2. Dars mavzusini qiziqarli, ilmiy faktlar bilan boyitish.
3.Dars mavzusining mohiyatini talabalarning o’zi mustaqil fikrlab o’zlashtirishiga erishish.
4. Darsda barcha talabalarning faol ishtirokini ta’minlash.
5. O’quv materialini talabalar tomonidan sodda tarzda qabul qilishga, hayot bilan chambarchas bog’lashga erishish.
6. Mavzu mazmuniga mos ta’lim metodlarini tanlash. Bu metodlar asosan qisman izlanish hamda izlanish darajasida bo’lishi zarur.
7. Talabalarni bilim manbalari bilan mustaqil ishlashga o’rgatib borish.
8. Talabalarni dars mazmuniga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasi, o’z tarixi, tili, urf-odatlari hamda boy madaniyatimiz bilan faxrlanishga o’rgatish.
9. Dars mavzusini boshqa o’quv fanlari bilan bog’liqligini ta’minlash. Talabalarda yaxlit ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
10. Talabalarda dars mavzusiga mos ravishda iqtisodiy, huquqiy, ekologik , kasbiy madaniyatini tarkib topdirish.
11. Darsda Davlat ta’lim standartlarida talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan talablarni to’liq bajarilishiga erishish.
12. Talabalar o’zlashtirilgan bilim sifatini xolisona baholanishiga erishish.
Davr talabiga javob beradigan mustaqil fikrlash qobilyatiga ega, ijodkor, tadbirkor, raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalash, ularni hayotga ishlab chiqarish sohalariga tayyorlash, talim tizimining bosh vazifasi bo’lib qoladi. o’quv yurtlarida fizikadan noan’anaviy darslarni to’g’ri tashkil etish belgilangan vazifani hal qilishga ko’maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |