Fizik qonun - hodisalarni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi miqdoriy
bog‘lanishdan iborat bo‘lgan ifodaga aytiladi.
Kuzatish - sodir bo‘layotgan hodisaga ta’sir ko‘rsatmasdan, uning
xususiyatini o‘rganishga aytiladi.
Fizik bilimlarning manbai kuzatishlar va tajriba o‘tkazishlardan iborat.
Fizik bilimlar quyidagi ketma-ketlikda bajarilgan ishlar orqali hosil qilinadi:
kuzatishlar → gipoteza → eksperiment → xulosa.
Tajribalar o‘tkazishda va kuzatishlar olib borishda, o‘lchash ishlarini bajarish
uchun o‘lchov asboblaridan foydalaniladi.
MEXANIK HARAKAT HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Mexanika so’zi - yunonchadan olingan bo’lib, mashina haqidagi ta’limot
degan ma’noni anglatadi.
Mexanikaning asosiy vazifasi - jismlarning harakat tezligi jism massasi va
unga ta’sir etuvchi kuchlarga bog’liqligini, shuningdek, istalgan vaqtdagi
vaziyatini aniqlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |