1. Fibonacci sonlari


Tekislikda chizma va shakllar chizish



Download 393,01 Kb.
bet9/10
Sana23.07.2022
Hajmi393,01 Kb.
#841018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
C dasturlash tilida Fibbonachi sonlar va ularning xossalarini aniqlovchi dasturiy vosita ishlab chiqish

Tekislikda chizma va shakllar chizish. C++ dasturlash tili tarkibida shakl va chizmalar chizish uchun bir nechta graphic kutubxonasi tarkibidagi funksiyalar mavjud. Har qanday chizma va shakllar nuqtalar ketma-ketligidan hosil boʻladi. C++ dasturlash tilida nuqta, shakl va chizmalarni rangi ikki xil usulda beriladi, ya‟ni nomi yoki kodi orqali beriladi. C++ dasturlash tili tarkibida grafik muhit imkoniyatlari quyidagi funksiyalar orqali aniqlanadi:
Setcolor()-funksiyasi chiziladigan shakl va chizmalarning rangini beradi. Ranglar ingiliz tilidagi nomlari yoki unga mos kodlari bilan aniqlanadi.
Setbkcolor()- funksiyasi kompyuter ekranining orqa foniga rang berish uchun xizmat qiladi.
XULOSA.
Dasturlash asoslari fanining bosh maqsadi talabalarga qoʻyilgan masalani yechuvchi kompyuter programmasini tuzishga oʻrgatishdir. Shu maqsadda programmalash tillari va muhitlari haqida umumiy tushunchalar beriladi va bu tillardan foydalanish oʻrgatiladi.Ushbu fan talabalarga dastlabki oʻquv yillarida oʻqitiladi va oʻquvchini keyinchalik oʻqitiladigan boshqa ixtisoslik fanlari va maxsus fanlarni oʻrganishda zarur boʻladigan eng asosiy tushuncha va ma‟lumotlar bilan tanishtiradi. Bu kursda asosan, dasturlash asoslari, C++ tilida programmalash, obyektga moʻljallangan dasturlash, visual dasturlash hamda ma‟lumotlar bazalarini dasturlash kabi boʻlimlar oʻrgatiladi. Dasturlash asoslari fani muhandislik, fizika, texnika, iqtisod va boshqa sohalarni oʻrganishda, ularning masalalarini yechishda, ayniqsa turli jarayonlarning matematik modellarini tahlil qilishda ularni amalda sinab koʻrishda muhim ahamiyatga ega. Fanni oʻqitishdan maqsad talabalarga dasturlash asoslarini yetarli darajada oʻqitish, shu bilimlarga tayangan holda amaliy masalalarni va kompyuter modellashtirishga keladigan tadbiqiy masalalarning programma ta‟minotini amalga oshirishga oʻrgatish va ixtisoslik fanlarini oʻzlashtirishda tayanch bilimlarga ega boʻlish. Ushbu oʻquv qoʻllanmada yuqorida aytib oʻtilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator mavzular keltirib oʻtilgan. Har qanday kompyuter dasturining pirovard maqsadi - bu qurilmani boshqarish. Agar bir qarashda dastur qurilma bilan oʻzaro aloqada boʻlmasa, kirish qurilmalaridan hech qanday ma‟lumot kiritishni talab qilmasa va chiqadigan qurilmalarga ma‟lumotlar chiqarishni amalga oshirmasa ham, uning ishlashi baribir kompyuterning texnik vositalarini boshqarishga asoslangan. Kompyuter tizimining ishlashi qurilma va dasturiy ta‟minotning uzluksiz oʻzaro ta‟sirida amalga oshiriladi. Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi algoritmlarni (dasturlash tillarini) yozib olish uchun turli xil yangi belgi tizimlarining paydo boʻlishi va umuman dasturlash jarayonining rivojlanish jarayonini belgilab berdi. Dasturlash tushunchasi paydo boʻlganiga ham qariyb bir asr yaqin vaqt boʻlib qoldi. Yillar oʻtgani sari dasturlash tillarining rivojlanib borayotganini koʻrish mumkin. Dasturlash tizimining prinsipini toʻliq tushunish uchun dasturlash texnologiyasining vositalarini koʻrib chiqish lozim. Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, sozlash va amalga oshirish texnologiyasini ta‟minlovchi dasturlar toʻplamini qarab chiqilganidan soʻng, dasturlash tilini oʻrganish lozim. Qoʻllanma soʻngi yillarda ham oʻz raqobatbardoshligini yoʻqotmagan C++ tilining imkoniyatlarini tavsiflaydi. C++ tili paydo boʻlishidan oldin C ("Ci" deb talaffuz qilinadi) mavjud edi. 1972-yilda Dennis Ritchie tomonidan Bell Telephone Laboratoriesda operatsion tizimlarni yozish uchun dasturlash tili sifatida ishlab chiqilgan. Dastlabki C++ dasturlash tili 1985-yilda nashr etilgan. Rasmiy standart yoʻqligi sababli muhim boʻlgan ushbu tilning birinchi tavsifini beradi. 1989-yilda C++ tilining 2.0 versiyasi chiqdi. Uning yangi xususiyatlari qator merosxoʻrlikni, mavhum sinflarni, statik a‟zolar funksiyalarini, doimiy funksiyalarni va himoyalangan a‟zolarni oʻz ichiga oldi. 1990-yilda C++ sharhlangan ma‟lumotnomasi nashr etildi, keyinchalik bu standartga asos boʻldi. Soʻnggi yangilanishlar shablonlarni, istisnolarni, ism maydonlarini va mantiqiy turlarni oʻz ichiga oldi. C++ - bu umumiy maqsadlar uchun tuzilgan, statik usulda yozilgan dasturlash tili. Protsedurali dasturlash, obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash, umumiy dasturlash kabi dasturlash paradigmalarini qoʻllabquvvatlaydi, modullik, alohida kompilyatsiya, istisnolardan foydalanish, ma‟lumotlar abstraksiyasi, obyektlarning turlari (sinflari) deklaratsiyasi, virtual funksiyalarni ta‟minlaydi. Standart kutubxonada koʻp ishlatiladigan konteynerlar va algoritmlar mavjud. C ++ yuqori va past darajadagi tillarning xususiyatlarini birlashtiradi. Oldingi C tili bilan taqqoslaganda, obyektga yoʻnaltirilgan va umumiy dasturlashni qoʻllabquvvatlashga koʻproq e'tibor qaratiladi.

Download 393,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish