1. Farmoish hujjatlari Farmoish turlari

Download 34,37 Kb.
bet2/4
Sana22.06.2022
Hajmi34,37 Kb.
#691279
1   2   3   4
Bog'liq
Farmoyish hujjatlari va ularning turlari. Reja Farmoish hujjatli 209 Zikritdinova

Tarjimayi hol– ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati bayon qilingan hujjat. Tarjimayi hol bir xil andozada yozilishi shart emas. U muallif tomonidan mustaqil, erkin (ixtiyoriy) shaklda tuzilsa-da, biroq unda ayrim rekvizitlarning bo‘lishi shart. Hujjat matni “men” so‘zi bilan boshlanadi. Tarjimayi holda o‘tgan va hozirgi zamon fe’llari ishlatiladi.Unda dastlab Tarjimayi hol deb yoziladi, keyin muallifning ismi, familiyasi va otasining ismi to‘liq ko‘rsatiladi, tug‘ilgan yili, kuni, oyi va joyi ham aniq yoziladi. Ota-onalar haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Shundan so‘ng qayerlarda, nima ishlar qilinganligi to‘g‘risida batafsil, yilma-yil yoziladi, oilaviy ahvoli va turar joyi haqida ma’lumot beriladi. Oxirida yozilgan sana ko‘rsatilib, imzo chekiladi.
Bildirgi – muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot.
Тavsifnoma – ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislati va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat. Unda shaxsning mehnat faoliyati qisqa bayon qilinib, jamoat ishlarida ishtiroki, mehnat jamoasidagi o‘rni, lavozim vazifalarini ado etish sifati, tashkilotchilik qobiliyati, axloqiy sifatlari va boshqa jihatlari ko‘rsatib o‘tiladi.
Xizmat yozishmalari muassasa faoliyatiga oid turli masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan talab, iltimos, taklif, kafolat mazmunida amalga oshiriladi. Ularga telefonogrammalar, faksogrammalar, taklifnomalar, xatlar, diplomatik yozishmalar, tijorat yozishmalari kiradi.

Xizmat yozishmalarining eng ko‘p tarqalgan turi xatlardir. Xat insonlar o‘rtasidagi muloqot shakllaridan biri bo‘lib, uning yuzaga kelishi yozuv va masofa bilan bog‘liqdir.

Ya’ni, u faqat yozuv yordamidagina shakllanadi va ma’lum masofada bo‘lgan kishiga jo‘natiladi.

Unda xat muallifining fikr-mulohazalari va his-tuyg‘ulari ifoda etiladi. Xatni jo‘natish esa ma’lum vositalar yordamida amalga oshiriladi.

«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da ushbu so‘zning 9 ta ma’nosi berilgan:
1. Uzoqdagi kishiga biror xabar berish yoki fikrlashish maqsadida, odatda pochta orqali yuboriladigan, biror matn yozilgan qog‘oz, noma, maktub;
2. Xatda yozilgan maktub, xat matni;
3. Yozuv uchun ishlatiladigan grafik belgilar, harflar sistemasi, grafika;
4. Harflarni yozishdagi o‘ziga xos uslub, ko‘rinish, yozuv xili;
5. O‘qish va yozish, savod, savodlilik;
6. Yozuvdagi har bir qator, satr yoki misra;
7. Chiziq, liniya;
8. Biror kimsa yoki narsani yozma ravishda sanab ko‘rsatish, ro‘yxatga olish, ro‘yxat;
9. Rasmiy qog‘oz, hujjat . Bu o‘rinda so‘zning birinchi ma’nosi e’tiborga olinadi.
Yozuv bilan bog‘liq ravishda o‘z tarixiga ega bo‘lgan va omma orasida keng tarqalgan xat bitish xalqimizning muomala madaniyati doirasida insonlarning bir-birlariga fikr ifoda etishning alohida usuli sanalgan va san’at darajasiga ko‘tarilgan hamda, ayni paytda, badiiy ijodning bir turi sifatida qaralgan. Shuning uchun ham u badiiyat ilmida alohida bir janr sifatida o‘rganilgan. Bunday tadqiqotlar to‘g‘risida adabiyotshunos S.G‘aniyeva quyidagi ma’lumotlarni beradi: «Abul Hasan al-Marg‘iloniyning «Mahosinul-kalom», Muhammad bin Umar ar-Rodiyoniy (X1 asr) ning «Tarjimonul balog‘a», Rashididdin Vatvot (XII asr) ning «Hadoyiqus-sehr fi daqoyiq ush she’r», Shamsiddin Qays Roziyning «Al-mu’jam fi maosir ush ash’or ul Ajam», Tojud Xalaviy nomi bilan mashhur bo‘lgan Ali ibn Muhammad (XIV asr) ning «Daqoyiqush - she’r» kabi badiiyat masalalaridan bahs etuvchi asarlaridagi alohida boblar, Amir Xusrav Dehlaviy (XIV asr) ning «Mahzanul – insho», «Sahifai shohiy» nomli asarlari maxsus insho nazariyasiga bag‘ishlangan edi». Munshaot, ya’ni nasr yoki nazmda maktublar bitish sharq poeziyasida san’at darajasiga ko‘tarilgani uchun ham, u alohida she’riy janr sifatida e’tirof etilgan. Turkiy she’riyatda uning shakllanishiga juda katta hissa qo‘shgan Alisher Navoiy birinchi bo‘lib o‘z maktublarini kitob shakliga keltirgan va uni «Munshaot» deb nomlagan. Turkiy tilda davlat ishlari va hujjatlarini yuritish va xatlar bitishning qat’iy tarafdori bo‘lgan ulug‘ alloma ushbu asarida ularning fors-tojik tilida yozilganidan qolishmaydigan namunalarini keltiradi.

Jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda insoniy muomalaning xat usulidan foydalanish imkoniyatlari ham jiddiy ravishda kengaydi. Avvaliga ular ikki kishi o‘rtasidagi yozishmalardangina iborat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda xat bitish rasmiy uslub doirasida qaraladigan nutqiy jarayonning alohida bir ko‘rinishiga – yozma turiga aylandi. Hozirgi kunda xatlar idoralar va muassasalar, tashkilotlar va korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro faol aloqa vositasi, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishning qulay usuli sifatida xizmat qilmoqda. Shu ma’noda ularni ikki guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin bo‘ladi:

1. Shaxsiy-xususiy xatlar
2. Rasmiy xatlar.
Xatlar vazirlik, idora, tashkilot va muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Ular vositasida turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushintirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Bu hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari deb yuritiladi.
Bajaradigan vazifasiga qarab xizmat xatlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xat, so‘rov xat, iltimos xat);
2) javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat, farmoyish xat, taklif xat va boshqalar).
Xizmat xatlari ma’lum bir maqsadda yoziladi. Shuningdek, mazmunida bir necha (kafolat berish, iltimos, eslatish) ma’no ifodalanadigan xatlar ham bo‘ladi.
Xizmat xatlari odatda xatlar uchun tayyorlangan blanklarga yoziladi. Blank bo‘lmagan hollarda oddiy qog‘ozga yoziladi.
Xat oddiy qog‘oz varaqqa yozilsa, uning chap tomonidagi yuqori burchagiga xat jo‘natayotgan muassasa nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi. Agar xat ikki va undan ortiq joyga yo‘llansa, xat jo‘natayotgan asosiy muassasa yoki rahbar xodimning nomidan so‘ng boshqalari beriladi. Xizmat xatlarining matnini uch qismga bo‘lish mumkin.
Birinchi (kirish) qismda xat bilan murojaat qilishga asos yoki sabab ko‘rsatiladi.
Ikkinchi qismda xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi asoslab beriladi.
Uchinchi (xulosa) qismda xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bayon etiladi. Xizmat xatlarining matni imkon qadar qisqa bo‘lishi, shu bilan birga aniq va ravshan tushunilishi kerak.
Rasmiy xatlar matnida ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralarni imkon qadar qo‘llamaslik tavsiya etiladi.
Xizmat xatlarining asl nusxasi jo‘natilib, kseronusxasi muassasaning o‘zida saqlanadi.
Da’vo xatlari uch nusxada tayyorlanib, 1-nusxasi aybdorga, 2-nusxasi da’vogarga beriladi, 3-nusxasi esa sud idoralariga topshiriladi.
Xizmat xatlarining turiga qarab ularni rasmiylashtirishda ba’zi farqlar bo‘ladi. Masalan, axborot va da’vo xatlariga ularning mazmunidan kelib chiqqan holda sarlavha qo‘yiladi. Ilova xat, iltimos xat, ba’zi kafolat xatlarining matnida adresatga uning ismi va otasining ismi bilan murojaat qilinadi. Murojaat “hurmatli”, “muhtaram” so‘zlaridan boshlanadi, “Siz” kishilik olmoshi bosh harf bilan yoziladi. Xizmat xatlarining matnlarida ularning mazmuniga ko‘ra turli jumlalar ishlatiladi. Chunonchi, ilova xatida “yo‘llaymiz”, “yo‘llanadi”, iltimos va so‘rov xatlarida “so‘raymiz”, “so‘raydi”, kafolat xatida “kafolat beradi”, “o‘z zimmasiga oladi”, tasdiq xatida “tasdiqlaymiz”, “oldik”, eslatma xatda “eslatib o‘tamiz”, “yana bir bor iltimos qilamiz” kabi so‘zlar qo‘llanadi.
Xizmat xatlari muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Rahbar bo‘lmagan hollarda shunday vakolatga ega bo‘lgan shaxs, ya’ni uning vazifasini bajaruvchi yoki o‘rinbosari, lavozimi aniq ko‘rsatilgan holda imzo chekadi.
Xizmat xatlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ularning nomi (kafolat xati, ilova xat, so‘rov xat va boshqalar) yozilmaydi.

Davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo’llaniladi.

Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo’linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlarga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy, kadrlarning shaxsiy tartibiga oid buyruqlar esa 40 yilgacha muddatda saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo’limlari faoliyatini tartibga solishda qo’llaniladi. Ular odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar xodimlarga etkaziladi, bularning ijrochi yuzasidan tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.
Ichki mehnat tartibi qoidalari mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog’liq normativ buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo’lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratiladi.

Buyruqning zaruriy qismlari:

Gerb, muassasa alomati, mukofoti (bosma ish qog’ozi qismlari).
Vazirlik, boshqarma nomi.
Muassasaga xos raqami (KTUT bo’yicha).
Hujjat shaklining xos raqami (BXUT bo’yicha).
Muassasa nomi.
Hujjatning nomi (Buyruq).
Sanasi.

Raqami (№).

Buyruq chiqqan joy nomi.
Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi).
Buyruq matni (ilovalari bo’lsa qayd qilinadi).
Rahbar yoki o’rinbosar imzosi.
Buyruqda adliya maslahatchisi imzosi ham bo’lishi lozim. Adliya maslahatchisi buyruqni ko’rishda quyidagilarga e’tibor beradi: masalani buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik to’g’ri keladi: buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq keladi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlari bilan ziddiyat yo’qmi yoki ularning qisman takrori bo’lib qolayaptimi?
Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda mazmunidan kelib chiqib sarlavha qo’yiladi (ba’zi qisqa buyruqlarda qo’yilmasligi ham mumkin).
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar, sabablar ko’rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, sanasi, raqami yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa asos bo’lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham ko’rsatiladi. Ba’zi buyruqlarni asoslashga xojat bo’lmasligi mumkin, bunday hollarda ular to’g’ridan- to’g’ri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan bosh harflar bilan yoziladigan “BUYuRAMAN” so’zi bilan boshlanadi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga bo’linib, arabcha tartib raqamlar bilan belgilanadi. Raqamdan so’ng nuqta qo’yilib, so’z
bosh harfdan boshlanadi. Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarish ko’rsatiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“Amalga oshirilsin”, “ta’minlansin”, “yuklatilsin”, ”hisoblansin”,…). Bajaruvchilar-muassasa yoki tarkibiy qismlari (bo’limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari ko’rsatilgan holda) ko’pincha jo’natish kelishigida qayd qilinadi.
Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko’rsatilishi mumkin. Buyruq imzo chekilgandan so’ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarning farmoyishda unga tegishli kuchga kirish muddati aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Buyruq farmoyish qismining oxirida, odatda, umuman mazkur buyruqning nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo’yiladi: «Buyruq ijrosini nazorat qilish …ga yuklatiladi.» (lavozimi va familiyasi to’liq yoziladi). Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki individual buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki bo’shatilganda, boshqa bo’limga o’tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim mukofotlanganda, mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday buyruqlar, odatda, bo’limlar rahbarlari tavsiyanomasi, shaxsiy arizalar va shu kabilar asosida tayyorlanadi.

Tashkiliy farmoyish hujjatlari

Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog’ozlari bo’lmagan taqdirda oddiy buyruq qog’oziga ham yoziladi. U holda buyruq boshiga “kadrlar shaxsiy tarkibiga oid” deb yozib qo’yish kerak. Buyruq sarlavhalari: “Ishga qabul qilish haqida buyruq”, “Boshqa ishga o’tkazish haqida buyruq”, ”Ishdan bo’shatish haqida buyruq”, ”Mehnat ta’tili berish haqida buyruq”, ”Rag’batlantirish haqida buyruq” va hokazo.
Bunday buyruqlarda kirish qismi bo’lmasligi mumkin. Farmoyish qismida, odatda, bandlar, paragraflar bo’ladi. Buyruq qismidagi «QABUL QILINSIN», «TAYINLANSIN», «O’TKAZILSIN», «TAShAKKUR BILDIRILSIN», «BO’ShATILSIN» kabi fe’llar bosh harf bilan yoziladi. Familiya ham bosh harf bilan, ismi va ota ismi esa matndagi oddiy harflar bilan yoziladi.
Ba’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgarigi joriy buyruq yoki boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham ko’rsatib o’tiladi.
Muassasalarda odatda, xodimga yoki boshqa xususiy shaxsga muayyan buyruqdan ko’chirma berishga to’g’ri keladi.
Zaruriy qismlari:
Muassasa nomi.
Hujjat nomi.
Sanasi.

Raqami.
Joyi.

Sarlavhasi.
Matni (asoslovchi qismi, ”BUYuRAMAN” so’zi, farmoyish qismidan kerakli bandi).
Imzo chekkan shaxs familiyasi (yoniga “imzo” degan so’z yoziladi).
Tasdiqlash belgisi.
Buyruqdan ko’chirma, odatda, xos ish qog’oziga yozilib, tasdiqlab beriladi: «Asliga to’g’ri» so’zi bilan kotib (yoki buyruqdan ko’chirma beruvchi shaxs) imzo chekadi. Farmoyish - bu muassasa ma’muriyati (direktor, uning o’rinbosarlari, bosh muhandis, uning o’rinbosarlari), shuningdek, bo’limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo’lib, uning kuchi bo’limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo’ladi, farmoyishning matni huddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida “BUYuRAMAN” so’zi o’rniga “TAVSIYa QILAMAN”, ”RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Ko’rsatma - idoralarda xabarsifat-uslubiy tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo’riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog’liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko’rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ularning o’rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko’rsatma muassasaning xos ish qog’oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon “maqsadda”, falon “buyruqni bajarish uchun” kabi taomilga kirgan iboralar qo’llaniladi va “YuKLAYMAN”, “TAVSIYa ETAMAN” so’zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa «TAVSIYa ETAMAN» so’zi qo’llaniladi. Ko’rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o’xshash bo’ladi.

Download 34,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish