Kasb ta’limi 302-A guruh Habibullayeva Nargizaxon.
Aromatik birikmalar. Fenollar, paraaminofenollar, tetratsiklin, naftaxinon hosilalari va ularning xosilari.
1. Fenollar guruhiga kiruvchi dori moddalar tahlili. Fenol xosilalari bo’lgan dori moddalar fenol, rezortsin. Ularning tahlili.
Fenollaming chinligini aniqlashda quyidagi umumiy va xususiy reaksiyalardan foydalaniladi: a ) oddiy fenol temir (III) xlorid bilan suyultirilgan xlorid kislota ta’sirida binafsha rangli, rezorsin esa ammiak eritmasi ta’sirida qo’ng’ir-sariq tusga o’tuvchi ko’k binafsha rang hosil qiladi. Fenollaming uch valentli temir tuzlari bilan hosil qiladipan birikmalari beqaror bo'lganligi uchun ulaming kimyoviy tuzilishi taxminan quyidagicha ifodalanadi:
b) fenollarning chinligini indofenol hosil qilish reaksiyasi bo‘yicha aniqlash.
fenollarni azobo'yoq hosil qilish reaksiyasi bo'yicha aniqlash.
Azobo'yoq hosil qilish reaksiyasida sulfanil kislotaning o'miga boshqa birorta aromatik amin hosilalaridan ham foydalanish mumkin.
fenollarni Liberman reaksiyasi bo‘yicha aniqlash.
Fenollarni galogenlash reaksiyasi bo‘yicha aniqlash.
Rezorsin chinligini aniqlashda xususiy reaksiya sifatida uning ftalat angidridi bilan fluoressein hosil qilish reaksiyasi keng qo’lanadi. Bunda kukun shaklidagi rezorsinni konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida chinni idishda ftalat angidridi bilan qizdirilganda, qizg‘iihroq sariq rangli fluoressein hosil bo‘ladi:
So‘ngra, uni natriy gidroksid eritmasi solingan idishga qo‘shilsa, natijada hosil boMgan natriy fluoresseinat suyuqlikda sariq va yashilsariq ranglanib tovlanadi:
Rezorsinning chinligini yana, timolga o‘xshash trifenilmetan turidagi bo‘yoq modda hosil qilish reaksiyasi bo‘yicha ham aniqlanadi. Buning uchun preparatga natriy gidroksid va xloroform qo'shib isitilsa, aralashma qizil rangga bo‘yaladi:
Fenol guruh preparatlaming miqdori bromatometrik va yodxlorometrik usullar yordamida aniqlanadi. Me’yoriy hujjat ularni bromatometrik usul bo'yicha aniqlashni tavsiya qiladi. Fenol va rezorsinni ushbu usul bilan aniqlash reaktivning ortiqchasi bo‘yicha qayta titrlashga asoslangan. Bunda ma’lum miqdordagi preparatning eritmasiga sulfat kislota, kaliy bromid va aniq hajmda kaliy bromatning 0,1 mol/1 eritmasidan ortiqcha qo‘shiladi. Suyuqlik ma’lum vaqt turishi bilan unga kaliy yodid eritniasi qo‘shiladi, so‘ngra ajralib chiqqan erkin yodni natriy tiosulfatning 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi:
Fenol va rezorsinning miqdorini yodxlorometrik usulda aniqlash ham yaxshi natija beradi. Bu usul bo‘yicha ulaming suvdagi eritmalariga ma’lum hajmda ortiqcha yodxlorning 0,1 mol/1 eritmasi qo‘shiladi va ma’lum vaqt o‘tgach, unga kaliy yodid eritmasi qo‘shib, so‘ngra ajralib chiqqan erkin yodni natriy tiosulfatning 0,1 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi:
Fenolning 3-5 %li eritmalari kasalxona buyumlarini, har xil asboblami, ich kiyimlami va boshqa narsalami dezinfeksiya qilishda qo‘llanadi. Farmatsevtika amaliyotida fenolning 0,50,1 %li eritmasi ba’zi bir dori moddalar (zardob, shamchalar va boshqalar)ni buzilishdan saqlash maqsadida konservant sifatida ishlatiladi. Rezorsinniig 2-5 %li suv va spirtdagi eritmalari, shuningdek, 5-20 %li surtma dorisi turli teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Timolni gijja haydovchi modda sifatida, shuningdek, antiseptik xossasiga ko‘ra 0,1 g dan kuniga 2-3 marta ich ketish kasalliklarida va ichakdagi achish jarayonini kamaytiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Shuningdek, uning 0,05-0,1 %li eritmasi og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq va burunni zararsizlantirishda ishlatiladi.
Fenol guruh preparatlami og‘zi mahkam berkitilgan idishlarda, qorong‘i joylarda (timol «В» ro‘yxati bo‘yicha) saqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |