uchun kerak bo‘lgan bilimlarni shga sola bilish qobiliyatlari, gepotezani nazariy va amaliy tasdiqlash muammoni hal etish yo‘lini izlash hamda topsh natijasida yangi o‘ziga xos echim yaratish qobiliyatidir.
Ijodiy faoliyat hamma ruhiy kuchlarning zo‘riqsh shlari, insonning oliy darajada aniq bir maqsadga intiluvchanligi, maxsus hissiy holat ilhomlanish, shuningdek ruhiy kechinmasi, hursandchilik va achchiqlanish hislari, muammoni jonjahdi bilan hal etish istaklari bilan olib boriladi.
Ijodiy faoliyat o‘zida hodisalarni ko‘zatishni, muhimlarini ajratishni va tanlab eslab qolishni, irodaviy kuchlanishni, javob topsh uchun talabchan bo‘lishni, diqqatni bir joyga to‘plash va boshqasiga o‘tkazishga optimal qo‘sha olishni ifodalaydi. Ijodiylikda nazariy va obrazli fikrlash, tasavvur aqlning chuqurligi va kengligi, mustaqillik va tanqidiy fikrlash birga olib boriladi.
Ijodiy qobiliyatlar amalda hosil bo‘lgan mavjud bilimlar tizimidan chetga chiqshga, hodisalarni yangicha, odatdagidan tashqari nuqtai nazardan ko‘rishga, qarama-qarishiliklarni tushuntirishga, ularni hal etish usullarini topshga imkon beradi. Ijodiy qobiliyatlarni shaxsdan butunlay ajratib bo‘lmaydi, ular extiyojlar qiziqsh, intilish va shonch, xis va irodalar, qoyilgan maqsadga intilish, talabchanlik, mehnat-sevarlik kabi harakatlar bilan dialektik bog‘langan bo‘ladi.
Ijodiy jarayonning muhim o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u ob’ektiv va sub’ektiv tomonlarga ega. Ob’ektiv ijodkorlik so‘ngi maxsulotning yangiligi va ijtimoiy qiymati bilan aniqlanadi. Ijodkorlikning o‘zi esa sub’ektiv o‘tadi.
Ijodiy qobiliyatni o‘stirishning boshqa o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular qobiliyatlar singari faoliyat davrida rivojlanadi. Demak, bu muammoni hal etishda o‘qituvchining asosiy vazifasi fizika o‘qitish jarayonida o‘qituvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etish usullarini va vositalarini qidirishdan iborat. Ilmiy bilish usulining turli bosqichlarida mantiq va ichki xissiyotining tutgan o‘rni turlicha bo‘ladi. Nazariy tekshirishlardan xulosa chiqarishda mantiq muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Gipotezalarni ilgari surishda, shuningdek nazariyadan tekshirishga o‘tishda yoki nazariy bashoratni qo‘llashda ichki xissiyoti birinchi o‘ringa o‘tadi. Ko‘zatilayotgan hodisani sababi nimadan iboratligini, uning mexanizmi qandayligini, ichki tuzilishi qandayligini va boshqalarni tahminlash talab etiladi. Boshqa holatlarda esa nazariy bashoratning to‘g‘riligini amalda tekshirishni nazariyani amalda qanday tekshirish kerakligini yoki zarariy texnik effektni qanday qilib oshirish mumkinligini taxmini kerak bo‘ladi. Qisqacha qilib aytganda, tekshirish va konstruktorlik harakteridagi muammolarni hal etishda ichki xissiyot asosiy ahamiyatga ega. Ijodiy jarayonda bu eng qiyin holatlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham ular hissiyot bilan birga sodir bo‘ladi va u ijodiy faoliyatga o‘ziga xos ko‘tarinkilik jozibali tus beradi.
Ijodiy jarayonning sub’ektiv harakteri o‘quv maqsadida ularni boshqarish uchun imkoniyat beradi. Ilmiy ijodiyot jarayonining stiklik harakteri ijodiy harakterdagi muammoni ilgari surish uchun paytni aniqlashga, xususan, ma’lum faktlardan gipotezani ilgari surishga o‘tishda, shuningdek nazariy xulosalardan ularni amaliy tekshirishga yoki qo‘llashga o‘tish uchun yordam beradi.
Ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish o‘qitishni ijobiy asoslashdan va bilimga qiziqsh hamda qobiliyatlarni shakllantirishdan, chuqur va mustahkam bilimlardan va ularni hodisalarni tushuntirish uchun qo‘llay bilishdan, umumlashgan o‘quv va amaliy bilim hamda malakalardan, ta’lim oluvchilar mustaqilligining samarali rivojlanishidan ajralmasdir. Ijobiy qobiliyatlarning asosiy qismi nazariy fikrlash va bilim faolligi hisoblanadi.
Darsni rejalashda ta’lim oluvchilarning ijodiy faoliyatlari qaerda va qachon, qanday qilib amalga oshirilishini oldindan oylab qoyish zarur. Bunda ta’lim oluvchilarning dars jarayonida tayyorgarligini, ularning motivastiyasini, bilim, mahorat va malakalarning darajasini, taxminlarini nazariy va ekspremental tekshirish o‘tkaza olish imkoniyatini e’tiborga olish kerak. Ijodiy masalalarni hal etishdan oldin zaruriy bilimlar egallangan bo‘lishi kerak. Natija olish uchun sharoitlar qanchalik yaxshi yaratilgan bo‘lsa, ijodiy faollik shunchalar yuqori bo‘ladi. Demak, ta’lim oluvchi qanchalik yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, uning ijodiy faoliyati shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Ta’lim oluvchini ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishiga o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi va ta’lim oluvchilarning pedagogik muomalasining harakteri muhim ahamiyat kasb etadi.
Darsda yangi materialni bayon etishda savol javobli suhbat va muammoli metod ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning samarali vositasi hisoblanadi. Bunday suhbatlarda ta’lim oluvchilar orasida o‘qituvchi tashkil etgan tortishuv vujudga kelib, turli qarashlar bir-biri bilan duch keladi. Bunday hollarda tushunchalarni, qonuniyatlar o‘quv masalalarini hal etish jarayonida ta’lim oluvchilarning o‘zlari keltirib chiqaradilar. Tortishuvni vujudga keltirish juda katta mehnat va maxoratni talab etadi, ammo samarasi sarf etilgan mehnatni oqlaydi.
Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga yordam beradigan boshqa motivi shakli bo‘lib ta’lim oluvchilar jamoasi hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi bir guruh ta’lim oluvchilar bilan hamkorlikda ish olib boradi.
O‘quv seminarlari umumiy qiziqsh, tortishuv paydo bo‘lishini, jamoa bo‘lib ishlashning eng yaxshi shakllaridan biridir. Bunda har bir ta’lim oluvchi fikrlar to‘qnashuvini kuzatadi, o‘zining nuqtai-nazaridan aniqlashga harakat qiladi, fikr bildiradi, fikrini asoslashga, isbotlashga intiladi. Ham fikrlarini to‘ldiradi va nazariy xulosaga keladi.
Bu holatni echish masalalar va laboratoriya mashg‘ulotlarida ham amalda qo‘llanish mumkin.
Ijodiy laboratoriya ishlariga misollar keltiramiz: aravachani ma’lum tezlanish bilan harakatga keltirish, jismni berilgan yo‘lda berilgan vaqtda harakatga keltirish, prujinali tubdan snaryadni ma’lum balandlikka otish, urug‘larning zichligini aniqlash, xavoning namligini aniqlash, sochiluvchi jismlarning ishqalanish koeffistentini aniqlash. Bunga o‘xshash laboratoriya shlarining muhim afzalliklari shundan iboratki, bunda ta’lim oluvchi to‘g‘ri xulosaga kelganligini javobga qarab emas, balki o‘zining o‘tkazgan tajribasiga asoslanib shonch hosil qiladi.
O‘qituvchi shuni esdan chiqarmasligi kerakki, o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilar ijodiy qobiliyatlarini o‘stira borish bilan hozirgi zamonning eng muxim muammolaridan biri bo‘lgan yuqori darajali qobiliyatlarga ega bo‘lgan ijodiy faol shaxslarni tayyorlash muammosini hal etishga yordam bergan bo‘ladi.
2.Didaktika — ta’lim nazariyasi tushunchasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi ta’lim-tarbiya jarayonida amal qilinishi shart bо‘lgan tamoyillar, ta’lim usullari, ta’lim-tarbiya shakllari va pedagogikadagi asosiy tushunchalarni о‘z ichiga oladi.
Demak, didaktika yosh avlodni «Nimaga о‘qitish?», «Nimani о‘qitish?» va «Qanday о‘qitish?» kabi savollarga javob beradi. Didaktika — о‘qitishning umumiy qonun va qonuniyatlarini aniqlab berish bilan birga, har bir о‘quv fanining о‘qitish usullari uchun asos bо‘lib xizmat qiladi.
Didaktika butun pedagogik faoliyat uchun, ya’ni ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchilarning nazariy va amaliy harakatlari uchun metodologik asos vazifasini о‘taydi.
Shunday ekan, didaktikaning tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadi va usullari nimadan iborat? degan savolga javob topamiz.
Umuman, har qanday ilmning tadqiqot obyekti deganda, muayyan ilm sohasi о‘z tadqiqotlarini nimaga qaratgan? degan savolga javob topish talab qilinadi. Didaktikaning tadqiqot obyekti ta’lim-tarbiya jarayonidir.
Har qanday ilmning tadqiqot predmeti deganda, muayyan ilm о‘z tadqiqotlarini yо‘naltirgan obyektining aynan nimasini о‘rganadi? degan savolga javob beradi. Chunki har qan-day oddiy bir obyektning ham jabhalari bо‘ladi. Ilmning tadkiqot obyekti nimani о‘rganadi? degan savolga javob be-rilsa, tadqiqot predmeti, ilm shu nimaning nimasini, ya’ni qaysi jabhasini о‘rganadi? degan savolga javob berishi shart.
Didaktikaning tadqiqot predmeti ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchi — «ta’lim-tarbiya oluvchi», «ta’lim-tarbiya beruvchi», «о‘quv dastur, darslik va boshqa didaktik materiallar» hamda «о‘qitishning usul va uslublari», «о‘qitishning texnik vositalari» orasidagi funksional aloqadorliklardir.
Maqsadi, shu aloqadorliklarning mavjudligi ta’lim-tarbiya jarayonining ichki qonuniyatidan kelib chiqqanligini isbotlash va ularni bir-biriga mutanosib ravishda taraqqiy ettirishdir.
Bu degani ta’lim jarayonida qatnashuvchi biron-bir element о‘zgarsa, uning boshqa qismlarini ham shunga moslashtirish zarur ekanini isbotlab berishdir. Masalan, ta’lim-tarbiya jarayoni kechadigan sinf yoki auditoriyadagi pedagog о‘zgarsa, ta’lim-tarbiya jarayonini shakllantiruvchi о‘qitishning usul va uslublari, texnik vositalardan foydalanish usullari ham о‘zgarishi mumkin. Yoki о‘qitishning dasturi о‘zgarsa, darslik va boshqa didaktik materiallarni hamda о‘qituvchi dars berish usullarini bir oz bо‘lsada, о‘zgartirishga majbur. Chunki ular о‘zaro funksional bog‘liq. Didaktikaning maqsadi mana shu о‘zgarishlarni asoslab, ta’lim-tarbiya jarayonining muayyan qonuniyatlar asosda kechishini ilmiy-nazariy tomondan asoslab berishdir.
Didaktika о‘z tadqiqotlarini olib borish jarayonida quyidagi an’anaviy tadqiqot usullaridan foydalanadi: tarixiy va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, о‘quv-uslubiy hujjatlarni о‘rganish, fanlardan bilim berish amaliyotini sintezlash, statik usullar, maqsadli suhbat, qiyosiy tasnif, taqqoslash va hokazo. Shu bilan birga, didaktikada nisbatan yangi hisoblanuvchi — majmu yondashuv, grafoanalitik, matematik modellashtirish, sotsiologik tadqiqot usullaridan ham foy-dalaniladi.
4.Ijodiy faoliyat hamma ruhiy kuchlarning zo‘riqsh shlari, insonning oliy darajada aniq bir maqsadga intiluvchanligi, maxsus hissiy holat ilhomlanish, shuningdek ruhiy kechinmasi, hursandchilik va achchiqlanish hislari, muammoni jonjahdi bilan hal etish istaklari bilan olib boriladi.
Ijodiy faoliyat o‘zida hodisalarni ko‘zatishni, muhimlarini ajratishni va tanlab eslab qolishni, irodaviy kuchlanishni, javob topsh uchun talabchan bo‘lishni, diqqatni bir joyga to‘plash va boshqasiga o‘tkazishga optimal qo‘sha olishni ifodalaydi. Ijodiylikda nazariy va obrazli fikrlash, tasavvur aqlning chuqurligi va kengligi, mustaqillik va tanqidiy fikrlash birga olib boriladi.
Ijodiy qobiliyatlar amalda hosil bo‘lgan mavjud bilimlar tizimidan chetga chiqshga, hodisalarni yangicha, odatdagidan tashqari nuqtai nazardan ko‘rishga, qarama-qarishiliklarni tushuntirishga, ularni hal etish usullarini topshga imkon beradi. Ijodiy qobiliyatlarni shaxsdan butunlay ajratib bo‘lmaydi, ular extiyojlar qiziqsh, intilish va shonch, xis va irodalar, qoyilgan maqsadga intilish, talabchanlik, mehnat-sevarlik kabi harakatlar bilan dialektik bog‘langan bo‘ladi.
5.
onglilik va faollik — bilimni talabalar tomonidan ongli ravishda va faol qatnashib egallashlik.
6. kо‘rgazmalilik — «yuz marotaba eshitgandan bir marotaba kо‘rgan yaxshi» tamoyilidan kelib chiqib,
bilim berishda turli-tuman kо‘rgazma qurollardan samarali foydalanish.
7. tizimlilik va muntazamlilik — bilimni ma’lum bir tizimda va uzluksiz ravishda berib borish;
8.mustahkamlik — bilimni tushunarli tilda qayta-qayta takrorlash yо‘li bilan berish;
9. tushunarlilik — bilimni hammaga tushunarli va hammabop qilib berish;
10. ilmiylik — bilimni bolalarda avvaldan mavjud bilimlarga asoslanib va ulardan kelib chiqqan holda berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |